Научная статья на тему 'PEDAGOGIK MULOQOT O‘QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHI XUSUSIYAT SIFATIDA'

PEDAGOGIK MULOQOT O‘QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHI XUSUSIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
34
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muloqot / kommunikativ muloqot / pedagogik muloqot interaktiv muloqot / perspektiv muloqot.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaydullayeva Kamola Shapulatovna, Nematova Gulsanam Nodir Qizi

Ushbu maqolada pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchining ijodkorligi, o‘quvchilar bilan o‘zaro pedagogik-psixologik munosabatni tashkil qilish haqida fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK MULOQOT O‘QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHI XUSUSIYAT SIFATIDA»

, . 4. |SSIVÍP30-XXÍC¿;

•éém

L ASIAN IQBKNAL OK HSCIPCIfllHV RESEARCH 4NAGEMENT STUDIES

I .

PEDAGOGIK MULOQOT O'QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHIXUSUSIYAT SIFATIDA

Shaydullayeva Kamola Shapulatovna Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi Nematova Gulsanam Nodir qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14650063

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 9th Janyary 2025 Accepted:10th January 2025 Published:14th January 2025 KEYWORDS muloqot, kommunikativ

muloqot, pedagogik muloqot interaktiv muloqot, perspektiv muloqot.

Ushbu maqolada pedagogik muloqot jarayonida o'qituvchining ijodkorligi, o'quvchilar bilan o'zaro pedagogik-psixologik munosabatni tashkil qilish haqida fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

Inson dunyoga kelgan kundan buyon o'zaro muloqot jarayoniga kirishadi. Olloh barcha jonzodlar ichida insonni aql va tafakkurda yuqori darajada qilib yaratgan. Shuning uchun inson o'zaro muloqot jarayonida eng oliy pog'onada turadi. Muloqot -yunoncha so'z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alrmashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o'z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi. Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:

- muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;

- muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega;

- o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;

- pedagogikada muloqot -o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tkazish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;

- muloqot -hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'pqirrali jarayoni hisoblanadi;

- noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchiga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.

Pedagogik muloqot -bu o'qituvchining o'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o'zi uchun eng qulay bo'lgan psixologikmuhitnivujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishiuchun imkoniyatberuvchi kasbiy munosabatidir. O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad: salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish; o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilish; o'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o'z fikr-mulohazalarini cho'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o'rgatish; o'quvchilarning yashirinqobiliyatlarini rivojlantirish; dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish. A.S.Makarenkoning fikricha, o'qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bolishi lozim. V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so'zi puxta o'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo'lishi kerak", - deb ta'kidlaydi.

O'qituvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'oro'qituvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.Muloqot jarayonida o'qituvchi qisqa muddatda o'zining psixologik bilimlariga tayanib o'quvchilamning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O'quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo'llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o'quvchilar bilan o'zaro muloqotni tuzatib bo'lmas darajada buzilishiga, o'quvchilarning yashirin holatga, o'z qobig'iga kirib olishiga sabab bo'ladi.

Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o'qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalar-da, muloqot, avvalo, o'qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o'qituvchiga yo'nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi: l.Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish. 2.Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish. 3.Pedagogik jarayon: O'qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak. 4.Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarnixolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo'nalishlarini quyidagicha ta'riflash mumkin. Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko'ra olish va bartaraf etish, muloqotning o'zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya'ni muloqot o'qituvchi shaxsiga emas, balki o'quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta'minlash zarur. Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o'zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o'quvchilar ongiga ijobiy ta'sir etishning turli usullarini qo'llash metodlarini egallash lozim.

O'quvchilar bilan yaqin munosabatda bo'lish va mehribonlikni namoyish etish, o'qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to'g'ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo'ladi. Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida o'zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars

jarayonida esa o'qituvchi o'quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida bo'lishga imkoniyat yaratishi kerak.

Muloqot asosida shaxs o'zligini tanishni o'rganadi. O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o'rganilayotgan dars mavzusi to'g'risidagi ma'lumotlar asosida o'quvchilarni axborot ko'lamiga jalb etishni o'ylamasligi kerak, balki o'qituvchining yordamiga muhtoj bo'lgan o'quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o'quvchining qiziqishini ta'minlovchi sharoitlarni ko'ra olishi va o'zaro hamkorlikni ta'minlashi lozim. Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo'llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak.

Pedagogik muloqot esa, bu o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda ta'lim va tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo'ladi hamda uning o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta'sir ko'rsatish vazifalari va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo'ladi: l.Kommunikativ muloqot. 2.Interaktiv muloqot. 3.Perspektiv muloqot. l.Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o'z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o'zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo'lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O'qituvchi va o'quvchi bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo'lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. 2.lnteraktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta'sir etishdir.

Muloqotga kirishuvchi o'qituvchi o'zaro ta'sir etishda, o'quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so'z orqali, balki fikr almashinuv, xatti-harakat vaxulq-atvori bilan o'zaro ta'sir o'tkazishi tushuniladi. 3.Perspektiv muloqotda o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi o'zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o'zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi. Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o'zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o'qituvchi o'quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomala - munosabatlar katta o'rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to'plangan bilimlarni axloqiy tajribani egallab oladi. Muallimlik pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o'qituvchiga, uning axloqiy sifatlari xulqiga, o'quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo'yiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo'ladi. O'quvchilar ta'lim - tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy ahloq normalarini (mezonlarini) o'zlashtiradi. O'quvchi muomala odobini asosan o'qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo'lib qolishi ham mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik - T.: «Iqtisod-moliya», 2011,-117b

2. Mahmudov N.M.O'qituvchi nutq madaniyati. Darslik. -T.: O'zb.Milliy kutubxonasi, 2007.

3. Musurmonova O.Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. -T.: O'qituvchi, 1996.

4. Ochilov M.Muallim qalb me'mori: Saylanma. —T.: O'qituvchi, 2000.

5. Omonov N.T.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T.: "Iqtisod-moliya". 2009.

6. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

7. Shaydullayeva K.Sh. Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik tafakkurni rivojlantirishda integrativ yondashuvning afzalliklari. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar jurnali. 1-jild, 8-son. - 56b. https://doi.org/10.5281/zenodo.8298956

8. Shaydullayeva K.Sh. Opportunities to develop pedagogical thinking in future teachers based on the integration of pedagogical sciences. Herald pedagogiki Nauka i Praktyka Volume - 3, 2023. https://ejournals.id/index.php/HP/article/view/885/838

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.