Научная статья на тему 'PO‘LAT ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO‘LUVCHI RUX SAQLOVCHI CHANGLAR TAHLILI'

PO‘LAT ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO‘LUVCHI RUX SAQLOVCHI CHANGLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“O‘zmetkombinat” AJ / “Navoiy KMK” / “Olmaliq KMK” AJ / V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi / “LI DA METAL TECHNOLOGY” MCHJ / shixta / yoyli po‘lat eritish pechi / suyuq po‘lat / ishlab chiqarish hajmi / chang / kimyoviy tarkib. / “Uzmetkombinat” JSC / “Navoi Mining and Metallurgical Combine” JSC / “Almalyk Mining and Metallurgical Combine” JSC / LLC “Tashkent Pipe Plant” named after V.L. Galperin / “LI DA METAL TECHNOLOGY

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Samadov A.U., Jalolov B.A.

Maqolada hozirgi kunda respublikamizda po‘lat ishlab chiqarishning imkoniyatlari va kelgusi yillarda po‘lat ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi, suyuq po‘latni eritib olishda qo‘llaniladigan yoyli po‘lat eritish pechlari, “O‘zmetkombinat” AJ, “Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK” AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi va “LI DA METAL TECHNOLOGY” MCHJ yoyli po‘lat eritish pechlarida suyuq po‘lat olishda hosil bo‘luvchi changlar, ularning namunalari va kimyoviy tarkiblari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines the current steel production capabilities in the republic and the growth of steel production in the coming years, electric arc furnaces used for smelting liquid steel, dust generated during the production of liquid steel in electric arc furnaces used in the smelting of liquid steel at Uzmetkombinat JSC, Navoi MMC JSC, Almalyk MMC JSC, V.L. Galperin Tashkent Pipe Plant and LI DA METAL TECH LLC, their samples and chemical composition.

Текст научной работы на тему «PO‘LAT ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO‘LUVCHI RUX SAQLOVCHI CHANGLAR TAHLILI»

PO'LAT ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO'LUVCHI RUX SAQLOVCHI CHANGLAR TAHLILI

Samadov A U 1[0009-0001-9631-4658] JalolOV B A 2[0009-0004-3736-3056]

1Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori,

t.f.d, professor, E-mail: [email protected] 2Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tayanch doktoranti, E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda respublikamizda po'lat ishlab chiqarishning imkoniyatlari va kelgusi yillarda po'lat ishlab chiqarish hajmlarining o'sishi, suyuq po'latni eritib olishda qo'llaniladigan yoyli po'lat eritish pechlari, "O'zmetkombinat" AJ, "Navoiy KMK", "Olmaliq KMK" AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi va "LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ yoyli po'lat eritish pechlarida suyuq po'lat olishda hosil bo'luvchi changlar, ularning namunalari va kimyoviy tarkiblari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: "O'zmetkombinat" AJ, "Navoiy KMK", "Olmaliq KMK" AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi, "LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ, shixta, yoyli po'lat eritish pechi, suyuq po'lat, ishlab chiqarish hajmi, chang, kimyoviy tarkib.

Annotation. The article examines the current steel production capabilities in the republic and the growth of steel production in the coming years, electric arc furnaces used for smelting liquid steel, dust generated during the production of liquid steel in electric arc furnaces used in the smelting of liquid steel at Uzmetkombinat JSC, Navoi MMC JSC, Almalyk MMC JSC, V.L. Galperin Tashkent Pipe Plant and LI DA METAL TECH LLC, their samples and chemical composition.

Keywords: "Uzmetkombinat" JSC, "Navoi Mining and Metallurgical Combine" JSC, "Almalyk Mining and Metallurgical Combine" JSC, LLC "Tashkent Pipe Plant" named after V.L. Galperin, "LI DA METAL TECHNOLOGY" LLC, charge, electric arc furnace, liquid steel, production volume, dust, chemical composition.

Аннотация. В статье изучены возможности производства стали в республике в настоящее время и рост объемов производства стали в ближайшие годы, дуговые сталеплавильные печи применяемые для выплавки жидкой стали, пыли образующиеся при получении жидкой стали в дуговых сталеплавильных печах, используемые при выплавке жидкой стали на АО "Узметкомбинат," АО "Навоийский ГМК," АО "Алмалыкский ГМК," Ташкентский трубный завод имени В.Л.Гальперина и ООО "LI DA METAL TECH, их образцы и химический состав. Ключевые слова: АО "Узметкомбинат", АО "Навоийский ГМК", АО "Алмалыкский ГМК", Ташкентский трубный завод им. В.Л.Гальперина, ООО "LI DA METAL TECHNOLOGY", шихта, дуговая сталеплавильная печь, жидкая сталь, объем производства, пыль, химический состав.

