Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASHDA INVESTETSIYALARNING ROLI
Teshabaeva Odina Nasridinovna-o'qituvchi, Muydinov Muhammadxon Yahyo o'g'li
Magistr, iqtisodiyot yo'nalishlari (tarmoqlar va tarmoqlar), Farg'ona davlat universiteti Odina_0505@mail.ru
ANNOTATSIYA
Aholini ish bilan ta'minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo'lib, u mehnat masalalari bilan bog'liq muammolarni hamda mehnatga bo 'lgan taklif va talablarni qondirish yo 'llarini ochib beradi. Shuning uchun bugungi kunda yoshlarni bandligini taminlash maqsadida mamlakatimiz bir necha investitrison loyihalarni amalga oshirmoqda.
Kalit so'zlar: investitsiya, mehnat, resurs, bandlik.
Занятость является одним из важнейших аспектов общественного развития человека, в котором раскрываются проблемы, связанные с трудовыми вопросами и способами удовлетворения спроса и предложения на рабочую силу. Поэтому сегодня в нашей стране реализуется несколько инвестиционных проектов по обеспечению занятости молодежи.
Ключевые слова: инвестиции, труд, ресурс, занятость.
Employment is one of the most important aspects of human social development, which reveals the problems associated with labor issues and ways to meet the supply and demand for labor. Therefore, today our country is implementing several investment projects to ensure youth employment.
Keywords: investment, labor, resource, employment.
Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta'minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta'minlanishiga bog'liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta'minlashning ijtimoiy-
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, mehnat bozorida ishsizlarning 90%ga yaqini munosib ishga joylashishga ko'maklashish yuzasidan muhtojlik sezmoqda. Munosib ish o'rinlari - bu ishchilarga qiziqarli va qo'lidan keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lgan ish o'rinlaridir. Munosib ish joyiga ega bo'lish uchun mehnat bozorida ishchi kuchi ancha raqobatbardosh bo'lishi zarur. Ishlab chiqarishning yoki tashkilotda boshqarishning rasional tashkil etilishi va modernizasiyalashishi natijasida kadrlarning taqchilligi yuzaga kelmoqda. O'z vaqtida ish joyini o'zgartirish, qayta tayyorgarlik, bo'sh ish joylariga qabulning to'xtatilishi, kadrlarni ishdan bo'shatishga ijtimoiy yo'naltirilgan tanlab olishning amal qilishi, personalni qisqartirish yoki qabul qilishni rejalashtirish yo'li bilan ichki mehnat bozorini tartibga solishni zarurat etmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko'maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta'minlash bo'yicha yangi ta'sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish shuningdek, yangi ish o'rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag'batlantirish maqsadida yurtimizda muhim ijtimoiy islohotlar loyihlar olib borilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiya loyihalari to'g'risida
ma'lumot [3]
Loyihaning nomi Loyiha muddati Loyiha qiymati Loyiha to'g'risida qisqacha ma'lumot
Jahon bankining 2019 - 2024 50 mln. ijtimoiy himoya AQSh doll.
loyixasi (kredit)
Loyihada aholining yagona ijtimoiy reestrini yaratish orqali kam ta'minlanganlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning samarali dasturini malga oshirish, shuningdek, ishsizlar uchun barqaror ish o'rinlaridan foydalanish uchun mehnat bozorida faol choralar ko'rish ko'zda tutilgan.
