O'ZBEKISTON SOLIQ MA'MURCHILIGIGA TAX FREE TIZIMINI JORIY QILISH ISTIQBOLLARI
Mamadaliyev Abbosbek Erkinovich Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Annotatsiya: Bugungi kunda dunyo bo'ylab 130 dan ortiq mamlakatda qo'shilgan qiymat solig'i amaliyoti mavjud bo'lib shulardan 50 tasida chet el fuqarolariga qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarib berish tizimi ya'ni Tax free tizimidan foydalanib kelinmoqda. Mazkur maqolada Tax free haqida adabiyotlar sharhi, ushbu tizimni joriy qilish zaruriyati va uning foydalanuvchilari, shuningdek tizimni joriy qilishdan kutiladigan natilajalar xususida gap boradi.
Kalit so'zlar: qo'shilgan qiymat solig'i, tax free tizimi, tax free tizimini xorij tajribasi, sayyohlarni xarajatlari.
ПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ TAX FREE В НАЛОГОВОЙ АДМИНИСТРАЦИИ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация: Сегодня существует практика налогообложения добавленной стоимости более чем в 130 странах по всему миру, 50 из которых используют систему Tax free, которая представляет собой систему возмещения НДС для иностранцев. В этой статье обсуждается литература по Tax Free, необходимость внедрения этой системы и ее пользователей, а также ожидаемые результаты внедрения системы.
Ключевые слова: налог на добавленную стоимость, система Tax Free, зарубежный опыт системы Tax Free, туристические расходы.
PROSPECTS FOR INTRODUCTION OF TAX FREE SYSTEM TO THE TAX ADMINISTRATION OF UZBEKISTAN
Abstract: Today, there are value-added tax practices in more than 130 countries around the world, 50 of which use the VAT-free system, which is a VAT refund system for foreigners. This article discusses the literature on Tax free, the need to introduce this system and its users, as well as the expected results of the introduction of the system.
Keywords: value added tax, tax free system, foreign experience of tax free system, tourist expenses.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar
627
Scientific Journal Impact Factor
to'g'risida" gi PF 5611 sonli qarorida "2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi"ga muvofiq Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi, tashiladigan yo'lovchilar soni va investitsiyalarni ko'paytirish uchun respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaxshilash maqsadida xorijiy aloqalarni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor berildi.[1]
Bilamizki turizmni rivojlantirish juda katta iqtisodiy samara berishi hammamizga ayon, chunki u xorijga resurs chiqarmay (paxta, gaz, neftb) valyuta olib kirish imkonini beradi.
Biz yuqorida Prezidentning farmonini bejizga eslab o'tmadik sababi ushbu farmon bilan xorijiy sayyohlarni jalb qilishni bir qator chora tadbirlari belgilab berilgan edi. Xususan farmonning 2-ilovasi 21-bandida Davlat bojxona qo'mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga quyidagi choralarni amalga oshirish orqali «shopping» (savdo) turizmini rivojlantirish vazifadari yuklatilgan:
tarixiy shaharlar va viloyatlarning ma'muriy markazlarida boj to'lovi olinmaydigan do'konlar «Duty Free»ni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
brend kiyim-kechak mahsulotlari, kosmetika va aksessuar tovarlar sotuvi yo'lga qo'yilgan savdo-ko'ngilochar komplekslar tashkil etilishini rag'batlantirish[1].
Ushbu vazifalarni amalga oshirishni mantiqiy davomi sifatida O'zbekiston soliq ma'murchiligiga Tax free tizimini joriy qilish masalasi xususida ilk bor O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 27 fevraldagi
2397-III/KQ-517-III-sonli qo'shma qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi to'g'risidagi Konventsiya qoidalarini amalga oshirish bo'yicha «YO'L XARITASI» tasdiqlangan bo'lib ushbu yo'l xaritasiga asosan xorijiy turistlar va vaqtinchalik tashrif buyuruvchilar uchun tax free tizimi bo'yicha savdo-sotiqning imtiyozli rejimlarini o'rnatishga doir» tavsiyalarni o'rganish bo'yicha bevosita aloqador vazirlik va idoralarga vazifalar yuklatiladi[2].
Shundan so'ng Tax free tizimini joriy qilishni qo'llab quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi
Scientific Journal Impact Factor
PQ-4389-son qarorida chet el fuqarolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o'tishda harid qilingan tovarlar uchun to'langan qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarish tartibi tax free tizimini ishlab chiqish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasiga vazifa qilib yuklatilgadi[3].
