Научная статья на тему 'IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI'

IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
74
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Miskavayh / mashshoiyyunlik / yangi aflotunchilik “Al-fuzul asg‘ar” / Germenevtika / johiliyat / aql va e’tiqod / fikrlash. / Ibn Miskawayh / Mashaiyyun / New Platonism Al-Fuzul Asghar / Hermeneutics / Ignorance / Reason and Belief / Thinking

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna

Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida yangi aflotunchilikning ham amaliy, ham nazariy qismlari aks etganligi germenevtik tahlil qilingan. Miskavayhning fors va arab tillarida yozilgan asarlaridan birinchi manba sifatida foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN MISKAWAYH IS A SYSTEMATIST OF THE MASH'AH

This article provides a hermeneutical analysis of the fact that the views of Ibn Miskawayh reflected both the practical and theoretical parts of the new Platonism. The works of Miskawayh, written in Persian and Arabic, were used as the first source.

Текст научной работы на тему «IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI»

IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO'NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI

Sulaymonova Shahnoza Nodirovna Toshkent yuridik texnikumi shahnozanodirovna@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida yangi aflotunchilikning ham amaliy, ham nazariy qismlari aks etganligi germenevtik tahlil qilingan. Miskavayhning fors va arab tillarida yozilgan asarlaridan birinchi manba sifatida foydalanilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Miskavayh, mashshoiyyunlik, yangi aflotunchilik, "Al-fuzul asg'ar ", Germenevtika, johiliyat, aql va e 'tiqod, fikrlash.

Abstract: This article provides a hermeneutical analysis of the fact that the views of Ibn Miskawayh reflected both the practical and theoretical parts of the new Platonism. The works of Miskawayh, written in Persian and Arabic, were used as the first source.

Keywords: Ibn Miskawayh, Mashaiyyun, New Platonism, Al-Fuzul Asghar, Hermeneutics, Ignorance, Reason and Belief, Thinking.

Аннотация: В этой статье проводится герменевтический анализ того факта, что взгляды Ибн Мискавейха отражали как практическую, так и теоретическую части нового платонизма. В качестве первого источника были использованы произведения Мискавейха, написанные на персидском и арабском языках.

Ключевые слова: Ибн Мискавейх, Машайюн, перипатетизм, новый платонизм, Аль-Физул Асгар, герменевтика, Невежество, Разум и вера, Мышление.

KIRISH

Arastu izidan borib Miskavayh ham falsafani nazariy va amaliy falsafaga bo'ladi hamda axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning "Taxzib ul-axloq va Tatxir ul-a'roq", "at-Tahara", "Jovidon xirad" va "Kitab adab ad-dinya va d-din" singari asarlarida ko'tarilgan. Miskavayh o'zining yirik asarlaridan biri bo'lgan "Al-fuzul asg'ar" kitobida1 yangi aflotuncha hikmat namunalarini beradiki, vaqt jihatidan Ibn Sinoning "Najot" asaridan oldin yozilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

1 Кдранг: .^VH i^jjjj- .jli^Vi jjüi .Je. jjI Мискавай^, Абу Али. Ал-фузул асгар. -Байрут. 1319

^ижрий йил. (араб тилида)

Scientific Journal Impact Factor

Tadqiqot jarayonida Ibn Miskavayhning"Taxzib ul-axloq va Tatxir ul-a'roq", "at-Tahara", "Jovidon xirad" va "Kitab adab ad-dinya va d-din" kabi asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, Abdul Aziz Izzatning "Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari" asaridan foydalanildi. Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

Miskavayh aqliy ilmlarni quyidagi tartibda eslatadi: riyoziyot, mantiq, tibbiyot, moba'dul tabia (metafizika). Islomiy yangi aflotunchilik an'anasiga ko'ra, jumladan, Forobiy va Ibn Sino asarlarida odatda mantiq boshqa aqliy ilmlarni o'rganish muqaddimasida kelar edi.

Miskavayh fikricha, barcha qadimgi zamon hakimlari xudoning mavjudligi va uning yagonaligiga ishonib, bu masalada payg'ambarlar ta'limoti bilan muvofiq edilar. (Miskavayh. Al-fuzul asg'ar. 2-bob).

Miskavayh aqidasicha, ashyolar manbai xudovand bo'lib, ular sodir etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu birinchi ibtido va borliq manbasidan sodir etilgan narsa birinchi aql bo'lib, uni aqli faol (faol aql) deb ataydilar. Islomiy yangi aflotunchilar bunday nomni o'ninchi aqlga beradilar. Ikkinchi sodir etilgan narsa - ruh, uchinchisi - falakdir. Uning fikricha, xudovand hamma narsani yashiringan yo'qlikdan yaratgan.

