MEXANIKA
UDK 621.01:677.21
PAXTA TOZALASH MASHINALARIDAN AJRALAYOTGAN CHIQINDI TARKIBIDAGI PAXTA BO'LAKLARINI AJRATISH VA TOZALASH USKUNALARI
TAHLILI
Djamolov Rustam Kamolovich Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, t.f.d., professor
Abduraxmonov Ramazon Sobir o'g'li Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, assistent
Abidova Anora Rustam qizi Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, t.f.f.d.
Abdullayev Kamoliddin Yusupovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, assistent, behruz-sarvar@mail. ru
Annotatsiya. Maqolada paxta tozalagichlaridan ajralayotgan chiqindi tarkibidagi paxta bo'laklarini ajratish, regeneratsiyalash texnikalari taxlili keltirilgan bo'lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun regeneratorning pnevmota'minlash qismini takomillashtirish bo'yicha takliflar keltirilgan.
Аннотация. В статье представлен анализ технологии отделения и регенерации долки хлопка из отходов хлопкоочистительных машин, а также предложены предложения по совершенствованию узла пневмопитателя регенератора для устранения выявленных недостатков.
Abstract. The article presents an analysis of the technology for separating and regenerating cotton gin waste from cotton ginning machine waste, and also offers suggestions for improving the regenerator pneumatic feeder unit to eliminate the identified deficiencies.
Kalit so'zlar: RX, regenerator, tozalash, arrachali baraban, kolosnik, paxta bo'lagi, yirik ifloslik, mayda ifloslik.
Ключевые слова: РХ, регенератор, очистки, пилчатий барабан, колосник, долки хлопка, крупный сор, мелкий сор.
Keywords; RH, regenerator, cleaning, saw drum, grate, cotton gin waste, large debris, small debris.
Jahon tajribasida paxtani dastlabki ishlashning texnika va texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha keng miqyosda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu sohada, jumladan paxta tozalagichlardan ajralayotgan chiqindi tarkibidagi paxtani ajratish va uni tozalashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish, regeneratorlarning resurstejamkor uskunalarini yaratish vazifalari qo'yilmoqda. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida mahsulot sifati va miqdoriga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qiluvchi texnikaviy yechimlarini, paxtani regeneratsiyalash texnologik jarayonida uning dastlabki sifat ko'rsatkichlarini saqlab qolishni, energiya sarfini kamaytirish imkonini beradigan, mahsulot sifatini boshqara oladigan texnologiyalarni ishlab chiqish, ishlash rejimlari va k o'rsatkichlarini optimallashtirish yo'nalishida ilmiy tadqiqot olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Paxtani iflos aralashmalardan tozalashda korxonalarda CHX-3M, CHX-5, 1XK va UXK rusumli tozalash uskunalari qo'llaniladi [1]. Ushbu uskunalarning tozalash samaradorligini oshirishga erishish uchun bir biator olimlar paxta xomashyosini tozalashga oid amaliy va nazariy tadqiqotlar natijasida turli konstruktiv va texnologik o'zgartirishlar tavsiya etilgan, tozalash uskunalarining ishchi qismlarini ratsional parametrlari va ish rejimlari asoslab berilgan. Lekin,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
paxta xomashyosini tozalash vaqtida chiqindiga paxta bo'laklarini o'tishini kamaytirish masalasi to'liq xal etilmagan.
Pavlyak A.B va Gulidon N.M.lar [2] tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash uchun BCH-01 rusumli tozalagichi birinchi bo'lib ishlab chiqilgan, unda bir dona arrachali baradan, ilashtiruvchi ch o'tka va ajratuvchi cho'tkali barabanlar o'rnatilgan.
P.N. Borodin va Ye.F.Budinlar [3] tomonidan o'tkazilgan izlanishlar natijasida aksial tozalovchi regenerator-tozalagichi ishlab chiqilgan bo'lib, u tsilindrik kojux 1, kirish 2 va ikki dona chiqish 3 quvurlardan iborat va uning o'rta qismida val ko'rinishidagi yo'naltirgichli shnek 4, tarnovlar 5, 6 va asosiy 7 va regeneratsiyali 8 arrachali barabanlar, yo'naltiruvchi cho'tkalari 9 va 10, kolosnikli panjaralar 11 va 12, ajratuvchi cho'tkali baraban 13, regeneratsiya barabani 8 ni kolosnikli panjara yoyi bilan 25-32% ni to'suvchi taglik 14 dan iborat (1-rasm).
