Научная статья на тему 'PODAGRA KASALLIGIDA KARDIOGEMODINAMIK BUZILISHLAR O’ZIGA XOSLIGI'

PODAGRA KASALLIGIDA KARDIOGEMODINAMIK BUZILISHLAR O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
280
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
podagra / transmetral oqim / chap qorincha arxitektonikasi / arterial gipertenziya / yurak ishemik kasalligi / yurak qon-tomir zararlanishlari / miokard infarkti. / gout / transmetral flow / left ventricular architecture / arterial hypertension / ischemic heart disease / cardiovascular damage / myocardial infarction.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Doston Rustamovich Toirov, Doniyor Xasanovich Berdiyev

Bizning tadqiqotga podagra bilan kasallangan bemorlarda miokardningstruktur – funksional holatini o‘rganish maqsadida 88 nafar bemor (barchasi erkak) tekshiruv uchun ajratib olindi. Podagra kasalligining (qaytalanuvchi va surunkali) kechish variantiga qarab bemorlarda ExoKG tekshiruvi o‘tkazildi. EKG va ExoKG tekshiruvlari natijasida 82% bemorlarda yurak qon-tomir tizimida o'zgarishlar aniqlangan. Shu bilan birga, 43% bemorda CHQ gipertrofiyasi aniqlangan bo'lsa, ushbu bemorlarning 62% da AG mavjudligi qayd qilingan. Shu bilan birga, ExoKGda o‘rtacha 70% bemorda klapan apparatining zararlanishining quyidagi turlari: QAT qalinlashuvi 50% holatlarda, CHQ orqa devorining qalinlashuvi 44% da , CHB gipertrofiyasi 36% da, CHQDD 31,5% holatlarda aniqlandi. Shuningdek, yurak ritmi va o‘tkazuvchanlikdagi turli buzilishlari, qorincha ekstrasistoliyasining ustunligi bilan qayd qilingan. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar kasallikning surunkali formasida tez-tez uchrashi aniqlangan. Darvoqe, ushbu tekshiruvda kardiopatiyaning rivojlanishi SK ning konsentratsiyasiga, qondagi ksantinoksidazaga bevosita bog'liqligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CARDIOHEMODYNAMIC DISORDERS IN GOD'S DISEASE

In our study, 88 patients (all male) were selected to examine the structural and functional status of the myocardium in patients with gout. ExoKG was performed on patients with gout (recurrent and chronic). ECG and ExoKG examinations revealed changes in the cardiovascular system in 82% of patients. However, while CHQ hypertrophy was detected in 43% of patients, the presence of AG was noted in 62% of these patients. At the same time, the following types of valvular lesions were detected in an average of 70% of patients on ExoKG: QAT thickening 50% of cases, CHQ posterior wall thickening 44%, CHB hypertrophy 36%, CHQDD 31.5%. Various arrhythmias and conduction disturbances have also been reported, with a predominance of ventricular extrasystoles. However, the above-mentioned changes are more common in chronic forms of the disease. By the way, in this study it was found that the development of cardiopathy is directly related to the concentration of SC, xanthine oxidase in the blood.

Текст научной работы на тему «PODAGRA KASALLIGIDA KARDIOGEMODINAMIK BUZILISHLAR O’ZIGA XOSLIGI»

PODAGRA KASALLIGIDA KARDIOGEMODINAMIK BUZILISHLAR

O'ZIGA XOSLIGI

Doston Rustamovich Toirov Doniyor Xasanovich Berdiyev

Samarqand davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Bizning tadqiqotga podagra bilan kasallangan bemorlarda miokardningstruktur -funksional holatini o'rganish maqsadida 88 nafar bemor (barchasi erkak) tekshiruv uchun ajratib olindi. Podagra kasalligining (qaytalanuvchi va surunkali) kechish variantiga qarab bemorlarda ExoKG tekshiruvi o'tkazildi.

