Научная статья на тему 'OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN BOLALARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI'

OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN BOLALARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
146
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / mahalla / maktab / hamkorlik / kasb-hunar / tarbiyachi / tarbiyalanuvchi. / family / neighborhood / school / cooperation / profession / teacher / student.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jo’rayev, Sobitali Sobirjon O’g’li

Maqolada ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga yo’naltirishda oila, mahalla va maktab hamkorligining o’rni tahlil qilingan. Kasb-hunarga yo’naltirishning bugungi kundagi ahamiyati atroflicha o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COOPERATION OF THE FAMILY, NEIGHBORHOOD AND SCHOOL IN DIRECTING CHILDREN WITHOUT PARENTAL CARE TO CAREERS

The article analyzes the role of family, neighborhood and school cooperation in guiding children without parental care to the profession. The importance of career guidance today has been thoroughly explored.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN BOLALARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

OTA-ONA QARAMOG'ISIZ QOLGAN BOLALARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI

Jo'rayev Sobitali Sobirjon o'g'li

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti mustaqil izlanuvchisi, kapitan

Maqolada ota-ona qaramog 'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga yo 'naltirishda oila, mahalla va maktab hamkorligining o'rni tahlil qilingan. Kasb-hunarga yo 'naltirishning bugungi kundagi ahamiyati atroflicha o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: oila, mahalla, maktab, hamkorlik, kasb-hunar, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi.

The article analyzes the role of family, neighborhood and school cooperation in guiding children without parental care to the profession. The importance of career guidance today has been thoroughly explored.

Key words: family, neighborhood, school, cooperation, profession, teacher, student.

В статье анализируется роль семейного, соседского и школьного сотрудничества в направлении детей, оставшихся без попечения родителей, в профессию. Важность профориентационной работы на сегодняшний день изучена достаточно подробно.

Ключевые слова: семья, соседство, школа, сотрудничество, профессия, учитель, ученик.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hamkorlik muhitini tashkil etish, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda oila, maktab va mahalla hamkorligini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Ana shu maqsadda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasi ishlab chiqilib, yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma'lum natijalarga erishildi. Zero, 2020 yil 23 sentyabrda kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida aniq maqsadlar bo'yicha ijtimoiy-tarixiy tajribalar asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga, ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar belgilab berilgan. Yosh avlodga o'zligimizni, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish bugunning istiqbolli rejasidir. Jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan hurfikrlikdan qat'iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonda ro'y berayotgan o'zgarishlar "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" yo'nalishidagi bola tarbiyasida oila, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Mazkur vazifalarning davomiyligini ta'minlash va rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-son qaroriga ko'ra "Barkamol avlod tarbiyasida oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasi" qabul qilindi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga asos solindi.

Mazkur qaror bilan to'rt yo'nalishdan iborat "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi hududiy jamoat kengashlarining namunaviy tarkiblari, shuningdek, Jamoat kengashining dastlabki, yig'ilishi qarori bilan Jamoat kengashining Nizomi tasdiqlangan. Nizomdan kelib chiqib, Jamoat kengashining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

1. Ota-ona, mahalla va ta'lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlash, shu orqali ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, majburiyati, o'zaro munosabati va mas'uliyatini kuchaytirishda noto'liq oila bolalarini ma'naviy-axloqiy muhitini sog'lomlashtirishda gerontopedagogika, milliy qadriyat va madaniyatni rivojlantirish.

2. Jamoat kengashlari faoliyatini metodik ta'minlash, ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya sifatini o'rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish.

3. O'quvchilarni dars jarayoniga to'liq jalb etish va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

4. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, ta'lim tizimidagi islohotlar haqida o'quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikni uzviy xabardorligini ta'minlash.

5. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash.

Mazkur muammoni o'rganish maqsadida tadqiqot isi olib bordik. Tadqiqot doirasida ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashga va maktab hamkorligini ta'minlash ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashning muhim vazifasi sifatida belgilandi. Mahalla, oila va maktabning hamkorlikdagi faoliyati murakkab ko'rinishga ega bo'lib, tadqiqotda mazkur jarayon samaradorligini oshirishning pedagogik ta'minotini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi.