1
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Loyihaning nomi Loyiha muddati Loyiha qiymati Loyiha to'g'risida qisqacha ma'lumot
Osiyo Taraqqiyot Bankining zamonaviy iqtisodiyot uchun ko'nikmalami rivojlantirish loyihasi
2021-2027 93 mln. Loyihada mehnat bozori va kasb-AQSh doll. hunar ta'limi tizimi o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlar uchun kasb-hunar ta'limi sifatini oshirish, kasb-hunar ta'limi va ish bilan ta'minlash tizimini boshqarishni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Farg'ona vodiysida
aholi malakasini
pandemiyadan
keyingi
iqtisodiyotga
moslashtirish
(BMTTD)
2021-2023 1,8 mln. Loyiha Farg'ona vodiysidagi AQSh doll. imkoniyati cheklangan
guruhlarning texnik va raqamli ko'nikma va malakalarini oshirish orqali munosib ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini
yaratishga qaratilgan. NEET (Ta'lim, mehnat va kasb-hunarga bog'liq bo'lmagan) avloddan, xususan, yosh xotin qizlarni iqtisodiy ishtirokini qo'llab-quvvatlash, qulay muhit yaratish va o'smirlarni o'qitish orqali tadbirkorlik ko'nikmalariga shakllantirish shuningdek, qulay shart-sharoitlar yaratish va o'qitish orqali startaplar ekotizimini yaratish hamda davlat mehnat bozori dasturlari tarkibidagi o'zgarishlarni
qo'llab-quvvatlash, norasmiy iqtisodiyotda ish bilan band bo'lganlar uchun yana-da yaxshi imkoniyatlar yaratish ularning ta'sirini oshirish va qamrab olish.
O'zbekistonda yoshlarning
yanvar 2019 1.0 mln. - dekabr AQSh doll.
Yoshlarni, ayniqsa kollej va universitet bitiruvchilari, yosh
2
3
4
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Loyihaning nomi Loyiha muddati Loyiha qiymati Loyiha to'g'risida qisqacha ma'lumot
bandligini 2021
oshirishga ko'maklashish (BMTTD)
ayollar, qaytayotgan muhojirlar va himoyasiz guruhlar orasida ish bilan ta'minlashga
ko'maklashish, hukumatga bir qator tashabbuslar va faol mehnat bozori siyosatini amalga oshirishda yordam berish.
5 Farg'ona shahrida 2018 - 2021 9.3 mln. - bozor talablariga javob kasb-hunarga AQSh doll. beradigan o'quv dasturini
o'qitish shakllantirish
markazining tashkil etilishi. (KOICA)
Ish bilanbandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat'i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o'zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko'rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichdir.
Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy hususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo'lar ekan, uni quyidagicha ta'riflash mumkin. Ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun xujjatlari zid kelmaydigan o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq, ularga ish haqi yoki mennat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta'minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum yetadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko'rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e'tibor bergan bo'lsalar, keyingi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to'g'risida tobora ko'prok gapirilayotganligi bejiz emas.
Demografik jarayonlarga bog'liq holda, O'zbekistonda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda. Tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, 2010-2020 yillarda respublikamiz mehnat resurslari 2930.8 ming kishiga ko'payib, ushbu ko'rsatkich mazkur yillarda 17,7% ga oshganini ko'rsatmoqda. Bunday holat respublikamizda demografik vaziyatning murakkabligidan dalolat beradi. Chunki mehnat bozorida demografik "bosim"ning kuchayishi yoshlarning ish bilan ta'minlash muammosini kuchayishiga sabab bo'ladi.
Tahlil etilayotgan davrlarda O'zbekiston Respublikasida aholi soni 21,5 %ga oshgan. Shuningdek, respublikamizda shahar aholisini muntazam ko'payib borishi kuzatilmoqda, ya'ni 2020 yilda 17183,7 ming kishini tashkil etgan, ya'ni bu ko'rsatkichning 2010 yilga nisbatan o'sishi 19,9 % ga oshgan oshgan.
Respublikamizda ish bilan bandlar soni bu davrlar oralig'ida 17,9%ga oshgan holda, ishsizlik darajasi 2020 yilda 9,1%ni tashkil etgan. Shuningdek, mustaqil tarzda ish qidirayotganlar soni 2,5 martaga oshgan. Buning asosiy sababi mehnat bozori egiluvchanligining ta'minlanishi hisobiga nostandart ish bilan bandlik turlarining kengayib borayotganligi hisoblanadi.
