Научная статья на тему 'PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY AHAMIYATI'

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

16306
985
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‟nikma / tafakkur / tajriba / inovatsiya / salohiyat / baholash / kompetensiya / dastur / loyihalash / ilmiy-tadqiqot. / умение / мышление / опыт / инновации / потенциал / оценка / компетенция / программа / дизайн / исследования.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Latofat Mamadiyorovna Qurbanova

PISA baholash ta‟limimimg amaliy ahamiyati, o‟quvchilarni fanlardan savodxonligini baholashga xizmat qiladigan xalqaro baholash dasturi bo„lib, olingan bilim va ko„nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo„llash, oqilona qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ ОЦЕНКИ PISA

Практическое значение моего оценочного образования PISA заключается в том, что это международная программа оценивания, которая служит для оценки грамотности студентов в области науки и фокусируется на применении их знаний и навыков в реальных жизненных ситуациях, принятии мудрых решений, независимом мышлении и формировании мировоззрения.

Текст научной работы на тему «PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY AHAMIYATI»

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY AHAMIYATI

Latofat Mamadiyorovna Qurbanova

Jizzax Politexnika instituti o'qituvchisi gmail:latofatqurbonova@gmail.com

Annotatsiya: PISA baholash ta'limimimg amaliy ahamiyati, o'quvchilarni fanlardan savodxonligini baholashga xizmat qiladigan xalqaro baholash dasturi bo'lib, olingan bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llash, oqilona qaror chiqarish, mustaqil fikrlash, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ko'nikma, tafakkur, tajriba, inovatsiya, salohiyat, baholash, kompetensiya, dastur, loyihalash, ilmiy-tadqiqot.

ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ

ОЦЕНКИ PISA

Аннотация: Практическое значение моего оценочного образования PISA заключается в том, что это международная программа оценивания, которая служит для оценки грамотности студентов в области науки и фокусируется на применении их знаний и навыков в реальных жизненных ситуациях, принятии мудрых решений, независимом мышлении и формировании мировоззрения.

Ключевые слова: умение, мышление, опыт, инновации, потенциал, оценка, компетенция, программа, дизайн, исследования.

THE PRACTICAL IMPORTANCE OF THE INTERNATIONAL PISA

ASSESSMENT PROGRAM

Abstract: The practical significance of my PISA assessment education is that it is an international assessment program that serves to assess students' literacy, applying their knowledge and skills in real-life situations, making wise decisions, thinking independently, and shaping their worldview.

Keywords: skill, thinking, experience, innovation, potential, evaluation, competence, program, design, research.

PISA ta'lim turi bu o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llash, fikrlash va

muloqot qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi, targ'ib qilmaydi va umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi.

PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o'tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. PISA tadqiqotlari har uch yilda o'tkazilishiga sabab shuki PISAning asosiy vazifasi a'zo mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish ko'zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi. PISA tadqiqotlarida asosan 15 yoshli o'quvchilar qatnashishining sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a'zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Savodxonlikni baholashda uyidagi kompetensiyalarni o'quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo'llaniladigan kompetensiyalar misolida ko'rib chiqamiz mumkin: -Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.

- Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.

- Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.

Mamlakatimizda ta'limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan

bugungi kunda 2021-yilda o'tkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat qatori O'zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning tadqiqotga munosib tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Bunda o'quvchilarimiz qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda o'zini munosib namoyon etishi mumkin.

1990-yillarning oxirida ta'lim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qo'llash g'oyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur -PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu -matematika, o'qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo'yicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to'plamidir. Bunday baholash har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o'quvchilari o'rtasida tasodifiy tanlov asosida o'tkaziladi.

PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o'quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish kontekstda ham ijodiy qo'llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan insonlar o'rtasida o'qish savodxonligi, matematik

savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o'lchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog'liq.

PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o'zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta'lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etadi, ya'ni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu tadqiqot natijalari orqali javob topadi.

2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Ma'lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish uchun matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go'zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shug'ullanish kerak bo'ladi. Bu borada jahon tajribasida e'tibor qaratsak, PISA tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo'lib, Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, o'qish va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha eng yuqori reytingga ega bo'lgan o'nta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqbo'yi davlati "Yangi Finlyandiya" deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar bo'yicha Finlyandiyadan o'zib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi ta'lim islohotlari masalalari bo'yicha estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat bo'ladimi yoki madaniy xususiyatmi, ta'limdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi ta'minlangan yoki kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.

Estoniya ta'lim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan Estoniya o'quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi bog'liqlik ancha ochiq bo'lgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir.

PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida e'tiborga molik omil, bu - maksimal darajaga erishgan o'quvchilar soni emas, 3 muhim yo'nalishning har birida past ko'rsatkichlarga ega o'quvchilar sonining kamligi. Majburiy ta'lim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bog'chalariga boradi. Bitta tarbiyachiga to'g'ri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi bo'yicha o'rtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh shkalasining ikkinchi uchida - o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan ko'p sonli o'quvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko'rsatkichlardan biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir o'quvchiga ko'rsatilayotgan yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan so'ng Estoniya markazlashmagan ta'lim tizimiga o'tdi va maktablarga ma'lum darajada avtonomiya,

ta'lim dasturi va byudjet bo'yicha qaror qabul qilish huquqi, o'qituvchilarni ishga olish va bo'shatish imkonini berdi. Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi eston ta'lim tizimi yetarli darajada kontingent yashaydigan joylarda maktablar bo'lishini, shu bilan birga maktab uchun zarur bo'lgan kontingent sonini nazorat qilishi shartligini talab qiladi.

PISA kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda 2 maqsadga ega bo'lish kerak: birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta'lim sifati o'qituvchilarning kasbiy darajasiga bog'liq, deb aytishmaydi. Demak, o'qituvchilarni tayyorlashga mablag' ajratish va yangi o'quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o'qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun biz o'qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta'limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o'qituvchilarni ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta'minlashimiz kerak.

REFERENCES

1. Davletshin M.G Zamonaviy maktab o'quvchisining psixologiyasi. - T.: O'zbekiston 1999 .

2. Davlatov K.Dva b. Mehnat va kasb ta'limi xamda metodikasi. - T.: O'qituvchi 1992.

3. Elektron kutubxona ma'lumotlari www.ziyonet.uz

4. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi Qonuni // Oliy Ta'lim: Meyoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. - Toshkent .: 2004.

5. Toshboyeva, S. Q., Hamidov, S. X., & Qurbanova, L. M. (2021). Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini o'qitishni AKT asosida takomillashtirish. Science and Education, 2(3).

6. Qurbanova, L. M., Mullajonova, Z. S., & Toshboyeva, S. K. (2021). "Neftni qayta ishlash" mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Science and Education, 2(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.