INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Sh. Sh. Djo'rayeva1H_
1Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada ona tili ta'lim mazmunini germenevtik ta'limot asosida metodik rivojlantirishning dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Ona tili o'qitish jarayonida innovatsion yondashuv va texnologiyalardan foydalanishning samarasi va o'rni ko'rsatiladi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - ona tili ta'lim mazmunini samarali rivojlantirishning metodik mexanizmlarini ishlab chiqish va talabalarni mustaqil ta'lim jarayonida kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda germenevtik yondashuv asosida ona tili ta'lim mazmunining ilmiy-nazariy jihatlari va mahalliy hamda xorijiy tajribalarning tahlili amalga oshirildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, germenevtik yondashuv asosida ona tili ta'lim mazmunini metodik rivojlantirish talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va nutqiy ko'nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
XULOSA: tadqiqot natijalari ona tili ta'lim mazmunini metodik rivojlantirishda germenevtik ta'limotdan foydalanish ta'lim jarayonini yanada samarali qilishini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: ona tili ta'limi, germenevtik yondashuv, ta'lim mazmuni, lingvistik kompetensiya, mustaqil ta'lim, ilmiy dunyoqarash.
МЕХАНИЗМ МЕТОДИЧЕСКОЙ РАЗРАБОТКИ СОДЕРЖАНИЯ ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКОГО УЧЕНИЯ_
© Ш.Ш. Джураева1И
Ташкентский университет прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются актуальные аспекты методического развития содержания преподавания узбекского языка на основе герменевтического подхода. Показана эффективность и роль инновационных подходов и технологий в процессе обучения.
Iqtibos uchun: Djuraeva Sh.Sh. Germenevtik ta'limot asosida ona tili ta'lim mazmunini metodik rivojlantirish mexanizmi. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.75-81.
Ilmiy-nazariyvametodikjumal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — разработать методические механизмы эффективного развития содержания преподавания узбекского языка и направить студентов на формирование компетенций в процессе самостоятельного обучения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании был проведен анализ научно-теоретических аспектов содержания узбекского языка на основе герменевтического подхода, а также изучен опыт отечественных и зарубежных педагогов.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что методическое развитие содержания узбекского языка на основе герменевтического подхода способствует формированию у студентов научного мировоззрения и совершенствованию их речевых навыков.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили, что использование герменевтического подхода в развитии содержания преподавания узбекского языка делает образовательный процесс более эффективным.
Ключевые слова: преподавание узбекского языка, герменевтический подход, образовательное содержание, лингвистическая компетенция, самостоятельное обучение, научное мировоззрение.
Для цитирования: Джураева Ш.Ш. Механизм методической разработки содержания обучения родному языку на основе герменевтического учения // I nter education & global study. 2024. № 10(1). С. 75-81.
MECHANISM OF METHODOLOGICAL DEVELOPMENT OF THE CONTENT OF NATIVE LANGUAGE EDUCATION ON THE BASIS OF HERMENEUTIC DOCTRINE
© Shakhnoza Sh. Dzhurayeva1®
Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article explores the key aspects of methodological development of the Uzbek language educational content based on the hermeneutic approach. The role and effectiveness of innovative approaches and technologies in the teaching process are highlighted.
AIM: the main aim of the study is to develop methodological mechanisms for the effective advancement of the Uzbek language educational content and guide students in forming competencies during independent learning.
MATERIALS AND METHODS: the study involved an analysis of the scientific and theoretical aspects of Uzbek language content based on the hermeneutic approach and examined local and international pedagogical experiences.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings revealed that methodological development of Uzbek language educational content through the hermeneutic approach fosters students' scientific worldview and enhances their speech skills.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
iccl (A
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
CONCLUSION: the study confirmed that applying the hermeneutic approach in developing Uzbek language educational content makes the learning process more effective.
Keywords: uzbek language teaching, hermeneutic approach, educational content, linguistic competence, independent learning, scientific worldview.
