Научная статья на тему 'PANDEMIYA SHAROITIDA XITOY– O‘ZBEKISTON O‘ZARO SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI'

PANDEMIYA SHAROITIDA XITOY– O‘ZBEKISTON O‘ZARO SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
130
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashqi savdo / iqtisodiy islohotlar / mahalliy kompaniyalar / eksport-import / tovarlar va xizmatlar. / foreign trade / economic reforms / local companies / export-import / goods and services.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Sadibekova, Bibisara Djapparovna

Ushbu maqola pandemiya sharoitida XXR va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlarining ayrim jihatlarini ko‘rib chiqadi. Tahlillar asosida ushbu mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aloqalarining xususiyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPMENT OF CHINA-UZBEKISTAN MUTUAL TRADE RELATIONS IN PANDEMIA

This article examines some aspects of mutual trade relations between the PRC and the Republic of Uzbekistan in the context of a pandemic. Based on the analysis, the features of bilateral trade relations between these countries are revealed.

Текст научной работы на тему «PANDEMIYA SHAROITIDA XITOY– O‘ZBEKISTON O‘ZARO SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI»

PANDEMIYA SHAROITIDA XITOY- O'ZBEKISTON O'ZARO SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -692-700

Sadibekova Bibisara Djapparovna

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Annotation. This article examines some aspects of mutual trade relations between the PRC and the Republic of Uzbekistan in the context of a pandemic. Based on the analysis, the features of bilateral trade relations between these countries are revealed.

Keywords: foreign trade, economic reforms, local companies, export-import, goods and services.

Аннотация. В данной статье рассматриваются некоторые аспекты взаимных торговых связей между КНР и Республикой Узбекистан в условиях пандемии. На основе анализа выявлены особенности двухсторонних торговых связей между этими странами.

Ключевые слова: внешняя торговля, экономические реформы, местные компании, экспорт- импорт, товары и услуги.

XXI asrning birinchi o'n yilligida Xitoy o'zining faol tashqi iqtisodiy va savdo aloqalarini amalga oshirish borasida katta yutuqlarga erishdi. (ayniqsa, eksport sohasida). U o'zining eksport siyosati orqali, iqtisodiyotini jadal ravishda rivojlanishiga imkon yaratib, tashqi savdoda tez sur'atlar bilan rivojlandi,

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o'z qarorlarida tashqi savdoni va umuman, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e'tibor berib kelmoqdalar. Jumladan 2018 - 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo'nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlarida quyidagi gaplar keltirib o'tilgan - "O'zbekiston Respublikasining ortib borayotgan eksport salohiyati hamda mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish zarurligi tashqi savdo yo'nalishlarini yanada diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O'zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga

"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2021: 5.423

chiqishini ta'minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo'laklarini shakllantirish borasida qo'shimcha ildam choralar ko'rilishini taqozo etmoqda" [1]

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, uning tashqi savdo aloqalarini jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlab kelmoqda. Xususan, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, mahalliy kompaniyalar uchun xorijiy bozorlarda tajriba orttirishga ko'mak beradi, bu esa, o'z navbatida, jahon savdosida raqobat ustunligini anglatadi.

Mana shu islohotlar natijasida, 2019 yilda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $31 645,8 mln.ni tashkil etib, u o'tgan 2018 -yilning shu davriga nisbatan, $8 577,1 mln.ga yoki 37,2%ga o'sdi. Undan eksport hajmi $13 677,0 mln.ni (45,5%), import esa, $17 968 mln.ni (31,5%) tashkil etdi va tashqi savdo balansida $4 291,7 mln.passiv balans yuzaga keldi [2].

Rasm 1.

O'zbekiston Respublikasining asosiy tashqi savdo hamkorlari TOP -10 (2018 y.)

Manba: Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике, Внешнеторговый оборот Республики Узбекистан (за январь-сентябрь 2019 года*), O'zstat, 1- 2 Ь.

2019-УЙ bo'yicha mamlakatni eksport qilinayotgan tovarlar va xizmatlar tarkibini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, u 2018 yilga nisbatan, ahamiyatli tarzda o'zgarmagan. Lekin, shuni ta'kidlash joizki, barcha eksport qilinayotgan tovarlar va

xizmatlarning turlari hajmi, kimyo sanoati mahsulotlari bundan istisno, 2019-yilda ko'payganligidandir.