Mamlakatda ishsizlik katta iqtisodiy, moliyaviy ijtimoiy va ba'zan psixologik harajatlarga olib keeladi. Iqtisodiy harajatlarbarcha iqtisodiy faol aholi band bo'lmasligi oqibatida YalMda o'z ifodasini topadi. Moliyaviy harajatlarga, birinchidan, ishsizlarga ijtimoiy yordam sifatida ketadigan harajatlar(nafaqa moddiy
530
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yordamning boshqa turlari, ish bilan bandlik dasturini amalga oshirishga), ikkinchidan, davlat byudjetiga tushmagan soliqlar summasi orqali hisoblanadigan harajatlar kiradi. 1981 yilda Buyuk Britaniya moliya vazirligi tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko'ra bitta ishsiz uchun qilingan harajat davlatga 3,4 ming funtga tushgan hamda davlatning barcha moliyaviy harajatlari 9,8 mlrd. funtni tashkil etgan.
Shuningdek, qishloq aholisi sonining doimiy oshib borishi O'zbekistonda demografik rivojlanishning o'ziga xos xususiyatidir. Bunda hozirgi kunda mehnat bozorida yoshlarning jami mehnat resurslari tarkibida hissasi oshib borishi tendensiyasining mavjudligi yoshlar ishchi kuchiga talabni oshirish va ishchi kuchi taklifini qisqartirish muammosini yuzaga keltirmoqda.
Tashkiliy-huquqiy mexanizmga mehnat munosabatlariga oid qonun va me'yoriy hujjatlarni qabul qilish, mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish chora-tadbirlari va mehnat bozori infrastuzilmasining rivojlanishi kabilar kiradi.
O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi. Mamlakatimiz qo'shilgan, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo'l qo'yilmasligini nazarda tutuvchi xalqaro konvensiyalar talablari samarali bajarilmoqda. Umuman, bandlik masalasiga e'tibor kuchaytirilmoqda.
Joriy yilning 9 oyida 48 ming ishsiz shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi hisobidan 17,2 mlrd. so'm to'lab berilgan.
2-rasm. O'zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va ish bilan band aholi
soni dinamikasi, (ming kishi) [4]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo'yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jins va yoshi bo'yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo'lgan mehnatda faol aholi) o'rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar.
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar hamda korxonalar daromadlari yo'qotishlarini qoplash, faoliyat yuritishini hamda ish o'rinlarini saqlab qolishni rag'batlantirish maqsadida turli imtiyozlar joriy etildi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlik subektlariga mol-mulk solig'i, ye r solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lash bo'ycha kechiktirish imkoniyati taqdim etildi.
3-rasm. O'zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi, (foizda) [4]
10 8 M LU CM 3/i M K AapamacM, %
J* 0,3 -♦ 9.1
5
2010mm/i 2014 mm/1 2018 mm/t 2020 mm/1
Yuqorida keltirilgan masalalar bilan bir qatorda aholini asosan yoshlarni ish o'rinlari bilan ta'minlash masalasi ham pandemiya sharoitida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mehnat bozori jamiyat, siyosat va iqtisodiyotda ro'y beradigan o'zgarishlarga sezgir hisoblanadi. Dunyo bo'yicha 2020 yil boshlanishidan mehnat bozoridagi ayrim kasblarga bo'lgan talab keskin o'zgara boshladi. Inqirozli sharoitlarda, xususan, koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi xavfi mavjudligi sharoitida aholi daromadlarini va ish o'rinlarini saqlab qolish, aholi ish bilan bandligining egiluvchan shakllaridan, ya'ni, ayrim joylarda qisqartirilgan ish kuni yoki haftasi, ayrim sohalarda masofaviy ish bilan bandlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Xalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 2
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mlrd.dan ortig'i norasmiy iqtisodiyotda ish bilan banddir. Bular, jami ish bilan bandlarning 62 %ni tashkil etadi. Norasmiy ish bilan bandlik past rivojlangan mamlakatlarda 90,0 %ga yaqinni, o'rta rivojlangan mamlakatlarda 67,0 % va rivojlangan mamlakatlarda 18,0 % atrofida tashkil etadi. Yoshlarni ish bilan bandlikni ta' minlovchilarni rag'batlantirish inqirozli holatlarni ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish uchun zarurdir. Bunday choralar samarali muloqot asosida inqirozga qarshi choralarni adolatli, samarali bo'lishi va bevosita ishtirokchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Tahlikali vaziyat ish beruvchilar, xodimlar va hukumat o'rtasida samarali muloqotni yo'lga qo'yish hamda ijtimoiy sheriklik jarayoniga norasmiy ish bilan bandlarni ham jalb etish imkonini beradi.Xalqaro mehnat meyorlari barchani qamrab olishga qaratilib, inson huquqlari, imkoniyatlar tengligi, har kimning sog'lig'i holatini e'tiborga olgan holda hech kamsitishlarsiz adolatli siyosat olib borishga xizmat qiladi. Bu esa asosan inqirozlarga norasmiy iqtisodiyotni inobatga olgan holda samarali qarshi kurashish imkonini beradi.