For citation: Shakhnoza Sh. Djuraeva. (2024). 'Mechanism of methodological development of the content of native language education on the basis of hermeneutic doctrine, // Inter education & global study, (10(1)), pp. 75-81.(In Uzbek).
Ona tili ta'limining ilmiy-metodik asoslarini, o'qitishning eng qulay va zamonaviy metodlarini ta'limning turli bosqichlarida qo'llay oladi. Bo'lajak ona tili o'qituvchilarga modul-kredit tizimini keng joriy etish, yangi Renessans poydevorini qurishda, pedagogik va metosik shart-sharoit talabalarni mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ona tili o'qitish metodikasiga oid kompetensiyaviy yondashu vga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida lingvistik kompetensiyalarni metodik rivojlantirish nutqiy kompetensiyalarning takomilashishiga olib kelish ko'zda tutilgan. "Ona tili o'qitish metodikasi" fani metodik kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish nutqiy kompetensiyalarning takomilashishiga olib kelish ko'zda tutilgan. Ta'limda bo'lajak qorqalpoq tili o'qituvchilarining modul-kredit tizimidagi metodik tayyorgarligini jadallashtirish, didaktik-pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga tayyorlashning mustaqil hamda o'quv topshiriqlar tizimini yanada takomillashtirish zarurati mavjud. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 2017— 2021 -yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida "...ta'lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish" alohida ta'kidlangan. Zero modul-kredit ta'limida mustaqil ta'lim topshiriqlari global masalalar sirasida markaziy o'rinni egallaydi. Respublikamizda bo'lajak ona tili o'qituvchilari uchun Ona tili o'qitish metodikasi fanini o'qitish ta'limning kredit tizimi asosida fan bo'yicha qo'yilgan o'quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o'rganiladi, amaliy ishlar talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida", 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2019 yil 22 oktyabrdagi PF-5850-son "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmonlari hamda hamda O'zbekiston Resrublikasi Rrezidentining 2019—yil 29-arreldagi "O'zbekiston Resrublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgasha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son va 2020-yil
27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish shora-tadbirlari to'g'risida"gi RQ-4623-son Qarorlari va O'zbekiston Resrublikasi Rrezidentining 2022-yil
28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
strategiyasi to'g'risida"gi PF 60-sonli, O'zbekiston Resrublikasi Rrezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmon va qarorlari, shuningdek mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Bu borada metodist K.Mavlonovaning - Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn asosida integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot ishini alohida ta'kidlash lozim. Olima tomonidan ona tili ta'lim mazmunining bugungi yondashuvlariga mos ravishda eng murakkab bo'lib turgan matn ustida ishlash, uni o'qiy olish, tushuna olish va matn yarata olish ko'nikmalarini adabiyot fani bilan integratsiya qilgan holda rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir izlanishlar I.A.Allayorov, O.R.Roziqov, R.Ibragimov M.H.Mahmudov, A.G'ulomov, M.Qodirov, B.R.Adizov, M.Mirtojiyev kabi tilshunos, metodist-pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, uning faolligi va mustaqilligini tarbiyalash muammolari ham o'rganilgan. Ayniqsa, professor R.R.Sayfullayeva ona tili ta'limi maqsadi va mazmunini ishlab chiqqan professor H.Ne'matov g'oyalariga tayanib, ona tili o'qitishda yangi -ortiqcha grammatizmdan voz kechib, talabalarda nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish, lug'at va matn asosida milliy tilni, milliy ma'naviyatni talaba ongiga singdirish, talabani turli nutq vaziyatlariga tayyorlash, ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash yo'nalishini birinchilardan bo'lib boshlab berdi. Pedagogika fanlari doktori, professor R.Safarovaning o'quv-biluv ko'nikmalarni rivojlantirish ona tili ta'lim mazmunining asosiy vazifasi ekanligiga, xususan, mustaqil ta'lim topshiriqlari, shuningdek, didaktik yondashish masalasi, o'zbek tilining davlat tili sifatida o'qitilishi bilan bog'liq muhim masalalarni tadqiq etganini alohida ta'kidlash lozim.
