TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN QOVOQ MEVALARINI TURLI MUDDATLARDA VA USULLARDA SAQLASH
1Umidov Shavkat Ergashevich, 2Polvonov Umrbek Pirmat o'g'li
1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti 2Toshkent davlat agrar universiteti magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.13951071
Annotatsiya. Ushbu maqolada qovoq mevalarini sifatli saqlash muddatlarini aniqlash bo'yicha izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, saqlashning turli usullari bo'yicha tajribalar o'tkazilgan. Olingan natijalar bo'yichaxulosalar taqdim etilgan.
Kalit so'zlar: qovoq, harorat, havoning nisbiy namligi, organoleptic baholash, quruq modda, kraxmal, sovitish.
Аннотация. В данной статье были проведены исследования по определению сроков качественного хранения плодов тыквы. Также проводились опыты по различным способам хранения. Выводы по полученным результатам представлены.
Ключевые слова: тыква, температура, относительная влажность воздуха, органолептическая оценка, сухое вещество, крахмал, охлаждение.
Annotation. In this article, studies have been conducted to determine the terms of high-quality storage of pumpkin fruits. Experiments were also conducted on various storage methods. Conclusions on the results are presented.
Keywords: pumpkin, temperature, relative humidity, organoleptic evaluation, dry matter, starch, cooling.
Dolzarbligi
Qishloq xo'jaligi ekinlari mavsumiy bo'lganligi sababli, bu soha dolzarb hisoblanadi. Ko'p tadqiqotchilarning qayd etishiga qaraganda, boshqariladigan sharoitda (6-8°C harorat va havoning nisbiy navligi 75-80% bo'lganda) naviga qarab qovoqni 2-4 oydan bir yilga qadar saqlash mumkin. Ammo, boshqarilmaydigan muhitda va kesilgan holatda saqlashnig tahlili bo'yicha adabiyotlar yetarli emas. O'zbekistonda qovoq yetishtirish va iste'mol qilish boshqa sabzavotlar kabi keng tarqalmagan. Uning rayonlashtirilgan navlari ushbu tovar mahsulotini mamlakatimizning ko'pgina mintaqalarida aholini talabini qondiradigan darajada ishlab chiqarish va realizatsiya qilish imkonini beradi.
Boshqarilmaydigan muhitda saqlash
Tadqiqotlar davomida har xil tur va navlarga xos bo'lgan qovoq mevalarini boshqarilmaydigan muhitda saqlash bo'yicha tajribalar olib borildi (harorat 14-22°C va havoning nisbiy namligi 75%dan oshmagan holda). Bu tajribalar bo'yicha ma'lumotlar 3.1-jadvallarda keltirilgan.
Qovoq mevalarini butun holatda boshqarilmaydigan muhitda saqlaganda ularning biokimyoviy tarkibi va iste'mol qiymati 180-240 kungacha yo'qolmasligi ma'lum bo'ldi. Qovoq mevalari odatda uzoq muddat saqlashga yaroqli mahsulotlar hisoblanadi. Tajribalar davomida bu yana o'z tasdig'ini topdi. Qovoq mevalarlari tarkibidagi muhim komponentlar tarkibi ham uzoq muddat saqlanib turdi. Qovoq mevalarini boshqarilmaydigan muhitda saqlaganda barcha navlarga mansub mevalar tarkibidagi quruq moddalar miqdori doimiy ravishda kamayib bordi.
Saqlash davomida qovoq mevalarining biokimyoviy tarkibi muntazam ravishda o'rganib borildi. Shuningdek, uglevodlar, organik kislotalar va vitaminlar miqdori ham kamayib borish
tendensiyalari kuzatildi. Kraxmal miqdori vaqt o'tishi bilan keskin kamayib bordi, saqlashning so'ngi davrlariga kelib Voljskaya seraya 92 navidan boshqa barcha navlarda kraxmal umuman qolmadi.