EKG va ExoKG tekshiruvlari natijasida 82% bemorlarda yurak qon-tomir tizimida o'zgarishlar aniqlangan. Shu bilan birga, 43% bemorda CHQ gipertrofiyasi aniqlangan bo'lsa, ushbu bemorlarning 62% da AG mavjudligi qayd qilingan. Shu bilan birga, ExoKGda o'rtacha 70% bemorda klapan apparatining zararlanishining quyidagi turlari: QAT qalinlashuvi - 50% holatlarda, CHQ orqa devorining qalinlashuvi - 44% da , CHB gipertrofiyasi - 36% da, CHQDD - 31,5% holatlarda aniqlandi. Shuningdek, yurak ritmi va o'tkazuvchanlikdagi turli buzilishlari, qorincha ekstrasistoliyasining ustunligi bilan qayd qilingan. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan o'zgarishlar kasallikning surunkali formasida tez-tez uchrashi aniqlangan. Darvoqe, ushbu tekshiruvda kardiopatiyaning rivojlanishi SK ning konsentratsiyasiga, qondagi ksantinoksidazaga bevosita bog'liqligi aniqlangan.

Tayanch so'zlar: podagra, transmetral oqim, chap qorincha arxitektonikasi,arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, yurak qon-tomir zararlanishlari,miokard infarkti.

CHARACTERISTICS OF CARDIOHEMODYNAMIC DISORDERS IN GOD'S

DISEASE

Doston Rustamovich Toirov Doniyor Khasanovich Berdiev

Samarkand State Medical Institute

ABSTRACT

In our study, 88 patients (all male) were selected to examine the structural and functional status of the myocardium in patients with gout. ExoKG was performed on patients with gout (recurrent and chronic).

ECG and ExoKG examinations revealed changes in the cardiovascular system in 82% of patients. However, while CHQ hypertrophy was detected in 43% of patients, the presence of AG was noted in 62% of these patients. At the same time, the following types of valvular lesions were detected in an average of 70% of patients on ExoKG:

QAT thickening - 50% of cases, CHQ posterior wall thickening - 44%, CHB hypertrophy - 36%, CHQDD - 31.5%. Various arrhythmias and conduction disturbances have also been reported, with a predominance of ventricular extrasystoles. However, the above-mentioned changes are more common in chronic forms of the disease. By the way, in this study it was found that the development of cardiopathy is directly related to the concentration of SC, xanthine oxidase in the blood.

Keywords: gout, transmetral flow, left ventricular architecture, arterial hypertension, ischemic heart disease, cardiovascular damage, myocardial infarction.

Mavzuning dolzarbligi: Podagra kasalligini o'rganish dolzarbligi, uning tibbiy va ijtimoiy muammo sifatida kasallanish darajasining yildan yilga oshib borishi va insonlar mehnatga layoqatlilik qobilyatining kamayishi bilan ham izohlanadi . Turli mualliflarning fikriga ko'ra, podagra kasalligi bilan kasallanish yevropa mamlakatlari erkak aholisining 1% ni tashkil etadi. Kasallik o'rta yoshli erkaklar orasida bo'g'im yallig'lanishi bilan kechadigan kasalliklar ichida asosiy o'rinni egallaydi. Tekshiruv va davolash usullarining kundan kunga yaxshilanib borishiga qaramasdan podagra kasalligi bilan kasallanish darajasi oxirgi 30 yillikda keskin oshib bormoqda. Podagra kasalligini o'rganishga bo'lgan qiziqishning oshib borishi sabablaridan yana biri, bu kasallikning organizmdagi metabolik jarayonlarning buzilishi bilan chambarchas bog'liqligi bilan ham izohlanmoqda. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlarida (2000) podagra kasalligi semizlik, gipertoniya kasalligi, 2-tip qandli diabet, metabolik sindrom bilan bir qatorda keltirilgan. Bu holatdan ko'rinib turadiki, yurak qon-tomir zararlanishlari xavfining podagra kasalligida oshib borish darajasi yuqori hisoblanadi. Xususan, M.S Eliseev va boshqalar ma'lumotlariga ko'ra, podagra kasalligi bilan og'rigan bemorlarning 65% yurak qon-tomir asoratlari sababli nobud bo'lishi keltirib o'tiladi. Bu holatda yurak qon-tomir asoratlarining asosida aterosklerotik o'zgarishlar asosiy o'rinni egallaydi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, yurak qon-tomir zararlanishlari, metabolik sindrom va podagra kasalligining birgalikdagi rivojlanishi aniq bir bemorda muddatdan oldin nogironlikka va har xil asoratlar sabab erta o'limga olib keladi. Podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yurak qon-tomir zararlanishlarining ko'p uchrashi, kasallikni kompleks o'rganish muhimligini ko'rsatib turibdi.