Borliq muammosi va unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o'rinni tashkil qiladi. Bu bejiz emas, albatta chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o'rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya'ni borliq azaldan mavjudmi yoki u mutloq ruh tomonidan yaratilganmi, degan masalaga borib taqaladi.

Ma'lumki, qadim-qadim zamonlardan beri faylasuflar o'zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyatda, o'z hayotlarida sodir bo'lgan turli-tuman o'zgarishlarni kuzatganlar, bu narsalar ular ko'z o'ngida ob'ektiv reallik sifatida gavdalangan. Miskavayh ham borliq va ruh to'g'risida o'z qarashlariga ega. Uning borliq va ruh to'g'risidagi qarashlarida yunon faylasufining ruhi va moddiyuncha tamoyil sezilib turadi. Lekin bu Miskavayh islom dini va uning aqidalaridan uzoqlashgan degani emas. Albatta u musulmon edi va bu haqida gap bo'lishi mumkin emas. Faylasuf yunon falsafasini qadrlagan, o'zini esa shu falsafaning davomchilaridan deb bilgan.

Quyida uning borliq va ruh masalalariga doir qarashlarini keltiramiz.

Ibn Miskavayh evolyusiyani aniq tasvirlab bergan olimlardan biri ekanligi diqqatga sazovordir. U tadrijiy g'oyalarni quyidagicha tasvirlaydi:

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Olloh, avval materiyani yaratdi. Uni rivojlantirish uchun energiya bilan boyitdi. Shuning uchun materiya suvning ma'lum vaqt davomida bug'ga aylangan shaklidan olingan2. Degan nazaryani olg'a suradi. Rivojlanishning keyingi bosqichi moddiy hayot deb ataladi. Toshlarning xar hil shakllari esa vaqt o'tishi bilan o'zgara boshlagan. Ularning eng ko'p o'zgargan shakli esa marjondir. Bu shunday toshki, uning daraxtga o'xshagan shoxlari bordir. O'simlik dunyosining evolyusiyasi esa rivojlangan hayvonni tugadigan (yetishtiradigan) daraxt darajasiga yetgandagina tugallanadi. Bu esa finikiya pallasidir. Uning erkak va ayol jinslari mavjud. Uning hamma barglari chopib tashlanganda ham qurimaydi, qachonki, uning boshi kesib tashlangandagina zavol topadi. Shuning uchun bu daraxt ichida eng ulkani va hayvonlar ichida eng kam rivojlangani hisoblangan. Bu rivojlanish esa maymunga kelib taqaladi. Lekin bu Darvin ta'limoti emas. Bu aynan Miskavayhning talqinida yozilgan va "Ixfon as safo" saxifalarida yozilganligi uchun ham qadrlidir.

Ba'zi islom faylasuflarining ta'lim berishicha maymun keyinchalik pastroq toifadagi varvarlar to'dasining kelib chiqishiga olib kelgan. U esa o'z navbatida to'dadan odamlarga aylangan va u aql hamda ongga ega.Odamlar avliyo yoki payg'ambar bo'la olishi mumkin.U keyinroq yanada yuqori pog'onada ko'tariladi va farishtaga aylanadi. Ulardan keyin Ollohdan boshqa hech kim ustun bo'la olmaydi. Hamma narsa undan tugaydi. Olimning "al -Fayz al -Ashjar"asari arabcha qo'lyozmalari XIX asrdan Yevropa Universitetlarida o'qitila boshladi.

X-XI (hij. IV-V) asrdagi ko'pgina zamondoshlari kabi Ibn Miskavayh falsafasi ekletik xarakterda bo'lib, uning fikrlari ham arab tiliga yunonchadan tarjima qilingan turli xillikka asoslanadi. Aslida u e'tiborini aynan islom dunyosidagi muammolarga qaratsada, falsafani isloh qilishda dindan uncha foydalanmaydi. Uning qarashlarida moddiyunchilik ustunlik qiladi.Shu tufayli u faqat musulmon o'lkalarida emas, Yevropada ham mashhur bo'lgan. Ibn Miskavayhda yangi aflotunchalikning ham amaliy, ham nazariy qismlari mavjuddir. U xarakterning o'zgarishi tasviriga asoslangan ruhiy sog'lomlikni himoya qilish uchun qonuniyatlar ishlab chiqadi. Bu qonuniyatlar baxtga erishtiruvchi yurakning turli qismlarining uyg'unlashuviga o lib keluvchi yo'llarini tasvirlaydi. Faylasuf tabib jismoniy sog'lomlik uchun tavsiyalar yozib berganidik, ruhiy sog'lik qonuniyatlarini belgilaydi. "Ruhiy sog'lomlik aqliy rivojlanish va amaliy harakat majmuasi asosiga quriladi"3-deydi u.

