TEXNOLOGIYA
UDK 677.21:021
LINTER MASHINASI TAJRIBA NUSXASINI YARATISH VA UNI SAMARALI
ISHLASHINI ASOSLASH
Abdurahmonov Jahongir Bahodir o'g'li Namangan muhandislik-texnologiya instituti, asistenti PhD, [email protected]
Annotatsiya. Keltirilgan maqolada paxta tozalash korxonalarida linterlash jarayonida texnologik sxemaga ta'sir ko'rsatmagan holda, lintni ajratish va uning tarkibidagi iflosliklarni samarali ajratish uchun tayyorlangan lint tozalash moslamasini 5LP linter mashinasiga o'rnatilib ishlab chiqarish sexida tajriba sinovlari o'tkazish amalga oshirilgan.
Аннотация. В цитируемой статье на линтовой машине 5ЛП установлено линтоочистительное устройство, предназначенное для отделения ворса и эффективного отделения примесей на хлопкоочистительных предприятиях без влияния на технологическую схему в процессе линтирования и проведены экспериментальные испытания в производственном цехе.
Abstract. In the cited article, the lint cleaning device prepared for lint separation and effective separation of impurities in cotton ginning enterprises without affecting the technological scheme during the linting process was installed on the 5LP linter machine and experimental tests were carried out in the production workshop.
Kalit so'zlar: linter mashinasi, momiq, iflosliklar, linterlash, havo kamerasi, ventelyator, paxta chigiti, siklon, pnevmomehanika, sxemalar, unumdorlik, tozalash moslamasi, jin mashinasi, arrali baraban.
Ключевые слова: линтерная машина, пух, примеси, ворс, воздушная камера, вентилятор, хлопковое семя, циклон, пневматика, схемы, производительность, устройство очистки, джин-машина, пильный барабан.
Key words: linter machine, fluff, filth, linting, air chamber, fan, cotton seed, cyclone, pneumatics, circuits, productivity, cleaning device, gin machine, saw drum.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida dastlab mavjud linterlash texnoligiyalari ishlashini kuzatish natijasida aniqlangan ilmiy-texnik muammolarni hal qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Olingan natijalardan ko'rindiki, paxta tozalash sanoati mutaxassis va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan aksariyat qurilmalar hozirgi zamon ishlab chiqarish talablariga to'liq javob bera olmaydi. Shuning uchun tadqiqotlar davomida yangicha usulda ishlaydigan linter mashinasining tajriba nusxasi tadqiqot o'tkazish uchun ishlab chiqildi.
Tadqiqotlardan ma'lumki, paxta tozalash korxonalarida ishlayotgan linter mashinalari asosan lint mahsulotini maksimal darajada ajratib olish uchun ishlatiladi, lekin uning tarkibidagi turli iflos aralashmalarni samarali ajratish imkoniyatiga ega emas.
Linter mashinasini takomillashtirish bo'yicha olib borilgan ko'plab tadqiqotlar natijalarini tahlil qilinganda, tozalash bo'yicha yetarlicha samaradorlikka erishilmaganligi ko'rinadi. Mazkur tadqiqotlar tahlil qilinganda, mavjud turli usuldagi tozalash moslamalariga ega linterlar, chigitlar tarkibidagi iflosliklar, xossalari, o'lchamlari, tozalash moslamasi shakli, elektromagnit xususiyatlari bo'yicha lint tarkibidagi mayda iflosliklarni to'liq ajratish imkoniyati, ularning sifati va resurstejamkorligi bo'yicha natijalar yetarli emasligi ma'lum bo'ldi.
