Научная статья на тему 'XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI'

XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

17959
994
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro baholash dasturlari / PISA / PIRLS / xorijiy tajribalar / ta‟lim sifatini baholash milliy markazi / kasbiy kompetentlik / o`qish savodxonligi / tushunish darajasi / ta‟lim tizimi. / международные программы оценки / PISA / PIRLS / зарубежный опыт / Национальный центр оценки качества образования / профессиональная компетентность / грамотность чтения / уровень понимания / система образования

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Intizor Kamilovna Abdirimova, Zulfiya Bekmurod Qizi Boymurodova

Mazkur maqolada xalqaro baholash dastur talablari va ta‟lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so‟z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КЛЮЧЕВЫЕ ОСОБЕННОСТИ МЕЖДУНАРОДНОЙ СИСТЕМЫ ОЦЕНКИ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В ОБРАЗОВАНИИ

В статье рассматриваются требования к международной программе оценивания и принципы ее внедрения в систему образования, а также важные особенности международных программ оценивания PISA, PIRLS, основанные на мнениях зарубежных ученых, исследовательской работе.

Текст научной работы на тему «XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI»

4. ТАЪЛИМ МАЗМУНИГА ЦУЙИЛАЁТГАН ЗАМОНАВИЙ ТАЛАБЛАР: ХАЛЦАРО БА^ОЛАШ ДАСТУРЛАРИ (PISA, PIRLS) АСОСИДА

MODERN REQUIREMENTS FOR THE CONTENT OF EDUCATION: ON THE BASIS OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS (PISA, PIRLS)

СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К СОДЕРЖАНИЮ ОБРАЗОВАНИЯ: НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ПРОГРАММ ОЦЕНКИ (PISA, PIRLS)

XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA'LIM

SOHASIDAGI AHAMIYATI

Intizor Kamilovna Abdirimova

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi intizorabdirimova@gmail.com

Zulfiya Bekmurod qizi Boymurodova

Chirchiq davlat pedagogika intituti 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqaro baholash dastur talablari va ta'lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so'z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, xorijiy tajribalar, ta'lim sifatini baholash milliy markazi, kasbiy kompetentlik, o qish savodxonligi, tushunish darajasi, ta'lim tizimi.

КЛЮЧЕВЫЕ ОСОБЕННОСТИ МЕЖДУНАРОДНОЙ СИСТЕМЫ ОЦЕНКИ

И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация: В статье рассматриваются требования к международной программе оценивания и принципы ее внедрения в систему образования, а также важные особенности международных программ оценивания PISA, PIRLS, основанные на мнениях зарубежных ученых, исследовательской работе.

Ключевые слова: международные программы оценки, PISA, PIRLS, зарубежный опыт, Национальный центр оценки качества образования, профессиональная компетентность, грамотность чтения, уровень понимания, система образования

KEY FEATURES OF THE INTERNATIONAL EVALUATION SYSTEM AND

THE IMPORTANCE IN EDUCATION

Abstract: This article discusses the requirements of the international assessment program and the principles of its introduction into the education system, as well as the important features of the international assessment programs PISA, PIRLS, based on the views of foreign scientists, research work.

Keywords: international assessment programs, PISA, PIRLS, foreign experience, National Center for Educational Quality Assessment, professional competence, reading literacy, level of understanding, education system.

KIRISH

So'nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o'zgarishlar insoniyat hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar, tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko'zdan kechirishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o'z aksini ko'rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g'oyalar asosida rivojlantirish bo'yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi.

Jamiyat va hayotda sodir bo'layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi.

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o'rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro

tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi:

- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish;

- PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish.

O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar, ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishi ta'lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.

NATIJALAR

PISA - o'quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini jahon davlatlaridagi maktab o'quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo'llay olish mahoratini baholash bo'yicha xalqaro dastur bo'lib, asosiy maqsadi - 15 yoshli o'quvchilarning o'qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko'rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan bo'lib, har uch yilda bir marta o'tkazib kelinadi. PISA dasturi ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga ta'sir ko'rsatib, har bir davlat o'tkazgan tadqiqot natijalari asosida o'zining ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqyeini taqqoslaydi. Ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishda o'z strategiyasini belgilab oladi.

PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlardagi boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.

MUHOKAMA

PIRLS dasturi 2001-yilda Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Har besh yilda o'tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. O'qish savodxonligi o'quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o'sishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda.

Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi.

XULOSA

Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Davlatimizga ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta'lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o'rni to'g'risida xulosalar chiqarish imkonini beradi. Oquvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o'quvchilarda tafakkur uyg'oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o'rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi.

O'zbekistonda ta'lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o'quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning "Milliy dasturi"ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagill 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni

2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

3. Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for PISA 2009. OECD, 2009

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

5. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 243-247.

6. Abdirimova, I. K. (2020). Loyihalash faoliyatining bosqichlari loyihaga yondashuv mohiyati va maqsadlar uyg'unligi. Science and Education, 1(Special Issue 2). 18-26.22

7. Abdirimova, I. Methods and tools for the implementation of project activity in education.

8. И. К. Абдиримова Гармония образования в формировании любви к стране у молодежи Academic Research in educational sciences volume 2 (Issue 2) 2021 ISSN: 2181-1385, 1416-1421

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.