PAXTA TARKIBIDAGI OG'IR ARALASHMALARNI TUTIB QOLUVCHI TOSH TUTGICH QURILMALARI TAVSIFI Axmadjonova Gulshoda Adixamjon qizi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8227714
Annotatsiya: Paxta tozalash korxonalarida paxta tarkibidagi og'ir aralashmalar va yod jismlarni tutib qolish uchun mo'ljallangan har xil tuzilishdagi toshtutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Ushbu maqolada ularning ayrimlari hususan paxta tozalash korxonalarida keng tarqalgan chiziqli tosh tushgichlar haqida bir qator ma'lumotlar hamda fikr-mulohazalar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: tosh tutgich,paxta, tola, og'ir aralashma,quvur,separator,so'ruvchi havo, cho'ntak, vertikal.
DESCRIPTION OF STONE CATCHER DEVICES THAT TRAP HEAVY IMPURITIES IN COTTON
Abstract: In cotton ginning enterprises, sieving devices of various structures are used to trap heavy impurities and iodine bodies in cotton. This article presents a number of information and opinions about some of them, especially the linear stone crushers, which are widely used in cotton ginning enterprises.
Keywords: stone holder, cotton, fiber, heavy mixture, pipe, separator, suction air, pocket, vertical.
ОПИСАНИЕ КАМНЕУЛОВИТЕЛЕЙ, УЛАВЛИВАЮЩИХ ТЯЖЕЛЫЕ
ПРИМЕСИ В ХЛОПКЕ
Аннотация: На хлопкоочистительных предприятиях для улавливания тяжелых примесей и йодистых тел в хлопке применяют просеивающие устройства различной конструкции. В данной статье представлен ряд сведений и мнений о некоторых из них, особенно о линейных каменных дробилках, которые широко используются на хлопкоочистительных предприятиях.
Ключевые слова: камнедержатель, хлопок, волокно, тяжелая смесь, труба, сепаратор, всасывание воздуха, карман, вертикаль.
KIRISH
O'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha dunyo miqyosida yetakchi o'rinni band etgan holda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramay, so'nggi yillarda xalqaro paxta bozorining muhim ishtirokchilaridan biri sifatida o'z o'rnini yanada mustahkam bormoqda. Bu esa ''Oq oltin'' deb ulug'lanuvchi milliy boyligimizni dastlabki ishlash jarayonini maqsadli tashkil etish va haqiqiy raqobatbardosh tola mahsulotlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratish lozimligini taqozo etadi. Hozirgi kunda paxta tozalash korxonalarida paxtani og'ir aralashmalar va yod jismlardan tozalash muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Paxta tolasi va chigit sifatini yaxshilash hamda ularga aralashgan iflos jismlarni kamaytirish tozalash mashinalarini va jinlarni normal ishlatishga bevosita bog'liqdir. Jinlarning to'xtovsiz va samarali ishlashi uchun chigitli paxtadagi og'ir jismlarni oldindan ajratib olish lozim. Chigitli paxtaga aralashgan og'ir jismlar (tosh, kesak, latta parchalari va h.k) texnologik mashinalarning ish organlariga, ayniqsa jin, linterlarning arrali barabanlari tishlariga zarar yretkazib, mahsulot sifatini va mashinalarning ish unumini pasaytiradi.
