Научная статья на тему 'POP TUMANI MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI TAHLILI'

POP TUMANI MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / mehnat resurslari / “Chust textile” / subsidiya / tijorat banklari / "Zamin Green World" MCHJ / eksport / import / oilaviy tadbirkorlik / legallashtirish. / Investment / labor resources / "Chust textile" / subsidy / commercial banks / "Zamin Green World" LLC / export / import / family business / legalization.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soataliyeva M.A., Sarikulov M.O.

Ushbu maqolada Namangan viloyati Pop tumani mehnat resurslarining soni, tarkibi va ularning iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandligi, vaqtincha ishsiz aholi qatlamini ish bilan ta`minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma`lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari mehnat resurslarining rasmiy va norasmiy sektordagi ulushi, maishiy xizmat ko`rsatish va tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash maqsadida ajratilayotgan kreditlar haqida ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF EMPLOYMENT OF LABOR RESOURCES IN ECONOMIC SECTORS OF POP DISTRICT

This article provides detailed information about the number, structure and employment of labor resources of Pop district of Namangan region and their employment in economic sectors, the reforms implemented in order to provide employment to the temporarily unemployed population. In addition, the share of labor resources in the formal and informal sectors, loans allocated for the purpose of providing household services and supporting entrepreneurship

Текст научной работы на тему «POP TUMANI MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI TAHLILI»

Soataliyeva M.A.

Andijon davlatpedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Sarikulov M. O.

Tabiiy fanlar kafedrasi o^qituvchisi Andijon shahar Do^stlik ko^chasi 4 uy

POP TUMANI MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Namangan viloyati Pop tumani mehnat resurslarining soni, tarkibi va ularning iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandligi, vaqtincha ishsiz aholi qatlamini ish bilan ta^minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil malumotlar keltirilgan. Bundan tashqari mehnat resurslarining rasmiy va norasmiy sektordagi ulushi, maishiy xizmat ko^rsatish va tadbirkorlikni qollab quvvatlash maqsadida ajratilayotgan kreditlar haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so^zlar: Investitsiya, mehnat resurslari, "Chust textile", subsidiya, tijorat banklari, "Zamin Green - World" MCHJ, eksport, import, oilaviy tadbirkorlik, legallashtirish.

Soataliyeva M.A.

2nd stage student Andijan State Pedagogical Institute

Sarikulov M. O. teacher

Department of Natural Sciences Uzbekistan, Andijan

ANALYSIS OF EMPLOYMENT OF LABOR RESOURCES IN ECONOMIC SECTORS OF POP DISTRICT

Abstract. This article provides detailed information about the number, structure and employment of labor resources of Pop district of Namangan region and their employment in economic sectors, the reforms implemented in order to provide employment to the temporarily unemployed population. In addition, the share of labor resources in the formal and informal sectors, loans allocated for the purpose of providing household services and supporting entrepreneurship

Key words: Investment, labor resources, "Chust textile", subsidy, commercial banks, "Zamin Green - World" LLC, export, import, family business, legalization.

Asosiy qism: 2023 yil 20-dekabr holatiga kora Namangan viloyati Pop tumanida 234 636 ming nafar aholi istiqomat qilib, shundan mehnat resurslarini

126 194 ming (shundan 56 733 nafari ayollar, 69 461 nafari erkaklar) ni tashkil qiladi. Shundan iqtisodiy faol 96 015 ming aholidan 88 173 ming nafari, yoki 91,7 % bandlar (31219 ming nafar rasmiy sektorda, 46 219 ming nafar norasmiy sektorda) ni tashkil qiladi.

