TALABALARNING RANGTASVIR FANI BO'YICHA MUSTAQIL ISHLARIGA PYEDAGOGIK RAHBARLIK QILISH MYETODIKASI
Botir Boltabayevich Baymetov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at" kafedrasi
professori bbb19532506@gmail.com
Xusan Xolmuratovich Muratov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at" kafedrasida
dotsent v.b. husan.muratov@mail .ru
Mazkur maqola bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda rangtasvirdan mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi tashkil etish, uning texnologiyasi, ijodiy, va o'quv jarayonini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ularning motivatsiyasini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash, ijod jarayon, rangtasvirga barqaror, doimiy rivojlanib boradigan qiziqish uyg'otish, zarur mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirishga ko'maklashish masalalariga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, mustaqil ish, ta'lim texnologiyalari, rangtasvir, qalamtasvir, pedagogika, psixologiya, metod, badiiy ijod.
Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodi deganda biz talabaning qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyaga oid nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish bo'yicha amaliy va bilishga oid faoliyatini ma'lum vositalar yordamida tashkil qiladigan o'qituvchining izchil va tartiblangan o'zaro bog'liq harakatlari tizimini tushunamiz. Talabalarning mustaqish ishlari tizimida ta'limning barcha ma'lum metodlari u yoki bu darajada o'rin tutadi. Bu metodlar quyidagicha tasniflanadi: bilim manbasiga ko'ra og'zaki (lisoniy), ko'rgazmali, amaliy; talabalarning bilish faoliyati xarakteri va o'quv jarayonida o'qituvchining ishtirokiga ko'ra: axborotli-retseptiv, reproduktiv, muammoli mashqlar, tadqiqotchilik va evristik; o'qituvchi va talabalarning o'zaro
ANNOTATSIYA
KIRISH
hamkorligiga ko'ra: instruktaj (yo'riqnoma), mustaqil ish.
March, 2022
1. Axborotli-retseptiv metod o'qituvchi tomonidan ma'lum bir, asosan, nazariy plandagi axborotni ta'limning xilma-xil vositalari: ko'rgazmali qurollar, o'quv ishlari namunalari, foto reproduksiyalar, turli moslamalar va sh.k. dan foydalangan holda uzatishidan iborat. Uyga vazifa berishda o'rnatuvchi (tanishtiruvchi) suhbat, yo'riqnoma, pedagogik ustanovkalar berishda qo'llanadi.
2. Reproduktiv metod pedagog tomonidan tasviriy faoliyat usullari, qalamtasvir va rangtasvirni yuritishning metodik ketma-ketligi namoyishini nazarda tutadi. Bu metoddan foydalanganda o'qituvchi faoliyati yo'naltiruvchi, korreksiyalovchi (to'g'rilovchi, tuzatuvchi) xarakter kasb etadi, talaba esa turli xil mashqlar vositasida naturadan amaliy ishlarni bajaradi. Bu metod fakultetda rangtasvirga boshlang'ich o'qitishning butun davri davomida qo'llanadi hamda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy hisoblanadi.
Axborotli-retseptiv va reproduktiv metodlar ko'pincha o'zaro bog'liqlikda qo'llanadi, ammo birinchisi hamma vaqt ikkinchisidan oldin keladi. Birgalikda ular talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga ko'maklashadi, asosiy fikriy operatsiyalarni (tahlil, sintez, umumlashtirish, ko'chirish, tasniflash va boshq.) shakllantiradi, biroq ular talabalarning ijodiy qobiliyatlari rivojlanishini kafolatlamaydi.
Ijodiy mustaqillikni rivojlantirish uchun boshqa metodlardan foydalaniladi.
