Научная статья на тему 'OLXO‘RINING SAQLASHGA YAROQLI NAVLARI VA ULARNI SAQLASHNING QIYOSIY TAHLILLARI'

OLXO‘RINING SAQLASHGA YAROQLI NAVLARI VA ULARNI SAQLASHNING QIYOSIY TAHLILLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olxo‘ri / navlar / sifat / saqlash / muddat / hosil / texnik / usullar / yaroqli / davr.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xalmirzayev Dilmurad Kamilovich, Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna

Ushbu tezisda respublikamiz hududida yetishtirilayotgan olxo‘ri mevalarining asl holatini va sifat ko‘rsatkichlarini uzoqroq muddat davomida saqlab qolish yuzasidan o‘tqazilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Bunda olxo‘rining saqlashga yaroqli navlari tanlab olingan bo‘lib, saqlashning turli xil zamonaviy usullari ustida izlanishlar olib borilgan. Hosilni yig‘ib olish muddatlarining mevalarni saqlash muddatini yanada uzoqroq davom ettirishga bo‘lgan ta’siri aniqlahgan. Olxo‘ri mevalarini texnik yetilgan davrda yig‘ib olish, ularni saqlash muddatlarini birmuncha uzoq davom etishini ta’minlashi kuzatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLXO‘RINING SAQLASHGA YAROQLI NAVLARI VA ULARNI SAQLASHNING QIYOSIY TAHLILLARI»

OLXO'RINING SAQLASHGA YAROQLI NAVLARI VA ULARNI SAQLASHNING QIYOSIY TAHLILLARI

1Xalmirzayev Dilmurad Kamilovich, 2Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna

1Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.d, professor 2Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13951081

Annotatsiya. Ushbu tezisda respublikamiz hududida yetishtirilayotgan olxo'ri mevalarining asl holatini va sifat ko'rsatkichlarini uzoqroq muddat davomida saqlab qolish yuzasidan o'tqazilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Bunda olxo'rining saqlashga yaroqli navlari tanlab olingan bo'lib, saqlashning turli xil zamonaviy usullari ustida izlanishlar olib borilgan. Hosilni yig'ib olish muddatlarining mevalarni saqlash muddatini yanada uzoqroq davom ettirishga bo'lgan ta'siri aniqlahgan. Olxo'ri mevalarini texnik yetilgan davrda yig'ib olish, ularni saqlash muddatlarini birmuncha uzoq davom etishini ta'minlashi kuzatilgan.

Kalitso'zlar: olxo'ri, navlar, sifat, saqlash, muddat, hosil, texnik, usullar, yaroqli, davr.

Аннотация. В данной дипломной работе освещены результаты исследований по сохранению исходного состояния и качественных показателей плодов сливы, выращиваемых на территории нашей республики, в течение более длительного периода времени. При этом были выбраны сорта сливы, пригодные для хранения, и проведены исследования различных современных способов хранения. Определено влияние сроков сбора урожая на продление срока хранения плодов. Замечено, что заготовка плодов сливы в период технической зрелости обеспечивает несколько больший срок их хранения.

Ключевые слова: слива, сорта, качество, хранение, срок, урожайность, техника, способы, срок годности, срок.

Abstract. This thesis presents the results of research on preserving the initial state and quality indicators of plums grown in our republic over an extended period. Suitable storage varieties of plums were selected, and various modern storage methods were investigated. The influence of harvest timing on the extension of the storage period for the fruits was determined. It was noted that harvesting plums at the stage of technical ripeness ensures a somewhat longer storage duration.

Keywords: plum, varieties, quality, storage, period, yield, technique, methods, shelf life,

term.

Kirish

Qishloq xo'jaligida islohotlar izchil amalga oshirilayotgan bugungu kunda aholini dehqonchilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish va bu boradagi ta'minotni tubdan yaxshilash muhimdir. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hudida yetishtirilayotgan olxo'ri mevalarini yetarlicha saqlash va qayta ishlash keng ommalashmagan. Shu boisdan sanoat bog'dorchiligining asosiy vazifasi olxo'ri mevalarini nes-nobud qilmasdan saqlash va qayta ishlash, mahsulotga bo'lgan munosabatni talab darajasiga yetqazish va xorijiy davlatlarga eksportni ko'zda tutuvchi sifatli mevalar ishlab chiqarish hajmini oshirish hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar tahlili olxo'ri mevasining saqlanuvchanligi yuqori va qayta ishlashga yaroqli navlarini tanlash, eng kamharj hamda eksportbop mahsulot olishning yuqori samarali usullarini joriy etish ekanligini ko'rsatadi. Respublikada olxo'ri kabi mevali o'simliklarda bunday tadqiqotlarning kengroq o'tkazilmaganligiga bog'liq ravishda, ushbu yo'nalishda keng qamrovli ilmiy tadqiqot olib borish ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarb

hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligidan daromad olishda ekin yetishtiriladigan mintaqaning mazkur ekin turiga, uni yetishtirish jarayonida bu ekin tomonidan talab etiladigan turli hil omillarga javob bera olishi juda muhim o'rin tutadi. Tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning eng muhim ustuvor yo'nalishlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasining innovatsion loyihalari rejasiga mos keladi. Shuningdek, mazkur tadqiqot ishida nazarda tutilgan ishlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 yanvardagi "Respublikamizda zamonaviy, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qo'llagan holda olxo'ri mahsulotlarini yetishtirish, yig'ishtirib olish, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha chora tadbirlarni amalga oshirish" ishlab chiqilgan chora tadbirlarda nazarda tutilgan ishlar bilan ham hamohangdir.

Respublika statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 2023 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 7,9 % ga oshgan, jumladan, olxo'ri (quritilgan) mevasi eksporti 34 ming tonnani tashkil etgan.

Bundan kelib chiqib, tadqiqotimiz bizning oldimizga olxo'ri mahsulotlarini keng qamrovli qayta ishlash va saqlashning zamonaviy-innovatsiyon usullarini izlab topishdek asosiy vazifalarni qo'yadi.

Ilmiy tadqiqot uslubi. Tadqiqotda olxo'ri mevalarini quritish "Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash" kengashi tomonidan qabul qilingan 341302017 GOSTi bo'yicha, quritilgan mahsulotlarining organoleptiik ko'rsatkichlari 8756.1-2017 GOSTi, quruq modda miqdori 33977-2016 GOSTi, 28562-90 GOSTi, namlik miqdori 28561-90 GOSTi, S vitaminining miqdori 24556-89 GOSTi, qand miqdori 8756.13-87 GOSTi, Z.S.Iskandarovning (2005) «Научние основы регулируемого теплового процесса сушки пишевых продуктов високий влажности» nomli uslubiy qo'llanmalarda va tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturlarida, 0,95% ishonchlilik oralig'i bilan B.A.Dospexov(1985) uslubi bo'yicha hisoblandi.

Tadqiqot 2023-2024 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasining tajriba laboratoriyasida va Namangan viloyatida joylashgan "Nazirjon Ilhomjon Arabboy" fermer xo'ligiga qarashli saqlash omborxonasida amalga oshirildi.

Tadqiqotning maqsadi olxo'ri mahsulotlarining turli xil navlarini eng asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan saqlash va quritish bo'g'inini samarali va sifatli tashkil etish va shu bilan birga olxo'ri mahsulotlari hosilini saqlash va quritish jarayonida tarkibidagi yuqori oziqaviylik va foydalilik xususiyatiga ega bo'lgan moddalarni parchalanib ketishini oldini olgan holda ishlarni tashkil etish.

Tadqiqot obekti respublikada rayonlashtirilgan olxo'ri mahsulotlarini saqlanuvchan va quritishga mos navlari (Qora olu, Berton, Vengerka fioletovaya, Superior, Prezident), saqlash va quritishda resusrtejamkor texnologiyalar.

Tadqiqot natijasi. Olib borilgan tadqiqotlar davomida olxo'rining turli navlarini Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasining tajriba laboratoriyasi muzlatgichlarida va Namangan viloyatida joylashgan "Nazirjon Ilhomjon Arabboy" fermer xo'ligiga qarashli saqlash omborxonasida saqlangan mevalarning saqlanuvchanlik xususiyatlari hamda sifat ko'rsatkichlari aniqlandi. Izlanishlardan ma'lumki, mevalarni saqlashda asosan ularning nav xususiyatlariga va xom-ashyoning pishib yetilganlik davrlariga e'tibor qaratiladi. Biz tajribamiz davomida olxo'ri mevalarining tarkibidagi saqlashga joylashtirishdan oldingi suv

miqdorini labaratoriya sharoitida vlagomer uskunasi orqali aniqladik. Bunda uskunaga olxo'ri mevalarining bir qismidan 3,458 gr namuna misolida tajriba olib borildi (1-rasm).

a) b) d)

(1-rasm. a) olxo'ri mevasini bo'laklarga bo'lingan holati. b) olxo'ri mevasini vlagomer uskunasida qurutish jarayon. d) olxo'ri mevalari bo'laklari tarkibidagi qoldiq namlik miqdori

aks ettirilgan jarayon

Tadqiqot natijasiga ko'ra nazorat naviga yoki boshqa navlarga nisbatan Berton navining tarkibida faol suv miqdori va sarflangan vaqt birmuncha past ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, Berton navini boshqa navlarga qaraganda uzoqroq muddat asl holicha saqlash imkoni yuqori. Bu nav o'zining ekzokarpiy qavatining qalinligi, mezokarpiy qavatining etdorligi, tarkibida quruq moddalarning yuqoriligi va kechpisharligi (ayniqsa, vodiy hududlarida) bilan ajralib turdi (1-jadval).

