Научная статья на тему '“OLMALIQ KMK” AJ RUX ZAVODIDA RUX KEKINI VELSLASH JARAYONINI O‘RGANISH'

“OLMALIQ KMK” AJ RUX ZAVODIDA RUX KEKINI VELSLASH JARAYONINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
187
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Olmaliq KMK” AJ Rux zavodi / iqtisodiy samaradorlik / rux keki / neft koksi / koks kuli / shixta / velslash / vels oksidi / mis klinkeri.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Ra’no Toshqodirova, Baxtiyorjon Jalolov, Nilufar Abdukarimova

Ushbu maqolada “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodida rux kuyindilarini tanlab eritish jarayoni natijasida hosil bo‘luvchi rux keklarini velslash jarayoni tahlili, jarayon asosiy xom ashyosi hisoblangan rux keki, unga qo‘shiluvchi neft koksi, koks kuli, yuklanuvchi shixta, jarayon natijasida olinuvchi vels oksidi va mis klinkeri kimyoviy tarkiblari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OLMALIQ KMK” AJ RUX ZAVODIDA RUX KEKINI VELSLASH JARAYONINI O‘RGANISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

"OLMALIQ KMK" AJ RUX ZAVODIDA RUX KEKINI VELSLASH

JARAYONINI O'RGANISH

Ra'no Toshqodirova, Baxtiyorjon Jalolov, Nilufar Abdukarimova

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida rux kuyindilarini tanlab eritish jarayoni natijasida hosil bo'luvchi rux keklarini velslash jarayoni tahlili, jarayon asosiy xom ashyosi hisoblangan rux keki, unga qo'shiluvchi neft koksi, koks kuli, yuklanuvchi shixta, jarayon natijasida olinuvchi vels oksidi va mis klinkeri kimyoviy tarkiblari o'rganildi.

Kalit so'zlar: "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi, iqtisodiy samaradorlik, rux keki, neft koksi, koks kuli, shixta, velslash, vels oksidi, mis klinkeri.

Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo'lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg'or xorijiy tajribani joriy qilish ko'zda tutilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollardan ortiq mablag' yo'naltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida ishlab chiqarilayotgan rux keki pirometallurgiya usuli bilan vels pechida velslash jarayoni orqali qayta ishlanadi. Bu usulning kamchiliklari sifatida jarayonda katta miqdorda tannarxi yuqori bo'lgan koksning ishlatilishi, klinker bilan oltin, kumush, mis, qo'rg'oshin va boshqa metallarning yo'qolishi, uchirmalarni ushlab olishning murakkabligi, olingan mahsulot tarkibida zararli qo'shimchalar: xlor, ftor, uglerod miqdorini kamaytirish uchun qo'shimcha jarayonning qo'llanilishi, shuningdek, atrof muhitga katta miqdordagi chiqindi gazlarni chiqarib atmosferani ifloslantirishini ko'rishimiz mumkin.

Bugungi kunga kelib dunyoda metallurgiya sohasida yangi, iqtisodiy samarador va ekologik xavfsiz bo'lgan texnologiyalarni yaratish hamda uni ishlab chiqarishga joriy qilish bo'yicha nafaqat xalqaro davlatlarda balki O'zbekiston Respublikasida ham qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'zbekiston Respublikasi bir qator olimlari jumladan Xoliqulov D.B. va Xaydaraliyev X.R. lar tomonidan "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi sharoitida rux keklarini gidrometallurgik usullar orqali qayta ishlash imkoniyatlari o'rganilib, "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodiga to'g'ri keluvchi gidrometallurgik usul taklif etilgan.

Ba'zan ilmiy izlanishlar natijasida yaratilib taklif etilayotgan texnologiyalar metallurgiya korxonalaridagi amalda ishlab turgan texnologiyalarni to'xtatib yangi texnologiyani joriy etishni talab etmoqda. Bu esa ushbu jarayonning uzoq vaqt amalga oshirilmasligi va rux keklarini to'plab turish uchun qo'shimcha joy talab etilishi bilan birga katta iqtisodiy sarf harajatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli, metallurgiya korxonalaridagi amaldagi texnologiyalarga qisman o'zgartirish kiritish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish ko'proq qiziqishlarga sabab bo'lmoqda.

"Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida rux kuyindilarini tanlab eritish jarayonida hosil bo'luvchi rux keklarini pirometallurgik usulda qayta ishlash ya'ni velslash jarayoni yuqori sarf harajatlarni talab etadi. Bunga asosiy sabab velslash jarayonida tiklovchi sifatida shixta tarkibiga qo'shiluvchi neft koksi va koks kuli tannarxining yuqoriligidir. Shixta tayyorlash uchun 1 tonna rux kekiga 462 kg (-31,645%) miqdorda neft koksi va koks kuli aralashmasi qo'shiladi. Bundan tashqari rux keklarini velslash jarayoniga tabiiy gaz ham beriladi.

"Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi Velslash sexida amalga oshiriluvchi rux keklarini velslash jarayonining sarf harajatlarini kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida amaliy ma'lumotlarga asosan rux keki, neft koksi, koks kuli, shixta, vels oksidi va mis klinkeri kimyoviy tarkiblari tahlil natijalari o'rganildi. Natijalar 1,2,3,4,5,6 va 7 - jadvallarda keltirilgan.

1-jadval

1 - Quyultirgichning pastki quyulmasi kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy Texnologik Amaliy

elementlar ko'rsatkichlar, % ko'rsatkichlar, %

1. Zn 17 - 25 18,61 - 23,08

2. Znsuvda eruvchan 6 - 8 10,26 - 12,92

3. Znkislotada eruvchan 4 - 9 13,77 - 18,16

4. Cd 0,1 - 0,2 0,1 - 0,32

5. Fe 15 - 25 6,39 - 20,93

2-jadval

2 - Quyultirgichning pastki quyulmasi kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy Texnologik Amaliy

elementlar ko'rsatkichlar, % ko'rsatkichlar, %

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

1. Zn 17 - 28 18,20 - 24,62

2. Cu 2,5 - 5 0,71 - 3,01

3. Pb 3 - 4,5 7,03 - 14,17

4. Cd 0,1 - 0,2 0,12 - 0,33

3-jadval

Quritish barabanidan chiqgan rux kekining kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy Texnologik Amaliy

elementlar ko'rsatkichlar, % ko'rsatkichlar, %

1. Zn 17 18,10 - 22,98

2. Znsuvda eruvchan 12,07 8,61 - 11,52

3. Znkislotada eruvchan 21,12 11,49 - 18,87

4. Cu 0,67 0,15 - 2,67

5. SiÜ4 9,89 7,29 - 10,47

6. Cd 0,26 0,22 - 0,35

7. Sumumiy 11 9,28 - 11,7

Velslashga yuklanayotgan shixtaning kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy Texnologik Amaliy

elementlar ko'rsatkichlar, % ko'rsatkichlar, %

1. Zn 10 - 20 15,59 - 18,10

2. Cu 1 - 2 1,2 - 5,05

3. Pb 1,5 - 4 4 - 6,68

4. Sumumiy 4 - 6 6,58 - 8,94

5. SiÜ4 8 - 12 5,1 - 8,92

6. Cd 0,07 - 0,2 0,2 - 0,45

4-jadval

5-jadval

1 - Vels pechidan chiqgan mis klinkerining kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy Texnologik Amaliy

elementlar ko'rsatkichlar, % ko'rsatkichlar, %

1. Zn 0,28 - 2,92

2. Zn 0,5 - 2 0,41 - 2,74

3. Zn 0,43 - 3,02

4. Cu 1,19 - 3,65

5. Cu 2 - 6 1,63 - 3,55

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

6. Cu 1,3 - 3,31

7. C 9,2 - 18,11

8. C 4 - 27 8,07 - 18,18

9. C 8,64 - 20,17

6-jadval

BX3-45A ga yuklanayotgan vels oksidining kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy elementlar Texnologik ko'rsatkichlar, % Amaliy ko'rsatkichlar, %

