Научная статья на тему 'PAXTA TOLASINI TOZALASH – MUAMMO VA YECHIMLAR'

PAXTA TOLASINI TOZALASH – MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
8
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta / paxta tolasi / tola tozalash / baraban / qoziqli baraban / tadqiqot / iflosliklar / to‘g‘ri oqimli tozalagich / konstruksiya / хлопок / хлопковое волокно / очистка волокна / барабан / ворсовый барабан / исследования / примеси / очиститель постоянного тока / строительство.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Raximov Rashid G‘ulomjonovich

Tadqiqotda tola tozalash uchun ishlatiladigan qurilmalarning samaradorligi, konstruktiv jihatdan ishlatish imkoniyatlari, afzalliklari va ulardagi ilmy-texnik muammolar va ularni bartaraf qilish, paxta tolasini sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omillar tadqiq qilingan. Tadqiqot davomida takomillashtirilgan tola tozalash qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Cotton fiber cleaning – problems and solutions

В ходе исследования изучены эффективность устройств, применяемых для очистки волокна, возможности конструктивного использования, преимущества, а также научно-технические проблемы и их устранение, факторы, отрицательно влияющие на качественные показатели хлопкового волокна. В ходе исследований была разработана технологическая схема усовершенствованного устройства очистки волокна.

Текст научной работы на тему «PAXTA TOLASINI TOZALASH – MUAMMO VA YECHIMLAR»

TEXNOLOGIYA

UDK 677.051.15

PAXTA TOLASINI TOZALASH - MUAMMO VA YECHIMLAR

Raximov Rashid G'ulomjonovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti tadqiqotchisi

Annotatsiya. Tadqiqotda tola tozalash uchun ishlatiladigan qurilmalarning samaradorligi, konstruktiv jihatdan ishlatish imkoniyatlari, afzalliklari va ulardagi ilmy-texnik muammolar va ularni bartaraf qilish, paxta tolasini sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir etuvchi omillar tadqiq qilingan. Tadqiqot davomida takomillashtirilgan tola tozalash qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.

Аннотация. В ходе исследования изучены эффективность устройств, применяемых для очистки волокна, возможности конструктивного использования, преимущества, а также научно-технические проблемы и их устранение, факторы, отрицательно влияющие на качественные показатели хлопкового волокна. В ходе исследований была разработана технологическая схема усовершенствованного устройства очистки волокна.

Annotation. The study examined the efficiency of devices used for cleaning fiber, the possibilities of constructive use, advantages, as well as scientific and technical problems and their elimination, factors that negatively affect the quality indicators of cotton fiber. During the study, a process flow chart of an improved fiber cleaning device was developed.

Kalit so'zlar: paxta, paxta tolasi, tola tozalash, baraban, qoziqli baraban, tadqiqot, iflosliklar, to'g'ri oqimli tozalagich, konstruksiya

Ключевые слова: хлопок, хлопковое волокно, очистка волокна, барабан, ворсовый барабан, исследования, примеси, очиститель постоянного тока, строительство.

Keywords: cotton, cotton fiber, fiber cleaning, drum, lint drum, research, impurities, DC cleaner, construction.

O'zbekiston Respublikasi paxta tozalash korxonalarida tolani tozalash uchun asosan 1VPU va 2VPU markali bir barabanli va ikki barabanli to'g'ri oqimli tola tozalash mashinalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, Respublikamizdagi ayrim korxonalarda 3OVP-M markali uch bosqichli to'g'ri oqimli tola tozalagichlardan foydalaniladi [1]. Paxta xomashyosini mashinada terish ommaviy tarzda joriy etilganidan so'ng va mavjud OVP va OVP-U tipidagi bir barabanli tolali paxta tozalash effekti past bo'lganligi sababli, 3OVP tipidagi uch bosqichli to'g'ri oqimli tola tozalash yaratildi hamda ularning birinchi sanoat navlarida mashinada terilgan paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida tozalash samarasi 30^40% ni tashkil etib, tola sifatini yaxshilash imkonini berdi [2, 3].

Uch bosqichli 3OVP tolali tozalash vositalarining ko'p yillik ishlashi natijasida, yuqori tozalash samarasiga qaramay, ba'zi kamchiliklar ma'lum bo'ldi. Jumladan, tolaga mexanik ta'sir kuchayganligi sababli, tola tozalagichdagi kalta tolalar (momiq) va tolaning shikastlanishi yanada ortadi.