3. Muammoli mashqlar metodidan biz talabalarda tasviriy faoliyatga oid ma'lum ko'nikma va malakalar shakllanganidan keyingina foydalandik. U darajasi yanada yuqori bo'lgan tadqiqotchilik va evristik ta'lim metodlariga o'tish metodi hisoblanadi. Bunda pedagogning faoliyati muammoli vaziyatni yaratishdan iborat bo'ladi. Masalan, talabalarga havo bulut bo'lgan kunda natyurmort etyudini mustaqil bajarish vazifasi beriladi. Talabalar o'quv ustaxonasida yorqin top munosabatlari bilan natyurmort etyudini bajargani sababli bu topshiriq (aynan umumiy qorong'u fonda tonal munosabatlarni ifodalar) ular uchun ma'lum darajada qiyinchilik, yechilishi kerak bo'lgan muammoni keltirib chiqaradi. Muammoli mashoqlar metodi talabalarning mustaqillik, faollik darajasi oshishiga ko'maklashadi. Ta'limning boshlanishida uy vazifalarining katta qismi muammoli xarakterga ega bo'ladi, bu bilan keyingi kompozitsion o'quv-ijodiy topshiriqlarni bajarish uchun ancha mustahkam asos yaratiladi. Talabalar tomonidan muammoli topshiriqlar bajarilishida har bir tayyor ishning batafsil tahlilini berish, uning afzalliklari, xarakterli xatoliklarni ko'rsatish lozim bo'ladi. Bu muammoli mashqlar
metodini qo'llash samaradorligini oshirish hamda ta'limning
tadqiqotchilik va evristik metodlarini kiritish imkonini beradi.
March, 2022
4. Tadqiqotchilik metodi reproduktiv tasviriy faoliyat ko'nikmalarini o'zgargan, nostandart vaziyatda qo'llashni nazarda tutadi, muammoli mashqlar metodi kabi u ham tasvir nazariyasining nazariy qoidalarini o'zlashtirish va akvarel bo'yoqlar bilan ishlash usullarini o'rgangandan keyin qo'llanadi. Masalan, talabalarga yoritish rangi o'zgarganida naturaning rang xaraktaristialarini tadqiq qilish vazifasi beriladi. Bunda talabalar yangi, elektr nuri bilan yoritilgan, natyurmortning postanovkasi etyudini ishlaydi, shu vaqtga ular faqat kunduzgi (tabiiy) yoritilgan nayurmortlarni ishlagan. Bu metodning qo'llanishi talabalarning pedagogning oz miqdordagi korreksiyalovchi roli bilan mustaqil ishlash faolligi oshishiga ko'maklashadi.
5. Evristik metod. Tasviriy faoliyatga o'rgatishda bu metod talabalar tomonidan tasviriy faoliyatning tadqiqotchilikka oid o'zlashtiriHshini nazarda tutadi. Ikkinchi semestrda tematik natyurmort bo'yicha kompozitsion topshiriqlar bajariladi. Bu mustaqil ishlash uchun topshiriqlar bo'lib, produktiv (mahsuldor) tasviriy faoliyat shakllanishiga ko'maklashadi. Ta'limning bu metodini uyda bajarilgan kompozitsiyaga oid izlanishlar, qoralamalar va etyudlarni muhokama qilishda evristik suhbatlar shaklida amalga oshirishda o'qituvchining roli katta.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mustaqil ish - yakka tartibdagi jarayon, shu sababli uni tashkil qilishda uni bajaruvchining shaxsiy xususiyatlari inobatga olinishi kerak. Uy vazifalari tabaqalashtirilgan holda, alohida talabalar rangtasvir tajribasini egallashda duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni, shuningdek, guruh talabalaridan ayrimlari guruhdagi umumiy darajadan o'zib ketishi mumkin bo'lgan vaziyatni e'tiborga olgan holda berilishi kerak. O'qituvchilarning talabalarning amaliy harakatlari hamda xulqi va faoliyatini dasturlashtirishga oid kundalik ishlari individual pedagogik rejalashtirish mohiyatini