Aytish lozimki, 2019-yilda O'zbekiston o'zining tovarlar va xizmatlar bo'yicha 7 ta yirik eksport hamkorlari orasida eksport ulushida Tojikiston o'z o'rnini Eronni surib chiqish orqali tikladi. Shular qatorida Qirg'iziston ham, yildan-yilga Eron va Afg'onistondan o'zib, o'z pozitsiyasini mustahkamlamoqda.

Buning dalili sifatida, quyida O'zbekiston Respublikasining eksport tarkibining uch yillik (2017-2019-yillar bo'yicha) rivojlanish dinamikasini ko'rib chiqamiz.

Jadval -.1

2017-2019-yillardagi O'zbekiston Respublikasining eksport tarkibi dinamikasi,

%da

Mahsulotlar turi 2017 y. 2018 y. 2019 y.

Jami 100,0 100,0 100,0

Paxta tolasi 2,9 1,8 1,7

Oziq-ovqat mahsulotlari 6,3 8,7 8,4

Kimyo mahsulotlari 6,9 7,3 4,9

Energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari 12,4 20,4 16,1

Qora metallar va ulardan mahsulotlar 1,2 1,6 1,7

Rangli metallar va ulardan mahsulotlar 5,6 5,2 5,2

Mashina va uskunalar,shu jumladan ehtiyot qismlari 2,7 1,6 2,3

Tekstil va uning mahsulotlari 9,0 10,3 8,6

oltin 30,2 16,6 29,1

xizmatlar 19,7 24,0 18,6

boshqalar 3,1 2,5 3,4

Manba: Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике, Внешнеторговый оборот Республики Узбекистан (за январь-сентябрь 2019 года*), O'zstat,1- 2 Ь.

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bir qator afzalliklarga ega:

Birinchidan, Respublikamiz geografik nuqtai nazardan anklav davlat hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, O'zbekistondan bevosita eng arzon transport turi hisoblangan dengiz yo'llariga chikish imkoniyati mavjud emas. Bu o'z navbatida transport xarajatlari bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi hamda mahsulot tannarxi va uning raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iktisodiy aloqalarni rivojlantirish esa yirik transport xarajatlarini talab qilmaydi.

Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar uchun yirik tashqi bozor hisoblanadi. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tayyor tovarlar energiya va material sigimining yuqoriligi, sifat darajasining nisbatan pastligi ularning raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli tayyor mahsulotlarni uzoq xorij mamlakatlariga sotish ancha murakkab. Ichki bozor yetarli darajada to'yinmagan Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa, O'zbekiston tayyor mahsulotlari raqobatbardosh hisoblanadi.

Uchinchidan, mintaqa mamlakatlarida bir turdagi tovarlarni katta miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Paxta, meva, sabzovot, kumir, gaz, neft, oltin mintaqadagi davlatlarning deyarli barchasida ishlab chiqariladi. Ana shu tarmoqlarda mahsulot miqdori va sifatini belgilash bo'yicha kelishuvlarga erishish, bu mahsulotlarni qayta ishlash va ularni eksport qilish bo'yicha yagona siyosatni yurgizish maqsadga muvofiq. Agar mintaqadagi respublikalar jahon bozoriga alohida chiqsalar ular o'zaro raqobatchilarga aylanadilar, ularning birgalikda chiqishi mamlakatlar iqtisodiyotini bozor konyunkturasiga bog'liqligini pasaytiradi va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi.

To'rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boshqa sohalarda ham hamkorlik munosabatlarining faollashuviga olib keladi. Natijada yirik mablag'lar talab etuvchi ulkan investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag'larni birlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

Shular bilan bir qatorda, sanoat quvvatlarini modernizatsiyalash va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda, ushbu korxonalarga yaratilayotgan qulay sharoitlar evaziga, hamda ularga qator soliq va bojxona imtiyozlarini berish natijasida milliy mahsulotlar eksport hajmini oshirishga sharoitlar payso bo'ydo

bo'lmoqda, ular esa, o'z navbatida, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorda mustahkam o'rinlarni egallashga yordam beradi. Jadval -.2.