O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasiga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonda "Qora metallurgiya" sohasida 50 dan ortiq katta va kichik metallurgik korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda, har yili 63 ta eritish agregatlarida 1,2 million tonna suyuq metall ishlab chiqariladi, shundan 94 foizi asosan qurilish sanoatida ishlatiladigan metall prokatini ishlab chiqarishga yo'naltiriladi

Respublika bo'yicha ishlab chiqariladigan suyuq po'latning asosiy qismi qora metallurgiya bayroqdori bo'lgan "O'zmetkombinat" AJ hissasiga to'g'ri keladi. Shuning o'zi kombinatni mamlakatimizdagi strategik korxonalar qatorida turishini ta'minlaydi. "O'zmetkombinat" AJ 2022-2026-yillarda rivojlantirish konsepsiyasida keltirilgan investitsion loyihalardan biri yangi Quyuv-prokatlash majmuasi ishga tushirilishi bilan «У» po'lat ishlab chiqarish hajmi 2 barobardan ziyod ko'payadi va ishlab chiqarish hajmi ^ yiliga 2,5 million tonnadan oshadi. Ma'lumot uchun hozirgi vaqtda qora metalga bo'lgan

Kirish

[2].

CO CO

Journal of Advances in Jagf CHEMICAL

Engineering Technology Vol.4(16), 2024 ^ TECHNOLOGY

Respublikamizdagi talab 4 mln. t. tashkil etmoqda deb yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chog'ida takidlab o'tdilar [1].

Uslubiyat

Hozirgi vaqtda YPE pechlari Respublikamizdagi yirik metallurgik korxonalarda, xususan "O'zmetkombinat" AJ, "Navoiy KMK", "Olmaliq KMK" AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodida va bir qancha Mashinasozlik zavodlarida muayyan ishlab turibdi.

"O'zmetkombinat" AJ Elektr po'lat eritish sexida 2016-2020-yillarda suyuq po'lat ishlab chiqarishning o'sish diagrammasi 1-rasmda keltirilgan.

1200 -

t. g

ni

1 1

h h

si ir ra

ih c

b al lh

s

Ishlab chiqarish yillari 1-rasm. Suyuq po'lat ishlab chiqarishning o'sish diagrammasi.

Metallurgiya korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining to'xtovsiz amalga oshirilishi aynan korxonalar joylashgan hududlarning ekologiyasiga va insonlar salomatligiga nojo'ya ta'siri bor. Po'lat ishlab chiqarish texnologik jarayonlari natijasida turli xil oraliq mahsulot va chiqindilar hosil bo'lib, shulardan biri YPE pechida suyuq po'lat olish natijasida hosil bo'luvchi chang hisoblanadi. Ushbu chang juda mayin zarrachalardan tashkil topgan hisoblanib, o'z tarkibida og'ir rangli metallarning (rux, temir, qo'rg'oshin va boshqalar) oksidlarini saqlaydi. Shuning uchun ham ushbu chang zararli chiqindilar qatoriga kiradi.

Shixtani YPE pechida eritib suyuq po'lat olish jarayonida chang hosil bo'lishi 1,5-5 % tashkil etadi. Masalan, YPE pechida 1 mln. tonna suyuq po'lat olinsa, hosil bo'ladigan chang 40-60 ming tonnani tashkil etishi mumkin.

"O'zmetkombinat" AJ ishlab chiqarish hajmining 2021-yildan 2026-yilgacha oshish diagrammasi 2-rasmda keltirilgan.

"O'zmetkombinat" AJ 2026 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 2,5 mln. tonnaga oshirilishini inobatga olsak yPe pechida suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'luvchi chang miqdori yiliga 80-100 ming tonnaga yetishi mumkin.

1000 800 600 400 200 0

911,2

950,1 951

654,7 660,7

554

2016 2017 2018 2019 2020

YPE pechida suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'luvchi changlar chiqindi to'plash maydonlarida to'planmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu chiqindi changlar ikkalamchi xomashyo hisoblanadi.

3

E

c

1 «T

-C

-C

W

2,5

2

«2 1,5

(0

2,5

2,3

1,9

1,1

1,2

.Q

JS

-C

W

0,5

1

1

0

2021 2022 2023 2024 2025 2026

Ishlab chiqarish yillari

2-rasm. "O'zmetkombinat" AJ ishlab chiqarish hajmining 2021-yildan 2026-

yilgacha oshish diagrammasi.

Changni qayta ishlashning bir nechta muammolari mavjud bo'lib shulardan biri kimyoviy tarkibning har xilligi va juda mayin zarrachalardan tashkil topganligidir. 3-rasmda kimyoviy tarkiblarini aniqlash maqsadida olib kelingan "O'zmetkombinat" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi va "LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ ishlab turgan YPE pechlarida suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'luvchi changlarning namunalari ko'rsatilgan.

a) b) d) e)

3-rasm. Yoyli po'lat eritish pechida suyuq po'lat olishda hosil bo'luvchi changlar namunalari: a-"O'zmetkombinat" AJ; b-"Olmaliq KMK" AJ; d-"LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ; e- V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi.

1-jadvalda "O'zmetkombinat" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, V.L.Galperin nomidagi Toshkent ^ quvur zavodi va "LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ ishlab turgan YPE pechlarida CO suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'lgan changlarning kimyoviy tarkiblari keltirilgan.