Tola tozalagichda tolaning tekislanishi pasayadi, bu esa kalta tola hosil bo'lishi uchun imkoniyat yaratadi hamda tarash mashinalarida ishlov berilganda ko'p miqdorda tolali chiqindilarning chiqishiga olib keladi.

3OVP tola tozalagichining aerodinamikasini o'rganish shuni ko'rsatdiki, tola bir arra silindridan ikkinchisiga o'tganda ular o'rtasida bir-biridan yo'naltirilgan ikkita havo oqimi hisobiga vorteks zonasi hosil bo'ladi. Aynan shu girdob zonasida tolaning tekislanishi pasayadi.

Ishlab chiqarish xonasida uchta arra tsilindri atrofida havo oqimlari hosil bo'lishi sababli har bir tola tozalagich 1,6^1,8 m3/s havo so'radi. Har bir paxta tozalash korxonasida to'rtta 3OVP tola tozalagich o'rnatilganligini hisobga oladigan bo'lsak, umumiy havo sizib chiqishi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

6,5^7,2 m3/s ni tashkil etib, ishlab chiqarish binolari ekologiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Mashinada terilgan paxta xomashyosining tozalanishi qiyin bo'lgan o'rta tolali navlarini qayta ishlashning uzoq yillik amaliyoti shuni ko'rsatdiki, to'g'ri oqimli uch bosqichli 3OVP dan so'ng tozalangan paxta tolasi Davlat standarti talablariga javob bermaydi. Paxta tozalash korxonalarida to'g'ri oqimli uch bosqichli tola tozalash korxonalarining kamchiliklarini hisobga olgan holda, mavjud tola tozalash korxonalari modernizatsiya qilindi, ya'ni, uchinchi arra silindri chiqarib yuborildi va 2VP markali ikki bosqichli to'g'ri oqimli tolali tozalagich yaratildi.

Bir barabanli to'g'ri oqimli tola tozalagichda tolani tozalash samaradorligini aniqlash maqsadida respublikaning turli paxta tozalash korxonalarida 2020-yilda paxta xomashyosini turli seleksiya va sanoat navlarida qayta ishlash jarayonida eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi va takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

O'tkazilgan qiyosiy sinovlar natijasida olingan tahlillardan shuni ta'kidlash kerakki, eksperimental jinlash va tolalarni tozalash liniyasidan foydalanganda tola va chigit sifati yaxshilanadi. Tola sifatining oshishi, asosan, iflosliklarni, singan chigit va qobiqlarni kamayishi orqali sodir bo'ladi. Tolada tolalarning uzilishi va ulardagi iflosliklarning massaviy ulushining o'rtacha miqdori ikkita variantdagi kichik o'lchamli kameralarda 5,36% ni tashkil qiladi, ishlab chiqarish kamerasi bilan esa - 5,83 %. Shunday qilib, toladagi nuqsonlar va yot aralashmalarning massa ulushining o'rtacha pasayishi 0,47% ni tashkil etdi. O'tkazilgan qiyosiy sinovlar shuni ko'rsatdiki, OH-6-3 va vertikal tola tozalagichli tozalash kompleksidan foydalanish tolaning barcha sifat ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, laboratoriya qurilmalarida ishlab chiqilgan texnologik jarayonning ikkinchi varianti bo'yicha eksperimental tadqiqotlar o' tkazilgan [4].

Mustahkamlikning yetarli emasligi, arra tsilindrlarini muvozanatlashning yo'qligi va natijada sezilarli tebranish texnologik oraliqlarni o'rnatishni deyarli imkonsiz qiladi, bu tozalangan tolaning sifati va uskunaning ishonchliligiga ta'sir qiladi [5]. Ularning ishlashi, arra silindrlarining katta massasi, yuqori aylanish tezligi, yetarli darajada mustahkamlik va dinamik muvozanatning yo'qligi tufayli butun tola tozalagichning tebranishiga va texnologik oraliqlarning buzilishiga olib keladi, bu tozalash samarasini sezilarli darajada kamaytiradi va tiqilib qolish holatlarini oshiradi hamda buning oqibatida kolosniklar va podshipniklarning sinishiga olib keladi.