Ushbu me'yoriy huquqiy hujjatlardan shuni xulosa qilish mumkinki O'zbekiston soliq ma'murchiligiga tax free tizimini joriy qilish vazifasi manfaatdor vazirlik va idoralarga yuklatilgan bo'lsada hanuzgacha bu masala bo'yicha ishlar yakuniga yetgani yo'q yoki lozim darajada bajarilmayapdi.
Bugungi kunda ko'pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar soliq ma'murchiligiga katta e'tibor qaratayotgani sir emas. Sababi davlat byudjeti daromadlarini shakllanishida soliqlarning ahamiyati katta bo'lib huddi shu soliqlarining to'liq yig'ilishida hamda o'z vaqtida davlat byudjetiga kelib tushishida soliq ma'murchiligining ro'li beqiyos. Shunday ekan avvalo soliq ma'murchiligi o'zi nima va bu haqida olimlarni fikri qanday ekanligiga to'xtalib o'tsak.
Soliq ma'murchiligi soliq nazorati sub'ektlarining samarali faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish[4].
Soliq ma'murchiligi barcha soliqlarni eng kam xarajat qilish orqali eng ko'p yig'iluvchanlikni ta'minlagan xolda, soliqlarni o'z vaqtida, to'liq to'lashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir[5].
Soliq ma'murchiligi soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog'liq faoliyatdir. Shuningdek, soliq ma'murchiligini soliq sohasida o'ziga xos boshqarish mexanizmi sifatida qarash lozim va shu sababli soliq ma'murchiligining muhim elementlaridan biri soliq nazorati hisoblanadi deya e'tirof etadi. Ya'ni, o'z navbatida soliq nazorati soliqlar va yig'imlarni byudjetga o'z vaqtida va to'liq tushishini nazorat qilishni anglatadi[6].
Umuman olganda, turli mualliflarning soliq ma'murchiligi mavzusidagi mulohazalarini tahlil qilish, ularning ushbu hodisaning mohiyati to'g'risida xulosalarini uch guruhga birlashtirish mumkin:
1. Soliq ma'murchiligi bu soliq xizmatlarining amaliyoti.
2. Soliq ma'murchiligi bu soliq nazoratini amalga oshirish.
3. Soliq ma'murchiligi bu soliq munosabatlarini boshqarishdir[7].
Tax free tizimi xususida xorij olimlarning qarashlari.
Tax free - bu chet el fuqarolariga mamlakatdan chiqib ketishda tovarlarni sotib olganlik uchun egri soliqlarni qaytarish bo'yicha xalqaro dastur [8].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
Tax free - chet el fuqarolari tomonidan tovarlarni eksport qilishda qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarish tizimidir [9].
Tax free - davlat hududida ishlab chiqarilgan va sotib olingan tovarlar uchun chet el fuqarolariga qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarish tizimiga aytiladi[10].
Tax free - bu xaridorga chet elda shaxsiy foydalanish uchun eksport qilingan sotib olingan tovarlarga qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarishdir [11].
Tax free - bu tizimga muvofiq xorijiy davlatlar fuqarolariga chakna savdo korxonalari tomonidan tovarlarning narxiga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarib berish tushuniladi [12].
Tax free - chet el fuqarolariga sotib olingan tovarlarini mamlakatdan olib chiqib ketayotganda ushbu tovarlarga qo'llanilgan qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarib berish tizimidir [13].
Shunday qilib bizning qarashlarimizga ko'ra Tax free bu xorij fuqarolari mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni o'z shaxsiy ehtiyojlari uchun xarid qilingan va uni mamlakatdan olib chiqib ketayotganda bojxona organlari xodimlari tomonidan tovarlar eksporti tasdiqlangan taqdirda ushbu tovarlarga nisbatan qo'llanilgan qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarib berish tizimidir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida Tax free tizimini joriy qilish istiqbollari bo'yicha xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari o'rganildi. Tax free bo'yicha rasmiy statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Maqolada nazariy mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil, sintez kabi usullar samarali qo'llanildi.