Ishning maqsadi: Podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kardiogemodinamik buzilishlarini erta aniqlash va boshqarib bo'ladigan xavf omillarini bartaraf qilish va kasallikni davolash usullarini takomillashtirish. Tekshiruv materiallari va usullari:Ushbu bo'limda tekshirish uchun 88 nafar podagra kasalligi bilan kasallangan (hammasi erkak) bemor ajratib olindi. Kasallikni kechishiga qarab bemorlarni qaytalanuvchi va surunkali kechuvchi tiplari alohida ajratib olindi. Barcha bemorlarda Exokardiografiya (ExoKG) tekshiruvi o'tkazildi.

Bemorlarning o'rtacha yoshi 56,6±8,5 (42 dan 72 yoshgacha) yoshni tashkil qildi. 44 yoshgacha bo'lgan bemorlar 7,9% ni, 45 yoshdan 59 yoshgacha bo'lganlar 50,0% ni, 60 yoshdan 72 yoshgacha bo'lganlar 42,1% ni tashkil qildi.

Kasallik boshlangandagi bemorlarning o'rtacha yoshi 43,5±8,3 ga teng edi. Ko'pchilik bemorlarda 73,7%) kasallik 35-53 yosh oralig'ida boshlangan. Kasallik bilan kasallangan eng yosh bemor 29 yoshda, eng keksa yoshda kasallik boshlangan bemor esa 61 yoshda edi.

Kasallikning o'rtacha davomiyligi 10,0 (6,0; 16,5) yilni tashkil qildi, yani 2 oydan 39 yilgacha.

Barcha bemorlar 2 guruhga bo'lib o'rganildi: 1-gurux bu kasallik qaytalanib kechayotgan 30 nafar bemor, ikkinchi guruh bu kasallik surunkali kechayotgan 58 nafar bemor. Ikkinchi guruhdagi bemorlar o'rtacha yoshi birinchi guruhdagi bemorlarga qaraganda kattaligi qayd qilindi (57,3±8,9 va 55,8±8,2 yosh, mos ravishda r<0.05). Podagra kasalligi surunkali kechgan bemorlar anamnezi, kasallik qaytalanib kechgan bemorlarga nisbatan uzoqroqni tashkil qildi (13,0 [7,0; 15,0] df 12,0 [3,0; 25,0] yosh, mos ravishda, r<0.05). Ikkinchi guruhdagi bemorlarda TMI birinchi guruh bemorlarga qaraganda yuqoriligi qayd qilindi (31,92 [28.9; 34,67] va 31,76 [25,01; 42,52] kg/m2, mos ravishda, r<0.05). Kasallik kechishiga qaramasdan ikkala guruh bemorlarda ham siydik kislota miqdori balandligi aniqlandi. Qon plazmasi tarkibida siydik kislota miqdori podagra qaytalanib kechgan bemorlarda 599,0 (357,0; 970,0) mkmol/l ni tashkil etgan bo'lsa, kasallik surunkali kechgan bemorlarda 536,5 [473.5; 602,0) mkmol/l ni tashkil qildi. Qiyoslab aytadigan bo'lsak bu ikki guruhdagi bemorlar orasida tafovut kuzatildi (r<0,01).

Olingan natijalar: Podagra kasalligining kechishi bo'yicha bemorlarni kardiogemodinamikasi o'rganilganda, bir qator o'zgarishlar aniqlandi.