tashkil etib, o'quv-tarbiya ishining hal qiluvchi sharti sifatida gavdalanadi. Bu haqida V.M. Korotov shunday yozadi: ta'lim va tarbiyaning individual dasturlarini ishlayotib pedagog asosiy vazifa - tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishni hal qiladi, ular faoliyatining muayyan dasturini: ular nimani, qachon va qanday qilishini belgilaydi. Talabalarning rangtasvir bo'yicha mustaqil ishlarini rejalashtirish har bir talaba tomonidan o'qituvchi rahbarligida ishlab chiqiladigan individual rejada o'zining aniq ifodasini topishi lozim. Bayon qilingan ta'lim metodlari o'qitishning doimo birlashtirib qo'llanadigan va o'zaro bog'liq bo'lgan usullaridan
foydalanishdan iborat bo'ladi. Ularni tanlash talabalarga berilishi
March, 2022
zarur bo'lgan dasturiy material va ularning individual qobiliyatlariga bog'liq. Pedagog faoliyati tuzilmasida N.V.Kuzmina quyidagi tarkibiy qismlarni ajratib ko'rsatadi: loyihalashtirish, konstruktiv, tashkilotchilik, kommunikativ va gnostik. O'qituvchining talabalarning mustaqil ishlariga rahbarlik faoliyatini ham shu komponentlar bo'yicha baholash maqsadga muvofiq. TMI rejalashtirishda rivojlantiruvchi ta'lim sohasidagi tadqiqotlar natijalarini hisobga olish muhim (S.Abdullayev, B.Azimov, B.Baymetov, V.V. Davidov, N.A. Menchinskaya, I.S. Yakimanskaya).
NATIJALAR
Yuqorida ta'kidlanganidek, talabalar mustaqil ishlarining samaradorligi, avvalo, talabalar faoliyatini tashkil qilishga bog'liq. O'qituvchi turli yo'llar va usullar yordamida talabalarning faolligini oshirishga intiladi. Usullar ta'limning o'ziga xosliklari, qo'llanadigan ta'lim metodlari va shakllariga bog'liq. Muammoli o'qitishda - bu muammoli vaziyatlar yaratish; axborotli-retseptiv va reproduktiv metodlar qo'llanganda - muayyan maqsadlarga erishish uchun talabalar xatti-harakatlarini batafsil rejalashtirish va sh.k. o'qituvchi va talabalarning faoliyati xarakteri va uni tashkil qilish usuli ta'lim shakllari bilan belgilanadi. Ular yakka tartibdagi (individual) guruhli: ham ma'ruza, ham amaliy mashg'ulot, ham seminar mashg'uloti va sh.k. bo'lishi mumkin.
Talabalarning rangtasvir bo'yicha mustaqil ishlari tizimida ta'limning asosiy shakli talabalarning yakka tartibdagi mustaqil ishlari hisoblanadi. Tanishtiruvchi ma'ruza o'tkazish maqsadga muvofiq bo'lib, unda talabalarga mustaqil ishlarning maqsadi, vazifalari, asosiy mazmuni, mustaqil ish jarayonida o'qituvchi va talabalarning o'zaro hamkorlik tartibi tushuntiriladi. Talabalarning mustaqil ishlari uchta asosiy yo'nalishda olib borilishi lozim: o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi o'qitish va o'zini o'zi boshqarish. Uni faollashtirish uchun:
- talabalarning mustaqil ishlashga motivatsiyasini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash, ijod jarayoni, umuman tasviriy san'at, xususan rangtasvirga barqaror, doimiy rivojlanib boradigan qiziqish uyg'otish;
- zarur mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirishga ko'maklashish;
- talabalar bilan ularning tayyorgarlik va qiziqish darajasini hisobga olgan holda yakka tartibda ishlash talab etiladi. Bularning hammasi
ko'p jihatdan o'qituvchining malakalari va istaklari, tajribasi, pedagogik mahoratiga bog'liq. Rangtasvir kafedrasi professor-
March, 2022