Bugungi kun holatiga kora 7842 ming nafar ishsizlar, hamda 10735 ming nafar horijga chiqib ketganlarni tashkil etadi. Yil yakuniga qadar tumanda 52 843 ming nafar ishsiz va band bo lmagan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish orinlarida bandligini taminlash boyicha komplekslar kesimida reja belgilanib, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Investitsiya dasturi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga 1 332 nafar, qishloq xo'jaligi sohasida 35 223 nafar, tadbirkorlikni rivojlantirishda 13 451 nafar, qurilish sohasida 1 573 nafar, turizm yo'nalishi boyicha 1 264 nafar, aholini davomiy va mavsumiy ishlarda bandligini ta minlanishi belgilangan. Investitsiya dasturi davomida 2023-yilning 11 oy yakuni bilan 53 481 nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ishlarda bandligi taminlashga erishilib rejaga nisbatan 101,2 % ga bajarilgan.

Shundan 18 732 Ta doimiy ish o'rinlariga, 30 026 Ta mavsumiy ish o'rinlariga, 4 723 тa legallashtirish hisobiga to'g'ri keladi.

1.Xizmat ko'rsatish va tadbirkorlik yonalishida 17 187 nafar, savdo va

servis

yonalishida 10 309 ta (shundan 775 ta yangi xizmat ko'rsatish obektlari va mavjudlarini kengaytirish hisobiga 9 534 ta ozini ozi band qilish hisobiga) 797 ta mikroloyihalar va mikromarkazlar tashkil etish hisobiga, 342 ta hunarmandchilik yonalishida, 4 148 ta norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish va bo'sh ish orinlarini to'ldirish (shundan 580 ta norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish, 3 568 bo'sh ish orinlarini to'ldirish) 676 ta turizm yo nalishini, 915 ta kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari yo'nalishi hisobiga mehnat resurslarining bandligi taminlandi.

2. Qurilish sohasida 1 586 nafar (shundan 1 011 nafar qurilish sohasi boyicha 575 nafar norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga) ishsizlar bandligi taminlandi.

3.Investitsiya dasturlari doirasida 1 688 nafar (shundan 1 588 nafar hududiy

investitsiya loyihalari, 100 nafar tarmoq investitsiya loyihalari hisobiga, shundan 496 ta xizmat korsatishda 651 ta qishloq xojaligida 441 ta sanoatda) bosh ish orinlari yaratildi.

4. Qishloq xo'jaligi sohasida 33 020 nafar (shundan 628 ta agroklasterlarda, 429 ta fermer xojaliklari va q/x korxonalarida, 27 815 dehqon xo'jaligi uchun yer ajratiladi, 1 302 ta tomoqda bandlik, 68 ta suv xo'jaligida, 740 ta o'rmon ho'jaligida, Pillachilik sohasida 2 038 ta) yangi ish orinlarida aholi bandligi taminlangan.

Komplekslar kesimida tahlil kilinganda, Iqtisodiy kompleksda-265 221

nafar,

Qurilish kompleksida - 14 661 nafar, Turizm kompleksida - 19 853 nafar, Qishloq xo^jaligi kompleksida - 275 239 nafar aholi bandligi ta'minlandi.

Misol uchun, Chust tumanidagi "Chust textile" korxonasi tomonidan 10,5 mln.dollar investitsiya mablag'lari sarflash hisobiga 1 150 nafar doimiy yangi ish o'rinlari yaratildi.

Namangan tumani "Olahamak" mahallasi umumiy qiymati 12,7 mlrd.so'm mablag' hisobiga 17 ta yo'nalishni o'z ichiga olgan Sanoat maktabi tashkil etildi.

O'tgan 11 oy davomida 227,3 ming nafar fuqarolar davomadli mehnat bilan ta'minlandi yil yakuniga qadar yana 22,3 ming nafarini bandligi ta'minlangan Jumladan:

- 74 505 nafarini doimiy va mavsumiy ishlariga joylashtirildi (doimiy ishga 61 283 nafar, mavsumiy ishlarga 13 222 nafar) yil yakuni bilan ushbu yo'nalishida 8 091 nafari bandligi ta'minlanadi.