Podagra surunkali kechgan bemorlarda chap qorinchaning diastola oxiridagi o'lchami (CHQDOO') va diastola oxiridagi hajmi (CHQDOH), kasallik qaytalanib kechgan bemorlarga qaraganda mos ravishda 4,65 va 10,3% oshganligi aniqlandi. Chap qorinchaning sistola oxiridagi o'lchami (CHQSOO') va chap qorinchaning sistola oxiridagi hajmi (CHQSOH) esa podagra kasalligi surunkali kechgan bemorlarda mos ravishda 2,4 va 5,45% ga oshganligi aniqlandi (r<0,05).

Tekshirilayotgan guruhlarda qorinchalar aro to'siqqalinligi (QATQ) deyarli bir xil ko'rsatkichlarni namoyon qildi (1- jadval) (r<0.05). Chap qorincha orqa devorining qalinligi kasallik surunkali kechgan bemorlarda birinchi guruhdagi bemorlarga qaraganda 1,65% yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shularni inobatga olib aytish mumkinki kasallik surunkali kechgan bemorlarda bir qator ko'rsatkichlar yuqoriligi aniqlandi (2-jadval). Chap qorincha devorining nisbiy qalinligi (CHQDNQ) hisoblanganda birinchi

va ikkinchi guruhdagi bemorlar orasidagi farq yuqorida ko'rsatilganlari kabi 106,8% ni tashkil qildi.

Chap qorincha miokard massasi faqat bir yo'nalishda podagra kasalligining og'irlik darajasiga parallel ravishda oshib borganligi kuzatildi. Tekshirilayotgan guruhlar orasida bu ko'rsatkich sezilarli darajada tafovutni yuzaga keltirdi (r<0.05). Podagra kasalligi surunkali kechgan bemorlarda, kasallik qaytalanib kechgan bemorlarga qaraganda CHQMM 103,7% (r<0.05) ni tashkil qildi. Tekshirilayotgan guruhlarda CHQMMI ikkala guruhda ham deyarli teng ko'rsatkichlarni tashkil qildi (1-jadval) (r<0.05).

1-jadval

Podagra bilan kasallangan bemorlarda kardiogemodinamik ko'rsatkichlar

Ko'rsatkichlari Kasallikning kechishi

Qaytalanib (n=30) Surunkali (n=58)

CHQ DOO', sm 5,16 [4,80; 6,20] 5,40 [5,10; 5,70]

CHQ DOH, ml 128,07 [107,52; 193,99] 141,31 [123,81; 160,04]

CHQ SOO', sm 3,37 [3,00; 3,70] 3,45 [3,10; 3,65]

CHQ SOH, ml 46,61 [35,00; 58,13] 49,15 [37,92; 56,32]

QATQ, sm 1,21 [0,9; 1,44] 1,2*[1,08; 1,28]

CHQODK, sm 1,22[1,05; 1,48] 1,24*[1,06; 1,33]

CHKDNK 0,47[0,40; 0,56] 0,44*[0,41; 0,47]

CHKMM, g 258,77[187,2; 441,05] 268,32*[226,41; 336,86]

CHKMMI, g/m2 131,56 [94,14; 220,53] 131,40[109,86; 165,19]

Izoh: *-r<0.05 1 va 2 guruh bemorlar o'rtasidagi farq.

Barcha bemorlarda ExoKG tekshiruv yordamida qonning transmetral oqim ko'rsatkichlari o'rganildi. Har bir bemorda quyidagi transmetral oqim ko'rsatkichlari aniqlandi:

- normal tip: E/A=1,0-2,0; CHQ IBV=50-100 ms; CHQ STD>170 ms.

- gipertrofik tip: E/A<1,0; CHQ IBV>100 ms; CHQ STD<170 ms.

- psevdonormal tip: E/A=1,0-2,0; CHQ IBV<50 ms; CHQ STD>170 ms.

- dekompensatsiyalashgan tip: E/A>2,0; CHQ IBV<50 ms; CHQ STD<170 ms.