O'zbekistonning tovarlar va xizmatlar bo'yicha 7 ta yirik eksport hamkorlarining mamlakat ekrportidagi ulushi.% da

Hankor mamlakatlar 2017 yil 2018 yil 2019 yil

Rossiya 1-o'rin -16,3% 2-o'rin-16,3% 2-o'rin 13,1%

XXR 2- o'rin 15,1% 1- o'rin-20,8% 1- o'rin-16,4%

Qozog'izson 3-o'rin -8,1% 3-o'rin -11,1% 3-o'rin -8,5%

Turkiya 4-o'rin -6,6% 4-o'rin -6,6% 4-o'rin -6,4%

Afg'oniston 5-o'rin -4,5% 5-o'rin -5,0% 6-o'rin -3,1%

Eron Tojikiston 6-o'rin -1,7% 7-o'rin -1,7% 7-o'rin -1,7%

Qirg'iziston 7-o'rin -1,5% 6-o'rin -2,0% 5-o'rin -3,9%

Manba: Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике, Внешнеторговый оборот Республики Узбекистан (за январь-сентябрь 2019 года*), O'zstat, 5- 6 Ь..

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, uning tashqi savdo aloqalarini jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlab kelmoqda. Xususan, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, mahalliy kompaniyalar uchun xorijiy bozorlarda tajriba orttirishga ko'mak beradi, bu esa, o'z navbatida, jahon savdosida raqobat ustunligini anglatadi. Mana shu islohotlar natijasida, 2019 yilda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $31 645,8 mln.ni tashkil etib, u o'tgan 2018 -yilning shu davriga nisbatan, $8 577,1 mln.ga yoki 37,2%ga o'sdi. Undan eksport hajmi $13 677,0 mln.ni (45,5%), import esa, $17 968 mln.ni (31,5%) tashkil etdi va tashqi savdo balansida $4 291,7 mln.passiv balans yuzaga keldi [3].

Xitoy iqtisodiyotini rivojlanishining zamonaviy (joriy) tendensiyalari undagi iqtisodiy o'sish sur'atlarini 6,5-6,0%lar oralig'ida to'xtab, u o'zining asosiy sekinlashuv bosqichiga o'tganligi ko'rsatmoqda. Bu holat esa, Xitoy hukumati uchun iqtisodiy islohotlar jarayonini chuqurlashtirish va moliyaviy yo'qotish hamda tavakkallarni qisqartirish imkoniyatini tug'diradi. Xitoy iqtisodiyotida yuz berayotgan tartibga solish va nazorat qilish jarayonlarini e'tiborga olgan holda, aytish lozimki, unda iqtisodiy nobarqarorlikni va tartibga solib bo'lmaydigan iqtisodiy

o'sishni sekinlashuv tavakkalligi chegaralanganlik ehtimoli nisbatan ancha kichikdir

[4].

Xitoyning oxirgi yillardagi iqtisodiy o'sish dinamikasi shuni ko'rsatadiki, davlat tomonidan sekinlashuv jarayonini boshqariladigan jarayon ekanligi hamda hattoki, rivojlanishning yangi modeliga o'tish bosqichida ham mamlakat hukumatini imkon qadar o'sishni muvozanatlashtirish. Ular bilan birga, o'tgan yillardagi iqtisodiyotda yig'ilib qolgan disbalanslarning o'rni, uning tizimiy qayta qurilishi, moliyaviy sektorning barqarorligi yetarlicha kattadir. Shu sababli Xitoy uchun hozirgi davrda quyidagi 3 ta eng dolzarb vazifalar hisoblanadi:

1.yetarlicha yoqori o'sish sur'atlarini ushlab turish;

2.xalq xo'jaligini isloh qilish va tizimiy o'zgartirish;

3.iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash.

Lekin, mavjud ichki iqtisodiy muammolar va yoqori darajadagi tashqi noaniqliklarning mavjudligi sharoitida mazkur kompleks masalalarni bir vaqtda hal etish oson emasdir. Xitoy iqtisodiy rivojlanishining yangi fazasi "yangi normal holat" degan termin bilan yuritila boshlandi.

Koronavirus tufayli XXRning o'zi birgina tashqi savdosida 17% qiaqarishiga olib keldi. Xorijiy investitsiyalar oqimi pasayib bormoqda yoki, ba'zi holatlarda to'xtab qoldi; Davlatning o'zi Koronavirusga qarshi chora tadbirlar ishlab chiqdi va 1 trln.doll.dan ortiq mablag' ajratdi [5]

2020 yildagi salbiy omillar ta'sirida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining daromad qismini shakllantirishda jiddiy xatarlar bo'lishi kutilmoqda. QQS, importdan olinadigan aktsiz solig'i, Xitoydan keltirilayotgan import tovarlaridan (uskunalar, butlovchi qismlar, tayyor iste'mol tovarlaridan) olinadigan bojlarning kamayishi natijasida, byudjet tushumlari qisqardi.

