Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
OLIY TA'LIM TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH: JORIY
ETILISH ISTIQBOLLARI
Mukhiddin Primov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dosenti, f.f.n.
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan TOP-1000 talik universitetlarida mustaqil ta'limning ulushi eng kamida 50% dan yuqorini tashkil etmoqda. Ushbu munosabat bilan respublikamiz oliy ta'lim tizimida ham mustaqil ta'limni joriy etishdagi tranformasiya masalalari, mustaqil ta'limni joriy etishdagi eng rivojlangan TOP-1000 talikdagi universitetlarning samarali tajribalari, transformasiya jarayonida mustaqil ta'limni joriy etishdagi oliy ta'lim tizimi oldida turgan muammolar va ularning yechimi istiqbollari muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim (MT), mustaqil ish (MI), konsepsiya, o'qituvchi rahbarligida mustaqil ish, o'qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish, auditoriyadagi MI, auditoriyadan tashqaridagi MI, kichik guruhlarda ishlash bo'yicha loyiha ishi shaklidagi MI, MT ta'minlash bo'yicha me'yoriy hujjatlar, MT bo'yicha ilmiy-metodik materiallar, MTda o'quv adabiyotlar bilan ishlash, MTda elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bilan ishlash.
Mamlakatimizning yangi davrdagi taraqqiyot bosqichida ta'lim sohasidagi islohotlarni jadal tus olishida "Ta'lim to'g'risida"gi qonunni yangi tahrirda qabul qilinishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizasiya qilish va ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda, ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga strategik masalalar sifatida alohida ahamiyat berilgan. Jumladan, Konsepsiyada "mustaqil ta'lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonini amaliy ko'nikmalarni
17-aprel, 2024
45
Tashkent State University of Economics
shakllantirishga yo'naltirish, bu borada o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish" vazifasi belgilangan. Shuningdek, unda ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim olishlari, mustaqil ishlash, malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarga ega bo'lishi, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga erishishlari mumkinligi ta'kidlangan. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta'lim jarayonini tashkil qilish muhim o'rin tutadi. Hozirgi kunda o'quv rejalarda talabalar o'quv yuklamasining hajmi auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta'limning nisbati bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida 40/60 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha, magistratura mutaxassisliklarida 30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha ajratilgan. Ta'lim dasturining o'zgarishi jarayonida fanlarning bir qator masala va muammolari mustaqil ta'lim orqali o'rganilishi lozim. Mustaqil ta'lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bo'yicha dastur materiallaridan bir qismining mustaqil o'zlashtirilishidir.
Oliy ta'limning o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan biri mutaxassisni o'zini-o'zi rivojlantirishga, mustaqil ravishda bilimini oshirishga, innovasion faoliyatga qobil bo'lgan ijodiy shaxsiyatini shakllantirishga yo'naltirishdan iboratdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun tayyor bilimlarni o'qituvchi tomonidan talabaga berishning o'zigina kamlik qiladi. Bunday yo'l talabani bilimlarni o'zlashtirishning passiv iste'molchisiga aylantirib qo'yadi. Vaholanki, bugun bizga bilimlarni o'zlashtirishdagi passiv iste'molchi emas, balki uning faol ijodkori zarurdir. Natija shunday bo'lishi kerakki, bo'lg'usi mutaxassis har qanday nazariy va amaliy muammoni ifodalay oladigan, uni yechishning yo'llarini ilmiy yoki metodik jihatdan tahlil qilishni uddalaydigan eng munosib va muvofiq natijalarni topib, uning to'g'riligini isbotlab bera oladigan bo'lsin. Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar ta'lim mazmuni bilan chambarchas bog'liq. Yangilanishlar talabalar o'qishini tashkil etishning yangi shakli va usullari haqida ham bosh qotirishni talab etadi. Shu ma'noda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish muhim shaklgina emas, balki ta'lim jarayonining asosini tashkil etuvchi muhim qism bo'lishini taqozo etadi. Bularning barchasi ta'lim berish (olish)ning zamonaviy metodlarini egallashni, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishni har bir talabaning imkoniyat va salohiyatini e'tiborga olgan holda, guruh o'qishlaridan individual o'qishga o'tishni ko'zda tutadi. Bu jarayonni shunday tashkil etish lozimki, uning natijasida talabaning mustaqil bilim olishi va bu bilimlarini hayotga tatbiq etishga oid qobiliyati, ko'nikma va malakalari shakllansin.