Bizning tekshiruvlardagi bemorlar orasidan transmetral oqim buzilishlarining faqat 2 turi aniqlandi: normal va gipertrofiyalashgan turlari. Bemorlarning transmetral oqim ko'rsatkichlari 2- jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Podagra bilan kasallangan bemorlarda transmetral oqim ko'rsatkichlari

Transmetral oqimning normal turi (n=60)

Gipertrofik transmetral oqim (n=28)

E, m/s 112,96 [105,0; 120,0] 85,75 [80,0; 95,0]*

A, m/s 86,2 [71,0; 100,0] 100,4 [100,0; 101,0]*

E/A 1,36 [1,14; 1,54] 0,85 [0,79; 0,95]*

CHQ IBV, ms 61,5 [55,2; 79,5] 123,5 [99,5; 147,3]*

CHQ STD, ms 173,0 [151,5; 190,3] 138,5 [99,5; 150,2]

Izoh: *- r<0.001 1 va ikkinchi guruxdagi bemorlar farq birligi.

Podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasidan chap qorincha diastolik disfunksiyasi (CHQDD) o'rganilganda, kasallik qaytalanib kechgan bemorlarda 26,6% va kasallik surunkali kechgan bemorlarda 37,9% holatlarda buzilishlar qayd qilindi (3-jadval).

3-jadval

Podagra bilan kasallangan bemorlarda CHQDD uchrash chastotasi, n (%)

Ko'rsatkichlari Podagra kechuvi R

Qaytalanib (n=30) Surunkali (n=58)

CHQDD bor 8 (26,6) 22 (37,9) <0.01

CHQDD yo'q 22 (73,3) 36 (62,07) <0.01

Natijalardan ko'rinib turibdiki podagra bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishiga qarab chap qorincha struktur o'zgarishlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Birlamchi podagra bilan kasallangan bemorlarning 34,09% da CHQDD kuzatiladi, uning uchrash darajasi asosiy kasallikning kechishiga bog'liq tarzda rivojlanadi.

Ushbu ilmiy ishda bemorlarni chap qorincha geometrik tuzilishiga qarab guruhlarga ajratib oldik. CHQMM (chap qorincha miokard massasi) va CHQ NDQ (chap qorincha nisbiy devorining qalinligi) ga qarab 4 guruh chap qorinchaning geometrik modellari farqlanadi .

-normal geometriyaga ega CHQ (NGCHQ)- normal CHQMMI va normal CHQ NDQ ga ega.

-konsentrik remodellashgan CHQ (KRCHQ)- CHQ NDQ oshgan, CHQMMI normada.

-konsentrik gipertrofiyalashgan CHQ (KGCHQ)- CHQ NDQ oshgan, CHQMMI ham oshgan.

-ekssentrik gipertrofiyalashgan CHQ (EGCHQ)- CHQMMI oshgan, CHQ NDQ kamaygan.

Tekshiruvdagi bemorlar orasida har to'rttala tipdagi chap qorincha arxitektonikasiga ega bemorlar uchradi: 20 (22.72%) nafar bemorda NGCHQ, 16(18,2%) nafar bemorda KRCHQ; 30 (34,09%) nafar bemorda KGCHQ va 22 (25%) bemorda EGCHQ aniqlandi (1-rasm).

Aniqlandiki podagra bilan kasallangan xar 4 chi bemorda chap qorincha arxitektonikasining buzilishi kuzatilmaydi, bemorlarning 1/3 qismida CHQKG si uchraydi, 25% bemorda CHQEG si aniqlangan bo'lsa. Qolgan bemorlarda CHQMMI normal saqlangan holda uning KR kuzatildi.

1-rasm Bemorlarning chap qorincha arxitektonikasi bo'yicha taqsimlanishi

■ CHQKG

■ CHQEG

■ CHQKR ■CHQNG

Bemorlarda podagra kasalligining og'irlik darajasiga qarab chap qorincha geometrik tuzilishida ham o'zgarishlar kuzatildi (4- jadval).