492
o'qituvchilar jamoasi tomonidanolib boriladigan tadbirlar majmuasi talabalar uchun rangtasvir bo'yicha mustaqil ishning barscha turlarini samarali va sifatli bajarish uchun maksimal darajada qulay vaziyat yaratish hamda talabalarning mustaqil ishlari bilan bog'liq ta'limning barcha funksiyalarini amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ular ikki guruhga bo'linadi: tashkiliy-metodik va ilmiy- metodik tadbirlar. Tashkiliy-metodik tadbirlar qatoriga: talabalarning mustaqil ishlarini rejalashtirish (mustaqil ish dasturi va o'quv rejalarini ishlab chiqish); talabalarning mustaqil ishlari uchun vaqt budjetini belgilash; talabalarni o'quv adabiyotlari va zarur ko'rgazmali vositalar bilan ta'minlash; auditoriyadan tashqari fakultet ustaxonasida mustaqil ishlash uchun imkoniyat yaratish; talabalarning mustaqil ishlari ustidan nazoratni ta'minlash kabilar kiradi. Sanab o'tilgan tadbirlar zarur, ammo talabalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun yetarli emas.
MUHOKAMA
Ilmiy-metodik tadbirlar qatoriga: talabalarni mustaqil ish metodlariga o'rgatish; talabalarning mustaqil ishlariga metodik rahbarlik, og'zaki yo'riqnomalar berish; talabalar mustaqil bajarishi uchun berilgan topshiriqlarning hajmi va mehnattalabligini aniqlash; talabalarning mustaqil ishlashi uchun o'quv va ijodiy topshiriqlar ketma-ketligini aniqlashtirish; fanlararo aloqadorlikni aniqlash va talabalarning mustaqil ishlashi uchun alohida topshiriqlarni ularga muvofiqlashtirish; yakka tartibdagi topshiriqlarni berish; bajarilgan ishlarni tahlil qilish, kamchiliklarni to'g'rilash bo'yicha tavsiyalar berish.
Boshqaruvga oid qo'llab-quvvatlash talabalarning uyda bajariladigan o'quv-ijodiy ishlarini tashkil qilishning mustaqil funksiyasi sanaladi. uning vazifalari talabaga kasbiy va ijodiy o'zini o'zi belgilash jarayonida zarar va adekvat yordam berishdan iborat. Boshqaruvga oid qo'llab-quvvatlash o'qituvchi tomonidan izchillik bilan kengaytirib boriladigan, talabalaning ijodiy salohiyatini realizatsiyalash, rangtasvir ko'nikma va malakalari, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni talab qiladigan muammoli-kreativ vaziyatlarni yaratish orqali amalga oshiriladi.
O'qishni boshlayotgan birinchi kurs talabalari, odatda, nimani o'rganishi kerakligi, qaysi ko'nikma va malakalarni ishlashi kerakligi, nima uchun boshqa emas, aynan shu topshiriqlar ta'lim dasturiga kiritilganinini to'liq bilmaydi. Birinchi kurs talabalarini oliy ta'lim metodlariga moslashtirish, jumladan, o'z faoliyatini o'i tashkil qilishga o'rgatish muammosini hal qilish o'qituvchilar rahbarligida ta'limning birinchi yili davomida maqsadli amalga
oshirilishi kerak. Talabalarning mustaqil ishlari umuman o'quv
March, 2022
jarayonini tashkil qilish bilan bog'lik va uning muhim qismini tashkil qiladi. Auditoriya mao'g'ulotlarida o'qituvchi talabalarning yetarlicha mustaqilligi va faolligini ta'minlashi kerak bo'lsa, uy vazifasini bajarishda uni tashkil qilish va zarur darajada rahbarlikni amalga oshirishi lozim. Bu jarayon samarali bo'lishi uchun o'qituvchi o'zining va talabalarning faoliyat natijalarini doimiy tahlil qilib borishi, erishilgan darajani rejalashtirgani bilan solishtirishi va keyingi ishlash uchun korreksiyalashi kerak.