Motivatsion bosqichda integratsiya jarayonini o'qituvchi va ota-onalar tomonidan to'g'ri anglanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi va "integratsiya - bu integrativ faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni aks ettiruvchi kasb-hunarga tayyorlashga yo'naltirilgan o'qituvchi va noto'liq oiladagi ota yoki onalarning o'zaro pedagogik munosabatlarining yangi darajasi", degan tushuncha qaror toptiriladi.

Kommunikativ-faoliyatga yo'naltirilgan bosqich o'qituvchi va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashni uyg'unlashuvi, shuningdek, mahalla, oila va maktabning pedagogik vazifalarining o'ziga xosligi, ularning pedagogik imkoniyatlari yuqori ekanligini anglashiga imkon beradi. Shuning uchun kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan bosqichda o'qituvchi va ta'lim muassasasining standart talablari doirasida integrativ pedagogik faoliyatini hamkorlikda loyihalash va amalga oshirish, shuningdek, mazkur faoliyat natijalari asosida ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda o'zaro birgalikda hal etilishiga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Tadqiqot natijalari asosida tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning tashkiliy-integrativ modeli ishlab chiqildi. Nazariy tahlil asosida tarbiyachining kasbiy madaniy faoliyatini tashkil etishda quyidagi nazariy-metodologik asoslarga tayanish lozimligi aniqlandi: tizimli-faoliyatga doir yondashuv; ijtimoiy-madaniy yondashuv; sheriklik-rolli yondashuv.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Maqsad

I

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasb- xunarga tayyorlash

( B osqichlari \ —► s Tashkiliy \

'v / V J

Kasbiy o'z-o'zini boshqarish

I

Ijtimoiylashuv komponentlari

Bilishga doir

Mezonlari

Kognitiv

Kasb- xunar haqida tushuncha va tasavvurlarga egalik, kasbiy o'z-o'zini anglash

Kasbiy emosional-qadriyatga yo'naltirilgan

Kasbiy qadriyatlarni emotsional idrok etish

Kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan

Kasbiy me'yorlarini amaliy _[ faoliyatga tadbiq etishga tayyorlik

Darajalari

Yuqori

O'rta

Past

±

Pedagogik shart-sharoitlari

Tarbiyalanuvchi-

larni kasbiy faollikka jalb etish

Kasbiy qadriyatlarni o'zlashtirishda uzviylikni ta'minlash

Tarbiyalanuvchi-

larda kasbiy tajribani boyitish

Ijtimoiylashuv b osqichlari

Kasbiy ijtimoiy moslashuv

Kasbiy faoliyatni loyihalash

Interiorizatsiya

1-rasm. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasb - hunarga tayyorlashning tashkiliy-integrativ modeli

Mahalla, oila va maktab hamkorligining pedagogik ta'minotini amalga oshirish bosqichlari, har bir bosqich samaradorligi mezonlarini aniqlash orqali shunga amin bo'lindiki, ularning har biri xususiy shkala bo'yicha o'lchanishi va baholanishi lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ularning hammasi uchun umumiy shkala sifatida natijalarni darajaviy-yuqori, o'rta va past tavsifi asosida tahlil etish imkoniyati aniqlandi. Mahalla, oila va maktab hamkorligining murakkabligi va ko'p o'lchamga egaligini hisobga olib, har bir daraja uchun ko'rsatkichlar aniqlashtirildi.

Tashkiliy texnologik komponent loyihalash bosqichlari, metodlari, pedagogik shart-sharoitlari va shakllarini to'g'ri tanlash va uyg'unligini ta'minlashni talab etadi. Mazkur bosqich tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladigan kasbiy madaniy faoliyat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda samaradorligini baholash imkonini beradi.

Diagnostik komponent erishilgan natijalarni nazariy jihatdan asoslash va statistik ahamiyatini baholash imkonini beradi.