U yerdagi tozalovchi arrachali barabanining tagida kolosniklar o'rnatilgan, regeneratsiya arrachali barabani tagida esa perforatsiyalangan teshikli t o'r o'rnatilgan bo'lib, unda yuqoridagi arrachali barabandan uzatilayotgan paxtaning yirik iflosliklaridan tozalash imkoniyatini kamayganligi va ish unumdorligining pastligi kabi kamchiliklari mavjud.
Paxta tozalash korxonalarida amalda ishlatilayotgan aksial ta'sirli tozalagichlardan faqat regeneratsiya sifatida foydalaniladi va ularni regeneratorlar deb ataladi. Bulardan 80-yillarda ishlab chiqilgan PLPX oqimli tozalash tizimidan ajralayotgan yirik chiqindilarga qo'shilib chiqayotgan paxta bo'laklarini ajratib olish uchun 1RX, RX, RX-1 va 2RX-M rusumli regeneratorlar jumlasidandir [4].
Bu yerdagi RX-1 va RX rusumidagi regeneratorlarning konstruktsiyasidagi farqi faqatgina uning ta'minlagichidadir.
RX-1 rusumli regeneratori oqimli tozalash tizimining pnevmotransport tizimiga o'rnatilib vakuum asosida ishlatilgan. Asosan ulardagi chiqindilari yirik va paxta bo'laklaridan tashkil topgan bo'lib, mayda iflosliklar miqdori ahamiyatsiz bo'lgan. CHiqindilarning bu tarkibi bilan RX regeneratori soatiga 1 tonnagacha ish unumdorlikda ishlab, regeneratsiya samarasi 95% ni tashkil etgan, tozalash samarasi uzatilayotgan chiqindilarning ifloslik miqdoriga qarab 80% gacha bo'lgan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
!J
1-rasm. Paxta xomashyosini regenerator-tozalagichi
MEXANIKA
RX rusumidagi regeneratorning tozalash samarasining kamayib ketish sabablarini uni taxlil qilish bilan tushuntiramiz 2-rasm.
2-rasm. RX rusumli regenerator sxemasi
RX regeneratorining pnevmota'minlagichi 1 yarim tsilindrik formada bo'lib, kiruvchi 2 va chiquvchi quvurdan 3 iborat. Ular tagida tozalash sektsiyasi 4 o'rnatilgan va u asosiy 5 va regeneratsiya 6 arrachali barabanlardan, ilashtiruvchi cho'tkalar 7, 8 va ajratuvchi cho'tkali baraban 11, kolosnikli panjaralar 9, 10, iflos aralashmalarni tashqariga chiqaruvchi shnek 12 va unga ulangan klapanli tyubus 13 dan tashkil topgan.
Kiruvchi 2 va chiquvchi 3 quvurlar bir balandlikda yarim aylanali tsilindrik ta'minlagichining yuqori qismida tangentsial joylashgan bo'lib, kiruvchi quvur 2 pnevmota'minlagichining o'rta qismida, chiquvchi quvurlar 3 esa ikki yon chekkasiga joylashtirilgan. CHiquvchi quvur 3 kondensor quvuriga yoki paxta tozalagichlariga uzatayotgan separatorning havo so'rish quvuriga, kiruvchi quvur 2 esa tozalagichdan chiqayotgan chiqindi quvuriga yoki lentali transporter ustiga o'rnatiladi.
RX rusumli regenerator quyidagicha ishlaydi: separator yoki kondensor orqali ventilyator tomonidan havo quvurlari bilan chiqish quvuri 3 ga ulanib kamerada havo vakuumini xosil qiladi va pnevmota'minlagich 1, tozalash sektsiyasi 4 korpusi bo'ylab tarqaladi. SHundan keyin pnevmota'minlagich 1 orqali havo chiqish quvuri 2 ga o'tib, uning ochiq quvuri orqali tashqaridagi havoni so'rishni boshlaydi. SHu tariqa regenerator to'liq vakuum xolatiga tushadi.
Regeneratorning pasport ko'rsatkichlari bo'yicha pnevmota'minlagich 1 ga kirish quvuri 2 orqali 1,1 m3/s havo kirishi kerak va unga 0,4 m3/s havo esa korpuslarining germetiklanmagan joylaridan so'rilishidan pnevmota'minlagich 1 da havoning umumiy sarfi 1,5 m3/s ni tashkil etadi.
Pnevmota'minlagichning kirish quvuri 2 ga ulangan quvur tozalash mashinalaridan ajralayotgan chiqindi yig'ish transported ustiga joylashtiriladi va u yerdan chiqindilar so'rilib kirish quvuri 2 orqali pnevmota'minlagich 1 ga o'tadi.