Yot jismlar texnologik mashinalarga zarar etkazish bilan birga ish vaqtida yong'in chiqarish havfini ham tug'diradi. Shuning uchun texnologik prosess sxemasiga og'ir jismlarni tutib oladigan moslamalarni qo'shib qo'yish shartdir. Og'ir jismlarni tutib oluvchi moslamalar texnologik prosesslardagi o'rniga qarab ikki guruxga bo'linadi: pnevmotransport trubasiga separatordan oldin liniyaga o'rnatiladigan moslamalar va separatordan keyin liniyadan tashqarida o'rnatiladigan moslamalar guruhi. Bundan kelib chiqib ushbu toshtutgich qurilmasini yanada takomillashtirish, jarayonni paxtaning tabiiy sifat ko'rsatgichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan olib borishga bo'lgan talabni yanada oshiradi. Ushbu talabni qondirish yuzasidan Paxtasanoatilm ilmiy tadqiqot institutida, Konstruktorlik byurolarida ham bir qator olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy ishlar olib borilmoqda.Og'ir aralashmalarni tutib qolishda zavodlarda turli-hil tuzilishga ega bo'lgan toshtutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Ular texnologik jarayonda paxta tozalash korxonalarida paxtani tashish uchun asosan so'ruvchi tipdagi havo yordamida tashish qurilmasi qo'llaniladi. 1ny-mashinasining vazifasi, paxta ichidagi aralashgan og'ir va katta aralashmalarni tutib qolish va oqim liniyasiga paxtani uzatishda bir tekislikda, bir me'yorda berilishini avtomatik ravishda nazorat qilish uchun ishlatiladi. Mashina ichiga tushadigan paxta, oldin ta'minlovchi valiklar (1) yordamida qoziqchali barabanga (2) uzatiladi. qoziqchali baraban paxtani titilgan holda, vertikal joylashgan uzatuvchi quvurga (3) otib beradi. Havo tezligi va yo'nalishining o'zgarishi sababli, paxta ham o'z trayektoriyasini birdan o'zgartiradi, ya'ni vertikal holatda quvur orqali keyingi texnologik uskunaga uzatiladi. Paxta vertikal holatda harakat qilishi sababli, paxtadagi og'ir jismlar massasining katta bo'lganliklari uchun harakat tezligini yo'qotadi, natijada pastdagi og'ir jismlarni yig'ishtirish qismiga (4) qulab tushib, to'planib qoladi. iny rusumli og'ir aralashmalarni tutish uskunasi quyida assosiy ishchi qismlardan tashkil topgan. 1 - ta'minlash valiklari; 2 -qoziqchali baraban; 3 - paxtani uzatuvchi quvur; 4 - og'ir jismlarni yig'ishtirish kamerasi; 5 - o g'ir jismlarni paxtadan ajratish kamerasi. ASOSIY QISM
Paxta tayyorlash sur'atining o'sishi, paxtani qayta ishlash sanoati oldiga ishlab chiqarish kuvvatlarini oshirish, uskunalarning unumdorligini ko'tarish, mahsulot sifatini yaxshilash vazifasini qo'ymoqda. Bu vazifalar ijrosi, hududda o'rnatiladigan havo yordamida tashuvchi qurilma ishiga ko'proq bog'liqdir. CHunki, u to'g'ridan-to'g'ri paxta tozalash korxonasining uzluksiz texnologik jarayoniga qo'shilib, uning dastlabki va ish sur'atini belgilab beruvchi muhim qismi bo'lib hisoblanadi.
Havo yordamida tashuvchi qurilmaning ishlash tamoyili shundan iboratki, bosimlar farqi tufayli xosil bo'luvchi oqim ostida atmosfera havosi o'zi bilan birga tashilayotgan materialni ergashtirib quvurga so'radi. Quvur ichida paxta muallaq holatda harakatlanib, separatorga etib keladi. Separator esa materialni havo yordamida tashuvchi qurilmadan ajratadi va texnologik jihozga uzatadi.
So'ruvchi havo yordamida tashuvchi qurilmaning afzallik tomoni - ishchi quvur tizimini paxta tozalash korxonalarining g'aramlar saqlanadigan maydonlari joylashishiga qarab qiyinchiliklarsiz, osonlik bilan o'zgartirish imkoni borligida, pnevmotrassa uzunligini boshlang'ich quvurlarga qo'shimcha quvurlarni ulash orqali uzaytirish mumkinligidadir. Havo yordamida tashuvchi qurilmaning ishlab chiqarish unumdorligi paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish kuvvatiga bog'liqdir. Bir batareyali ilg'or paxta tozalash korxonasi uchun u soatiga 1 tonnani tashkil qiladi. Toshtutgichlar o'rnatiladigan joyiga qarab ikki turga bo'linadi. Birinchisi chiziqli toshtutgichlar, deyiladi. Ular havo yordamida tashuvchi qurilmaning chizig'ida
joylashgan bo'lib, separatorgacha o'rnatiladi. Ikkinchisi chiziqli bo'lmagan toshtutgichlar bo'lib, ular separatordan keyin o'rnatiladi.