Tadqiqot jarayonida ijtimoiy hamkorlikning quyidagi pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirildi:

makro daraja: tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga tayyorlashga xizmat qiluvchi ta'limiy-tarbiyaviy va madaniy muassasalar hamkorligi;

mikro daraja: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining hamkorlikdagi kasb-hunarga tayyorlash faoliyati;

tarbiyalanuvchi shaxsini shakllantirish darajasi: o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish va namoyon etishni ta'minlash.

Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladigan kasbiy-madaniy faoliyatini loyihalashtirishning texnologik modelini eng muhim jihati ikkinchi bir tomondan tarbiyachining kasbiy-madaniy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish, ikkinchi jihatdan tarbiyalanuvchilarni kasbiy madaniy faoliyatdan qoniqish darajasini kafolatlash imkoniyatini taqdim etishidir.

1-jadval

Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash samaradorligi ko'rsatkichlari

Darajasi Mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash bosqichlari

Motivatsion Kommunikativ-faoliyatga doir Kognitiv Refleksiv

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Yuqori Maktab va mahalla, oilalarda hamkorlik jarayoniga kasbiy va shaxsiy motivatsiya mavjud, ta'lim-tarbiya jarayonini birga amalga oshirish lozimligini tushunishadi Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda hamkorlikni amalga oshirishga ijodiy yondashuv, tayanch pedagogik qobiliyatlar shakllangan, kasbiy-pedagogik o'zini - o'zi rivojlantirishga yo'nalganlik. Mahalla, oila va maktab hamkorligiga doir nazariy bilimlarga ega, nazariy tasavvurlar asosida birgalikda tadbirlarni loyihalashtiradi Mahalla, oila va maktab hamkorligida mustaqil refleksiv tahlil ko'nikmasiga ega mexanizmlari shakllangan

O'rta Mahalla, oila va maktab hamkorligi jarayoniga kasbiy motivatsiya mavjud, ta'lim-tarbiya jarayonini birga amalga oshirish lozimligini to'liq tushunishmaydi Mahalla, oila va maktab hamkorligiga oid metodik tavsiyalarga asoslangan holda integratsiyani amalga oshiradi, ayrim pedagogik qobiliyatlar shakllangan, integrativ kasbiy vazifalarni hal etishda qiyinchiliklarga duch keladi Mahalla, oila va maktab hamkorligiga doir nazariy bilimlarga ega, nazariy tasavvurlar asosida birgalikda kasb-hunarga tadbirlarni qisman loyihalashtiradi Mahalla, oila va maktab hamkorligi faoliyat refleksiyasini tayyor namuna asosida amalga oshiradi, hamkorlikka tayyorgarlik darajasi etarli emas

Quyi Mahalla, oila va maktab hamkorligi jarayoniga pragmatik motivatsiya mavjud, jarayonni birga amalga oshirish istagi mavjud emas Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishga tayyor emas, kasbiy qobiliyatlar shakllanmagan, birgalikda tadbir va mashg'ulotlarni tashkil etishga qiynaladi Mahalla, oila va maktab hamkorligiga doir nazariy bilimlarga ega emas, intuitiv tasavvurlar asosida birgalikda tadbirlarni qisman loyihalashtiradi O'zining faoliyatini tahlil qilishga qiynaladi, o'z-o'zini adekvat baholay olish qobiliyati mavjud emas

Mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash orqali ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda maktabning vazifalari quyidagicha belgilangan:

- o'quvchi yoshlarga puxta bilim berish;

- jamiyat ko'zda tutgan sifatlarda tarbiyalashni ta'minlash;