Saqlash davomida tarkibi jihatdan sifatlilik xususiyatlarini ko'proq qattiq po'stli madaniy turiga mansub navlar ko'proq namoyon etdi. Ayniqsa Non kadi navi mevalari boshqa navlarga nisbatan yaxshi saqlandi.
Bu navga mansub qovoq mevalari tarkibi quruq modda miqdori dastlab o'rtacha 18,84%ni tashkil qilgan bo'lsa, 60 kundan so'ng 17,9 %ni, 120 kundan so'ng 15,88%ni, 180 kundan so'ng 15,16%ni, 240 kundan so'ng esa 14,48% ni tashkil etdi. Bu esa uning tarkibi nisbatan barqaror saqlanganligini bildiradi. Boshqa navlarda esa Non kadi naviga nisbatan keskinroq quruq modda miqdori kamayishi kuzatildi.
O'z navbatida qand miqdori kamayishi ham shu tendensiyani takrorladi. Faqatgina saqlashning 240 - kuni tarkibida kraxmal qolmaganligi ma'lum bo'ldi. Ammo, monosaxaridlar, saxaroza, organik kislotalar va boshqa komponentlar miqdori keskin kamayib ketmadi.
Saqlash davomida eng past saqlanuvchanlik xususiyatlari yirikmevali qovoq madaniy turiga mansub Medovaya navida va Muskat qovoq madaniy turiga mansub Kashgarskaya 1644 navida kuzatildi.
Qovoq mevalarini tilim holatda sovutib saqlash
Sotuvda ko'pincha qovoqni kesilgan holat - 0,5-1,5 kg massadagi tilimlar shaklida realizatsiya qilishga ehtiyoj yuqori bo'ladi. Bunga sabab, qovoqning bitta mevasi uy sharoitida bir martada ishlatish uchun odatda ko'plik qiladi. Shu nuqtai nazardan, ularni yarim tayyor mahsulot sifatida sotuvga chiqarish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu sababli sovutilgan holatda tilim holatida kesilgan yarim tayyor mahsulot sifatida qovoq mevalarini saqlash bo'yicha tajribalar olib borildi. Bunda asosiy maqsad qilib tilim holatida qovoq mevalarini saqlashning optimal muddatlarini o'rganish olindi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra uy sharoitida tilim holatida kesilagn qovoq mevalari 3-5 kun saqlanishi ma'lum bo'ldi. Ammo ba'zi hollarda ko'proq muddat saqlash uchun talab etiladi. Kesilgan holatda qovoq mevalarini saqlash davomida uning biokimyoviy tarkibi, organoleptik xususiyatlari va boshqa ko'rsatkichlarining o'zgarishi, haqidagi ma'lumotlar adabiyotlarda keltirilmagan. Biz tajribalarimizda ushbu tadqiqotlarni ham amalga oshirdik.
Qovoq mevalarining iste'mol qiymatlarini o'zgarishini o'rganish maqsadida tadqiqot olib borilayotgan navlardan 500 grammdan oshmagan holda kesib saqlashga tayyorladik. Kesilgan qovoq tilimlari sovutish kamerasida +2...+4°C haroratda va havoning nisbiy namligi 80-90% bo'lgan sharoitda saqlandi. Organoleptik va mikrobiologik ko'rsatkichlarni aniqlash bo'yicha tahlillar 5,10, va 15 kun, biokimyoviy ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha tajribalar 3,6,9,12,15 kunlar oralig'ida olib borildi.
Tadqiqot olib borilgan qovoq mevalarini tilim shaklida saqlaganda biokimyoviy tarkibining o'zgarishi. Qovoq mevalarining pishib yetilishida, saqlashda murakkab biokimyoviy o'zgarishlar kechadi. Meva palakdan uzib olingandan keyin suv va boshqa oziqa moddalari kelishi to'xtaydi. Mevalarining sifatini saqlab turuvchi energiya kelishi to'xtaydi va aksincha, mevalar sarf qilishni boshlaydi, natijada oziqa moddalar kamayishi yuzaga keladi.