Birinchidan qo'shilgan qiymat solig'i amaliyotini qo'llovchi barcha davlatlar eksportni rag'batlantirish maqsadida chet elga eksport qilingan tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'i qo'llanilmaydi. Mantiqan olib qaralganda chel el fuqarolariga ya'ni sayyohlarga ham tovarlarni sotish eksport hisoblanadi, agar ular sotib olgan tovarlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketsa. Bu esport turi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ham anchagina qulay hisoblanadi. Sababi ushbu ishlab chiqaruvchilar xorijda o'z tovarlariga xaridor izlashlariga xojat qolmaydi aksincha xaridor o'zi keladi, shuningdek transport xarajatlari, bojxona to'lovlari, sug'urta va shunga o'xshash boshqa xarajatlarni tejash imkoni bo'ladi. Qolaversa sotilgan tovarlar uchun to'lovlarni joyida olish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu o'z navbatida debetorlik qarzlarini paydo bo'lishini, ishlab chiqaruvchilarni aylanma mablag'larini band bo'lib qolishini, buni natijasi iqtisodiy tang holatga kelib qolishni, ortiqcha ovoragarchilik va sarsongarchiliklarni oldi olinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ikkinchidan esa mamlakat hududida qisqa vaqt ichida bo'lgan chet el fuqarolari to'langan soliqlardan ijtimoiy samarani ya'ni ta'lim, tibbiyot, sayyoxlik kabi ijtimoiy sohalarga berilgan imtiyoz va yengilliklardan foylanishga ulgurmaydilar yoki bunday imkoniyatlarga ega bo'lmaydilar, shuning uchun ulardan soliqlarni undirish adolatdan emas.
Shunday qilib, "Tax Free" tizimi ikkita asosiy vazifani hal qiladi - iqtisodiy va axloqiy: ya'ni bu mamlakatning chet el fuqarolari uchun turizm jozibadorligini oshiradi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab quvvatlaydi, tovarlar eksportini oshiradi, valyuta kirib kelishini ko'paytiiradi va ijtimoiy adolasizlikni tiklaydi [10].
Respublikamizda turizmni rivojlantirish juda katta iqtisodiy samara berishi hammamizga ayon, chunki u xorijga resurs chiqarmay (paxta, gaz, neft') valyuta olib kirish imkonini beradi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda turizmdan keladigan daromad boshqa sohalarga qaraganda ancha ko'proq valyuta tushumlarini keltiradi. Masalan: Turkiya yiliga 4-5 mlrd. dollarlik tovar eksport qilsa, turizm faoliyatidan 10 mlrd. dollardan ortiq daromad oladi. Avstriya, Angliya, Italiya, Fransiya, Ispaniyalarda ham xuddi shunday yuqori ko'rsatkichlarni ko'rishimiz mumkin[14].
O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining ma'lumotlariga ko'ra bugungi kunda mamlakatimizga 177 ta mamlakatlardan jami tashrif buyurganlar 2018 yilda 5 346 219 nafar, 2019 yilda 6 748 512 nafar, 2020 yilda esa 1 504 126 nafar sayyohlar kirib kelgani ko'rsatib o'tilgan. Quyida keltirilgan jadvalda davlatlar kesimida sayyohlar kirib kelishini ko'rish mumkin.
O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan sayyohlar soni MDH davlatlar kesimida[15].
1-jadval
Davlatlar 2018 H 2019 h 2020
Ozarbayjon 10465 12367 2213
Armaniston 1409 1740 336
Belarusiya 5609 7411 1632
Qozog'iston 2293077 2261094 424145
Qirg'iziston 1055688 1454907 508019
Moldova 5470 4601 1033
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Rossiya 371529 455470 81592
Tojikiston 1095505 1473684 337505
Turkmaniston 169922 574795 60631
0 Ukraina 11719 14041 3174
Jami 5 020 392 6 260 110 1 420 280
Jami tashrif buyuruvchilar 5 346 219 6 748 512 1 504 126
1-jadvaldan shuni ko'rish mumkinki MDH davlatlari orasida asosan tashrif buyuruvchi sayyohlar qo'shni davlat fuqarolari hisoblanib eng katta ko'rsatkichlar mos ravishda Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston hamda Turkmaniston Respublikalariga tegishli bo'lib yiligi bir milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyurayotganini kuzatish mumkin. Keyingi o'rinlarda esa mos ravishda Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarusiya, Moldova va Armaniston davlarlariga tegishli. Ushbu jadvaldan xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki jami tashrif buyuruvchilarning qariyb 94 foizi MDH davlatlari hissasiga to'g'ri kelib ushbu davlatlarning 6 tasi (Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarusiya, Moldova, Qozog'iston va Armaniston)da tax free tizimi amaliyoti yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu amaliyotdan keng foydalanib kelishmoqda.