Tahlil va natijalar. Ona tili ta'lim mazmuninig ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko'rinadi. Uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak:
o'quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o'rnini talabalar o'zlashtirishini ta'minlash zarur. Talabalar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so'z, so'z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish jarayonida o'rganadilar.
talabalarning tilning o'zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari «Til har bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o'rinni egallaydi?» savoliga javob topishda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ona tili ta'lim mazmunida kishilarning birgalikdagi mehnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda zarurligi haqida misollar topib, o'z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari ulg'aygan sari talabalar odamning odam bo'lishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar. Odam o'zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o'stirish bilan o'zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o'zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
jamiyat a'zolari bilan aloqa, munosabat har bir kishining o'sishi, rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi.
talabalarning tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so'zlarning paydo bo'lishi haqida ularning saviyasiga mos bo'lgan "sir"ni yechish ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi talabalarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o'ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog'liq holda yaratilganini va asta-sekin rivojlanib borganini tushuntiradi: "Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha o'ngina so'z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so'zlar paydo bo'la boshladi. Atrofimizda mavjud bo'lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda ko'p boshqa narsalarga kishilar nom qo'yganlar. Shunday qilib, til yangi so'zlar bilan boyidi va boyib bormoqda". Ona tili ta'lim mazmuninig rivojlanishi, ayrim so'zlarning ma'nolari haqidagi bilimni boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, fe'lni o'rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o'rinda "So'zning tarkibi" bo'limi katta imkoniyatga ega. Talabalar bu bo'lim materiallarini o'rganish jarayonida tilimizning yangi so'zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so'z yasalishi bilan tanishadilar. Ma'lumki, ko'pgina yangi so'zlar tilda mavjud bo'lgan so'zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo'zchi kabi. Tilda yangi so'zning paydo bo'lishi o'zidan keyin bir xil o'zakli so'zlar guruhining hosil bo'lishiga sabab bo'ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. Boshlang'ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o'rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo'lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang'ich sinf o'quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o'zgarishlar yuzasidan o'qituvchi va o'quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.
Ona tili ta'lim mazmunida tilni o'zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko'rsatadiki, ona tiliga ilmiy qarash asoslarini germenevtik rivojlantirishning muhim bog'lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, talabalarning so'zning tovush tomoni bilan uning leksik ma'nosi, so'zning morfemik tarkibi bilan leksik ma'nosi, so'zning grammatik ma'nosi bilan uning ma'lum so'z turkumiga tegishliligi o'rtasidagi bog'lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog'lanish tilning fonetik, leksik, so'z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta'sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog'lanishlarning xususiy ko'rinishi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchilarning xarakterli bog'lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Tildan bilim berishda o'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog'lanishi, matnlarning g'oyaviy-mavzuviy