O'qituvchining talabalarning mustaqil ishlariga rahbarlik bo'yicha harakatlari: 1) mustaqil ish zarurligini asoslash; 2) talabalarning mustaqil ishlarini klarni rejali tarzda murakkablashtirib borishni hisobga olgan holda rejalashtirish; 3) metodik yordam ko'rsatish; 3) talabalarning psixologik xususiyatlari va individual imkoniyayatlarini hisobga olish; mustaqil ish topshiriqlari xarakteri, murakkablik darajasi va ketma-ketligini korreksiyalash; 4) mustaqil ish bajarilishini nazorat qilish; talabalarning kasbiy o'sishini baholash; 5) rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun talabalarning faoliyatini korreksiyalash; 6) talabalarni erishilgan natijalarni o'zida o'zi tahlil qilishga jalb qilish. Bevosita rahbarlik asta-sekin va izchillik bilan bilvosita rahbarlikka almashtiriladi. Talabalarning auditoriyadan tashqari o'quv ishlari samaradorligini oshirish yo'llaridan bir mustaqil ish dasturini ishlab chiqish va shu dastur bo'yicha o'qitishni metodik ta'minlash hisoblanadi. Hajmi, beriladigan topshiriqlarning muvofiqlashtirilgani, takrorlar yo'qligi, talabalarga bog'liq bo'lmagan boshqa omillar bilan belgilanadi. Biroq barcha holatlarda ham u talabaning, mutaxassislik bo'yicha o'quv rejada belgilangan, real vaqt budjetini hisobga olishi lozim. Talabalarning mustaqil ishlari o'rtacha davomiyligi haftasiga 46 soatni tashkil etadi. Badiiy grafika fakultetlari 1 va 2 kurs talabalari uchun mustaqil ish dasturini ishlashda yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanildi. Biroq talabalar uydagi o'quv-ijodiy ishga sarflaydigan vaqtni, o'qituvchi rahbarligidagi mashg'ulotlardagi kabi, uzil-kesil belgilash qiyin, chunki mustaqil ish talabaning o'zi tomonidan tashqil etiladi va uning intensivligi talabaning qobiliyatlari, shaxsiy qiziqishlariga bog'liq bo'ladi.
Individual rejaga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: rangtasvir qonuniyatlarini egallashga tayyorlik darajasini hisobga olish; rangtasvir bo'yicha uyga vazifalar hajmining boshqa fanlar bilan mutanosibligi; har bir topshiriq uchun muayyan vazifani majburiy tartibda ajratib ko'rsatish; vazifalarni izchil murakkablashtirib borish; o'quv topshirig'ini bajarishda ijodiy yondashuvni rag'batlash. Tabiiyki, yakka tartibdagi topshiriqlar
March, 2022
bo'yicha ishlash o'qituvchilardan qo'shimcha sa'y-harakatlarni talab etadi. Biroq bu metodlarning samaradorligi shubhasiz.