O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi mamlakatimizga tashrif buyuruvchilarni 3 ta toifaga tasniflab tahlil olib boradi. Bular MDH davlatlari, uzoq xorij davlatlari va boshqa davlatlar. Biz yuqorida MDH davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyolar haqida ma'lumotga ega bo'ldik va tahlil qildik. Quyida keltirilgan jadvalda esa uzoq xorij davlatlari orasidan ko'p miqdorda tashrif buyuradigan sayyohlar mamlakatlari saralanib olingan.
O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan sayyolar soni uzoq xorij davlatlari kesimida[15].
2-jadval
Davlatlar 2018 й 2019 й 2020
Avstraliya 2410 4588 319
Avstriya 2095 3216 253
Vengriya 804 1047 178
Germaniya 18094 27625 2067
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Hindiston 21029 27898 4710
Ispaniya 7593 12191 341
Italiya 13843 20356 904
Xitoy 32444 54293 7192
Janubiy Koreya 27269 35524 6639
0 Buyuk Britaniya 7994 15962 1396
1 AQSh 11133 17106 1797
2 Turkiya 41299 63539 20598
3 Fransiya 13579 20390 1068
4 Shvesariya 2903 3837 215
5 Yaponiya 17025 24944 1418
Jami 219 514 332 516 49 095
Jami tashrif buyuruvchilar 5 346 219 6 748 512 1 504 126
2-jadvaldan shuni ko'rish mumkinki ushbu saralab olingan mamlkatlar asosan eng rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hisoblanib ushbu davlat fuqarolari ham bizni mamlakatga befarq emasliklarini o'z tashriflari bilan isbotlab turishibdi. Ushbu davlatlar eng ko'p tashrif buyuruvchilar orasida mos ravishda Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya va AQSh mamlakatlarining fuqarolari 2018-2019 yillar davomida 10mingdan ortig'i har yili tashrif buyurayotganini kuzatish mumkin. Ushbu mamlakatlarni umumlashtiradigan birgina jixatga e'tiborni qaratmoqchiman. Jadvalda keltirib o'tilgan davlatlarining har birida xorijiy sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan yengilliklardan biri tax free tizimi keng yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu mamlakatlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar ushbu tizimdan unumli foydalanib kelishmoqda.
2-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyida keltirilgan diagramma ko'rinishida tasvirlangan[ 15]. 1 -rasm
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
УЗБЕК ИСТО H РЕСПУБЛИ КАСИ ГА ТАШРИФ БУЮРГАН САЙЁЛАР СОНИ МД^ДАН ТАШКАРИ ДАВЛАТЛАР
КЕСИМИДА
■ 2018 й ■ 2019 й ■2020 й
00
о ООО I/*® к
Й Г5 Й #
оо «т .rg «гЛ-t ■ ll я I
Давла Австр Австр Венгр тлар алии ин ин
№ 1 2 3
■ 2018 й 0 2410 2095 804
■ 2019 й 0 4588 3216 1047
■ 2020 й 2020 319 253 178
1-rasmdan ko'rinib turibdiki malakatimizga tashrif buyuruvchilar soni 2019 yilda keskin oshgan bo'lib 2020 yilda bu ko'rsatkich pandemiya sababli pasayganini izohlash mumkin. Ushbu mamlakatlarda tax free tizimi barqaror ishlab kelayotganini inobatga olgan holda va mamlakat fuqarolari tax free tizimi haqida to'liq ma'lumotga ega ekanliklarni hisobga olib, sayyohlarni oqimini yanada oshirish, xorijiy valyutani kirib kelishini ko'paytirish va mamlakatni turizm jozibadorligini oshirish maqsadida bizni mamlakatda ham tax free tizimini tezroq joriy qilish maqsadga muvofiq bo'lardi.
Tax free tizimini joriy qilish mohiyatlaridan biri shundan iboratki mamlakat hududida qisqa vaqt ichida bo'lgan chet el fuqarolari to'langan soliqlardan ijtimoiy samarani ya'ni ta'lim, tibbiyot, sayyohlik kabi ijtimoiy sohalarga berilgan imtiyoz va yengilliklardan foylanishga ulgurmaganliklari yoki bunday imkoniyatlarga ega bo'lmaganliklari sababli ulardan soliqlarni undirish adolatli hisoblanmaydi. Misol uchun quyida keltirilgan rasmda O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan so'rovga ko'ra mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar nech kun davomida mamlakatimizda bo'lishlarini ko'rish mumkin.