4-jadval

Podagra kasalligida CHQ geometrik shakllarining kasallik kechishiga qarab

uchrash chastotasi

Chap qorincha geometrik tiplari Kasallik kechishi R

Qaytalanib (n=30) Surunkali (n=58)

CHQNG 4(13,4) 16 (27,58) <0.05-

CHQKR 8 (26,6) 8(15,38) <0.05

CHQKG 12 (40) 18 (31,03) <0.05

CHQEG 6 (20) 16 (27,6) <0.05

Podagra kasalligi surunkali kechgan bemorlarda 31 % holatlarda CHQKG kuzatildi, 27.6 % bemorlarda CHQEG rivojlangan, 15.4% bemorlarda esa CHQKR rivojlangan bo'lsa 27.58% bemorlarda CHQNG kuzatildi. Kasallik qaytalanib kechgan bemorlarda eng ko'p (40%) CHQKG rivojlangan, 26,6 % holatda esa CHQKR yuzaga kelgan. Kasallik qaytalanib kechgan bemorlarda CHQEG 20%va CHQNG 13,4% kuzatildi. Bizning tekshiruvimizda chap qorinchaning umumiy uchrash chastotasi, kasallik qaytalanib kechgan bemorlarda 61,5% ni kasallik surunkali kechgan bemorlarda esa 56% ni tashkil qildi. Eng ko'p holatlarda bemorlarda chap qorinchaning konsentrik gipertrofiyasi rivojlanganligi aniqlandi. Malumki ushbu arxitektonik buzilishlar yurak qon tomir tizimining modefikatsiyalanmagan xavf omillariga kiradi va yurak yetishmovchiligi rivojlanishida eng yomon xavf omillaridan hisoblanadi.

5-jadval

Podagra kasalligida CHQ ning geometrik shakllariga qarab CHQDD uchrash

chastotasi

Ko'rsatkichlari CHQNG CHQKR CHQKG CHQEG

(n=20) (n=16) (n=30) (n=22)

CHQDD Bor 6 (30,0) 12 (75) 6 (20,0) 6 (27.27)

Yo'q 14 (70) 4 (25%) 24(80,0) 16 (72.72)

R <0.001 <0.01 <0.001 <0.001

Adabiyotlarda chap qorinchaning diastolik to'lishishining, chap qorincha geometrik tuzilishiga qarab podagra kasalligida o'rganilganligi haqida malumotlar topilmadi, shuni inobatga olib ushbu tahlilni o'tkazishga qaror qildik. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki chap qorinchaning diastolik funksiyasining buzilishi eng ko'p holatlarda CHQKG da kuzatiladi (5- jadval).

6-jadval

Podagra kasalligi bilan kasallangan AG mavjud bemorlarda CHQ geometrik

tiplarining uchrash chastotasi

Ko'rsatkichlari CHQNG CHQKR CHQKG CHQEG

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

AG Bor (n=60) 8 (12.9) 12 (19.35) 22 (35.48) 18 (29.03)

Yo'q(n=28) 12 (46.15) 4 (15.38) 8 (30.77) 4 (15,38)

R <0.01 <0.05 <0.01 <0.05

Aniqlandiki AG si mavjud bo'lgan podagra bilan kasallangan bemorlarning 36% da CHQKG si, 29,0% bemorlarda CHQEG si uchradi. CHQNG mavjud bemorlarda AQB ham normal ko'rsatkichlarda ekanligi qayd qilindi. Qiziqarlisi shundaki 54,5% bemorlarda AQB normal holatda ham chap qorinchaning arxitektonikasi buzilganligi kuzatildi.

Birlamchi podagra bilan kasallangan 88 nafar bemor exokardiografiya tekshiruvidan o'tkazildi. Birinchi guruhga normal AQB ga ega bo'lgan 28 nafar bemor va ikkinchi guruhga AG si mavjud bo'lgan 60 nafar bemor kiritildi. Birinchi guruh bemorlar o'rtacha yoshi ikkinchi guruhdagi bemorlarga qaraganda kichikligi aniqlandi (53,7 [51,1; 60,7] va 59,7 [49,8; 63,1] mos ravishda, r<0.05). AG si mavjud bo'lgan va bo'lmagan bemorlarda qon plazmasi tarkibida siydik kislota miqdori deyari teng miqdorda yuqoriligi aniqlandi (563,5 [339.0; 917,0] va 568,6 [361,0; 883,0] mkmol/l mos ravishda, r<0,05).

