TEXNOLOGIYA
UDK 621.01:677.21
PAXTANI TOZALASH JARAYONIDAGI CHIQINDINI QAYTA ISHLASH ORQALI YAROQLI PAXTA BO'LAKCHALARINI AJRATIB OLISH
Xuramova Xadicha Mamadovna Namangan muhandislik-texnologiya instituti, kafedrasi dotsenti, hadicha71 @inbox.ru
Baxriddinov Sayfiddin Shamsiddinovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti, kafedrasi dotsenti, [email protected]
Annotatsiya. Maqolada paxtani tozalash jarayonida chiqindilarni qayta ishlash orqali yaroqli paxta bo'lakchalarini ajratib olish va ularni ishlov berish jarayonilariga uzatish qurilmasini tadqiq qilingan. Ushbu regenrator qurilmasini ishlash jarayoni va konstruksiyasi yoritib berilgan. Shuningdek, qurilmada sifatli mahsulot olish uchun regression tenglamalari tuzilib, optimal parametrlari aniqlangan.
Аннотация. В статье исследуется устройство для извлечения годных к использованию летучков хлопка и передачи их в технологические процессы путем переработки отходов при очистке хлопка. Объясняется рабочий процесс и конструкция этого регенераторного устройства. Также были созданы уравнения регрессии и определены оптимальные параметры для получения качественной продукции.
Annotation. The article examines a device for extracting usable cotton flakes and transferring them to technological processes by recycling waste from cotton ginning. The working process and design of this regenerator device are explained. Regression equations were also created and optimal parameters were determined to obtain high-quality products.
Kalit so'zlar: regenratsiya, regression, optimal parameter, tola, paxta bo'lakchasi, chigit, chiqindi, tozalash, saralash.
Ключевые слова: регенерация, регрессия, оптимальный параметр, волокно, летучка хлопка, семена, отходы, очистка, сортировка.
Key words: regeneration, regression, optimal parameter, fiber, cotton fly, seeds, waste, cleaning, sorting.
«Dunyo bo'yicha to'qimachilik sanoatining asosiy xom-ashyosi paxta xom-ashyosi tolasi bo'lib, har yili jahon miqyosida 23-24 mln. tonna atrofida paxta tolasi ishlab chiqariladi. Hozirda toboro ortib borayotgan aholi soni hisobiga paxta tolasi iste'moli va unga bo'lgan talabning istiqbolda ortib borishi kutilmoqda»[1]. Shu masalalardan kelib chiqib, dunyo miqyosida paxta yetishtirish, uning iste'mol xususiyatlarini yaxshilash, paxtani tayyorlash va dastlabki ishlash jarayonlarida, xususan paxtani terish, tashish, quritish, iflosliklardan tozalash, paxtali chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarida mahsulot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiruvchi avtomatlashgan, resurstejamkor texnologiyalarni yaratish muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda.
Tadqiqotchilarning tahlillari asosida oldin ishlatilgan va yaratilgan qurilmalarning bir qismi material va energiya sarfi yuqoriligi uchun ishlab chiqarishdan olingan bo'lsa, zamonaviy tadqiqotlar asosida yaratilgan qurilmalar ulyuk tarkibini maksimal titish va aralashma tarkibidagi tolalarni atiga 65 % gacha ajratib olish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlandi hamda tadqiqotlar asosida tola ajratish qurilmalarini takomillashtirish zarurati mavjud ekanligi aniqlangan [2,3,4].
Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz tomonimizdan yangi regenerator qurilmasi ishlab chiqildi.
Taklif etilgan paxta bo'lakchalarini chiqindidan ajratib oluvchi qurilmasining ishchi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
1-bunker, 2-paxta chiqindisini ta'minlagich valigi, 3-paxta chiqindisi titib beruvchi qoziqli baraban, 4-iflos aralashmalar uchun nov, 5-qo'zg'almas cho'tka, 6-arra tishli baraban, 7-pichoq, 8-olti qirrali kolosnik, 9-to'rt qirrali kolosnik, 10-cho'tkali baraban, 11-tozalangan paxta bo'lagi
uchun nov, 12-iflos aralashmalar novi.
1-rasm. Paxtani tozalashda chiqadigan chiqindilar tarkibidan paxta bo'lakchalarini
ajratib oluvchi qurilma.