Quyida havo yordamida tashuvchi qurilmaning gorizontal joylashgan quvuri vertikal yo'nalishdagi holatga o'tish joyiga o'rnatiladigan toshtutgichning konstruksiyasi haqida bir qator ma'lumotlar berib o'tilgan. Bu toshtutgich quyidagiga ishlaydi: havo yordamida tashuvchi qurilmada so'ruvchi havo yordamida tashib keltirilayotgan paxta va uning tarkibidagi og'ir aralashmalar kirish quvuri orqali ajratish kamerasiga kiradi va tezligi bir oz pasaygan holda ajratish kamerasining devorlariga uriladi. Natijada paxta tarkibidan og'ir aralashmalar pastga cho' ntakka tushadi.
Bu toshtutgichning og'ir aralashmalarni ushlab qolish samaradorligi past - 60 foiz atrofida bo'lganligi sababli uning tuzilishini takomillashtirish ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Bu borada birinchi bo'lib tajriba o'tkazgan olim K.M.Qobuljanov [10] 2CHTL markali chiziqli toshtutgich yaratgan.
U kirish quvuri 1, ajratish kamerasi 2, yuk tushurish kamerasi 3, plastinin klapan 4 va chiqish quvuri 5 dan iborat.
1-rasm. 2CHTL markali toshtutgich.
1-kirish quvuri, 2-ishchi kamera, 3-cho'ntak, 4- klapan, 5- chiqish quvuri.
Paxta bilan aralashib kelgan og'ir qo'shilmalar quvur (1) orqali ajratish kamerasi (2) ga keladi. Bu erda og'ir aralashmalar toshtutgichning qo'zg'almas devoriga urilganda tezligining yo'qolishi, havo o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasini birdaniga kengayishi hisobiga ularning ajralishi sodir bo'ladi. Og'ir aralashmalar yuk tushirish kamerasi (3) ga tushadi va moslamadan plastininning zaslonkasi (4) ochilganda chiqarib yuboriladi. Paxta esa chiqarish quvuri 5 orqali toshtutgichdan chiqariladi va navbatdagi tashish tizimiga yo'naltiriladi.
XULOSA
Agar paxtani dastavval og'ir aralashmalardan tozalanmasa keyingi jarayonlarga salbiy ta'sir o'tkazadi. Yani paxta tarkibiga qo'shilgan yod jismlar tola sifat ko'rsatkichlarini tushiradi, urug'lik chigitlarni shikastlanish darajasini ortishiga olib keladi. Paxtani og'ir aralashmalar va yod jismlardan tozalash uchun qo'llaniladigan toshtutgich qurilmasini yanada takomillashtirish
maqsadida soha mutahassislari va olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Muradov, A.Karimov, F.Rakhimov, H.Kasimov // Ways to increase the efficiency of the stone device // Scientific and technical journal of NamMTI. Issue 1, 2020. ISSN 2181-8622.
2. Hardin R.G., Barnes e.M., Valco T.D., Martin V.B., Clapp D.M. engineering and ginning: effects of gin machinery on cotton quality. Journal of Cotton Science.2018, Pages 36-46. https://www.researchgate.net/publication/325809801
3. 2. Tillaev M. T Babadjanov M. A, "Paxtani dastlabki ishash texnologiasi va jihozlari". Ma'ruza kursi. TTYeSI. Toshkent. 2009.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi "Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug'orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4087-son qarori
5. O.Sh.Sarimsakov "Theoretical bases of cotton transfer and pneumatic transport processes" Toshkent-2021
6. Jabborov G.J "Paxtani dastlabki ishash texnologiasi va jihozlari" Toshkent-1987 O'qtuvchi.