Bundan tashqari, Xitoydan xomashyo va butlovchi qismlarni oladigan korxonalarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi va mahalliy yirik korxonalar faoliyatining to'xtab qolishi natijasida soliqlar va tushumlardan ham yo'qotishlar bo'lmoqda.

Barcha yirik soliq to'lovchilar Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga soliqlar bo'yicha 2020 yilgi yangi prognozlarni jo'natishi va buni ta'minlash uchun davlatdan qanday yordam kerakligini ko'rsatishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

O'z navbatida, qisqa muddat ichida ichki va tashqi tovar bozorlarida paydo bo'lgan bo'shliqlarni aniqlash va ularni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar egallashini ta'minlash zarur. Mutasaddi tashkilotlar esa barcha xo'jalik sub'ektlari

uchun adolatli raqobatni shakllantirishga va ularga zarur yordamni berishga kuch sarflashi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, 2020-2025 yillar davomida xususiylashtirish rejalashtirilgan davlat ulushiga ega korxonlar ro'yxatini qayta ko'rib chiqish kerak. Dunyo iqtisodiyotidagi murakkablashib borayotgan vaziyat sharoitida mamlakat aholisi (milliy xavfsizlikni, farovonlik darajasini oshirishni, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashni, ta'lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni ta'minlaydigan) ijtimoiy rentadan mahrum bo'lmasligi lozim.

Koronavirus va boshqa xavfli infektsiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatdan kelib chiqib, do'stona Xitoyning iqtisodiyoti va aholisini (ayniqsa koronavirusdan zarar ko'rganlarni) qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish ham maqsadga muvofiq.

O'z navbatida, yangi model, ichki iste'molni kengaytirishga, innovatsiyalarni joriy etish va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga asoslangandir; Mazkur murakkab vazifalarni hal etish esa, Xitoy hukumatidan mamlakatda har taraflama islohotlarni amalga oshirishni va iqtisodiyotning muvozanat darajasini oshirishni talab qildi. Bu yo'nalishdagi Pekinning ushbu vazifalarni mamlakatdagi iqtisodiy o'sish sur'atlarini haddan tashqari pasayishiga yo'l qo'ymasdan va jiddiy moliyaviy tebranishlarsiz hal etish qobiliyati jahon iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi [6].

Xitoydagi koronavirus bilan bog'liq ta'tilning cho'zilib ketishi natijasida, O'zbekistonning import-eksport hajmini pasayish havfi mavjud. Bu esa ikki tomonlama o'zaro savdo hajmiga ahamiyatli ta'sir etishi mumkin. Chunki, bir necha yillardan beri Xitoy mamlakatimizning asosiy savdo hamkori bo'lib kelayotgan edi, .

2019 yil yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning Xitoy bilan umumiy savdo hajmi $7,6 milliardni tashkil qildi. Shundan $2,9 milliard eksportga, $5,1 milliard importga to'g'ri keldi. O'zbekistonning umumiy tashqi savdo hajmida Xitoyning ulushi 18,1 foizga yetdi. Qayd qilish joizki, Xitoy bilan savdo hajmining miqdori Rossiyadan 1 milliard dollarga ko'proqdir.

O'zbekiston Xitoyga energiya tashuvchilar va neft' mahsulotlarini ($917 mln), tekstil' mahsulotlarini ($437,6 mln), xizmatlarni ($694 mln) va boshqa mahsulotlarni eksport qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi nisbatan kamroq - $76,9 mln. Meva-sabzovotlarning asosiy bozorlari Qirg'iziston, Qozog'iston va Rossiyaga to'g'ri keladi. Xitoy bu ro'yxatda atigi 7-o'rinda ($46,2 mln)[7].

Koronavirus karantini tufayli O'zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish 20 foizga qisqardi. Agar, bu holat qisqa vaqt davom etsa, qo'rqinchli emas. Ammo uzoq vaqt davom etsa, halokatli natijalarga olib kelishi mumkin.

