Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’yin elementlari / kreativlik / o’quvchi / o’qituvchi / metodika / o’zaro hamkorlik / interfaol darslar / ijodiy fikrlash.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaydullayeva Kamola Shapulatovna, Sayqanova Begoyim Baydavlat Qizi

Boshlang’ich sinf darslari bolalarning intellektual va kreativ rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ushbu bosqichda o’quvchilarda yangi g’oyalarni shakllantirish, muammolarni hal qilish va o’z fikrlarini ifoda etish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu maqolada boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ faoliyatini shakllantirish uchun qo’llaniladigan metodikalar ko’rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA O'QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Shaydullayeva Kamola Shapulatovna Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi Sayqanova Begoyim Baydavlat qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.528l/zenodo.14651360

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 9th Janyary 2025 Accepted:10th January 2025 Published:14th January 2025 KEYWORDS O'yin elementlari, kreativlik, o'quvchi, o'qituvchi, metodika, o'zaro hamkorlik, interfaol darslar, ijodiy fikrlash.

Boshlang'ich sinf darslari bolalarning intellektual va kreativ rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Ushbu bosqichda o'quvchilarda yangi g'oyalarni shakllantirish, muammolarni hal qilish va o'z fikrlarini ifoda etish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu maqolada boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarning kreativ faoliyatini shakllantirish uchun qo'llaniladigan metodikalar ko'rib chiqiladi

KIRISH. Kreativlik so'zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D.Simpson tomonidan qo'llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta'riflagan. Kreativlik (lot. creatio - yaratish, vujudga keltirish) - bu insonning noodatiy g'oya, fikr bera olish, muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an'anaviy shakllaridan voz kecha olishga bo'lgan qobiliyatidir.

ASOSIY QISM. Kreativ faoliyat - bu yangi g'oyalar yaratish, mavjud bilimlarni yangicha ko'rinishda qabul qilish va muammolarni yangicha yechish jarayonidir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun bu faoliyat o'z fikrlarini erkin ifoda etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhimdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, xolatni ifoda etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi. Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo'yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan. Kreativlik - bu insonning shaxsiy xususiyati bo'lib, uning o'z-o'zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog'liq. Kreativlik (lot., ing. "create " -yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4)bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi: 1) o'zini tavakkaldan olib qochish; 2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish; 3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 4) boshqalarga tobe bo'lish; 5) har qanday holatda ham faqatyutuqni o'ylash.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri o'qituvchi-o'quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e'tibor qaratildi.

Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi va o'quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o'qituvchi ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etilishi, ta'lim maqsadlarining to'g'ri amalga oshirilishi va ta'lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta'lim jarayoni o'qituvchining to'liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto'g'ri fikrning tug'ilishiga asos bo'la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo'ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta'lim jarayonida o'quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o'zlashtirishga oid mexanizmgina bo'lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Bizningcha, o'quv vaziyati ta'lim jarayonini tashkil qiluvchi o'zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat: - o'qituvchi bilan o'quvchilar hamkorligi; - o'quvchilarning o'zaro bir-birlari bilan hamkorligi. Metodikalar. 1.O'yin metodlari.

O'yinlar o'quvchilarning diqqatini jalb qilish va ularni faol ishtirok etishga undash uchun samarali vositadir. O'yinlar orqali o'quvchilar muayyan vazifalarni hal qilishda kreativ fikrlashga o'rganadilar. Misol uchun, rolli o'yinlar yoki ijodiy vazifalar.

2. Guruhiy ish.

Guruhiy faoliyat o'quvchilarning bir-birlari bilan fikr almashish va birgalikda yechimlar topish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda har bir o'quvchining fikri qadrlanadi va ularning kreativ fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

3. Ijodiy loyihalar.

Ijodiy loyihalar o'quvchilarga o'z g'oyalarini amalga oshirish imkonini beradi. O'quvchilar muayyan mavzu bo'yicha loyiha tayyorlashda, o'z bilimlarini amalda qo'llashda va ijodiy fikrlashda ishtirok etadilar.