O'zbekistonda sayyohlarni yashab qolish muddatlari[15].
2-rasm
2-rasmdagi ma'lumotlardan shuni ko'rish mumkinki vazirlik tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada 5664 nafar sayyoh ishtirok etgan bo'lib, 79 % sayyoh yashab qolish davri 1-9 kechani tashkil qilishini, 19.8 % sayyoh yashab qolish davri 10-39 kechani tashkil qilishini, 0.9% sayyoh yashab qolish davri 40-99 kechani tashkil qilishini yoki 0.3% sayyohlar esa 100 va undan ortiq kechani tashkil qilishini e'tirof etishgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki sayyohlarning eng katta qismi qisqa muddatga ya'ni 9 kechagacha tashrif buyurishlarini ko'rsatadi. Ushbu qisqa vaqt davomida mamlakatimizda bo'lib turgan sayyohlar o'zlarining sayohatlarini ko'proq nima faoliyatga qaratishlari haqida ham so'rovnoma o'tkazilgan bo'lib, so'rovnoma natijalari haqida quyida tanishib chiqishimiz mumkin bo'ladi.
O'zbekistondagi sayyohlar o'z sayohatlari davomida mashg'ul bo'ladigan faoliyatlari to'g'risida ma'lumot[15].
3-rasm
3-rasmdan ko'rish mumkinki yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar o'z
sayohatlari davomida ko'proq nima bilan mashg'ul bo'lishlari hususida vazirlik tomonidan o'tkazilgan so'rovga ko'ra vaqtlarining eng katta qismini ya'ni 41 foizini xaridlarni amalga oshirishga sarflarash ekan. 30 foiz vaqtlarini esa sayyohat va muzeylarga tashrif buuyurishga sarflashadi, qolaversa taxiy, madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish va madaniy tadbirlarga tashrif buyurish kabi faoliyatlar bilan ham band bo'lishlarini e'tirof etishgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki ularni xaridlarini hajmini oshirishga ularning aksariyatini mamlakatida bo'lgani kabi bizni mamlakatda tax free tizimini yo'lga qo'yish samarali ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlash joizdir.
Har bir sayyoh uchun taxminiy xarajatlar me'yorlari, turistik xizmatlarni eksport qilish va import qilish bo'yicha xalqaro operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar jahon sayyohlik tashkiloti metodologiyasiga muvofiq hisoblangan. Shunga asoslanib, O'zbekiston Respublikasida kirish va chiqish turizmini tanlab
636
o'rganish ishlari olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra va turistik xizmatlar eksportining real hajmlarini aniqlash uchun har bir turistning o'rtacha harajatlari qo'shni mamlakatlar, MDH mamlakatlari va uzoq xorijiy mamlakatlar uchun alohida shakllantirilgan.
Har bir sayyohni o'rtacha xarajati va turistik xizmatlar eksporti to'g'risida ma'lumot[15].
3-jadval
Mamlakat va hudud O'rtacha xarajati (AQSh dollari) Turistik xizmatlar eksporti (mln AQSh dollar)
Qo'shni davlatlar 551.7
Qozog'iston 158.3 326.9
Qirg'iziston 99.3 104.8
Tojikiston 60.4 66.1
Turkmaniston 104.6 17.7
I Boshqa MDH davlatlari 635.6 258.1
II Uzoq xorijiy davlatlar 709.4 230.9
Jami 1040.9
3-jadvaldan shuni ko'rish mumkinki sayyohlaming o'rtacha sarf xarajati eng kam qo'shni mamlakatlar orasida Tojikiston bo'lib 60.4 AQSh dollarini tashkil qilgan bo'lsa undan keyingi o'rinda Qirg'iziston davlati sayyohlari bo'lib ularning o'rtacha xarajati 99.3 AQSh dollarini tashkil qilmoqda. Turkmaniston davlati sayyohlari xarajati 104.6 AQSh dollarini, Qozog'iston davlati sayyohlari xarajati 158.3 AQSh dollaridan iboratdir. Boshqa MDH davlatlari sayyohlarini o'rtacha xarajati 635.6 AQSh dollarini, uzoq xorijiy davlatlar sayyohlari xarajati esa 709.4 AQSh dollarini tashkil qiladi. Sayyohlardan kirib keladigan xorijiy valyutani miqdorini oshirishda mamlakatimizda tax free tizimini joriy qilish orqali erishishimiz mumkin bo'ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra tax free tizimini xorij tajribasini o'rganib shunday xulosalarga kelish mumkin.