XULOSALAR
Biz talabalar tomonidan o'quv-ijodiy topshiriqlarning bajarilishi ularning qiziqish va mas'uliyatini keskin oshirishi, tafakkuri va tasavvurini rivojlantirish, asosiysi, rassmom-pedagog uchun eng muhim sifat - ijodiy faolligini shakllantirishiga ishonch hosil qildik. Individual rejani tuzish talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda birinchi qadam bo'lishi kerak. Talabaning asosiy e'tiborini ukni bajarish, jarayonga formal emas, balki ijodiy munosabatga qaratish lozim. Bunda hal qiluvchi shart sifatida maqsadga intiluvchanlik, rejalilik va mustaqil mashg'ulotlarning muntazamligi hisoblanadi. Bunga tegishli materialni saralash va materialni mustaqil o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan ratsional mustaqil ish malakalarini shakllantirish hisobiga erishiladi. Rivojlantiruvchi ta'limga bag'ishlangan tadqiqot natijalarining tahlili TMI metodikasi uchun muhim xulosalarga kelish imkonini beradi: 1. Har bir alohida olingan talabaga nisbatan ta'lim faqat shu talabaning rivojlanish darajasiga moslashtirilgandagina rivojlantiruvchi bo'ladi. 2. Erishilgan darajadan kelib chiqish zarurati har bir talabada shu darajani aniqlashni talab etadi. Bu talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning muhim bosqichi. 3. Individual yondashuv talabalar mustaqilligini rivojlantirish uchun butun ta'lim davri mobaynida muhim. 4. Maxsus ko'nikma va malakalarni rivojlantirish maxsus vositalar - mazmuniga ko'ra optimal darajada murakkab va ratsional bilim, kasbiy faolyat ko'nikma va malakalarini shakllantiradigan rivojlantiruvchi topshiriqlarni nazarda tutadi.
Talabalarning mustaqil ishlarini rejalashtirishning namunaviy tuzilmasi quyidagilarni nazarda tutadi: 1) rangtasvirni o'rganish bilan bog'liq pedagogik-psixoloik, ijtimoiy va fiziologik omillarni farqlash; 2) talabalarning ta'limga tayyorlik darajasini; 3) talabalarning mustaqil ishlari dasturini ishlab chiqish. Taklif qilingan topshiriqlarni bajarish metodlari va vositalarni ko'rsatish; 4) kalendar-mavzuli reja tuzish.
Talabalarning mustaqil ishlari dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi munosabatlarning alohida turini o'z ichiga olgan o'z ta'lim muhiti zarur. Talabalarning auditoriyadan tashqari o'quv-ijodiy ishini optimal tashkil qilish alohida ishonch muhiti, hamkorlik, birgalikdagi ijodni nazarda tutadi. Talabaning sub'ektiv tajribasini faqat o'qituvchining professional sifatidagi pozitsiyasini hisobga
March, 2022
495
olgan holda maxsus tashkil qilingan bilim mazmani bilan almashish jarayonida aniqlash mumkin. Pedagogik hamkorlik (o'zaro ta'sir) - talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish va qo'yilgan ta-'limiy-tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning juda muhim vositasi.
Talabalarning ijodiy o'zini o'zi rivojlantirishi uchun ularning mustaqil ishlarini ta'lim oluvchi shaxsini nafaqat ta'lim, tarbiya ob'ekti, balki uning sub'ekti, ta'lim jarayonida hamkor sifatida tan olishni nazarda tutadigan "pedagog - talaba" shaxsga yo'naltirilgan o'zaro hamkorligi asosida tashkil qilish muhim. Bunday o'zaro hamkorlikning asosiy xarakteristikalari: o'zaro tushunish, o'zaro ta'sir, kelishuvchanlik, shaxsda ijobiysiga tayanish, ishonch, xayrixohlik, ob'ektivlik (xolislik), har ikkala tomonning faolligi, dialog hisoblanadi. Dialogga asoslangan o'zaro ta'sir tomonlarning bir-biriga hurmat bilan munosabyuatda bo'lishi, hamkorni boricha qabul qilish, samimiy fikr almashuvi, ochiqlik, samimiyat, oldindan shakllangan fikrlarning mavjud emasligi bilan ta'minlanadi.