Qurilma quyidagicha ishlaydi: homashyo yuqori 1 dan tashlanadi va ta'minlagich 2 orqali paxta bir tekisda qoziqli baraban 3 ga tashlab beriladi. Qoziqli baraban 3 mayda iflosliklardan chiqindini tozalaydi va 4 orqali mayda iflosliklar chiqarib yuboriladi. Qolgan homashyo 6 arrali barabanga yo'naltiriladi 5 orqali unga yopishtirib beriladi hamda 7-8-9 shakldor kolosniklar orqali yirik iflosliklar ajratib olinadi va 12 orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Sho'tkali baraban 10 orqali toza paxta arrali baraban 6 dan yechib olinib 11 orqali paxta chiqib ketadi.
Chiquvchi parametrlarning ratsional qiymatlarini aniqlash
Yuqorida olingan regression tenglamalarga kiruvchi omillar xaqiqiy sonlarini o'rniga quyib, chiquvchi parametrlarning ratsional qiymatlarini aniqlashimiz mumkin (2-3-rasm) [5].
2-rasmdagi grafikdan ko'rinib turibtiki, baraban va kolosnik orasidagi masofa A 10-20 mm oraliqda oshgan sari chigit saralash mashinasi ajratish samarasi (K) 93,1 % dan 90,4 % ga, chigitning mexanik shikastlanganligi (№) esa 1,5 % dan 1,3 % ga% kamayadi (2-rasm).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Baraban va kolosnik oiasidagi ma sofa A, mm
2-rasm. Chigit saralash mashinasi ajratish samarasi K (%) va chigitning mexanik shikastlanganligi Sh (%) ni baraban va kolosnik orasidagi masofa A (mm) ga bog'liqlik
grafigi
Baraban aylanish tezligi n 250 ayl/min dan 300 ayl/min gacha o'zgarganda mashinaning ajratish samarasi (K ) 92,6 % dan 90,4 % ga kamayishini, chigitning mexanik shikastlanganligi
(Ш ) 1Д o/o ¿an ¡ 3 o/o ga ortishini ko'rishimiz mumkin (3-rasm).
250 275 300
Baraban aylanish tezligi, rpm
3-rasm. Chigit saralash mashinasi ajratish samarasi К (%) va chigitning mexanik shikastlanganligi Ш (%) ni baraban aylanish tezligi n (rpm) ga bog'liqlik grafigi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
O'tkazilgan tajribalar natijasida va yuqoridagi grafiklar tahlilidan, xx - baraban va kolosnik orasidagi masofa A (mm) ning ratsional oralig'i - 14-16 mm deb, x2 - baraban aylanish tezligi n (rpm) ning ratsional oralig'i - 275-300 ayl/min deb xulosa qilishimiz mumkin.
Baraban va kolosnik orasidagi masofa A (mm) ni ushbu ko'rsatkichdan ortishi ajratish samarasini pasaytiradi, baraban aylanish tezligi n (rpm) ni ortishi esa chigitning mexanik shikastlanishini oshishiga olib keladi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmoni. 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida. Toshkent sh., 2022 yil 28 yanvar.
2. Obidov A.A., Xamidov S., Abdurasulov A. Tola ajratish qurilmasining barabanlari seksiyasida titish orqali iflosliklarni ajratib olish tadqiqi. Mashinasozilk ilmiy texnika jurnali. № 1, 2022, 340-348 b.
3. R.Muradov, R.Abdullayev, B.T.Aliyev "Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratish qurilmasi" // Anjuman materaallari Buxoro muxandislik - texnologiya instituti "Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayerlash tizimida innovatsion xamkorlikni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari - Buxoro 2425 noyabr2017.
4. Obidov A.A., Abdurasulov A., Khamidov S., Atamirzaev Z. Improving the fiber separation device from fibrous waste. Journal of Hunan University (Natural Sciences), Vol. 48. No. 12., December 2021, 2126-2136 p.
5. M.T.Hojiev, B.M.Mardonov, F.N.Sirojiddinov. "Paxta sanoati texnologiyasi jarayonlarini modellashtirish" fanidan o'quv qo'llanma. Toshkent, "Adabiyot uchqunlari", 2018, 333 bet.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024