Научная статья на тему 'PAXTA CHIGITINI LINTERLASH SOHASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI'

PAXTA CHIGITINI LINTERLASH SOHASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
linter mashinasi / momiq / iflosliklar / linterlash / havo kamerasi / ventelyator / paxta chigiti / siklon / pnevmomehanika / sxemalar / unumdorlik / tozalash moslamasi / jin mashinasi / arrali baraban. / линтерная машина / пух / примеси / ворс / воздушная камера / вентилятор / хлопковое семя / циклон / пневматика / схемы / производительность / устройство очистки / джин-машина / пильный барабан.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abdurahmonov Jahongir Bahodir O‘g‘li

Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida jinlangan paxta chigitini linterlash jarayonida yuzaga kelayotgan kamchiliklar natijasida ishlab chiqarilayotgan lint tarkibida iflosliklarning ko‘pligi mahsulot sifatini pasaytirishi va ishlab chiqarish hajmini kamaytiruvchi sabablarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of scientific research works carried out in the field of cotton seed lingering

В данной статье были проведены исследования по изучению причин снижения качества продукции и сокращения объемов производства, как следствие дефектов, возникающих в процессе линтинга семян хлопчатника на хлопкоочистительных машинах.

Текст научной работы на тему «PAXTA CHIGITINI LINTERLASH SOHASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI»

TEXNOLOGIYA

UDC 677.21:021

PAXTA CHIGITINI LINTERLASH SOHASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT

ISHLARI TAHLILI

Abdurahmonov Jahongir Bahodir o'g'li Namangan muhandislik-texnologiya instituti, asistenti PhD, [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida jinlangan paxta chigitini linterlash jarayonida yuzaga kelayotgan kamchiliklar natijasida ishlab chiqarilayotgan lint tarkibida iflosliklarning ko'pligi mahsulot sifatini pasaytirishi va ishlab chiqarish hajmini kamaytiruvchi sabablarni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Аннотация. В данной статье были проведены исследования по изучению причин снижения качества продукции и сокращения объемов производства, как следствие дефектов, возникающих в процессе линтинга семян хлопчатника на хлопкоочистительных машинах.

Abstract. In this article, research was carried out on the study of the causes of the decrease in the quality of the product and the reduction of the volume of production due to the many impurities in the lint produced as a result of the defects that occur during the linting process of ginned cotton seeds in cotton ginning enterprises.

Kalit so'zlar: linter mashinasi, momiq, iflosliklar, linterlash, havo kamerasi, ventelyator, paxta chigiti, siklon, pnevmomehanika, sxemalar, unumdorlik, tozalash moslamasi, jin mashinasi, arrali baraban.

Ключевые слова: линтерная машина, пух, примеси, ворс, воздушная камера, вентилятор, хлопковое семя, циклон, пневматика, схемы, производительность, устройство очистки, джин-машина, пильный барабан.

Key words: linter machine, fluff, filth, linting, air chamber, fan, cotton seed, cyclone, pneumatics, circuits, productivity, cleaning device, gin machine, saw drum.

O'zbekiston Respublikasining jahon bozoriga chiqishi va lint ishlab chiqarishga bo'lgan ehtiyojining ortib borish munosabati bilan olimlar va paxta tozalash sanoati oldida mahsulot hajmini oshirish, sifati va tan narxi bilan bog'liq vazifalar qo'yilmoqda. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishning iqtisodiy ahamiyatini oshiradi, bu nafaqat sanoat faoliyatini rivojlantirish, balki moddiy va madaniy turmush darajasi va xalq farovonligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Ammo paxta tozalash sanoati hozirgi yuqori mahsuldorlikka ega, yuqori sifatli lint va chigitlarni olishni ta'minlaydigan zamonaviy jihozlar bilan yaxshi jihozlanmagan.

Chigitni linterlash texnologiyasi paxta xomashyosini qayta ishlash texnologik jarayonining eng ko'p mehnat talab qiladigan va qimmatga tushadigan bosqichlaridan biridir. Linterlashda asbob-uskunalar va quvvat sarfi 30% gacha, ishlab chiqarish maydoni esa paxta zavodining 40% dan ortiqrog'ini tashkil etadi. Bundan tashqari, lintni sotib olish narxi uni olish uchun ishlab chiqarish harajatlariga nisbatan past bo'lib, lint ishlab chiqarishni rentabelsiz qiladi.