O'qituvchining talaba mustaqil ishini tashkil qilishda u bilan o'zaro hamkorlikning birinchi bosqichi umumiy pedagogik-psixologik yondashuv bo'lishi lozim. Ikkinchi bosqich - individual topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Pedagogik o'zaro ta'sirning hamkorlik sifatida rivojlanishiga quyidagilar yordam beradi: hamkorlikdagi ijodiy ishga ijobiy ustanovka; hamkorlikdagi rejalashtirish; faoliyat natijalarini tahlil, uning maqsadi va shaxsiy mazmunini anglash; ishtirokchilar tomonidan faoliyat turlari va usullarini erkin tanlash, o'zaro yordam vaziyatini yaratish. Ta'lim amaliyotida talabalarning mustaqil ishlariga pedagogik rahbarlik ko'pincha topshiriqni taqdim qilish bilan cheklanadi. Talabalar nazorat ishini bajarganda bu o'zini to'lig'icha oqlaydi, chunki uning asosiy vazifasi - egallangan bilim va malakalarni aniqlash. Bu holatda o'qituvchi ayrim umumiy ko'rsatmalarnigina berishi mumkin. Biroq talabalarning mustaqil (uy) ishlarini tashkil qilishda o'qituvchining yo'riqnomasi katta ahamiyatga ega. Harakatni shakllantirishda yo'naltiruvchi tomon hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki u harakatning ijro qismini to'g'ri va ratsional qurishga qaratilgan. Yangi bilim va malakalarni o'zlashtirish maqsadini ko'zlagan topshiriqni mustaqil bajarishga kirishishdan oldin talaba buni qanday amalga oshirishini o'zi uchun bilib olishi kerak. Bu ishda talabaga yordam berish - tegishlicha yo'riqnoma berishi, ya'ni ishni qanday bajarish kerakligini tushuntirishi, zarur hollarda namoyish qilishi lozim bo'lgan, o'qituvchining vazifasi.
Mustaqil ishlar metodik tizimining taklif qilinayotgan
modeli topshiriqni bajarishdan oldin instruktaj o'tkazish, bevosita
March, 2022
instruktajdan asta-sekin bevosita instruktajga o'tish va keyinchalik tamoman istino qilishni nazarda tutadi. O'qituvchi borgan sari maslahatchi rolini bajarishga o'taditalabalarni bajarilgan ishni hamkorlikda tahlil qilishga jalb eta boradi, uning sifatli tomoniga alohida e'tibor berib, ta'lim oluvchilarni o'zaro nazorat va o'zini o'zi nazorat qilishga o'rgata boradi. Mazkur malakalar bilan qurollantirish barobarida o'z faoliyatining har bir qadamini, mustaqil ta'lim faoliyatining har bir bo'g'ini ahamiyatini anglashilishi, uning ta'limning pirovard maqsadiga erishishdagi rolini tushunishi uchun talabalar tomonidan anglashilishi borasida ishlar olib boriladiki, bu bo'lajak pedagog-rassomlar pedagogik salohiyatini shakllantirishda juda dolzarb hisoblanadi. O'qitish tajribasi va tajriba-sinov ishlari ko'rsatdiki, yo'riqnoma berilmaganda topshiriqlarni bajarish sifati pasayadi. Og'zaki frontal (yalpi) yo'riqnoma, odatda, talabalar hamma uchun umumiy topshiriqni bajarayotganda o'tkaziladi. Og'zaki yo'riqnoma - talabalarni topshiriqni bajarishga tayyorlashning tobora egiluvchan va universal metodi. Uning mazmuni guruhdagi muayyan sharoit va vaziyatga bog'liq. Ko'p hollarda ishning maqsadini tushuntirishga to'g'ri keladi. O'qituvchi talabalarning hammasi ish maqsadini aniq tushungani va topshiriqni bajarishda unga rioya qiloa olishiga ishonch hosil qilish uchun talabalar erishishi kerak bo'lgan pirovard natijalarga e'tibor qaratadi. Yangi topshiriq taqdim qilinganda kirish yo'riqnoma qo'yilgan vaziani talabalarda mavjud tayanch bilimlar, avval o'zlashtirilgan tajriba yoki harakatlar bilan bog'lash imkonini beradi. Kirish yo'riqnoma harakatlarni bajarishning mumkin bo'lgan usullari bo'yicha ko'rsatmalarni ham o'z ichiga oladi. Shunday qilib, talaba topshiriqni bajarayotib tayanishi mumkin bo'lgan mo'ljallarga ega bo'ladi.