Tozalash imkoniyatiga ega linter mashinalariga konstruktiv soddalik, tozalash ishonchliligi, yuqori unumdorlik, kam mehnat va material sarfi kabi talablar qo'yiladi. Iflosliklarni tozalashda uning o'lchamlari va massasiga e'tibor qaratiladi. Bu xossalar bo'yicha
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
lintni tozalashda sodda va unumdorligi yuqori masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
1-rasm. Linter mashinasiga o'rnatilgan tozalash moslamasi tajriba nusxasi
Iflosliklar holatiga qarab, lintni tozalash uchun murakkabroq moslamalardan ham foydalanish lozim bo'ladi. Umuman paxta tozalash sanoatidagi linterlash jarayoni linter nashinalarining turli markalarida amalga oshiriladi. O'rganishlar natijasida tozalash moslamali linter mashinasi 5LP tipidagi mashinaga moslashtirilgan bo'lib, hozirgi paytda paxta tozalash korxonalari oldida turgan vazifalar hisobga olingan holda har qanday turdagi mashinalarga moslashtirib ishlab chiqish mumkin. Yaratilgan yangi moslama lintni mayda iflosliklardan tozalash bilan birga texnologik jarayonga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi. Vaholanki, hozirgi davrda paxta tozalash korxonalarida to'qimachilik sanoatining xomashyosi hisoblangan tolali mahsulotlarni nobud qilmay yetkazish asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.
Qurilmalar konstruksiyasining sodda va ishlatishda qulay bo'lishi lozimligini, ishlab chiqarilayotgan materialning turli o'lchamga va fraksion tarkibga ega ekanligini hisobga olgan holda lintni texnologik jarayonga ta'sir qilmasdan sodda va samarali tozalash moslamalarida ishlash maqsadga muvofiqligini aniqladik. Lintni tozalashda yo'naltirgichli to'rli yuzadan foydalanish, ayniqsa, qalin qatlamli material uchun ancha qo'l keladi.
Bundan tashqari linterlash jarayoniga havo tezligi hamda lintning uchib borish
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
trayektoriyasi, tozalovchi moslama geometrik o'lchamlari ta'siri ham sezilarli darajada bo'ladi. Ayniqsa tozalash uchun ishlatiladigan to'rli yuza uzunligi hamda tirqishlarining o'lchamlari tozalash samaradorligini maksimal kattaligiga erishish imkonini yaratadigan optimal qiymatini tanlab olish lozim. Bu qiymat u yoki bu tomonga o'zgarsa tozalash samarasi pasayishi mumkun.
Tozalash moslamali linter mashinasini ishlab chiqish va unda tajribalar o'tkazishdan maqsad, moslamani ishlab chiqarishga qo'llash mumkin bo'lgan nusxasining maqbul texnologik va konstruktiv kattaliklarini aniqlashdan iborat.
Tajriba qurilmasining konstruksiyasi sodda va unda tajriba o'tkazish imkoniyati bo'lishi zarur. Qurilmada unumdorlik, tozalovchi to'rli yuza geometrik o'lchamlari, yo'naltirgich burchagini hamda boshqa tozalash jarayoniga ta'sir qiluvchi ishchi organlarining o'lchamlarini o'zgartirish imkoniyati bo'lishi zarur.
Yangi mashinani ishlab chiqishdan oldin chigit linterlash mashinalari bo'yicha o'tkazilgan barcha tadqiqotlar katta e'tibor bilan tahlil qilindi. Avval o'tkazilgan tadqiqot natijatalari bo'yicha ishlab chiqilgan tozalash moslamali qurilmalarda bir nechta eng samaralilari tanlab olinib, ularning unumdorligi, lint tozalash samaradorligi, ishlash shart-sharoitlari bilan tanishib chiqildi hamda bu moslamalarning kamchilik jihatlari aniqlandi.
Tajriba qurilmasini tayyorlash vaqtida biz linterlash mashinalariga qo'yilgan talablarga rioya qilgan holda ish olib bordik. Tozalash moslamali linterlash mashinasi tajriba konstruksiyasining sxemasi 2.-rasmda keltirilgan. U quyidagi asosiy ishchi organlardan tashkil topgan: 1-qoziqli baraban, 2-to'zg'itgich, 3-arrali baraban, 4-cho'tkali baraban, 5- yo'naltirgich, 6- to'rli yuza, 7- ifloslik shneki.