Bu muammolarning asosiy sababi shundan iboratki, mashinada ish unumdorligini oshirish, ishchi organlarining samarali ishlashi va ishlash muddatini uzaytirish uchun linterlash liniyasida tizimning to'liq ish faoliyati amalga oshirilganda, elektr energiyasi sarfi, qo'shimcha jihozlarning ta'mirlanishi va material sarfining oshishi natijasida asosiy jihozlar ish faoliyatining bajarmasligidadir va ulardan biri bo'lgan VTS markali ventilyatorlarining ishlashidan to'xtashi sabab bo'ldi. Bu markali ventilyatorlar linterlar batareyasidagi linterlar soniga qarab, har bir batareya uchun 1 tadan, 2 batareya uchun 2 ta VTS markali ventilyatordan foydalaniladi. 1 ta batareyada 4-6 tadan linterlar mavjud bo'lib, paxta tozalash korxonalarining linterlash sexlarida

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

ikki batareyali linterlar mavjud. Batareyadagi linterlar soniga qarab foydalaniladigan ventelyator seriyasi ham kattalashib boradi (masalan: Bitta batareyada 4 ta linter bo'lsa, VTS-8 markali, 6 ta bo'lsa VTS-10 yoki VTS-12 markali). Biz tadqiqot olib borgan linterlash sexida 2 ta batareyada, har birida 4 tadan linter mavjud bo'lib, ular uchun 2 ta VTS-8 markali ventilyatorlaridan foydalanilgan. Ventilyatorlarning har biri uchun elektr energiyasi sarfi 22 kVt/soatni tashkil qiladi. Ventilyatorlarning vazifasi havo kamerasiga yuqori bosimda havo haydab, linter mashinasida yuqori soplosining kichik tirqishidan havo haydab berishi natijasida paxta chigiti sirtidan qirib olingan lintni arra tishidan ajratib berish vazifasini bajaradi. Arra tishidan ajratilgan lint gorlovina orqali kondensorga havo orqali so'rilib olib ketadi. Yuqoridagi jarayonlar to'liq ishlashi natijasida arra mahsulotdan to'liq tozalanishi bilan arra ishlash muddati uzaygan va paxta chigiti sirtidan lint to'la qirib olinishi natijasida chigit valigidan tuksiz chigitlar tezda tushib ketishi bilan chigit bo'yicha ham lint bo'yicha ham ish unumdorligi oshgan.

Keltirilgan sababga ko'ra, yuqoridagi qurilmalarning o'z ish faoliyatini bajarmasligi natijasida arradagi lint mahsuloti arra tishlaridan ajratmasdan so'rib olinishi bilan kalta tolalargina arradan ajralib uzun tolalar esa yaxshi ajralmaydi va bu jarayon qaytarilishi bilan arra o'tmaslashib chigit sirtidan lint va uzun to'lalar ajralmasligi mashinaning ish unumdorligini pasaytiradi. Natijada linterlarni ishlatish amaliyoti shuni ko'rsatadiki 5LP linterlari pasportida ko'rsatilgan unumdorlikni 50-60% ni ta'minlaydi holos. Bundan tashqari, lintni ajratib olish foizi pastligi (2-2,5%) tufayli chigitlarni ishchi kameradan chiqishi qiyinchilik tug'diradi, bu ularning linterlash zonasida uzoq vaqt qolishiga, chigitlarni mexanik shkastlanishining oshishiga va lintning sifati pasayishiga olib keladi va chigitni keyingi jarayonlarda qayta ishlashda yetarlicha muammolar keltirib chiqaradi.

1-ta'minlovchi valik, 2-zichlik klapani, 3-chigit kamerasi, 4-aralashtirgich, 5-chigit tarog'i, 6-kolosnikli panjara, 7-arrali slindr, 8-lint chiqarish kanali, 9-o'lyuk konveyeri, 10-havo kamerasi

1-rasm. POM-160 Unter sxemasi.

Lintni olishda valdagi arralar sonining ketma-ket oshishi mashinalarning unumdorligini oshirishga imkon berdi, biroq amalga oshirilgan konstruktiv o'zgartirishlar chigitlardan lintni maksimal darajada olib tashlash va mashinani chigitlar bo'yicha o'tkazuvchanligini oshirish vazifasini hal qilmadi.