1-jadval

Olxo'ri navlari tarkibidagi namlikni aniqlash. (2024 yil.)

T\r Navlar Namuna, (gr) Sarflangan vaqt, (daq) Namlik, (%)

1 Qora olu (nazorat) 3,458 92 89,32

2 Berton 3,458 87 87,59

3 Vengerka fioletovaya 3,458 91 88,03

4 Superior 3,458 97 89,74

5 Prezident 3,458 95 88,71

Aytish joizki Superior navining tarkibidagi namlik boshqa navlarga nisbatan yuqori bo'lganligi tufayli, bu navga xos bo'lgan mevalarni uzoq muddatlargacha saqlashda qiyinchiliklar tug'dirishi aniqlandi. Ushbu navninig saqlanuvchanlik xususiyati pastligining yana bir omili bu navning Berton naviga qaraganda ertaroq muddatlarda (iyul oyining ikkinchi yarmi) pishib yetilishidir. Tajribalarimizda ob'ekt sifatida tanlab olingan olxo'ri navlarini laboratoriya sharoitida harorat +3-40C da sovutkichli uskunalarda saqlash yuzasidan tadqiqotlar olib borildi (2-rasm).

2-rasmda olxo'ri mevalarini polimer qutilarda saqlash jarayoni aks ettirilgan. 2024yil.

Xulosa

Olxo'ri mevalari tez buziladigan va saqlash muddati qisqa bo'lgan mevalar qatoriga kirsada, ularning uzoqroq saqlanishi mevalarning pishib yetilish bosqichlariga bog'liq ekanligi o'rganildi. To'g'ri yetuklik bosqichida terib olish optimal saqlashni ta'minlashning eng yaxshi usullaridan biri ekanligi aniqlandi. Asosiy maqsad - mevani to'liq pishib yetilish qobiliyatini saqlab qolish va texnik yetilgan holati maksimal saqlash muddati uchun optimal saqlash imkonini berdi. Olxo'ri odatda, manbaalarda keltirilishicha 0 ° C haroratda 85% -90% nisbiy namlikda saqlanadi. Bunday sharoitda mevalar turlari, navlari, mevalarning pishib yetilish bosqichlari va boshqalarga qarab 2-4 hafta davomida saqlanishi mumkin. Texnik yetilgan davrda terib olingan mevalarni 00C dan 30C da ham 3,5-4 oy davomida saqlash mumkinligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. "Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo'jaligi vazirligi x,amda "Denizbank" x,amkorligida tayyorlangan "100 ta kitobdan" iborat to'plami.

2. Bo'riyev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg'ulotlar. Toshkent: Yzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

3. Xudayberdiyeva L.A. "Olxo'ri navlarini zamonaviy-an'anaviy usullarda saqlash va tashish texnologiyasi". Toshkent: "O'zbekiston agrar fan xabarnomasi" jurnal., 2023.

4. Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo'janazarova M.Q. "Studying the process of phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of Namangan region". E3S Web of Conferences 486, 02012 (2024) AGRITECH-IX2023.

5. Xudayberdiyeva L.A., Xo'janazarova M.Q. "Olxo'rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish". «Eurasian Journal of Academic Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). - Evroosiyo akademik tadqiqotlar jurnali. 2023.

6. Xudayberdiyeva L.A. "Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida yetishtirilgan olxo'rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat ko'rsatkichlarini o'rganish". "O'zbekiston agrar fan xabarnomasi" jurnal. "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion texnologiyalar asosidagi yechimlari" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. - Toshkent. 2023.

7. Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., Xo'janazarova M.Q. "Исследование промышленных сортов слив и совершенствование технологий хранения и сушки". "UNTVERSUM:TEXHH4ECKHE НАУКИ" xalqaro ilm-fan jurnali. - Moskva, 2023.

8. Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., "Olxo'ri (g'ayloli) navlari va ularni qayta ishlash usullari". Лучшие интеллектуальные исследования". международный научный электронный журнал часть-12 том-2.январь - 2024.

9. Our preservative can prolong shelf-life of plums by 1.5-3 times." Manager Li.Shandong Aoweite Biotechnology Co., Ltd.

10. Sagi- Kiss Virag, Sim S.Fong and Richard G. Brereton,"Prediction of Moldy Spoilage of Fruits"

11. Sangeeta Dwivedi, Palash Prajapati, Narendra Vyas, Sapna Malviya, Anil Kharia,(2017). "A Review on Food Preservation: Methods, harmful effects and better alternatives". Asian Journal of Pharmacy and Pharmacology

12. Preservation Techniques of Plums - A Review, M. R. Sharmin, M. N. Islam and M. A. Alim, (2015)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.