Pnevmota'minlagich 1 ga kirish quvuri 2 orqali keladigan havo ikki qismga bo'linadi va chiqish quvuri 3 tomon harakat qiladi, aylanayotgan arrachali 5 va cho'tkali 11 barabanlar esa havoni quvur 2 dan chiquvchi quvur 3 tomonga harakati davomida aylantirib, yo'nalishini aksial harakatida bo'lishini ta'minlab beradi.
Havo bilan aralashib pnevmota'minlagich 1 ga kiradigan chiqindilar bir vaqtning o'zida uzunasi yo'nalishi bo'yicha chiqish tarnovi 3 tomon borishda arrachali baraban 5 ning
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
innertsiyasi bilan ildiruvchi cho'tka 7 orqali chiqindili paxta bo'laklarini arra yuzasiga biriktiriladi, kolosnikli panjara 9 ga urilishi bilan paxta bo'laklari chiqindidan ajratiladi va arrachali baraban 5 tishlaridan ajratuvchi cho'tkali baraban 11 orqali yechib olingan paxta bo'laklari pnevmata'minlagich 1 ga uloqtiriladi, shundan so'ng yuqorida tavsiflangan jarayon takrorlanadi, paxta bo'laklari chiquvchi quvur 3 ga kirgunigacha takroriy tozalash jarayoni amalga oshadi.
Tozalovchi arrachali baraban 5 ning kolosnikli panjaralari orqali chiqindi aralashmalari bilan birga paxta b^laklari regeneratsiya barabani 6 ga tushadi va tozalovchi baraban 5 singari, ildiruvchi cho'tka 8 o'rnatilgan. Kolosnikli panjaraga 10 urilishi bilan tozalangan paxtalarni arrali baraban tishlaridan cho'tkali baraban 11 yechib oladi va pnevmota'minlagich 1 ga qayta tashlaydi.
Amalda ishlatilayotgan RX regeneratorlarining ishlash jarayoni kuzatilganida, paxta bo'laklarining tozalanish takroriyligi 3-4 marta bo'lib, bu yerda tola sifatini saqlagan xolda, yirik iflosliklardan tozalash samarasini 80% gacha oshirish imkonini beradi.
Agar paxtaning ifloslanishi 5 % dan ortiq xolatida tozalanishda, paxta tozalagichlardan ajralayotgan chiqindi miqdorida 30 % dan ortiq mayda iflosliklar bo'lsa, u xolda regeneratorning tozalash samarasi 80 % dan kamayadi va regeneratsiyalangan paxta b o'laklarining iflosligi 20 % va undan ortiqga ko'payadi, bu xolatda ajratilgan paxta bo'laklarini asosiy oqimga qo'shilishi tola sifatini pasayishiga olib keladi [5]. Buni uzatilayotgan chiqindi bilan bo g'lanmagan paxta bo'laklarini arrachali baraban 5 ga tushmasdan pnevmota'minlagich 1 tomonga o'tib ketishi bilan izohlashimiz ham mumkin, bundan tashqari mayda iflos aralashmalari va erkin tolalar massasi va tezligi juda past bo'ladi, natijada pnevmatik ta'minlagichga kirganda ularning harakat inertsiyasi bilan arrachali baraban 5 gacha uchib borishga yetmaydi, ular havo oqimi ta'sirida chiquvchi tarnov 3 tomon yo'naltiriladi va yo'lda tozalashdan ajralib chiqayotgan paxta bilan qo'shiladi.
Tadqiqotchilar tomonidan har xil shakl va o'lchamdagi yo'naltirgichlarni pnevmota'minlagich 1 ga o'rnatish orqali mayda iflos aralashmalarini aralashib chiqishini kamaytirishga ko'plab urinishlar qilingan, lekin, ular regeneratorlarning mayda iflosliklardan tozalash samarasiga deyarli ta'sir qilmagan. SHuni aytish kerakki, pnevmota'minlagichda to'suvchi mexanizmlardan foydalanish uning aerodinamik qarshiligini oshishiga va q o'shimcha havo turbulentligiga olib keladi.
Kuzatishlarda RX regeneratorining ish unumdorliklarini oshirish bilan regeneratsiya samarasi o'zgarmagan, aksincha tozalash samarasining pasayganligi ko'ringan [6-16].