1-qoziqli baraban, 2-to'zg'itgich, 3-arrali baraban, 4-cho'tkali baraban, 5- yo'naltirgich, 6-to'rli
yuza, 7-ifloslik shneki 2-rasm. Yangi linter mashinasining sxemasi. Maskur linter mashinasining takomillashtirilgan ishchi qismi - bu tozalash moslamasi hisoblanib, texnologik jarayon o'tishiga ta'sir qilmaydigan holatda ishlab chiqilgan. Moslama
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
3
r~y
TEXNOLOGIYA
diametri 250 mm bo'lgan cho'tkali baraban 4, 2х6 mm tirqishlarga ega bo'lgan to'rli yuza 5 ning uzunligi 400 mm va eni 1600 mm bo'lgan moslamalarni biriktirib tozalash qurilmasi yasalgan. Bundan tashqari moslama pastida ifloslik chiqaruvchi shnek 6 o'rnatilgan.
Takomillashtirilgan linter mashinasining qolgan ishchi organlari 5LP tipidagi linterlar bilan bir xil olingan bo'lsada, tozalash qurilmasiga ega linter mashinasi, korxonadagi mavjud mashinalardan yuqori ish unumdorligiga ega.
Linter mashinasining ishlashi ham mavjud konstruksiyalar kabi amalga oshadi, texnologik jarayonda to'zg'itgich 2, kameraga kelgan chigitlar arrali baraban 3 orqali qirib olinib, cho'tkali baraban 4 ga uzatadi. Cho'tkali baraban 4 o'z navbatida arralarga ilashgan momiqlarni samarali ajratib, havoli quvur yo'nalishiga uzatadi hamda shu yo'nalishda tozalash jarayoni boshlanadi. Cho'tkali barabandan kelayotgan momiqli massa (lint) yo'naltirgich 5 orqali to'rli yuza 6 ga yo'naltiriladi hamda momiq tarkibidagi turli mayda iflosliklar momiqning silkinib hamda to'rli yuza bo'ylab sudralib o'tishi natijasida to'r tirqishlaridan o'tib shnek 7 ga tushib qoladi, momiqli massa esa o'z yo'nalishida davom etib, tashqariga chiqariladi.
Ushbu mashinaning asosiy takomillashtirish olib borilgan ish organi, bu tozalash yuzasi bo'lib, u ellepssimon shaklda joylashgan tirqishlardan iborat to'rli yuzani tashkil etadi. Uzunligi bo'ylab tozalash yuzasini hosil qilgan masofa uzunligi 400 mm ni tashkil qiladi, bu parametr oddiy linterlarda ham lintni chiqarish quvurida havo yordamida ishlatilgan. Oldingi boblarda aytib o'tilganidek, lintni linter mashinasida tozalash anchagina samarali usul hisoblanib, qo'shimcha jihoz va energiya talab qilmaydi. Shuning uchun tadqiqot ishida oldingi joriy qilingan barcha tadqiqotlar natijalari o'rganib chiqildi.
Tozalash jarayonida samarani ta'minlashda to'rli yuzaga lint massasini yo'naltirish katta ahamiyat kasb etadi, shuning uchun lint yo'liga mahsus yo'naltirgich o'rnatilgan hamda uning qiyalik burchagini massaning xolatiga qarab o'zgartirish imkoniyati mavjud. Ya'ni havo quvuriga kelgan lint massasi yo'naltirgichning qiyalik burchagiga qarab tozalash yuzasiga yaqinroq yoki uzoqroq masofada harakatlanishi mumkin.