4. San'at va qo'l san'ati.

San'at darslari orqali o'quvchilar o'z his-tuyg'ularini ifoda etish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Qo'l san'ati, rasm chizish yoki kompozitsiya yaratish orqali bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

5. Muammo asosidagi ta'lim.

Muammo asosidagi ta'lim metodikasi o'quvchilarga real hayotdagi muammolarni hal qilishda kreativ yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi. O'quvchilar muammoni aniqlash, tahlil qilish va yechimlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR. O'qituvchi bilan o'quvchilarning hamkorligi o'qituvchining o'quvchilarga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o'quv harakatlariga aylanadi. Natijada, o'qituvchi bilan o'quvchilar munosabati hamkorlik pozitsiyasiga o'sib o'tadi. Materiallar tahlilining ko'rsatishicha, mantiqiy topshiriqlar hamkorlikda bajarilgandagina bilimlarni o'zlashtirish mahsuldor bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'limning shunday tashkil etilishini hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat vaziyati, deb atash qabul qilingan. Pedagogik adabiyotlar tahlili va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko'ra hamkorlikdagi mahsuldor o'quv faoliyati vaziyatini tashkil qilishning 2 asosiy tamoyilini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiqdir: 1.Ta'limda mazmunning izchilligi tamoyili. Unga ko'ra shaxs o'z faoliyatini muayyan maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz shakllanishi ko'zga tashlanadi. 2.O'qituvchi-o'quvchilar hamkorligining mustaqil ijodiy faoliyat bilan bog'liqligi tamoyili. O'quv jarayonida o'quvchilar bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega. O'quvchilarning ta'limga qay darajada ixlos qo'yishi o'qituvchining mana shu hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bog'liq.

O'qituvchi bilan o'quvchilarning o'quv faoliyatidagi muhitning to'g'ri uyushtirilishi o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni butun kuch va g'ayratini

sarflashga undaydi. Bu o'zaro muloqotning shunday bir shaklidirki, bunda o'quvchi o'zini pedagogik ta'lim obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin harakat qiluvchi shaxs deb biladi. O'qituvchining o'rganilayotgan fan bo'yicha qaysidir bir ma'lumotga aniqlik kiritish paytida o'quvchilarga yordam so'rayotganday murojaat qilishi hamkorlik faoliyatini yanada chuqurlashtiradi. O'quvchilarni o'rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish o'qisho'qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borishninggina sharti bo'lib qolmay, balki ularni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim shartidir. O'quvchi o'qitish va tarbiyalash jarayonining o'zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga aylanadi. Sh.A.Amonashvili ta'lim jarayonida o'quvchi bilan hamkorlik munosabatini o'rnatish lozimligini ta'kidlab, shunday deydi: «O'quvchining o'quvbiluv faoliyati nafaqat qiziqarli o'quv materiali va uni tushuntirishning turli metodlari vositasida, balki pedagogning ta'lim jarayonidagi muomala xarakteriga ko'ra tartibga solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud bo'lgan muhitda o'quvchi o'quv topshiriqlarini oson o'zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy izlanishlari yuqori baholanayotganini ko'rgan o'quvchi yanada murakkab bo'lgan o'quv topshiriqlarini bajarishga intila boshlaydi».

XULOSA. Ma'lumotlarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 1) avvalo, har bir dars jarayoni tashkil etilishida aniqlik bo'lishi. O'qituvchi o'quvchilarga erkinlikni,albatta, me'yorida ta'minlab berishi lozim; 2) boshlang'ich ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu -bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi, ijtimoiy tajribasi, psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligidadir. Shunga ko'ra boshlang'ich ta'lim o'quv fanlari dasturlaridagi topshiriqlarda o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga e'tibor berilgan bo'lsa-da, ammo o'quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish nuqtainazaridan ularni takomillashtirish zarur. Ya'ni, o'qituvchilar ma'suliyatli va e'tiborli bo'lish zarur. Shuningdek, o'quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag'batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Hato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan cho'chish, haddan tashqari baholarga e'tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo'rqish hissi mavjud o'quvhilarda kreativlik odatga aylanmaydi. 3) muayyan omillar o'quvchilarda kreativlik sifatlari, malakalarining rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o'qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e'tibor qaratishlari kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017 yil, 488 bet.

2. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: "O'zbekiston", 2016 yil, 56 bet.

10. Shaydullayeva K.Sh. Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik tafakkurni rivojlantirishda integrativ yondashuvning afzalliklari. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar jurnali. 1-jild, 8-son. -56b.

3. Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma. :-Toshkent 2015,40 bet

4. Davletshin M.G., Do'stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To'ychiyeva S. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. (O'quv metodik qo'llanma). Nizomiy nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 46-47 betlar.

5. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua - Toshkent. 2016

6. Jo'rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov Sh.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta'limg aasoslangan o'quv-metodik qo'llanma. -T.: Fan, 2005, 66 b.

7. Adizov B. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. fan. dok.... dis. -Toshkent, 2003.-276 b.

8. Aliyev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Toshkent: O'qituvchi,1991. - 40b.

9. Shaydullayeva K.Sh. Pedagogik tafakkur - o'z-o'zini rivojlantiruvchi jarayon sifatida. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023 - yil. 9-son. - 11b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.