REFERENCES
1. Botir Boltabaevich Baymetov, Muratov Khusan Kholmuratovich, Self Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X www.turkjphysiotherrehabil.org 30493 Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Vol. 63. No. 2, (2020) @ www. solidstatetechnology. us
2. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students'Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.
3. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And
March, 2022
497
Creative Talents Of Students In Art
Schools.
http://www.usajournalshub.com/index.php/tajssei. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.
4. Байметов Ботир Болтабаевич. Актуальные вопросы подготовки педагогических кадров республике Узбекистан. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» 2020/10. Том 1. 10 (31). Страницы 5-9.
11. Байметов Ботир Болтабоевич. Тасвирий санъатдан булажак рассом-укитувчиларни касбий тайёрлашда композиция фанининг назарияси ва методикаси. Science and education journal. 2020/4. Стр. 461-467
5. Байметов, Б. Б. (2020). Педагогика олий таълим муассасаларида талабаларга композиция фанини укитишнинг назарияси ва амалиёти. Science and Education,
6. Baymetov, B. B. (2020). Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. The American Journal of Applied sciences, 2(10), 154-159.
7. Botir Boltabaevich Baymetov. Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. 2020/10 Журнал. The USA Journals. Том 2. Страницы- 154-159
8. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021. Стр. 463-468 Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 26514451 e-ISSN 2651-446Xwww.turkjphysiotherrehabil.org 30495
9. B.B Baymetov. Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli tasvirlaridan bajarish myetodikasi. "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue. 357-365
10. Botir Boltabaevich Baymetov. oliy pyedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning ba'zi masalalari. academic research in educational sciences volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283 бетлар.
11. BB Baymetov, XX Muratov.Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini
1(7).
takomillashtirish texnologiyalari.Science and Education,
March, 2022
2021.349-354.
12. Мукаддам Тожикузи кизи Хамрокулова, Рашид Неъматович Зульфиев, Ботир Болтабаевич Байметов. Теория и практика преподавания академического рисунка в подготовке будущего художника педагога. Science and education scientific journal. 2020/12.Том 1. Номер 9. стр 364-372.
13. Botir Boltabaevich Baymetov. Art Of Modern Uzbekistan: The History Of Its Development During The Years Of Independence. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2020/10. 125-132.
14. BB Boltaboevich. Methods of portraiture in the process of making sketches and drawings of the human face in higher pedagogical education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020. Том 24. Номер 5.Страницы 6408-6415.
15. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2021/1. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021.том З.номер 1. Страницы 463-468.
16. BB Baymetov.Inson qomatining turli ko'rinish va holatlaridan qisqa muddatli tasvirlaridan bajarish myetodikasi"Science and Education"Scientific. January 2021.Volume 2Issue1.357-365. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451e-ISSN 2651-446X www.turkiphysiotherrehabil.org 30496
17. BB Baymetov, XX Muratov. Tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarida talabalarning tasvirlash mahoratlarini takomillashtirish texnologiyalari. Science and Education, 2021. 349-356.
18. Botir Boltabaevich Baymetov Xusan Xolmuratovich Muratov. Methods Of Teaching Students To Do Sketches In Independent Learning.2020/12. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2. Номер 12. Страницы 8-13
19. Ulfat Shuxratovich Ismatov Botir Boltabaevich Baymetov. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarini bosh namunasini tasvirlashga o'rgatish orqali tyexnik mahoratlarini takomillashtirish. 2020/11. "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 Страницы 476-484
20. PROBLEMS OF PROFESSIONAL AND PEDAGOGICAL TRAINING OF FINE ART TEACHERS.BB Baymetov, ST Sobirov, U Sh Ismatov. 2019. Bulletin of Science.Том 1, Номер 7. 63-66
March, 2022