Barra mahsulotning biokimyoviy tarkibi o'zgarishini asosiy tendensiyalarini aniqlandi. Asosan, saqlash davrida asosiy oziqa moddalar miqdorining kamayishi kuzatildi. Faqatgina, saqlashning dastlabki bosqichlarida qovoq mevalarining tarkibidagi kraxmalning gidrolizi natijasida B-karotin va saxaroza miqdori oshadi.
1-jadval
Qovoq mevalarining kesilgan tilimlarini saqlashda biokimyoviy tarkibining o'zgarishi (2024 y.)
Saqlash muddatlari, kun Quruq modda, % Uglevodlar Askorbin kislotalar mg/100 g
Shu jumladan Qand miqdori, %
monosaxara , % saxaroza, %
Ispanskaya 73 (C. maxima Duch.)
0 14,44± 0,012 5,22± 0,045 2,30± 0,016 7,52± 0,025 13,15± 0,012
3 13,89± 0,054 5,57± 0,0,51 1,58± 0,010 7,15± 0,039 12,29± 0,026
6 13,22± 0,022 6,02± 0,014 0,99± 0,054 7,01± 0,074 11,78± 0,032
9 12,78± 0,014 5,61± 0,020 1,74± 0,023 7,35± 0,056 11,23± 0,021
12 12,45± 0,054 5,59± 0,033 1,67± 0,010 7,26± 0,030 10,12± 0,036
15 11,95± 0,050 5,53± 0,028 1,63± 0,065 7,16± 0,054 9,86± 0,069
Voljskaya seraya 92 (C. maxima Duch.)
0 25,92± 0,04 2,89± 0,087 9,22± 0,012 12,11± 0,027 20,55± 0,056
3 25,67± 0,063 3,31± 0,019 8,11± 0,019 11,42± 0,063 19,92± 0,097
6 25,36± 0,010 3,56± 0,052 7,25± 0,036 10,81± 0,087 19,23± • 0,013
9 23,52± 0,045 5,03± 0,063 6,23± 0,041 11,26± 0,011 18,30± 0,074
12 23,11± 0,078 4,11±0,014 6,93± 0,085 11,04± 0,060 17,05± 0,029
15 22,68± 0,045 3,08± 0,032 7,51± 0,026 10,59± 0,085 10,69± 0,015
Non kadi (C. rero L.)
0 18,84± 0,023 2,22± 0,010 5,31± 0,014 7,53± 0,021 40,83± 0,026
3 18,25± 0,004 2,28± 0,022 5,01± 0,056 7,29± 0,063 39,87± 0,014
6 17,78± 0,052 2,41± 0,030 4,78± 0,032 7,19± 0,098 39,15± 0,069
9 17,26± 0,033 2,51± 0,077 4,69± 0,002 7,20± 0,041 36,44± ' 0,025
12 16,58± 0,012 2,04± 0,029 5,65± 0,033 7,69± 0,063 34,07± 0,036
15 15,98± 0,056 1,88± 0,016 6,38± 0,019 8,26± 0,041 30,96± 0,054
Palov kadu 268 (Cucurbita moschata Duch.)
0 10,96±0,012 5,42±0,063 1,15±0,010 6,57±0,041 18,77±0,052
3 10,29±0,072 4,91±0,029 2,040,065± 6,950,012± 18,61±0,033
6 9,57±0,038 4,130,058± 2,77±0,020 6,90±0,065 18,36±0,018
9 8,75±0,029 3,55±0,010 2,96±0,065 6,51±0,087 16,45±0,063
12 7,89±0,042 3,71±0,054 2,85±0,087 6,56±0,019 15,01±,014
15 7,05±0,019 3,93±0,032 2,77±0,017 6,70±0,026 13,15±0,028
Qovoq mevalari segmentlarini saqlash mobaynida uning organoleptik xususiyatlarini aniqlash bilan bir qatorda tarkibidagi quruq moddalar va undagi qand miqdorini saxaroza va monosaxaridlar salmog'i bilan, shuningdek kraxmal, organik kislotalar va vitaminlar miqdori ham o'rganildi.