- 89 483 nafari o'zini o'zi band qilindi va yakuni bilan 4 833 nafarini ushbu yo'nalishda band qilinadi. yil

- 71 688 nafari fuqarolar kasb-hunarga o'qitishga yo'naltirilib, 19 111 nafari kasb-hunarga o'qitildi yil yakuni bilan 1 737 nafari kasb-hunargao' qitildi

- Oilaviy tadbirkorlik yo'nalishida viloyatga ajratilgan 865 mlrd.so'm kredit limitidan tavfsiyanomalar asosida 19 084 nafar fuqaroga 429,4 mlrd.so'm kredit ajratilib bandligi ta'minlandi va yil yakuni bilan yana 4 853 nafar fuqaroga 180,7 mlrd.so'mga kredit ajratilib bandligi ta'minlandi.

- Ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asboblari, uskunalari olib berish bo'yicha aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 1 894 ta fuqaroga 5,6 mlrd.so'mlik subsidiyalar ajratildi va yil yakuniga qadar 1 507 nafar fuqarolar 7,2 mlrd.so'mlik ajratish ko'zda tutilgan.

- PQ-20-sonli qaror asosida 7 701 gektar (58 312 lot) yer maydonlarini ajratish hisobiga 58 312 nafar aholini bandligini ta'minlandi, yil yakuniga qadar 839 gektar (8 392 lot) yer maydonlarini ajratib 8 392 nafarini bandligini ta'minlandi.

- Hunarmandchilik yo'nalishida 5 839 nafar ish o'rinlari yaratilidi (754 nafari hunarmand, 5 105 nafari shogird) yil yakuniga qadar 923 nafar ish o'rinlari yaratiladi. (102 nafar hunarmand, 821 nafari shogirt).

Bundan tashqari, viloyatda kichik biznes sub' ektlari ikki barobarga oshirish maqsadida:

- 4 960 ta yuridik va 4 339 ta yakka tartibdagi yangi tadbirkorlik sub'ektlari taskil etishi natijasida 9 299 ta yangi ish o'rinlari yaratildi, yil yakuniga qadar 809 ta yuridik va 664 ta yakka tartibdagi yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etilib 1 473 та yangi ish o'rinlari yaratiladi.

2022 yilda qiymati 657,7 mlrd. so'mlik (shundan, 443,7 mlrd.so'm o'z mablag'i, 123,0 mlrd.so'm bank krediti, 7,3 mln.dollar xorijiy kredit va

1,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) 128ta hududiy investitsiya loyihalarni ishga tushirilishi hisobiga 1997 ta yangi ish o'rinlarini yaratish belgilangan.

Shundan, sohalar kesimida ko'rilganda:

- sanoatda qiymati 151,1mlrd.so'mlik 29 ta loyiha (1 083 ta ish o^rni),

- qishloq xo'jaligida qiymatda 288,1 mlrd.so'mlik 70 ta loyiha (561 ta ish

o^rni);

- xizmat ko'rsatishda qiymati 218,5 mlrd.so'mlik 29 ta loyihalar (353 ta ish o^rni) amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yil yoki qiymati 545,1 mlrd. so'mlik 121 ta loyihalar ishga tushirilib, 1 875 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.

Sohalar kesimida ko'rilganda:

- sanoatda 113,2 mlrd. so'mlik 24 ta loyiha ishga tushirilib, 1 046 nafar ish

o'rni;

- qishloq ho'jaligida qiymati 221,2 mlrd.so'mlik 71 ta loyiha ishga tushirib, 377 nafar ish o'rni;

- xizmat ko'rsatishda qiymati 210,7 mlrd. so'mlik 26 ta loyihalar ishga tushirilib, 452 nafar ish o'rni yaratildi.

Misol uchun, tumanidagi "Zamin Green - World" MCHJ tomonidan qiymati 62,0 mlrd. so'mlik gidroponika usulida «Zamonaviy issiqxona kompleksi»ni tashkil etish loyihasi ishga tushirilib, 100 nafar doimiy, 150 nafar mavsumiy yangi ish o'rni yaratiladi.

Pop tumanida "Art Soft Holding" MCHJ tomonidan 10,0 mlrd. so'mlik "Tikuvchilik" loyihasi ishga tushirilib, 200 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.