- o'zining o'quv-tarbiyaviy vazifalaridan oilani xabardor qilib turish; Yuqoridagilardan tashqari mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash orqali

bolalarni kasb-hunarga tayyorlash tashkiliy ishlari mavjud bo'lib, bular ota-onalar yig'ilish va anjumanlaridir. Mazkur yig'ilish va anjumanlarda juda ko'p muammolar: «Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash», «Bolalar tarbiyasida ota-onaning obro'si», «Bolani oilada jismoniy va aqliy jihatdan tarbiyalash yo'llari» kabi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

masalalar ko'rib chiqiladi hamda adekvat qarorlar qabul qilinadi. Ota-onalar kengashlarining ota-onalarning pedagogik savodxonlagini oshirish, ayrim (potronat oila) ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni maktab ishlariga ( mas'ullikka) jalb etish kabi tashkiliy ishlar ham ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda mahallaning ham o'rni beqiyos, chunonchi:

1. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida muntazam aloqada bo'lish.

2. Mahallada yashaydigan potronat oilalarning moddiy sharoitlarini o'rganib chiqish, moddiy yordamlar uyushtirish.

3. Bayramlarda alohida ularga yordam, tabriklarni tashkilotlar bilan birga uyushtirish.

4.Mahalla bilan hamkorlikda jinoyatga moyilligi bor bolalar istiqomat qiladigan potronat oilalarni hisobga olish va ular bilan ishlash.

5. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga oilalarga g'amxo'rlik qilish.( To'garak, musobaqalar,suhbatlar, uchrashuvlar ).

Mahalladagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda turli to'garaklar, mahalla kutubxonasini tashkil etish, bular orqali potronat oila bolalari va tutingan ota-onalar ongiga sog'lom turmush tarzi tamoyillarini singdirish, ularni jamiyatdagi demokratik jarayonlar bilan, islohotlar bilan tanishtirib borish, ayniqsa "Kasb-hunar egallash" mavzusida oqsoqollar, mahallaning obro'-e'tiborli kishilari yordamida yoshlar, etim bolalar uchun davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javob kechalari tashkil etish, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarining o'z oila a'zolari yoki atrofdagi kishilar tomonidan har qanday kamsitishlarga yo'l qo'ymaslikka erishish maqsadga muvofiq. Potronat oilalarga ijtimoiy yordam berish, kichik tadbirkorlikka sharoit yaratish, muammolarni chuqur o'rganish va yuqori tashkilotlarga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish zarur. Mahallada oilaviy sportni rivojlantirishga jiddiy yondashish, Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda sportni, uning ahamiyati va istiqboli haqida suhbatlashish, oilaviy sportni keng targ'ib etish lozim. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, to'y-marosimlarida ko'maklashish, erta turmushga chiqish (balog'atga etmasdan, faqat diniy nikoh o'qitish) hollarini oldini olish kerak. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlash maqsadida ilmli bo'lishning xosiyati haqida taniqli mutaxassislarning, olimu-ulamolarning suhbatlarini, uchrashuvlarini o'tkazib turish. Mahalla aholisining madaniy hordiq

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

chiqarish masalasini hal etish (adabiyotshunos, jurnalist, adib, olimlar, madaniyat xodimlarining uchrashuvlarini, konsert va sahna spektakllarini tashkil etishni yo'lga qo'yish) va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar ishtirokini ta'minlash maqsadga muvofiq.

Umumiy xulosa shundan iboratki, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlash masalasi bo'yicha mahallalar, jamoalarni birgalikda hamkorlikdagi harakatlari yaxshi natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi "Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4185-son Qarori. -O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

2. 2.Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi "Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi 263-son Qarori.

3. Jo'rayev S.S. Ota-ona qoramog'isiz qolgan bolalarni kasb tanlashga yo'naltirish kelajak poydevori. "Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar farovonligini ta'minlashning strategik modellari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi.Toshkent:O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022. 276 - b.

4. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Абдурашидова, Н. А., & Хдсанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

8. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

9. Кушаков, Ф. А., Хасанов, М. Н., Баратов, Р. У., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. X. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

10. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

11. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

12. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

13. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05),

14. Хасанов, М. Н., Хафизов, Д. А., Тоиров, Р. Х., & Болтабоев, Х. К (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ.

15. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586.

16. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

17. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

18. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

1-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.