XLM, PO-160 linterlarining asosiy kamchiliklari ularning unumdorligini pastligi va linterlash jarayonini faol nazorat qilish imkoniyatini yo'qligi hisoblanardi. Shu bilan birga, bu linterlarning yetarli darajada germetik emasligi sexlarda normal sanitariya-gigenik sharoitlarni ta'minlanmagan, ishlab chiqarilgan lint sifatini esa meyoriy (normativ) talablarga javob bermagan.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

1-ishchi kamera, 2- aralashtirgich, 3- arrali slindrlar, 4-kolosnik panjaralar, 5-perforatsiyalangan

to'r, 6-lint chiqaruvchi kanal.

2-rasm. Pnevmomexanik lint ajratgichli linter sxemasi.

Siklonli lint tozalagich "Paxtasanoat ilmiy markazi" OAJ ning ilmiy tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va sinovdan o'tkazilgan. Siklon 800 mm diametrli konussimon bo'lib, chiqindilarni yeg'ish uchun germetik korpusga o'ralgan.

Umumiy tozalash samaradorligi taxminan 17-26% va 13-20% ni, huddi shunday chiqindilar 8-13% va 9-11% ni tashkil qildi. Shu bilan birga chiqindilarga butun va puch urug'lar, 10 mm uzunlikdagi poya-kaltakchalari, chanoq qismlarining katta bo'lakchalari va singan urug'larning qobiqlarining asosiy qismi tushmadi. Shu bilan birga turli paxta tozalash zavodlarida o'rnatilgan eng oddiy lint tozalagichlarini ham o'rnatildi. Lintning ifloslanganlik darajasi 0,3-2,6% ga kamaydi (abs), lint massasiga nisbatan 4 % dan 22% gacha ajralishi kuzatildi.

1-ta'minlovchi patrubka, 2-konussimon siklon, 3-chiqindilarni to'plash uchun bunker, 4-konus, 5-chiquvchi patrubka, 6-rostlovchi moslama, 7-konus balandligini rostlovchi shtanga. 3-rasm. Siklonli lint tozalagich sxemasi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Siklon tozalanadigan lintning chiqindilami olib tashlash organlari bilan ko'p takroriy o'zaro ta'sir prinsipi asosida ishlagan. Shu bilan birga panjara, yirik va butun urug'lar (chigitlar) panjara va konusning asosi va siklon devori orasidagi halqasimon bo'shliq orqali chiqarilgan. Barcha tipdagi va navlardagi lintlar sinovdan o'tkazilganda, tozalash samaradorligi 15-20% gacha, chiqindilari 6-10%, uning arkibida lintning miqdori 42-50% ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, chiqindilarda yirik iflos aralashmalar miqdori 14-15%, maydali esa 35-44% ni tashkil qiladi.

Mahsulotga faol ta'sir ko'rsatadigan mexanik tozalash moslamasi ajralib turadi, yani aylanadigan ishchi a'zolardagi qoziqlar, savag'ichlar, pichoqlar, tishlar va boshqalar. Mexanik tozalashda lintni harakatiga ko'ra tozalagichlar lintning bo'ylama va ko'ndalang harakatiga ega bo'lgan mashinalarga bo'linadi. Lintning bo'ylamasiga harakatlanadigan tozalagichlarga, asosan, qoziqli-shnekli, savag'ichli-shnekli, ko'ndalang harakatlanadiganlariga esa arrali, qoziqli va pichoqli barabanlar kiradi.

1-ta'minlovchi valik; 2-tekislovchi baraban; 3-ishchi kamera; 4-aralashtirgich; 5-arrali slindr; 6-o'lyuk chiqaruvchi quvur; 7-havoli kamera; 8-iflosliklar uchun shnek; 9- to'rli yuza.

4-rasm. 5LP linter mashinasi.

5LP linterining asosiy kamchiliklari linterlash jarayonining to'liq ishlashi natijasida elektr energiya sarfining yuqoriligi, agarda elektr energiya sarfini kamaytirish uchun ma'lum bir jarayonlarni toxtatilganda arra tishining tez o'tmaslashishi bilan chigit shkastlashishining ortishi, chigit va lint bo'yicha ish unumdorligining pastligi asosiy sabablardan hisoblanadi.

Ilmiy tadqiqotchilar tomonidan lintni ajratib olish samaradorligiga va urug'larni ishchi kamerasidan o'z vaqtida chiqarilishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni ko'rib chiqilgan .