CHQ ning DOO' va DOH birinchi guruh bemorlarga qaraganda ikkinchi guruh bemorlarda 4,6 va 11,3% ga mos ravishda oshganligi aniqlandi (7- jadval) (r<0,05). CHQ ning SOO' va SOH ikkinchi guruh bemorlarda mos ravishda 2,4 va 6,6% ga oshganligi aniqlandi (r<0,05).

7-jadval

Podagra kasalligida AG bor yoki yo'qligiga qarab kardiogemodinamik

ko'rsatkichlar

Ko'rsatkichlar Arterial gipertenziya

Yo'q (n=28) Bor (n=60)

CHQ DOO', sm 5,18 [4.70; 5,50] 5,42[4.90; 6,20]

CHQ DOH, ml 128,91* [102.36; 147,42] 143,53 [112.81; 193,99]

CHQ SOO', sm 3,36 [3.00; 3,60] 3,44* [3.00; 3,90]

CHQ SOH, ml 46,45 [35.00; 54,43] 49,51* [35.00; 65,91]

QATQ, sm 1,15* [0.92; 1,38] 1,20*[0.90; 1,42]

CHQODQ, sm 1,27 [1.05; 1,56] 1,38* [1.15; 1,59]

CHQDNK 0,44 [0.35; 0,53] 0,45*[0.40; 0,51]

CHQMM, g 238,56*[161.11; 312,94] 283,12[182.18; 419,30]

CHQMMI, g/m2 118,20[83.40; 153,85] 142,09*[90.58; 218,33]

Izoh: *-r<0.05 birinchi va ikkinchi guruhlar o'rtasidagi aniq tafovutlar.

QATQ ikkinchi guruh bemorlarda, birinchi guruhga qaraganda 4,3% ga qalinlashganligi aniqlandi. Tekshirilayotgan guruhlar o'rtasida tafovutlar yaqqol ko'zga tashlanib turdi. Chap qorincha orqa devorining qalinligi AG bo'lgan bemorlarda birinchi guruhga qaraganda 8,7% ga oshganligi kuzatildi (r<0.05). Ko'rsatkichlar barchasi AG bor bemorlarda balandligi tekshiruvlarda yaqqol namoyon bo'ldi. Chap qorincha devorlarining nisbiy qalinligi 2 guruh bemorlarda 102,3 % ni tashkil qildi (r<0.05).

AG mavjud bo'lgan bemorlarda CHQMM ushbu kasallik mavjud bo'lmagan bemorlarga nisbatan 1,2 marta ortiqligi ko'zga tashlanadi. CHQMMI ham CHQMM ga hamohang tarzda ikkinchi guruh bemorlarda yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsatdi (7-jadval).

AQB ko'tarilishini podagra kasalligining kechishiga bog'liq holda o'rganganimizda bu ko'rsatkich kasallik surunkali kechgan bemorlarda yuqori ekanligiga guvoh bo'ldik (8-jadval).

8-jadval

Podagra kasalligining kechishiga qarab AG uchrash chastotasi n (%)

Ko'rsatkichlari Podagra qaytalanib kechgan bemorlar (n=30) Podagra surunkali kechgan bemorlar (n=58) R

AG Bor 18 (60) 42 (72,4) Nd

Yo'q 12 (40) 16 (27,58) Nd

Biz bemorlarda AG bor yoki yo'qligiga qarab chap qorinchaning diastolik disfunksiyasini tahlil qilib ko'rdik (9- jadval). Aniqlandiki podagra bilan kasallangan normal QB ga ega bo'lgan bemorlarda ham 28,57% holatlarda CHQ ning diastolik disfunksiyasi kuzatiladi. 33 % dan ortiq podagra bilan kasallangan, AG si mavjud bemorlarda CHQ ning diastolik disfunksiyasi aniqlanadi.