YPE pechida eritib suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'luvchi chang tarkibida ruxning ko'p bo'lishi, bu shixta tarkibida ruxlangan metallolom parchalari ulushining ko'payishi bilan bog'liq hisoblanadi.

1-jadval.

Korxonalardan olib kelingan changlarning i kimyoviy tarkiblari_

T/r Nomlanishi va "O'zmetkombinat" "Olmaliq "LI DA METAL Toshkent

kimyoviy formulasi AJ changi tarkibi, % KMK" AJ changi tarkibi, % TECHNOLOGY" MCHJ changi tarkibi, % quvur zavodi changi tarkibi, %

1. Temir (Fe) 38,60 34,63 29,57 31,90

2. Gematit (Fe2O3) 55,62 52,08 41,40 38,32

3. Fosfor (P) 0,11 0,09 0,24 0,18

4. Oltingugurt (S) 2,0 3,75 2,02 2,15

5. Kremniy (IV) oksidi (SiO2) 10,98 13,96 17,05 11,53

6. Rux (Zn) 14,43 4,62 13,50 13,87

7. Qo'rg'oshin (Pb) 0,69 1,23 1,42 0,86

8. M is (Cu) 0,12 0,24 0,20 0,15

9. Kalsiy oksidi (CaO) 3,67 0,80 5,74 3,41

10. Xrom (Cr) 0,13 0,71 0,18 0,17

11. M arganes oksidi (MnO) 1,30 9,60 1,86 1,9

12. M agniy oksidi (MgO) 0,01 0,01 0,02 17,97

13. Alyuminiy (III) oksidi (Al2O3) 5,41 4,26 10,16 6,34

Hozirgi vaqtda London metall birjasida (LME) 1 tonna ruxning narxi 2942,5 USD (14.11.2024) ni tashkil etmoqda. O'tgan 1 yil davomida London metall birjasida (LME) bir tonna ruxning narxi o'zagarishlari e'tibor qaratsak 2023-yil 17-noyabrda 2555 USD, 2023-yil 28-dekabrda 2641 USD, 2024-yil 21-mayda 3139 USD, 2024-yil 27-avgustda 2943 USD, 2024-yil 24-oktabrda 3174,5 USDIarni tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin. Shunday qilib, po'lat eritish sanoatidagi resurslarni tejash maqsadida YPE pechida eritib suyuq po'lat olish jarayonida hosil bo'luvchi changdan ruxni ajratib olish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa

Respublikamizda po'lat ishlab chiqarish hajmining o'sishi bilan birgalikda yoyli po'lat eritish pechida suyuq po'lat olishda hosil bo'luvchi changlar miqdori ham oshib boradi. Bu esa o'z o'rnida chiqindi to'plash maydonlarida changning tobora ko'payishiga olib keladi. Tahlil natijalariga ko'ra "O'zmetkombinat" AJ changi tarkibida 14,43 % Zn, "Olmaliq KMK" AJ changi tarkibida 4,62 % Zn, "LI DA METAL TECHNOLOGY" MCHJ changi tarkibida 13,50 % Zn va V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi changi tarkibida 13,87 % Zn borligi aniqlandi. Ushbu changlar tarkibidan ruxni va boshqa LO qimmatbaho komponentlarni ajratib olish maqsadida kunlik hosil bo'luvchi hamda CO chiqindi to'plash maydonlarida to'planayotgan changlarni ikkilamchi xomashyo sifatida ^H foydalansa bo'ladi. Bu esa o'z o'rnida texnogen chiqindilardan oqilona foydalanishga,

rux ishlab chiqarishdagi birlamchi resurslarni tejalishiga, respublikamizda rux ishlab chiqarish hajmini o'sishiga hamda hududlarning ekologiyasiga va insonlar salomatligiga ta'sirining kamayishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1.] https:// president. uz/ru/l ists/view/5421

[2.] В «Узметкомбинат» прокомментировали статью «Исключительное право АО «Узметкомбинат» и O'zikkilamchiranglimetall на производство металлолома будет аннулировано»

[3.] Sunnatov J.B, & Qarshiyev X.K (2021). Qora metallurgiyada hosil bo'lgan changlardan rangli metallarni ajratib olish texnologiyalarini o'rganish va tahlil qilish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (4), 1414-

[4.] Юсупходжаев А.А., Хожиев Ш.Т., Акрамов У.А. Использование нетрадиционных восстановителей для расширения ресурсной базы ОАО «Узметкомбинат» // Черные металлы, апрель 2021, № 4 (1072). С. 4 - 8. [5.] Самадов А.У., Хожиев Ш.Т., Жалолов Б.А., Каршиев Х.К., Черник А.А. комплексная переработка пыли дсп и ее интеграция в металлургический процесс. Международная научно-практическая конференция «перспективы, инновационные решения и актуальный проблемы в химической промышленности». 2024 год 1-2 ноября, Алмалык, Узбекистан. 469 с. С. 272-273.

1427.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ш

СП

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.