46
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil qilish maqsad va vazifalari qanday bo'lishi lozim: talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi — talabada o'quv ishlarini mustaqil bajarishda kerak bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalarning tashkil topishi va rivojlanishidir. Talabalar mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: a) mustaqil ishlarni bajarish uchun yangi ma'lumot qidirishga kerakli chora-tadbirlarni aniqlash; b) informasion manbalardan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida foydalanish; v) me'yoriy hujjatlar, ilmiy-metodik materiallar, o'quv adabiyotlar bilan ishlash; g) elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bilan ishlash; d) ish rejalarini ekspertizaga tayyorlash, ekspert xulosasiga ko'ra ularni qayta ishlash, ishning tizimli va ijodiy bajarilishi uchun sharoit yaratish; ye) ishlab chiqilgan yechimni, g'oya yoki loyihani izohlash va himoya qilish.
Talabalar mustaqil ishi uchun belgilangan vaqt me'yoriga binoan kafedralarda barcha predmetlardan tashkiliy shakllar, mustaqil ish variantlari va mustaqil bajarish topshiriqlari ishlab chiqiladi, ular fakul'tetning ilmiy-metodik kengashida va kafedra yig'ilishlarida muhokama qilinib, tasdiqlanadi. Talabalar mustaqil ishini tashkillashtirish uning metodik ta'minlanishining tematikasi va shakllari ro'yxatini tuzish uchun har birining maqsad va vazifalarini ifodalab berish, yo'riqnoma yoki metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ilmiy adabiyotlarni tanlash degani.
Mustaqil ta'lim bir tomondan, o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat. Mustaqil ta'lim ikkinchi tomondan, olingan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash, qo'shimcha ma'lumot yoki materialni mustaqil o'rganish maqsadidagi o'quv shaklidir. Mustaqil ish — o'qituvchining topshirig'i va uning rahbarligida o'quv vazifasini hal etadigan ta'limning faol metodi bo'lib, mustaqil ish bu qo'yilgan maqsad bilan bog'liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o'z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir. Ta'bir joiz bo'lsa, bo'lajak mutaxassisning fikrlash tarzini tarbiyalashga qaratilgan barcha harakat-faoliyat ularning asosini tashkil etadi. Talaba mustaqil fikri tug'ilishiga, uning bilish faolligini oshirishga imkon beradigan har qanday mashg'ulot turi mustaqil ishlar bilan chambarchas bog'liqdir. Mustaqil ta'limni talabalarga bilim berishda ularni o'z holiga tashlab qo'yib, ularga beriladigan topshiriq va yuklamalarni kamaytirish deb tushunmaslik kerak, balki o'qituvchilar tomonidan muntazam boshqariladigan
17-aprel, 2024
47
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
oppçrfunitiesjoRealizeHumanPoientiaL
talabalarning interaktiv mustaqil faoliyatidir. O'quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta'limning roli katta. Buni anglagan holda, yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlariga ajratilayotgan mustaqil ta'lim soatlari ulushi muntazam oshirib borilmoqda. Talaba mustaqil ta'lim uning manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotganini tushunishi kerak. Aslida, talabaning mustaqil ishi degan tushuncha uning auditoriya va undan tashqarida, o'qituvchi rahbarligi ostida yoki o'qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi.