1. Cl 0,1 - 0,13 0,12 - 0,2

2. F 0,017 - 0,5 0,005 - 0,12

3. Tiklovchi 4 - 20 4,01 - 8,9

Kuydirishdan so'ng vels oksidining kimyoviy ratkibi

T/r Kimyoviy elementlar Texnologik ko'rsatkichlar, % Amaliy ko'rsatkichlar, %

1. Zn 50-56 54,65-60,7

2. Znkislotada eruvchan 49-55 52,83-60,53

3. Pb 10-14 10,71-19,97

4. Cd 0,8-12 1,01-1,37

7-jadval

Xulosa

Hozirgi kunda "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida rux keklarini vels pechida velslash jarayoni, jarayonni amalga oshirish uchun rux keki tarkibiga tiklovchi sifatida qo'shiluvchi neft koksi va koks kuli, hamda jarayonga beriluvchi tabiiy gazning sarfi yuqoriligi iqtisodiy sarf harajatlarning oshib ketishiga sabab bo'lmoqda. Rux keklarini gidrometallurgik usullardan birida qayta ishlash texnologiyasini amaliyotga joriy qilish esa ishlab chiqarish korxonasidan velslash jarayonini to'liq to'xtatishni talab etadi. Bu esa ushbu jarayonning uzoq vaqt amalga oshirilmasligi va rux keklarini to'plab turish uchun qo'shimcha joy talab etilishi bilan birga katta iqtisodiy sarf harajatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun, rux keklarini pirometallurgik ya'ni velslash jarayonini to'liq o'zgartirmasdan, rux keki tarkibiga tiklovchi sifatida qo'shiluvchi neft koksi va koks kuli, hamda jarayonga beriluvchi tabiiy gazning sarfini kamaytirish va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

shu bilan birgalikda jarayonning iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi boshqa omillarni o'rganish uchun rux keki, unga qo'shiluvchi neft koksi, koks kuli, yuklanuvchi shixta, jarayon natijasida olinuvchi vels oksidi va mis klinkeri kimyoviy tarkiblari o'rganildi.

1. Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, Xaydaraliev Xolbay Rustam O"GetLi, & Qarshiyev Humoyun Komilovich (2020). "OLMALIQ KMK" AJ RUX ISHLAB CHIQARISH ZAVODI SHAROITIDA RUX KEKLARINI GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI TAHLIL QILISH. Journal of Advances in Engineering Technology, (2), 54-58. doi: 10.24412/2181-1431 -2020-2-54-58

2. Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, Xaydaraliyev Xolbay Rustam O'G'Li, & Munosibov Shoxruh Muxiddinovich (2022). RUX KEKINI VELSLASH JARAYONIDA HOSIL BO'LADIGAN TEXNOLOGIK GAZLARNI QAYTA ISHLASH. International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, 3 (1), 66-73. doi: 10.24412/2181-144X-2022-1-66-73

3. Kholiqulov Doniyor, Samadov Alisher, Boltaev Olmos, & Akhtamov Fozil (2018). THE RESULTS OF LABORATORY RESEARCH PROCESSING OF ZINC CAKE ZINC PLANT JSC "ALMALYK MMC". European science review, 1 (11-12), 96-99.

4. Ra'no Toshqodirova, Baxtiyorjon Jalolov, & Nilufar Abdukarimova. (2022). RUX KEKI VA UNI VELSLASH USULI BILAN QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO'LUVCHI MAHSULOTLAR TAHLILI Uzbek Scholar Journal, 4, 157-164. Retrieved from https://www.uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/view/81

5. Usmanovich, S. A., Isakulovna, S. S., Adhamjonugli, J. B., & Raimqizi, A. S. (2021). Study of The Composition of Layout Tails of The Chadak Gold Extracting Factory of JSC" ALMALYK MMC". CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 73-77.

6. П.А.Козлов, "ВЕЛЬЦ-ПРОЦЕСС", ФГУП Издательский дом "Руда и металлы" Москва, 2002. - 175 стр.

Adabiyotlar ro'yxati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.