TEXNOLOGIYA
UDK 622. 24.057.2
PAXTA CHIGITINI SHIKASTLANISHINI KAMAYTIRISH MAQSADIDA ELEVATORNING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYASINI ISHLAB
CHIQISH
Rosulov Ruzimurad Xasanovich Toshkent to'qiimachilik va yengil sanoat instituti, [email protected]
Turdiyev Baxtiyor Ergashevich Termiz muxandislik -texnologiya instituti, [email protected]
Rayimkulov Jaxongir Kulmurodovich "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, [email protected]
Annotatsiya. Maqolada paxta tozalash korxonlaridagi paxta xomashyosini, chigitni va chiqindilarni tashish uchun mo'ljallangan elevator to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan. Shu bilan birgalikda paxta chigitini shikastlanishini kamaytirish maqsadida elevatorning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqilgan.
Аннотация. В стате представлена подробная информация об элеваторе, предназначеная для транспортировки хлопка-сирца, семян и отходов на хлопкоочистителных предприятиях. При этом с целью снижения поврежденности семян хлопчатника была разработана усовершенствованная целью конструкция элеватора.
Abstract: The article provides detailed information about the elevator designed for transporting raw cotton, seeds and waste at cotton ginning plants. At the same time, in order to reduce damage to cottonseeds, an improved elevator design was developed.
Kalit so'zlar: paxta xomashyosi, chigit, shikastlanish, chiqindi, tasma, elevator, og'ma, lenta, vertikal, cho'mich, qabul qiluvchi -uzatuvchi, rezinalangan.
Ключевие слова: хлопка-сырца, семена, поврежденность, отходы, ремень, элеватор, наклонний, лента, вертикал, ковш, приемник-передатчик, прорезиненная.
Key words: raw cotton, seed, damage, waste, belt, elevator, inclined, tape, vertical, bucket, receiver-transmitter, rubberized.
Kirish. Elevatorlar paxta tozalash korxonalarida paxtani, chigitni va ishlab chiqarish chiqindilarini vertikal yo'nalishda tashish uchun ishlatiladi.
Hozirgi kunda EXS rusumli elevatorlari paxta, chigit va chiqindilarni vertikal yo'nalishda tashishga mo'ljallangan bo'lib, ular taroqli lenta (paxtani tashishda) yoki cho'michli lenta (chigit yoki chiqindilarni tashishda) bilan komplektlanadi. Elevator bosh qism, boshmoq, harakatlantiruvchi moslama, quvurlar to'plami, taroqli lenta (paxta tashishda) yoki chigit va chiqindilar tashishda cho'michli lentadan iborat [1].
Usullar. Shuningdek, elevatorlar sanoat korxonalarining boshqa ishlab chiqarish sharoitida ham qo'llanilib, ular mahsulotlarni vertikal yo'nalishda, og'ma yo'nalishda va aralash (vertikal va og'ma) tashish uchun qo'llaniladi [2].
Muallif [3] tomonidan taklif etilgan konstruksiyada paxtani texnologik jarayonga uzatishda uning shikastlanishini oldini olish maqsadida TP rusumidagi trnasporter-ta'minlagichni taklif etib, qo'shimcha PLA turidagi qabul qiluvchi -uzatuvchi qurilmasini tayyorladi.
Nuraliyev A. va Vasilyev V. [4] lar tomonidan qabul qiluvchi-uzatuvchi bunkerning parametrlarini aniqladi va uning qabul qiluvchi bunkerning ustidan 0,4 m gacha kamaytirishni taklif etdi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Hozirgi kunda paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosi, chigit va chiqindilarni tashish uchun vertikal elevatorlardan foydalaniladi.
Chigit va boshqa chiqindilarni 3640-25160 mm balandlikka tashish uchun ES-14M rusumli chigit va ES-14S rusumli chiqindi elevatorlari qo'llaniladi. Mazkur elevatorlarning konstruksiyalari EX-15M1 rusumli elevatornikiga o'xshash bo'lib, uning quyidagi farqli tomonlari mavjud: lenta kengligi 350 mm, rezinalangan, to'rt qatlamli, ikkita rezina qoplamali va unga sig'imi 1,5 L bo'lgan, har 1 metriga 7 donadan cho'michlar o'rnatilgan. ES-14S rusumli chiqindi elevatorining lentasiga oldi taroqsimon cho'michlar o'rnatilgan.