Har qanday fanni o'rganishda TMI ni tashkil etishning o'zaro aloqador uch shakli ko'zga tashlanadi: 1. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar. 2. Auditoridagi mustaqil ishlar. Bu bevosita o'qituvchi rahbarligida tashkil etiladi. 3. Ijodiy ish. Ijodiy shakl nihoyatda xilma-xil bo'lishi mumkin. Jumladan: o'rganilayotgan fanning alohida boblariga oid berilgan mavzu bo'yicha tahliliy ma'lumotlar, ma'ruza va yozma ishlar. Talabaga mavzu, hatto rahbarni ham tanlash huquqini berish maqsadga muvofiq bo'ladi; tanlangan fan bo'yicha illyustrativ materiallarni tayyorlash, bunda mavzu o'qituvchi tomonidan beriladi, uning mazmuni va shakli, ijrosi talaba tomonidan belgilanadi; hajmi, murakkabligi, mazmuni talabaning o'zi tomonidan shakllantiriladigan ilmiy krossvordlar tuzish; zamonaviy olimning ilmiy monografiyasiga, yozuvchining asariga asosiy g'oya va qoidalarni ajratgan holda, o'z shaxsiy asoslangan bahosi hamda foydalanishga tavsiyasi ko'rsatilgan taqriz yozish; turli xarakterdagi uy vazifalarini bajarish. Bunga mashq va masalalarni yechish, matnni tarjima qilish yoki qayta hikoyalash, adabiy yoki ilmiy manbalarni tanlash va o'rganish, turli jadvallarni tuzish, grafik ishlarni bajarish, turli hisob-kitoblarni amalga oshirish v.b. kiradi; talabadagi tashabbuskorlik va mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan individual topshiriqlarni bajarish. Alohida topshiriqlarni har bitta talaba yoki talabalarning bir qismi olishi mumkin; kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish; ilmiy-nazariy yoki ilmiy-amaliy anjumanlar, ko'rik-tanlovlar, olimpiadalarga tayyorgarlik; tanlangan mavzu bo'yicha ilmiy insho yozish. TMIga ijobiy munosabatni shakllantirish va rivojlantirish uchun har bir bosqichda ishning aniq maqsadi va qo'yilgan vazifalari tushuntirilishi, talabalar tomonidan ana shu maqsad va vazifalarning anglanganligi nazorat qilinishi kerak. Bu ishlar keyinchalik talaba tomonidan vazifalarni mustaqil tarzda qo'ya bilish hamda maqsadlarni tanlash ko'nikma va malakalarining shakllanishiga asos bo'ladi.
Talabalar mustaqil ta'limni tashkil etishda "Oliy ta'lim muassasalarida kreditmodul' tizimida talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha Yo'riqnoma" dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Yo'riqnomada talabalar mustaqil ta'limini tashkil qilishning ilmiy jihatlari, mustaqil ishlashlarining nazariy va
17-aprel, 2024
48
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
amaliy asoslari ishlab chiqilgan bo'lib, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun lozim bo'ladigan jarayonlar mazmunan tadqiq qilingan. Talabalar mustaqil ta'lim olishlarining asosiy ko'rinishlari va turlari batafsil bayon qilingan bo'lib, ularni ham nazariy, ham amaliy dars jarayonlarida bajarishlari mumkin bo'lgan mustaqil ish bajarish usullari ko'rsatib o'tilgan. Talabalarni mustaqil ishlashga jalb qilish maqsadida metodik tavsiyalar berilgan bo'lib, bu o'z navbatida, mustaqil ta'lim bilan shug'ullanuvchilar uchun yo'llanma hisoblanadi.
Mazkur yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 824-son qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 16 iyuldagi "Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 311-son buyrug'i asosida ishlab chiqilgan.
TMT tashkil etish bshyicha Yo'riqnoma quyidagi umumiy qoidalarga asoslanadi: 1.1. Talabaning mustaqil ta'lim yuklamasi o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 1.2. Talabaning mustaqil ta'limi auditoriya va auditoriyadan tashqarida (o'quv yuklamasida ajratilgan auditoriya soatini inobatga olmagan holda) bevosita o'qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning fan (modul') bo'yicha mavzularni mustaqil o'qib-o'rganishi tarzida amalga oshiradigan o'quv ishlari majmuini anglatadi. 1.3. Mustaqil ta'lim — o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat. Mustaqil ish — o'qituvchining topshirig'i va rahbarligida o'quv vazifasini hal etadigan ta'limning faol metodi. Mustaqil ish qo'yilgan maqsad bilan bog'liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o'z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir. 1.4. Mustaqil ish turi va shakli muayyan ta'lim yo'nalishi (mutaxassislik) hamda fan (modul')larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"// https://lex.uz/docs/4545884
17-aprel, 2024
49
Tashkent State University of Economics
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabr-dagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston — 2030" strategiyasi // https://lex.uz/ru/docs/-6600413
3. Narzullayevich, P. M., Abdiyevich, A. A. Z., & Muxammedovich, R. A. (2021). ACTUAL PROBLEMS OF ACTIVE CITIZENSHIP IN THE FORMATION OF A HIGH ECOLOGY CULTURE ([phrase omitted]). European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 8(1), 1047A-1047A.
4. Narzullaevich, P. M., & Abdievich, A. A. (2022). Value approach to the analysis of spiritual culture of Uzbekistan. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 131-139.
5. Narzullaevich, P. M. (2020). The issues of formation of youth legal culture in the development of civil society in Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(7), 355357.
6. Primov, M. (2023). Humanitarian And Deontological Aspects of Supporting the" Green" Economy and Its Development. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(6), 98-107.
50
17-aprel, 2024