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yo'naltirilganligi, talabalarning individual tipologik xususiyatlariga mosligidir. Shunday qilib, ona tili ta'lim mazmunini o'rganish jarayonida talabalarga ilmiy dunyoqarash asoslarini rivojlantirishga o'qituvchining metodologik yondashuvi, talabalar o'zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi ona tili haqidagi bilimlar majmuasi, talabalar o'rganib oladigan bilish usuli, tilni o'rganishga asos bo'ladigan ma-terialning bilim berishdagi, g'oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta'sir ko'rsatar ekan. Talabalarda ilmiy dunyoqarash asoslarini germenevtik ta'limot asosida rivojlantirish ko'p qirrali jarayon bo'lib, u OTMda olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. Talaba ilmiy-metodik xarakterdagi umumlashtirish zarur bo'lgan daliliy materiallarni yig'ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o'rganish natijasida talabalar nutq faoliyatining sifati o'zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o'rganishni hayot bilan bog'lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalari-dan biri bo'lmish talabalarda to'g'ri kuzatish va o'z fikrlarini og'zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko'nikmasini o'stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o'qituvchidan talabalarda dialektik fikrlash ko'nikmasini rivojlabntirishga alohida e'tibor berish talab etiladi. Dialektik tafakkur keng ma'noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog'liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig'indisi bilan rivojlanishda ko'rish ko'nikmasini ta'riflaydi. Tafakkurning bunday sifati talabalarda asta-sekin rivojlana boradi va o'z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o'rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o'zaro bog'liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko'nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda talabalarning o'quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo'lmoqda. Ona tili ta'lim mazmunini metodik rivojlantirishda talabalar uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida talabalarning o'zlari "topgan" yoki adabiy manbalardan tayyor olingan ona t ili ta'lim mazmunini materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yеtakchi hisoblanadi.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki ona tili ta'lim mazmunini o'rganish jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash asoslarini rivojlantirish masalasini hal qilishda maktabdan to OTMgacha ona tili ta'lim mazmunini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi talabalarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga tasir etadi, atrof-muhit haqidagi bilim-larini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, talabalarning umumiy taraqqiyoti darajasini o'stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Keyingi yillarda ona tili ta'lim mazmunini darsliklari va o'qituvchilar uchun nashr qilingan qo'llanmalar materiali mazmuniga qo'yilgan talablar anchagina ortdi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
iccl (A
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
1. Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun, Z.Rozmetova Ona tili ta'lim mazmunini takomillashtirish T.: Respublika ta'lim markazi. O'quv-uslubiy qo'llanma.T:. 2022.-144 b.
2. Axmedova M.E. Rasulova G.K.Kredit-modul tizimida o'zbek tili ta'limda mustaqil o'quv topshiriqlari tuzish va ulardan foydalanish metodikasi. Uslubiy ko'rsatma, "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi", MCHJ, 2022
3. Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida) Monografiya., Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi", MCHJ, 2022. 173 bet
4. Axmedova M.E. ARM faoliyatida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-kredit tizimining joriy etilishi// O'zMU XABARLARI, 2022, 1/2/1, 95-97 betlar
5. Axmedova M.E. Oliy filologik ta'limda o'quv topshiriqlaridan foydalanishning lingvometodik va didaktik xususiyatlari// Xorazm Ma'mun akademiy asi axborotnomasi: ilmiy jurnal.-№2 (86), Xorazm Ma'mun akademiyasi noshirlik bulimi, 2022, 470-472 betlar
6. Axmedova M.E. OTM filologik ta'limda o'quv topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik-didaktik va pragmatik xususiyatlari 22.Akulova, A. A. konstruirovanie situatsionnix zadach dlya otsenki kompetentnosti uchashixsya: uchebno-metodicheskoe posobie dlya pedagogov shkol. T.2008 g.153s.
7. Borovkov A., G'ulomov A., Ma'rupov Z., Shermuhammedov T. O'zbek tili grammatikasi. Yetti yillik va o'rta maktablarning 5-6-sinflari uchun darslik. I qism. Fonetika va morfologiya. -T:. O'zdavnashr, 1946. - 227 b.
8. Jalilov K.. Baholash nazariyasi asoslari. -T.: Akademnashr 2020, 252 bet.
9. Ziyodova T., va boshqa O'zbek tili o'qitish metodikasi. Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun. O'quv qollanma - T.: Bayoz, 2012. - 152 b.
10. Koziyeva T.T. Talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanish texnologiyalari. Monografiya. 2024 yil 180 bet
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Djo'rayeva Shaxnoza Shakirjanovna, katta o'qituvchi [Джураева Шахноза
Шакирьяновна, старший преподаватель], [Shakhnoza Sh. Dzhurayeva, senior
lecturer]; manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy, [адре^ Г. Ташкент,
Чиланзар, ул. Гавхара, д. 1], [address: Tashkent City, Chilonzor, Gavkhar Street, house
No. 1].