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma'lumot- lariga ko'ra bugungi kunda O'zbekiston mehnat bozorida 13,7 mln kishi band bo'lib, ulardan 5,8 mln kishi rasmiy va 7,9 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Norasmiy iqtisodiyotdagi ish bilan bandlar hamda korxonalar pandemiya sharoitida inqirozga uchrashi mumkin bo'lgan eng zaif qatlam hisoblanadi. Ushbu qatlamni qo'llab-quvvatlamaslik mehnat bozori inqirozga yuz tutishi hamda kambag'allik darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Moliyaviy texnologiyalar, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, biznes vakillari hamda mahalliy hokimiyatlar hamjihatlikda ishni tashkil e tishi orqali norasmiy ish bilan bandlarni qamrab olishi mumkin. Munosib rag'batlantirish imkoniyatlari, texnik ko'maklashish qisq va uzoq muddatda norasmiy korxonalarni rasmiylashtirish imkonini beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o'rta korxonalarda norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish chora-tadbirlari oqibatlarini yumshatish ushbu korxonalarning norasmiy sektorga yana qaytishini oldini olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 2020-yil 8-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
2020-yil 1-iyuldan boshlab O'zbekistonda fuqarolarning o'zini o'zi band qilish bo'yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro'yxatga olish tartibi joriy etilgan edi. O'zini o'zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat'i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to'laydi. Ushbu summa to'liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga yo'naltiriladi. Shundan kelib chiqqan holda YaTTlar uchun o'rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi .
Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish o'rinlari bilan ta'minlashga yunaltirilgan ishlar haqida alohida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Xususan, "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi yurtboshimiz topshirig'iga asosan hokimliklar, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning I-choragi natijalariga ko'ra, respublika bo'ylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1277 ga. sabzavot, 1787 ga poliz, 10296 ga dukkakli ekinlar, 7727 ga boshoqli don ekinlari va 391 ga kartoshka ekish uchun, 3 866 ga esa bog' yaratish uchun ajratib berildi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni ish bilan band bo'lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo'lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
2020- yil 11-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz tomonidan imzolangan "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror ham aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadiPrezidentimiz qaroriga asosan, ushbu loyihalar ijrosini ta'minlash uchun Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag'larga qo'shimcha ravishda 150 milliard so'm mablag' ajratiladi.
Bu chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o'sishiga mustahkam zamin yaratmoqda.Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularing mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni -o'quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko'maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo'shash ko'lami bilan belgilanadi, Bunda ko'p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo'shashiga bog'liq bo'ladi. Agar bular mashinasozlik, to'qimachilik sanoati tarmoqlarida bo'lsa, bu joylarda ishlovchi ishchilarning ulushi ko'proq bo'ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.
Yoshlar o'rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo'lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo'lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim oladiganlar sonini ko'paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo'li bilan erishiladi.