Miskavayh ashyolarning namoyon bo'lishini va yaratilishi orasidagi tafovutlarni aniq anglab bo'lmasligiga shubha qilgan holda, uning faol aql, ruh va falakni paydo

2 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y.-S.385

3 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y .-B. 389

17

qiluvchi ma'budasi hamda namoyon bo'lishining g'ayri tabiiy shakliga ekanligini ta'kidlaydi.

U mohiyatni tasvirlashning biz bilgan me'yoriy kategoriyalar aniq tabiati bo'lgan, islom qabul qilingan yaratganning dargohi kuchli dalil ekanligini aytib, Arastuning harakatlanmas harakatlantiruvchi, haqidagi identifikatsiyasiga ancha yaqin keladi.

Faylasuf Aflotun va Arastuni ruh to'g'risidagi tasavvurlarini qiyoslaydi va shunday deydi: "Ruh bizni hayvonlardan va boshqa ongli mavjudotlardan narsalardan farqlab turadi. U tana va tana qismlarini borliqning boshqa ruhiyroq, aqliyroq qismi bilan kelishuviga kelishi uchun foydalanadi. Ruh halokatga uchrashi mumkin emas, chunki uning halokat va boshqa muhim tushunchalarni farqlay olish hususiyati bordir. Uning mohiyatan halokatga olib keluvchi narsalarni bilishi cheklanmagandir. Keyinchalik, ahamiyatsiz mavhum mavjudotlarning katta turlarini anglash mumkin. Ruh halokatga yo'liqadigan bo'lganda edi, u bu narsalarni qila olmasdi, balki faqatgina tananing jismoniy qismini cheklagan holda namoyish qilishi mumkin edi xolos. Ruh halokatga uchramaydi. Biz o'zimizga tushunarsiz bo'lgan narsalarni anglamoqchi bo'lsak, tanamiz voqelik bilan aniq kelishuvga kelib olishimizning oldini olish uchun to'sqinlik qiladi. Ruh tanani boshqaruvchi doimiy va mustaqil substansiyadir. Uning tanaga qarshi essentsiyasi bor, shuning uchun u o'lishi mumkin emas, va osmon ishtirokida olingan abadiy va muntazam harakatlantirishga jalb etilgan. Bu harakatlanish ikki yo'nalishga sababiyatga boshlovchi tepaga ketadigan yo'l hamda materiyaga boradigan pastga qaragan yoki faol aqlga bo'linadi. Bizning baxtimiz tepaga qarab qilinayotgan harakatdir, baxtsizligimiz qarama-qarshi tarafga qaragan yo'nalishdir". 4

Ibn Miskavyhning ezgulik haqidagi mushohadalari Arastu va Aflotunning g'oyalarini birlashtiradi. "Ezgulik-bu borliqning tuban shakllaridan ongining tub mohiyatini farqlay oladigan ruh ko'rinishining mukammalligidir. Bizning ezguligimiz, rivojlanib borishimiz va yashashimiz uchun sabab topa oladigan, oldindan ko'ra oladigan qobiliyatimiz yaxshilanib borishi bilan olib boraveradi. Biz uni ma'nosiga qarab amal qilamiz. U ikki tasodifdan uzoqda yuradi. Adolat esa qachonki, unga yetisha olsakkina natija beradi" 5

Miskavayh Aflotunning ezgulikni ikkiga ajratish g'oyasi hamda Arastuning ezgulik aslida nima ekanligini anglash haqidagi g'oyalarini birlashtirdi va bunga qo'shimcha qilib, bu g'oyalarni birgalikda qabul qilish kerakligini uqtirdi. Faylasuf

4 O'sha asar.-B. 372

5 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y .-B. 392

18

Scientific Journal Impact Factor

do'stlik tasavvurlarini asosiy muomala vositasi deb biladi va buni jismoniy yo'l bilan amalga oshmaydigan lazzatbahsh aqliy har xillikni farqlashda ishlatadi.