13. Oilaviy tadbirkorlik va muammoli kreditlar:

2022 yil dafomida 4 529 nafar aholi va tadbirkorlik sub' ektlariga 255 mlrd.so'm, shundan 53817 nafar aholiga 2,3 trln.so'm, 8 212 ta tadbirkorlik sub'ektlariga 3,8 trln.so'm kredit mablag'lari ajratildi.

Tadbirkorlik sub'ektlari ajratilgan 3,8 trln.so'm kredit mablag'laridan sanoat sohasiga 1,4 trln.so'm (37 %), xizmat ko'rsatishga 1,1 trln.so'm (28%), qishloq xo'jaligi sohasiga 1,3 trln.so'm (34 %) yo'naltirildi.

Tijorat banklari tomonidan 16 dan ortiq xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan 656 ta loyihalar moliyalashtirish uchun 64,3 mln.dollar miqdorida kredit mablag' lari ajratilgan.

Oilaviy tadbirkorlik yo'nalishida 20 174 nafar fuqarolarga 470 mlrd.so'm kredit mablag'lari ajratilib, 22 132 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi.

Oilaviy tadbirkorlik muammoli kreditlardan bo'lgan 20 mlrd. so'm qarzdorliklar.2022 yil yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 6,3 trln.so'm kredit mablag'lari ajratiladi.

Shundan: Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 865 mlrd.so'm kredit mablag' lari ajratilishi kutilmoqda. 2022 yil yakuni bilan kredit qoldig' i 13,2 trln.so'mni, shundan muammoli kreditlar (NPL) qoldig'i 0,9 trln.so'mni tashkil qilishi kutilmoqda. Import-eksport: Tumanda 2022 yilda jami 19,0 mln. dollarlik eksport amaliyoti bajarildi yoki rejaga nisbatan bajarilish 100,4 foizni

tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davrida nisbatan 130,8 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida tumandagi 7 ta sanoat korxonalari tomonidan 11,5 mln. dollar qiymatli sanoat maxsulotlari eksport amalga oshirilgan bo'lib, rejaga nisbatan bajarilish 100,0 foizni tashkil etadi.

Tumandagi 9 ta eksportyorlar tomonidan 7,5 mln. доллар qiymatli meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan bo'lib, rejaga nisbatan bajarilish 101,6 foizni tashkil etadi.

Xulosa: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Pop tumani mehnat resurslarining bandlik darajasi, mehnat resurslarining rasmiy va norasmiy sektordagi ulushi, maishiy xizmat ko'rsatish va tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash maqsadida ajratilayotgan kreditlar asnosida iqtisodiyot tarmoqlarida bandligi ta'minlangan. O'tgan davr davomida mahsulotlarni eksportga chiqarish georafiyasini kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to'ldirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijasida tumandagi eksportyor korxonalar tomonidan 2022 yil davomida jahonning 16 ta davlatlariga (2021 yilda 7 ta bo'lgan) tovar ва xizmatlar eksportini amalga oshirildi.

Eksport faoliyati bo'yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Turkiya (jami eksportning 20,8 %), Afg'oniston (18,4 %), Xitoy (16,9 %), Qozog'iston (8,1 %), Rossiya (7,0 %) va boshqa davlatlarda qayd etilgan.

Tumandagi tadbirkorlik sub'ektlarni eksport faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 8 ta korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilib, ular tomonidan 3,5 mln. dollarlik mahsulotlari amalga oshirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Pop tuman pasporti.

2. Baliqchi tumani aholisining yosh tarkibi va mehnat Resurslarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandligi va Ishsizlik darajasi tahlili. «Экономика и социум » №1(104)-1 2023

3. Soliyev A., Tojiyeva Z. Iqtisodiy va sotsial geografiya asoslari. -T.,2001.

4. Soliyev A., Qarshiboyeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari-T., 1999.

5. Abdullayev O. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga kirish. O'quv dasturi. -Namangan, 1993.

6. Abirqulov Q. lqtisodiy geografiya. -T., 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.