Tozalash jarayonida birinchi navbatda lint tarkibidagi turli mayda iflosliklar, singan shoxchalar ajratilishi maqsadga muvofiq. Bu ifloslik tozalash jarayonining samarali o'tishi uchun lintli massaning to'rli yuza ustida yaxshilab titilishi lozim bo'ladi. Shundan so'ng massa harakati davomida mahsus yo'naltirgich bilan uchrashib, o'sha vaqtning o'zida tezlik bilan to'rli yuza tomon yo'naladi va asosiy qismi uning ustidan sudralib o'tadi. Dastlabki reja bo'yicha to'rli yuzada lint tarkibidagi iflosliklar 55,1 % gacha tozalanishi mumkin bo'ladi. Takomillashtirilgan linter mashinasiga o'rnatilgan yana bir yangilik - bu cho'tkali baraban bo'lib, uni arrali baraban ish muddatini uzaytirish uchun ishlab chiqildi. Ma'lumki, arrali ishchi barabanlar havo yordamida bo'shatilganda, to'liq tozalanmasligi natijasida sekin asta tiqilishlar sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu esa arralarni samarasiz ishlashi va muddatidan oldin yeyilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun tadqiqotda arrani cho'tkali barabanlar yordamida to'liq tozalab olish natijasida arraning ish muddati 60 soatgacha ortishi dastlabki tadqiqotlarda aniqlandi.
Demak, mashinaning yangi ishchi organlarini sinash maqsadida tajriba ishlarini amalga oshirish lozim.
Tajriba tadqiqotlari ishlab chiqarishga yaqin bo'lgan sharoitda, С-6524 seleksion navli, I va II sanoat navli paxta chigitlarida o'tkazildi. O'lchash ishlarini aniqlashtirish maqsadida lint massasini 100 kg qilib olindi. Ko'rsatkichlar saralashdan oldin va keyin aniqlanib turildi.
Xulosa. Oldin olib borilgan tadqiqotlar natijalari hamda korxonadagi lint sifati bo'yicha ilmiy-texnik muammolar inobatga olingan holda tozalash moslamali linter mashinasi ishchi sxemasi ishlab chiqildi hamda lintni samarali tozalash imkoniyatiga ega texnologiyasi tavsiya qilindi. Ishlab chiqarilayotgan lint mahsulotini samarali tozalash imkoniyatiga ega linter mashinasi tajriba konstruksiyasi ishlab chiqildi. Linter tozalash moslamasi yuzasini uch xil
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
variantdagi shakllarida tajribalar o'takazilib ular batijasida ellipssimon shakldagi tirqishli yuza tanlab olindi. Ushbu yuzaning ifloslik tozalash bo'yicha samaradorlik 57 % va mahsulot o'tkazib yuborish holati esa o'rtacha 2 % ni tashkil etdi.
ADABIYOTLAR
1. Кулматов И.Т. Модернизированный регенератор для эффективного извлечения и очистки хлопка-сырца из отходов. Диссертация на соискание ученой степени доктора философии (PhD) по техническим наукам, Тошкент 2021 г. С. 120.
2. Мамажанов Ш.О., Обидов А.А. Чикиндилардан пахта булакчаларини ажратиб олиш курилмасини такомиллаштириш. "Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari" mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to'plami, 2- Qism (Jizzax P.I.2022 yil 28-29-oktabr) 432-434 б.
3. Obidov Avazbek Azamatovich, Mamadjanov Shavkat Olimdjanovich. Study of Optimal Parameters of Improved 1RX Regenerator. Engineering, 2023, 15.
4. Сборник инструкций и методик по техническому контролю и оценке качества хлопка-сырца и продукции его переработки в хлопкоочистительной промышленности. Под общей редакцией Максудова И.Т. Ташкент «Мехнат» 1992. 340 С.
5. Камалов Н.З., Махматкулов Ч.М. Методы оптимизации разделительных процессов. Ташкент, 1991. - 28 с. - Деп. в УзНИИНТИ №1442-Уз.
6. Севастьянов А.Г. Методы и средства исследований механико-технологических процессов текстильной промышленности. // М.: Легкая индустрия, 1980. 392 с.
7. Азимов С.С. Разработка вибропитателя для линтерных машин с целью улучшения качества линта и семян. Дисс. канд.тех.наук. Тошкент. ТТЕСИ 1993 й.
8. Abdusamat I. Karimov, Sayfitdin Sh. Baxritdinov, Muxammadjon G. Azambayev. Theoretical Study of the Movement Process in the Vibration of Cotton Seeds. Jour of Adv Research in Dynamical & Control Systems, Vol. 12, 05-Special Issue, 2020.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024