Ruhimiz, shuningdek, kuchli aqliy zavq orqali komillikka erishgan ruhlarni ham tanib olishi mumkin. Bu me'yordagi bir-biri bilan aloqa qiluvchi va bundan biror narsa olishni xohlovchi oddiy turdan butunlay farq qiladi. Baribir, agarki, inson komillikka yetishmoqchi bo'lsa, bir jamiyatda yashash kerak, do'stlikning kamolotga yetish ehtimoli kam bo'lsa ham, kamida jamiyatning ishonchini qozonish kerak. Baxtning eng yuqori nuqtasiga bu hayotning ehtiyojlaridan voz kechsak, aqlimizni komillikka yetishtiruvchi va bokira nur bilan hayotimizni charag'on qila oladigan zohiriyatni qabul qila olsakkina yeta olamiz. Butun ruhiy maqsadimiz xudo vasliga yetish va jismoniy ehtiyojlardan voz kechish bo'lish kerakligini, bu so'nggi va oliy maqsad ekanligini ta'kidlaydi.6

Tasavvufga ko'ra, baxt darajasi komillikdan baland tursada, Miskavayh o'z ezgulik tuyg'umizni qanday qilib rivojlantirish haqida amaliy maslahat beradi. Ruhiy muvozanatni tutib turishimiz uchun chora ko'rishimiz, Arastu ko'zda tutgandek, ruhiy sog'liqni va jismoniy sog'liqni ham takomillashtirib borish kerak deb hisoblaydi. Hayotimiz davomida xulqimizni bir maromda tutib turadigan shaxsiyatimizni rivojlantirishimiz kerak va ma'lum bir holatlarda o'zimizni bosa olishimiz kerak. O'z hissiyotlarimizni jilovlashimiz lozim. Xatolarga barham berish uchun biz ularning sabablarini ko'rib chiqishimiz va ularni foydaliroq muqobili bilan almashtirishimiz kerak. Garchi, ruh o'lmas ekan, bu asossiz qo'rquvga, ya'ni o'lim qo'rquviga nehojat? Tana va jon bir bo'lsa ham, tanamiz bir kun o'ladi, biz bu birlikni hamda uning o'lishini (tanani ) tan olishimiz kerak, nainki, biz o'limning tushunarsiz azobidan qo'rqar ekanmiz, demak, biz og'riqdan qo'rqamiz, o'limdan emas" 7 . Uning o'zimizning haqqoniyatiga moslashtirishimiz uchun hissiyotlarimizning asl tabiatini tushunishimiz kerakligi haqidagi izlanishlariga shubhasiz ta'sir ko'rsatgan al-Kindiy bilan bir qatorda Seneka va ravoqiylarni keltirib o'tadi. U shunday deydi: "Biz o'zimizning atrofimizdagi turli ta'sirlar va xislarimiz ixtiyorida ekanmiz, nimani his etishimizni hal qilishimiz uchun sabab topishimiz kerak".8

Ibn Miskavayhning bu fikrlariga umuman boshqacha fikrda bo'lgan sharhlovchi Muhammad Arkun (1970) uning qobiliyatiga urg'u berib: "Uni o'sha davr rivojlanishi jarayonining bir bo'lagi deb atash kerak"9- deydi.

6 O'sha asar.-B. 399

7Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y .-B. 363

8 O'sha asar.-B. 365

9 O'sha asar.-B. 367

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA VA TAKLIFLAR

Biz yuqorida Ibn Miskavayhning borliq va ruh to'g'risidagi fikrlaridan keltirgan iqtiboslardan ayon bo'ldiki, faylasuf insonning komillikka yetishishidagi duch kelinadigan muammolar va ularning ijobiy hal etish usullari, baxtli hayot kechirish shartlari, ruhiy va jismoniy sog'lomlikka eishish choralarini yechishga urinadi. Uning bu qarashlari hozirda biz axloqan jismonan va ma'nan sog'lom farzandlarni tarbiyalashga, kelajagi buyuk vatan qurish yo'lidagi fikrlarimiz bilan hamohanligi ahamiyatlidir. Ibn Miskavayh fikricha, inson shaxsiyatini rivojlantirish xatolarga barham berish uchun uning sabablarini ko'rib chiqish lozim. Bundan xulosa kelib chiqadiki, o'zini hurmat qilgan inson o'zgalarni ham hurmat qila oladi, o'zligini tanigan inson o'zgalar tarixiga o'tmish an'analariga xolisona, to'g'ri fikr bildira oladi, aql va bilimga ega inson ilm-fanni, aqlning mahsuli bo'lgan narsalarni qadrlay oladi.

Xulosa qilib aytganda, Miskavayh mashshoiyyun falsafiy oqimida o'z o'rniga ega. Shuningdek, mutafakkirni mashshoiyyunlik oqimining tizimlashtiruvchisi sifatida baholash mumkin.

1. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7

2. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.,2001 y. - B. 130

3. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 1966. -R. 14-26.

4. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.

5. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -T.: 2010. -V. 225.

6. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 2(2).

7. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.