Xorijiy pnevmatik tola tozalagichlarni o'rganish shuni ko'rsatdiki, umumiy tozalash samarasi o'rtacha 35^40% ni tashkil qiladi. Tadqiqot natijasida tolalarni tozalash vositasining ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan va uning tozalash ta'sirini kamaytiradigan ma'lum kamchiliklar aniqlandi. Mahalliy va xorijiy tola tozalash korxonalarining ish unumdorligi va samaradorligini o'rganish natijasida aniqlanishicha, tozalash qiyin bo'lgan navlarni qayta ishlash va paxta xom ashyosini mashinada terishda O'z DSt 604:2001 davlat standarti talablariga javob beradigan sifatli tola olinmasligi aniqlandi. Konstruksiya xususiyatlariga ko'ra, xorijiy tola tozalagichlar yanada murakkab, metallni ko'p talab qiladigan katta hajmli. Ulardagi tolalarni tozalash texnologiyasi katta havo va elektr energiyasini iste'mol qilishi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tadqiqot mualliflari tomonidan yangi takomillashtirilgan tola tozalash qurilmasi tavsiya etildi. Mazkur tola tozalash qurilmasi konstruktiv jihatdan korxonalarda mavjud 1VPU tipidagi tozalagichdan juda katta farq qilmaydi. Tozalash samaradorligini oshirish maqsadida takomillashtirilgan tozalash qurilmasidagi kolosnik panjara foydali tozalash yuzasi kolosniklar sonini ko'paytirilgan. Mavjud qurilmada kolosniklar sonini ikki martaga oshirish uning konstruktiv parametrlaridan kelib chiqib amalga oshirildi, lekin kolosniklar qalinligi ham ikki martaga kichraytirilgan.

Yangi qurilmaning ishlash pintsipi 1VPU qurilmasi kabi amalga oshirilib, arrali baraban 1 kelgan tolalar kolosniklar 2 bilan to'qnashib tarkibidagi iflosliklardan tozalanadi. Lekin yangi qurilmaning afzalligi oldingi 1VPU qurilma kabi tozalash arraning tubida emas, balki markazdan

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

boshlanib, qariyib 2 marotabaga tozalash samarasini oshirishga xizmat qiladi. Xozirgi kunda takomillashtirilgan qurilmani sinash uchun tajriba konstruktsiyasi ishlab chiqilib, amaliy tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

ADABIYOTLAR

1. Первичная переработка хлопка-сырца. Под общей редакцией Э. Зикриёева, Ташкент «Мехнат». 1999. -400 с.

2. Салимов А.М., Лугачев А.Е, Ходжиев М.Т. Пахтага дастлабки ишлов бериш технологияси. "Адабиёт учкунлари". Тошкент. 2018.- 184 б.

3. Сафаров Ф.М., Зульфанов С.З., Акрамов А. Влияние селекций хлопчатника на технологический процесс их переработки//Тезисы докладов научной отчетной конференции преподователей ТПИ-часть 2-Душанбе. 1999.-С.198.

4. Камалов Н.З., Сулаймонов Р.Ш., Бекчанов Х.Б., Нусратов Т.С., Мадрахимов Д.У. Хитой Х,алк Республикасида ишлаб чикарилган мужассамланган технологик дастгох,ларни урганиш ва синаш. Илмий х,исобот, «Paхtasanoat ilmiy markazi», АЖ, Тошкент, 2011.- 44 б.

5. Максудов Э.Т., Аминов Х.Х., Муродов Р.М. Усовершенствование высокоэффективного агрегата для очистки хлопкового волокна. Курск, Россия. Современные материалы, техника и технологии. 2015 г. №2(2) с.115-120.

6. Obidov, A., Abdurahmonov, J. Theoretical study of an improved linter machine's cleaning device. AIP Conference Proceedings, 2024, 3045(1), 040015

7. Obidov, A., Khamidov, S., Muhammadjonova, I. Research removal of impurities by cleaning in the drum section of the fiber separation device. AIP Conference Proceedings, 2023, 2789, 040007.

8. Герасимова Н.Ф. и др. О выборе оптимальных параметров батарейного волокноочистителя ОН-5-Х // Хлопковая промышленность №3. 1978.Ташкент. С.11-12.

9. Корабельников Р.В., Лебедев Д.А. Определение сил аэродинамического сопротивления в процессе очистки натуральных волокон // Научные труды молодых ученых КГТУ, Выпуск 8, Кострома, 2007 г. 19-23 стр.

10. Громова Е.И. Определение сил аэродинамического сопротивления, действующих на волокно в процессе очистки. / Е.И. Громова, Р.В. Корабельников, Д.А. Лебедев // Тез. докл. Ташкент

11. Sh. Korabayev, J. Soloxiddinov, N. Odilkhonova, R. Rakhimov, A. Jabborov, A.Qosimov. A study of cotton fiber movement in pneumomechanical spinning machine adapter. E3S Web of Conferences. 2024. 538: 04009

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.