O'qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning ikkita yo'nalishi bo'lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo'nalishga vaqtincha chora sifatida qarash mumkin va u kollej o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarini o'zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta'lim olish muddatini uzaytirishdir.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirib kelayotgan islohotlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri - bu takomillashgan mehnat bozorini shakllantirish va uning samarali amal qilishini ta'minlash hisoblanadi. Respublikamizda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli miqdorga ega bo'lmoqda. Bunday holat mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini ta'minlash, ularning ishsizligini kamaytirishning samarali usullari va mexanizmlarini tadqiq etishni talab qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi yosh jihatidan ancha yosh hisoblanadi, mehnat resurslari tarkibiga kirib keluvchilar, ya'ni mehnat qobiliyati yoshiga kelib qo'shiluvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. Buning asosiy sababi sobiq Ittifoq davrida va mustaqilligimizning dastlabki yillarida respublikamizda aholini tez sur'atlar bilan ko'payishi natijasida hozirgi kunga kelib, demografik bosimning ortishiga olib keldi. Oqibatda yoshlarni, ayniqsa, qishloq yoshlarining ishsizligini kamaytirish va ularning ish bilan bandligini ta'minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. Yoshlar o'rtasida ishsizlikni kamaytirish, ularning mehnat bozoridagi hatti-harakati qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning salmog'i yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligi va ularni kasbga tayyorlash ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan alohida ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv sharoitida dunyoning barcha mamlakatlarida yoshlar orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kutilmoqda. Bugungi kunda yoshlar mehnat bozorini tartibga solish va qishloqda ishsizlikni va avvalo 30 yoshgacha bo'lgan shaxslar orasida bartaraf etish masalalari yetarlicha o'rganilmagan. Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni tasdiqlashga imkon beradi, ya'ni qishloq yoshlari ishsizligi darajasining yuqori bo'lishi ko'proq ishchi kuchini dastlabki kasbga tayyorlash tizimi (shu jumladan, kasbga yo'naltirish)ni takomillashmaganligi, ularni ishga joylashishining past darajasi va operativ emasligi, ish beruvchilarga yosh kadrlar uchun ish o'rinlarini tahlil qilish va saqlab qolishga hamda yaratishga moddiy rag'bat va imtiyozlar yo'qligi, qishloq yoshlari tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlanmaganligi, yoshlarda malaka yetishmasligi, mehnat bozori infratuzilmasining yaxshi rivojlamaganligi; istiqbolda ish bilan bandlikni rivojlantirish bo'yicha ilmiy jihatdan asoslangan dasturlarning ishlab chiqilmaganligi bilan belgilanadi.
REFERENCES
1. Mirziyoev. SH.Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.T.:"O'zbekiston" 2017.
2. Mirziyoev SH.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.T.:"O'zbekiston"2017 yil.- 488 bet.
3. https://mehnat.uz/oz/services/bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiya loyihalari togrisida malumot.
4. Тешабаева, О. Н., & Ахунова, О. Э. (2020). привлечение инвестиций в развитие экономики агропромышленного комплекса республики Узбекистан. In развитие регионального АПК и сельских территорий: Современные проблемы и перспективы (pp. 241-243).
5. Н.Олимова, О.Тешабаева, & (2022). Узбекистонда инновацион жараёнларни такомиллаштириш оркали корхоналар ракобатдошлигини ошириш масалалари. Scientific progress, 3 (3), 276-282.
6. Тешабаева, О. Н., & Шерматова, Х. М. (2022). Современные информационные услуги в обеспечение конкурентоспособности коммерческих банков. Scientific progress, 3(1), 44-51.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
7. Тешабаева, О. Н. (2019). Эффективное развитие рекламной маркетинговой деятельности в современном бизнесе. In Тенденции развития мировой торговли в XXI веке (pp. 116-119).
8. Teshabaeva, O., Abdullaeva, M., & Aminjonova, V. (2022). The role and importance of entrepreneurship and small business in the national economy. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11, 183-191.
9. Тешабаева, О. Н., & Нишонбоев, Д. Э. У. (2021). Корхоналарнинг таркетинг салохиятини бахолаш омиллари. Scientific progress, 2(7), 657-661.
10. Тешабаева, О. Н., & Назарова, Л. Т. (2020). Классификация развития факторов инновационного потенциала предприятия в Узбекистане. In минтака иктисодиётини инвестициялашнинг молиявий-хукукий ва инновацион жихатлари (pp. 471-474).
11. Тешабаева, О. Н. (2020). Механизмы организации предпринимательской-инвестиционной деятельности экономики Узбекистана. In минтака иктисодиётини инвестициялашнинг молиявий-хукукий ва инновацион жихатлари (pp. 537-540).