Bayzakova D.F.
Jizzaxpolitеxnika instituti v.b.dotsenti.
Kuzmina S.N. professor
Sankt-Pеtеrburg davlat elektrotexnika universiteti
Iqtisodiyot fanlari doktori
O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O 'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o 'sishi, kichik va o 'rta biznesning o'rni,mamlakatimizda uni rivojlantirish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va davlat tomonidan qo 'lllab quvvatlanishi bayon etilgan
Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, kichik biznes ,o'rta biznes, tadbirkorlik, iqtisodiy islohotlar, oilaviy tadbirkorlik, makroiqtisodiy ko 'rsatkichlar,aholi bandligi.
Bayzakova D.F.
Jizzakh Polytechnical Institute Kuzmina S.N.
Doctor of economic sciences, professor Saint Petersburg State Electrotechnical University
NEW OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESES IN UZBEKISTAN
Abstract: This article describes the sustainable of the economy through economic reforms in Uzbekistan, the role of small and medium-sized business, new opportunities created for its development in our country, and state support.
Key words: Entrepreneurship, small business, medium business, economic reforms, family business, macroeconomic indicators, population employment
O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun keng qamrovli ekotizim yaratildi. Prezident Sh. Mirziyoyevning so'zlariga ko'ra, bankning faoliyati ham, ishlash usullari ham, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari ham jiddiy o'zgarishlarga uchraydi. Xususan, har bir hududdagi bank huzurida kichik biznes markazi tashkil etiladi. Mazkur markazlar tadbirkorlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan biznes loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.2 Ular yangi loyihalarni amalga oshirishga intilayotgan tadbirkorlarni mustaqil ravishda o'qitish, zarur mutaxassislarni jalb etish,
2 O'zbekiston Respublikasi. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgustda tadbirkorlar bilan o'tkazgan Ochiq Muloqoti.
buxgalteriya hisobi, soliq, audit, marketing, yuridik va boshqa maslahat xizmatlarini taklif etadi.
Markazlar yangi korxonalarga zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, mahsulotlarini samarali yo'lga qo'yishda yordam beradi. Prezident o'z nutqida yuqorida aytilgan jamg'armalarga mustaqil ravishda investitsiyalarni jalb qilish huquqi berilganini ta'kidladi. Ushbu jamg'armalar kelgusi yilda o'rta biznes uchun qo'shimcha 1 milliard dollar sarmoya jalb etishni maqsad qilgan. Eksportni kengaytirishning muhim imkoniyatlaridan biri O'zbekistonga nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilishdir. Mahalliy korxonalarga sarmoya kiritish va buyurtma berishni osonlashtirish uchun ularni tashvishga soladigan uchta muhim masala hal qilinadi: ishlab chiqarish uchun xalqaro standartlar, ekologik va sertifikatlashtirish talablari amalga oshiriladi. So'nggi yillarda iqtisodiyotimiz poydevori bo'lmish kichik biznes, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ishlariga alohida e'tibor berilmoqda. Xususan, ushbu kategoriyadagi tashkilotlarga bir qator imtiyozlar, soliq preferensiyalari va yengilliklar berilmoqda.
Shu maqsadlarda 2023 yilning 14 sentyabr kuni ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" kompleks dasturi amalga oshiriladi.
Mazkur dastur doirasida kichik biznes vakillari moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligiga o'qitilib ularga bir qator moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari beriladi. Jumladan:
- 100 million so'mgacha garovsiz kreditlar;
- 150 million so'mgacha garov talabi 50%ga pasaytirilgan kreditlar;
- 18 foiz stavkada 7 yilgacha (aylanma mablag' uchun 3 yilgacha) muddatga 1,5 mlrd so'mgacha kredit va lizing;
- qiymati 1,5 mlrd so'mgacha bo'lgan asosiy vositalar 7 yilgacha muddatli to'lov asosida qarz berish;
- kichik biznes markazlariga 1 mlrd so'mgacha bo'lgan loyihalarga bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari, yer maydonlari va asbob-uskunalar bilan 20 foizgacha ulushdor bo'lib kirish huquqi berildi;
- innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd so'mgacha grant ajratish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentimi Sh.Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida kichik biznesni yanada qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilgan edi.
Qarorga asosan kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha "uzluksiz xizmatlar zanjiri"ni yaratish maqsadida "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish belgilandi.
Mamlakatimizda "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-306 son,14.09.2023 y) qabul qilindi va shu qarorga ko'ra, 2023 yil 1 oktyabrdan "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" kompleks dasturi amalga oshiriladi.3
Dasturni 2023-2026 yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag'lari hisobidan 6 trillion so'm va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag'lari yo'naltirilishi ko'zda tutilmoqda.
Xususan, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ta'sischiligida "Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi" va Jamg'arma tarkibida hududlarda 14 ta "Kichik biznesga ko'maklashish hududiy markazlari" tashkil etilgani qayd etildi.
Ushbu markazlar orqali kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni o'qitish, moliyalashtirish, axborot bilan ta'minlash, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog'liq kompleks xizmatlar ko'rsatiladi. Moliyaviy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag'lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so'mgacha kreditlar ajratiladi.4
Shu bilan birga, asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish vazifalari belgilangan bo'lib, bunda 100 million so'mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so'mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish amaliyoti tatbiq etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.PQ-366-son. 15.11.2023.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.PQ-306 son,14.09.2023.
3.O'zbekiston Respublikasi. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgustda tadbirkorlar bilan o'tkazgan Ochiq Muloqoti.Xalq so'zi gazetasi.
4.Bayzakova D.F. Small business as the Main Driver of Economic Development. International journal on economics, finance and sustainable development. Vol. 5 No. 4 | April 2023.Indoneziya
5.Bayzakova D.F. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 3 | 2023.
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.PQ-306 son,14.09.2023.
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.PQ-306 son,14.09.2023.