9-jadval

AG bor yo'qligiga qarab CHQDD uchrash chastotasi, n(%)

Ko'rsatkichlari Arterial gipertenziya P

Yo'q (n=28) Bor (n=60)

CHQDD Bor 8 (28,57%) 20 (33.3%) <0.01

Yo'q 20 (71.42%) 40 (66.7) <0.01

Yuqoridagi natijalarga tayanib aytish mumkinki, podagra kasalligi bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha arxitektonikasining o'zgarishlari va diastolik disfunksiyasi turli xil bo'lib, bu kasallikning kechishiga, chap qorinchaning geometrik tuzilishiga va arterial gipertenziyaga bog'liqholda rivojlanadi.

Xulosa: Podagra bilan kasallangan har to'rtinchi bemorda CHQ arxitektonikasining buzilishi kuzatilmaydi, deyarli bemorlarning uchdan bir qismida CHQKG shakllanadi, 26,7% holatlarda CHQEG kuzatiladi va bemorlarning beshdan bir qismida CHQ miokard massasining normal indeksi saqlangan holda uning bo'shlig'ida o'zgarishlar borligi kuzatiladi (CHQKR). CHQ turli geometrik modellarining shakllanish chastotasi, podagra kasalligining kechishiga bog'liq holda o'zgaradi (qaytalanib va surunkali). Podagra bilan kasallangan bemorlarning 34,09% da CHQDD yuzaga keladi. Podagrada miokardning struktur-funksional o'zgarishlari turli xil va u kasallikning klinik kechishiga, CHQ geometriyasining tipiga va AG ning bor yoki yo'qligiga bog'liq.

REFERENCES

1. Насонов Е.Л. 2015; Насонов Е.Л., Каратеев Д.Е., Сатыбалдыев А.М. ва б., 2015;

2. Adams P.F. Current estimates from the National Health Interview Survey, 1996 / P.F. Adams, G.E. Hendershot, M.A. Marano // Vital Health Stat. - 1999.-Vol. 10.-P. 2000;

3. SaagK.G. Recent advances in the epidemiology of gout / K.G. Saag, T.R. Mikuls // Curr. Rheumatol. Rep. - 2005. - Vol. 7. - P. 235-241;

4. Terkeltaub R.A. Clinical practice. Gout / R.A. Terkeltaub // N. Engl. J. Med. - 2003. -Vol. 349. - P. 1647-1655.

5. Насонова В.А. Ранние диагностика и лечение подагры - научно обоснованное требование улучшения трудового и жизненного прогноза по больных / В.А.

Насонова, В.Г. Барскова // Научно-практическая ревматология. - 2004. - № 1. - С. 5-7;

6.Тоиров Д. Р., Тоиров Э. С. Метаболический синдром при подагре: взаимосвязь с функциональными нарушениями почек //Вопросы науки и образования. - 2019. -№. 28 (77).

7. Wallace K.L. Increasing prevalence of gout and hyperuricemia over 10 years among older adult in a managed care population / K.L. Wallace, A.A. Riedel, N. Joseph-Ridge//J. Rheumatol. -2004. -Vol. 31. -P . 1582-1587.

8. ТоировД. Р., МахмудоваХ. Д. Подагракасаллигибиланогриганбеморлардаюращон-томирзарарланишлари //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 242-249.

9. Ярмухамедова С. Х., Камолова Д. Ж. Изучение геометрии миокарда у больных гипертонической болезнью по данным эхокардиографии //Достижения науки и образования. - 2019. - №. 12 (53).

10. Елисеев М.С. Клиническое значение метаболического синдрома при подагре / М.С. Елисеев, В.Г. Барскова, В.А. Насонова // Клиническая геронтология. - 2006. -Т. 12, № 2. - С. 29-33

11.Тоиров Э.С, Тоиров Д.Р, Соловьев С.К / Подагра диагностика и лечение -Ташкент-Узбекистан-2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.