O'zbekiston Xitoydan asosan mashina va uskunalarni (2019 yilda $3,2 milliard) sotib oladi. Bu mamlakat importining yarmidan ko'prog'idir. Ikkinchi o'rinda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan tovarlar turadi ($768,2 mln dollar). 2019 yilda Xitoy O'zbekistonda tashkil qilingan yangi kompaniyalar soni bo'yicha 1-o'rinni egalladi. O'tgan yili Xitoy kapitaliga ega 531ta korxona tashkil qilindi. Umumiy hisobda ularning soni 1652taga yetdi.

2020 yildagi salbiy omillar ta'sirida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining daromad qismini shakllantirishda jiddiy xatarlar bo'lishi kutilmoqda. QQS, importdan olinadigan aktsiz solig'i, Xitoydan keltirilayotgan import tovarlaridan (uskunalar, butlovchi qismlar, tayyor iste'mol tovarlaridan) olinadigan bojlarning kamayishi natijasida, byudjet tushumlari qisqardi.

Bundan tashqari, Xitoydan xomashyo va butlovchi qismlarni oladigan korxonalarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi va mahalliy yirik korxonalar faoliyatining to'xtab qolishi natijasida soliqlar va tushumlardan ham yo'qotishlar bo'lmoqda. Barcha yirik soliq to'lovchilar Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga soliqlar bo'yicha 2020 yilgi yangi prognozlarni jo'natishi va buni ta'minlash uchun davlatdan qanday yordam kerakligini ko'rsatishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

O'z navbatida, qisqa muddat ichida ichki va tashqi tovar bozorlarida paydo bo'lgan bo'shliqlarni aniqlash va ularni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar egallashini ta'minlash zarur. Mutasaddi tashkilotlar esa barcha xo'jalik sub'ektlari uchun adolatli raqobatni shakllantirishga va ularga zarur yordamni berishga kuch sarflashi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, 2020-2025 yillar davomida xususiylashtirish rejalashtirilgan davlat ulushiga ega korxonlar ro'yxatini qayta ko'rib chiqish kerak. Dunyo iqtisodiyotidagi murakkablashib borayotgan vaziyat sharoitida mamlakat aholisi (milliy xavfsizlikni, farovonlik darajasini oshirishni, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashni, ta'lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni ta'minlaydigan) ijtimoiy rentadan mahrum bo'lmasligi lozim.

Koronavirus va boshqa xavfli infektsiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatdan kelib chiqib, do'stona Xitoyning iqtisodiyoti va aholisini (ayniqsa koronavirusdan zarar ko'rganlarni)

qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish ham maqsadga muvofiq.

O'z navbatida, yangi model, ichki iste'molni kengaytirishga, innovatsiyalarni joriy etish va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga asoslangandir; Mazkur murakkab vazifalarni hal etish esa, Xitoy hukumatidan mamlakatda har taraflama islohotlarni amalga oshirishni va iqtisodiyotning muvozanat darajasini oshirishni talab qildi. Bu yo'nalishdagi Pekinning ushbu vazifalarni mamlakatdagi iqtisodiy o'sish sur'atlarini haddan tashqari pasayishiga yo'l qo'ymasdan va jiddiy moliyaviy tebranishlarsiz hal etish qobiliyati jahon iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi;

Xulosa sifatida ta'kidlash lozimki, XXR tashqi savdosining zamonaviy rivojlanish holatini tahlili bizga bu yo'nalishda, (ba'zi bir yillar bundan istisno) dinamik rivojlanish mavjudligini ko'rsatmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining"2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo'nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 02.12.2017 sanadagi PQ-3422 sonli qarori http://lex.uz

2.Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике, Внешнеторговый оборот Республики Узбекистан (за январь-сентябрь 2019 года*), O'zstat,

3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik /A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev. — Toshkent: Baktriapress, 2015. — P.

4.The Global Competitiveness Report 2018-2020.

5. Внешняя торговля Китая. Под ред. Сюй Фу. «Цинхуа дасюэ чубаньшэ», Бэйцзин, 2011, 2-е изд.12 c.

6. World Development Report 2019. World Bank. P.398.

7.Государственное регулирование во внешней торговле Китайской Народной Республики - http://www.russchinatrade.ru/ru/useful-info/cn-foreign-trade-regulation

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.