Qovoq mevalari tilimlarini sovutish kameralarida +2...+4°C haroratda va 80-90% havoning nisbiy namligida saqlash bo'yicha ma'lumotlar 1-jadvalda aks etgan.
Ta^pHÖa^ap shuni ko'rsatadiki, saqlash davomida barcha navlarda quruq modda miqdori
kamayishi kuzatildi.
Meva-sabzavotlarda qandning sifat va miqdor o'zgarishining asosiy sababi uning nafas olishi hisoblanadi. Birinchi navbatda nafas olish jarayonida monosaxaridlar, shuningdek organik kislotalar, yog'lar, oqsillar va fenol birikmalar ishtirok etadi.
Quruq moddalarning asosini qand va kraxmal tashkil etadi. Umuman olganda yirik mevali qovoq turiga mansub Ispanskaya 73 va Voljskaya seraya 92 sezilarsiz darajada monosaxaridlarning oshishi kuzatildi va mos ravishda 5,9% va 6,6% ni tashkil etdi. Xuddi shu turga mansub Rossiyanka navida ushbu ko'rsatkich 5,8 %ga pasaydi. Medovaya navida esa o'zgarishsiz qoldi. Monosaxaridlar kamayishi qattiq po'stli turga mansub bo'lgan Biryuchekutskiy 27 navida 15,3%, Kustovaya oranjevaya navida 27,5% ga pasayishi kuzatildi.
Shu tariqa barcha navlarda saqlash davomida (15 sutka) monosaxaridlarning kamayib borishi tendensiyasi kuzatildi. Faqatgina yirik mevali turga mansub qovoq navlarida bu jarayon kech sodir bo'ldi, saqlashning birinchi yarmida qovoq mevalari yetishilish davrini o'tkazdi.
Xulosa
1. Qovoq mevalarini butun holatda boshqarilmaydigan muhitda saqlaganda ularning biokimyoviy tarkibi va iste'mol qiymati 180-240 kungacha yo'qotmaydi (harorat 14-22°C va havoning nisbiy namligi 75%dan oshmagan sharoitda).
2. Kesilgan qovoq tilimlarini +2....+4°C haroratda va havoning nisbiy namligi 80-90% bo'lgan sharoitda saqlaganda chegaralangan saqlash muddati 10 kunni tashkil etadi. Michurinskaya sladkaya 13 va Voljskaya seraya 92 navlari mevalari tilimlarini 10 kungacha sifatli saqlash mumkin, boshqa navlar mevalari tilimlarini 5 kun saqlash tavsiya etiladi. Yirik mevali turiga mansub Medovaya navi mevalarini tilim shaklida tadqiqot olib borilgan sharoitda saqlash uchun umuman yaroqsiz ekanligi ma'lum bo'ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Umidov Sh.E. Sharbatbop qovoq navlarini tanlash va ulardan sharbat olish texnologiyasi. // Agrokimyo himoya va o'simliklar karantini jurnali. - Toshkent, 2019. - № 3. - B.57-58 (06.00.00; № 11).
2. Umidov Sh.E.. Agrobiological and Technological Peculiarities of Juicy Pumpkin Varieties. // International Journal of science and research (IJSR). - India, 2019, - Volume 8, - Issue 11, - P.1227-1231 (№12-Index Copernicus ICV=79.57; №23-SJIF, IF=7.426; №40-Research gate, IF=0,28).
3. Umidov Sh.E. Normatov T.B. Sharbatbop qovoq navlarining xususiyatlari. // Agro Hidro NEWS jurnali. - Toshkent, 2019. - № 10. - B.24-25.
4. Umidov Sh.E., Bo'riev X.Ch. Sharbatbop qovoq navlarini saqlash va ulardan sharbat olish bo'yicha tavsiyanoma. - Toshkent, ToshDAU tahririyat-nashriyot bo'limi, 2019. - 16 b.