EX-15M1 rusumli paxta elevatori paxtani vertikal yo'nalishda 4130-18130 mm balandlikka tashish uchun mo'ljallangan.
Natija. Chigit shikastlanish maqsadida taklif etilayotgan elevatorning umumiy ko'rinishi 1-rasmda, 2-rasmda tasma ustidagi cho'michlarning shaxmat tartibida joylashishi keltirilgan. Unda cho'michlar ikki qatorga o'rnatiladi, bir qator cho'michlar ikkinchisiga nisbatan shaxmat tartibtda siljiydi. Tasma ustki bosh, cho'michlardan iborat elevatorning yuqori yetaklovchi va pastki yetaklanuvchi qismdan iborat bo'lib, korpusida diametri 500 mm bo'lgan ikkita barabanga o'rnatiladi. Yetaklovchi valning aylanishi individual elektr motori tomonidan amalga oshiriladi. Tasma tezligi 1,4 m/s gacha, kengligi 350 mm. Elevatorning balandligi cho'michlar sonini ko'paytirish va kamaytirish orqali o'zgartiriladi.
3
1-yetaklovchi baraban; 2-taranglovchi baraban; 3-bosh qismi; 4-tushirish qurilmasi; 5-elastik tasma; 6-birlashtiruvchi quvurlar; 7-tortish tasmasi; 8-cho'michlar; 9-boshmoq. 1-rasm. Elevatorning umumiy ko'rinishi.
Cho'michli elevator yetaklovchi 1 va taranglovchi 2 barabanlardan, bosh qismidan 3, tushirish qurilmasi 4 dan iborat bo'lib, uning ostida cheksiz yopiq elastik tasma 5 o'rnatilgan, u birlashtiruvchi quvurlar 6, tezligini boshqaradigan reduktorga, cheksiz tortish tasmasiga 7 cho'michlar bilan 8 va boshmoq 9 plastinka bilan aks ettiruvchi sirt bir xil tekislikda joylashgan.
Elevator quyidagicha ishlaydi. Yuklash quvuri, boshmoq 9 orqali chigitlar cheksiz tortish tasmaining 7 cho'michlariga 8 solinadi va boshga 3 beriladi, bu erda markazdan qochma kuchlar
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
ta'sirida yetaklovchi baraban 1, ular cho'michlarga 8 quyiladi, cheksiz yopiq elastik tasma 5, tushirish quvuri 4 orqali keyingi texnologik uskunalarga tushirish uchun uzatiladi.
2-rasm. Cho'michlarning tasma ustida shaxmat tartibida joylashishi
Tezligi sozlanishi cheksiz yopiq elastik tasmali uzatma 5 chigitlarning harakat trayektoriyasini va tushirish vaqtida ularning tezligini sozlash imkonini beradi. Bu cheksiz yopiq elastik tasma 5 ning elastik xususiyatlari tufayli yuzaga keladi, bu tushirish va cho'michlar 8 paytida olingan chigitlarning dastlabki tezligini pasaytiradi va chigitlarga qo'shimcha impuls beradi, harakat trayektoriyalarini va ularning tezligini o'zgartiradi. Tezlikning raqamli qiymatlari, shuningdek, cheksiz yopiq elastik tasma 5 bilan aloqa qilgandan keyin chigitlarning trayektoriyasi uning elastik xususiyatlarining harakat tezligiga bog'liq bo'ladi.
Xulosa. Paxta tozalash korxonalarida chigitlarni korxona ichidagi texnologik mashinlarda tashishda bir qator shikastlanishlar sodir bo'lib, ularni kamaytirish maqsadida elevatorlarni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR
1. Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha spravochnik. T.M.Kuliyev taxriri ostida. Toshkent, "Mexnat", 2019, 479 bet.
2. Жбанов, Н.С. Исследование эксплуатационних показательей картофелеуборочних машин с модернизированними рабочими органами [Текст] / Н.С. Жбанов, Д.В. Евтехов, Р.В. Безносюк [и др.] // Вестник Рязанского государственного агротехнологического университета имени П.А. Костичева. - 2021. - № 1 (49). - С. 112-119.
3. Катаев Г. Модернизация ленточного питателя ХРП с селю очистки хлопка-сирса перед бунтованием // Хлопковая промишленност. 1988 г., № 2, -с. 15.
4. Нуралиев А., Васильев В. Конструктивние параметри бункеров приемоподаюших устройств// Хлопковая промишленност. №2. 1982 г. -с. 10.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024