Amalda ishlayotgan RX regeneratorlarining konstruktsiyasi taxlilidan ko'rinadiki, ularning asosiy kamchiligi mayda iflosliklarni va aloxida paxta bo'laklarini o'tkazib yuboradigan pnevmota'minlagichidadir, unda tozalash bosqichining optimalb xolati, ya'ni oqimda uzatilayotgan paxta xom ashyosining ifloslik darajasigacha tozalashni ta'minlamaydi.
SHuning uchun regeneratorning ta'minlagichida, kirayotgan chiqindili paxta bo'laklarini titkilanishini va arrachali barabanlar yuzasiga taqsimlanishini amalga oshirish moslamasini qo'llash, uning tozalash samarasini oshishiga olib keladi. Bugungi kunda yangi ta'minlagichli regenerator uskunasining sanoat sinov namunasini ishchi chizmalari tayyorlanib, yasash ishlari olib borilmoqda.
ADABIYOTLAR
1. Kuliev T.M., Kulmatov I., Djamolov R.K., Oripov J.I. Razrabotka novogo regeneratora xlopka dlya izvlecheniya letuchek xlopka iz otxodov ochistiteley. Far g'ona politexnika institut iilmiy - texnika jurnali. - Farg'ona. 2020. №1. - B. 19-26.
2. Pavlyak A.I., Gulidov N.G. Primenenie barabanno-pilbchatbix chistiteley. NTO. Tashkent. 1952. 14 S.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
3. P.Borodin, Ye.F.Budin. Ochistitelb-regenerator xlopka-sbirtsa. Patent na izobreteniyu, SU 1151604, 1982g.
4. Paxtani dastlabki ishlash muvofiqlashtirilgan texnologiyasi, PDI 30-2012, «Uzpaxtasanoat» uyushmasi, «Raxtasanoat ilmiy markazi» AO, Tashke nt, 2012.-35 v.
5. R.K.Djamolov, U.M.Ismoilov. Paxtani regeneratsiyalash texnologik uskunalarining ishlash samaradorligini oshirish. «Engil sanoatda zamonaviy innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti, Buxara-19-20 noyabrya 2021y, 391-396 b.
6. A.Abidova, T.Kuliev, R.Djamolov, M.Bobomurodov. Paxta tozalagichlaridan ajralayotgan chiqindi tarkibidagi paxtani samarali ajratish uchun RX regeneratorining yangi konstruktsiyasini ishlab chiqish. Ta'lim, fan va innovatsiya. Ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal, 4-son, 2023y. 311-314 b.
7. Kamolovich, D. R., O'G'Li, A. N. U., Yusupovich, A. K., & Eshqobilovich, Q. B. (2024). Tukli urug 'lik chigitni saralashning takomillashtirilgan texnologiyasi. Mexanika i texnologiya, 2(15), 169-175.
8. Abdixamidov N.U., Djamolov R.K., Qarshiev B.E., Abdullaev K.Yu. Saralash kameraga o'rnatilgan chigitni donalovchi taroq moslamasining parametrlarini aniqlash. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy - texnikaviy jurnal. №1/2024, Buxoro-2024y-285b.
9. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqieti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.
10. Parpiyev A. P. et al. Tozalash jarayonida arrali seksiyalardan ajralib chiqqan chiqindi ulushlarini baholash natijalari taxlili //O'zbekiston to'qimachilik jurnali. ISSN. - 2010. - T. 6262. - №. 1. - S. 2022.
11. Karshiev B. E., Ismatov S. S. RAVNOMERNOSTL SUSHKI KOMPONENTOV XLOPKA- SLIRT S A //Ekonomika i sotsium. - 2023. - №. 9 (112). - S. 485-489.
12. Parpiev A. P., Karshiev B. E. RAVNOMERNOSTL SUSHKI KOMPONENTOV XLOPKA-SLIRTSA //Universum: texnicheskie nauki. - 2022. - №. 9-2 (102). - S. 51-54.
13. Karshiev B. E. i dr. Paxtani tozalashga tayyorlash texnologiyasining tahlili //RESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. - 2022. - T. 1. - №. 6.
14. Karshiev B.E., Parpiev A.P., Xushbakov A.N. Analiz temperaturbi, vlajnosti volokna i semyan v texnologicheskix protsessax na xlopkoochistitelbnbix predpriyatiyax// INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE: YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 2022 Prague, Czech. https://doi.org/10.5281/zenodo.7117865.
15. Qarshiev BE P. A. P. Paxta va uni komponentlarini qatlamda quritish tadqiqoti //O'zMU xabarlari. Ilmiy jurnal. ISSN. - S. 2181-7324.
16. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son