Tax free tizimi foydalanuvchilariga quyidagi talablar qo'yiladi: chet el fuqarolari bo'lishi;
har bir mamlakatda belgilangan eng kam xarid miqdorini amalga oshirishi (Masalan Germaniyada 25 yevro, Italiyada 154,94 yevro, Rossiyada 10000 rubl);
tax free xaridini amalga oshira oladigan maxsus do'konlardan xaridni amalga oshirish hamda maxsus chekni rasmiylashtirib olgan bo'lishi mamlakatda amalda bo'lib turgan qqs stavkasini qo'llanilgan bo'lishi; (O'zbekstonda 15%, Germaniya 19%, Ispaniya 21%, Italiya 22%, Rossiya 18 %) tax free cheki to'g'ri rasmiylashtirilgan bo'lishi, harid summasi va qo'ishlgan qiymat solig'i summasi aniq ko'rsatilgan bo'lishi Tax free cheklari rasmiylashtirilgan sanasi tovarlarni sotib olingan kundan boshlab 3 oydan oshmagan bolishi talab etiladi.
Tax free tizimini qo'llash orqali soliqlarni qaytarib olish shakllari:
tax free tizimiga a'zo do'konlarni o'zida mamlakatni tark etayotganda chegara hududlarida aeraport, temir yo'l vakzallarida, dengiz portlaridagi maxsus punktlarda;
tax free tizimining maxsus opratorlariga murojaat qilish orqali to'langan soliqlarni qaytarib olish mumkin bo'ladi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki Tax free tizimini joriy qilish natijasida quyidagi ijobiy yutuqlar kutiladi:
- Mamlakatni turizm uchun qulay bo'lgan mamlakatlar safiga qo'shilishi, global miqyosda obrosi va imidjini oshishi, buning natijasida sayyohlar oqimini ko'payishi bilan bir qatorda ularning sarf xarajatlari imkoniyatlarini oshirib qo'shimcha xorij valyutasini kirimini ko'payishi;
- Chakana savdoni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab quvvatlash orqali mamlakatni tark etmasdan turib qo'shimcha safr-xarajatlarni kamaytirib eksport salohiyatini oshirilishi;
- Turizm sanoatini rivojlanishi;
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida sof raqobatni rivojlanishi va raqobatbardosh mahsulotlar ko'lamini oshishi;
- Yangi va qo'shicha ish o'rinlarini yaratish;
- Savdo aylanmasini oshirish natijasida byudjetga qo'shimcha soliqlar tushumini yanada ko'payishi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611 Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 27 fevraldagi 2397-III/KQ-517-III-sonli qo'shma qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi to'g'risidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish bo'yicha «YO'L XARITASI».
Scientific Journal Impact Factor
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4389 sonli qarori.
4. Чухнина Г.Я Реформирование системы налогового контроля в РФ. -Волгоград: ВолГУ, 2001 -С.86
5. Ногина О.А. Налоговый контроль: вопросы теории. — СПб.: Питер, 2002. —
6. Абрамчик Л.Я (2005), Налоговое администрирование в системе финансового контроля // Финансовое право. N 6. С. 12-18.
7. Куклина Т.В. 2013 Tеоретические основы и классификация налогового администрирования.
8. Киселова М.В., Фокина Д.А. 2012 - Tax-free - международная программа возврата косвенных налогов с покупки при выезде из страны.
9. Губарева А.В. 2020 - Оссобенности системы Tax-free В Россис и зарубежом.
10. Краскина Е.Ю 2019 - Сравнительная характеристика системы tax free в Российской Федерации и в зарубежных странах.
11. Губарева А.В. 2020 - К вопросу о введении в России tax free.
12. Чернова О.С. 2019 - Правовое регулирование системы tax free в республике Беларусь.
13. Малых В.В Викторова Н.Г 2019 Система tax free в россии: Сущность и реализация.
14. Ruziev Sh. 2020 O'zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari (xorijiy tajribalar asosida) "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2020 yil 260-268 betlar.
15. https://uzbektourism.uz internet sayti ma'luotlari.
С. 14.