Pokras M.V birinchi marta kameraning butun profili bo'ylab chigit valigi tomonidan hosil qilinadigan kuch shartlari ko'rib chiqildi, lekin paxta chigitining dissipativ xossalari bo'lmish, harakteri va ishchi organlarining chigit valigiga ta'sirining shartlari hamda uning strukturaviy bir xilligi kabilar hisobga olinmagan [5].

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

5-rasm. Tozalash moslamali linter mashinasining sxemasi.

Maskur linter mashinasi 5LP markali mashinadan farq qilmagan holda ishlaydi: jinlash jarayonidan chiqqan chigitlar tashish vositalari yordamida kirish quvuri 1 orqali ta'minlagich 3 va yo'naltirgich 2 o'rnatilgan zonaga keladi. U yerda chigitlar ta'minlagich yordamida bir maromda to'rli yuza 4 ga tusha boshlaydi. To'rli yuzaning tebranish holatda bo'lganligi sababli bu yerda chigitlar titiladi va tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalana boshlaydi. Ajralgan iflosliklar mashina o'ng qismiga o'rnatigan chiqarish quvuri orqali tashqariga chiqariladi, tozalangan chigitlar esa magnit plita 7 dan o'tib ishchi kameraga kirib keladi. Bu yerda esa mavjud linter mashinasi kabi linterlash jarayoni amalga oshiriladi.

Xulosa. Paxta tozalash korxonalarida linterlash jarayoni va undagi chigit va lint tozalash texnologiyasi zamonaviy talablarga to'liq javob bermasligi, yani lintni iflosliklardan o'z vaqtida tozalash hamda ushbu vazifani amalga oshirayotgan vaqtda texnologik jarayonga ta'sir qilmaslik, yani to'xtab qolish hollariga, energiya sarfi ortishiga yo'l qo'ymaslik va ish unumdorligini tushurmaslik bo'yicha qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazishni talab qilishi aniqlandi. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy texnologiyalar asosida ishlaydigan linter mashinalarining hozirgi holati hamda ularning ishchi kamerasida tozalangan lintning harakat holatlari o'rganildi va texnologik jarayon vaqtida lintning iflosliklarni to'liq tozalash imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Lintni tozalash jarayoniga bag'ishlab Respublika va xorij tadqiqotchilari tomonidan bir nechta tadqiqotlar o'tkazilgan, lekin linterlash mashinalari olish qismida texnologik jarayonga ta'sir ko'rsatmagan holda lintni iflosliklardan samarali tozalash imkoniyatiga ega bo'lgan qurilmalar joriy qilinmagan. Hozirgi kungacha taklif qilingan qurilmalarning aksariyati tozalash yuzasining foydalilik darajasi pastligi natijasida tozalash samaradorligi yetarli emasligi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. O'zDST 596:2014. Техник чигит. Техникавий шартлар. Узбекистан Республикаси Давлат стандарти.

2. Азамбаев Мухаммаджон Гафуржанович. Теоретическое исследование движения семян хлопчатника в сетчатом вибросортировщике. Научный журнал "Интернаука", №20 (196), 2021, с.44-47.

3. A.Obidov, Kh.Akhmedhodjaev, O.Sarimsakov, Q.Holikov. Investigation of the

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Properties of Fibrous Cotton Seeds, for Sorting on a Mesh Surface. Engineering, 2018, 10, 572578.

4. Juan Carlos Zumba, J. Rodgers. Fiber micronaire, fineness, and maturity predictions using NIR spectroscopy instruments on seed cotton and cotton fiber, in and outside the laboratory. Journal of Cotton Science 21(3):247-258, January 2017.

5. Камалов Н.З., Махматкулов Ч.М. Методы оптимизации разделительных процессов. Ташкент, 1991. - 28 с. - Деп. в УзНИИНТИ №1442-Уз.

6. Севастьянов А.Г. Методы и средства исследований механико-технологических процессов текстильной промышленности. // М.: Легкая индустрия, 1980. 392 с.

7. Азимов С.С. Разработка вибропитателя для линтерный машин с целью улучшения качества линта и семян. Дисс. канд.тех.наук. Тошкент. ТТЕСИ 1993 й.

8. Abdusamat I. Karimov, Sayfitdin Sh. Baxritdinov, Muxammadjon G. Azambayev. Theoretical Study of the Movement Process in the Vibration of Cotton Seeds. Jour of Adv Research in Dynamical & Control Systems, Vol. 12, 05-Special Issue, 2020.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.