Научная статья на тему 'OLIY TA`LIM TALABALARIDA KREATIV YONDASUV ASOSIDA O‘QUV VA TARBIYA JARAYONLARININI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI.'

OLIY TA`LIM TALABALARIDA KREATIV YONDASUV ASOSIDA O‘QUV VA TARBIYA JARAYONLARININI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Kreativlik / tafakkur / shaxs / faraz / ijodkor / sifat / o‘quv / tarbiya jarayonlar / oliy ta’lim / muammoli / ijodkorlik / ijodiy tafakkur / ijodiy qobiliyat / ijodkor shaxs. / Creativity / thinking / personality / hypothesis / creator / quality / educational / educational processes / higher education / problematic / creativity / creative thinking / creative ability / creative personality.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Artikova Karomat Kamoldjonovna

Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACHES TO MANAGING EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL PROCESSES AMONG HIGHER EDUCATION STUDENTS BASED ON A CREATIVE APPROACH.

Possessing creative qualities of the pedagogue directs his personal abilities, natural and social energy to quality and effective organization of professional activities. Having creative qualities of pedagogues working in the higher education system helps them to create new ideas different from the traditional approach to the organization of educational and educational processes, to not think in a single mold, to be unique, to take the initiative, to not tolerate uncertainty.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIM TALABALARIDA KREATIV YONDASUV ASOSIDA O‘QUV VA TARBIYA JARAYONLARININI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI.»

OLIY TALIM TALABALARIDA KREATIV YONDASUV ASOSIDA O'QUV VA TARBIYA JARAYONLARININI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY

YONDASHUVLARI.

Artikova Karomat Kamoldjonovna

Termez davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14835545

Annotatsiya: Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari ularda o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.

Kalit so'zlar: Kreativlik, tafakkur, shaxs, faraz, ijodkor, sifat, o'quv, tarbiya jarayonlar, oliy ta'lim, muammoli, ijodkorlik,ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, ijodkor shaxs.

MODERN APPROACHES TO MANAGING EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL PROCESSES AMONG HIGHER EDUCATION STUDENTS BASED ON A CREATIVE

APPROACH.

Abstract: Possessing creative qualities of the pedagogue directs his personal abilities, natural and social energy to quality and effective organization of professional activities. Having creative qualities of pedagogues working in the higher education system helps them to create new ideas different from the traditional approach to the organization of educational and educational processes, to not think in a single mold, to be unique, to take the initiative, to not tolerate uncertainty.

Keywords: Creativity, thinking, personality, hypothesis, creator, quality, educational, educational processes, higher education, problematic, creativity, creative thinking, creative ability, creative personality.

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К УПРАВЛЕНИЮ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ И ВОСПИТАТЕЛЬНЫМ ПРОЦЕССАМИ В СРЕДЕ СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ НА ОСНОВЕ ТВОРЧЕСКОГО ПОДХОДА.

Аннотация: Обладая творческими качествами педагог направляет свои личные способности, природную и социальную энергию на качественную и эффективную организацию профессиональной деятельности. Наличие творческих качеств педагогов, работающих в системе высшего образования, помогает им создавать новые идеи, отличные от традиционного подхода к организации учебно-воспитательного процесса, не мыслить единым шаблоном, оригинальностью, инициативностью, нетерпимостью к неопределенности.

Ключевые слова: Креативность, мышление, личность, гипотеза, творец, качество, образование, образовательный процесс, высшее образование, проблематика, творчество, творческое мышление, творческие способности, творческая личность.

KIRISH

Kreativlik (lot., ing. "create "-yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor)-individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.

Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi.

Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.

Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari ularda o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg'or, bolalarning o'quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratadi.Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. ASOSIY QISM

Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qibo'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllanadi.

Zamonaviy ta'lim barcha turdagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o'qituvchi, , pedagoglarning ijodkor bo'lishlarini taqozo etmoqda.

"Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik,

qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsada, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).

Ko'pgina pedagog-o'qituvchilar o'zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-o'qituvchilar ham aslida "kreativlik" tushunchasi qanday ma'noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.

Ayni o'rinda shuni alohida qayd etib o'tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo'sh, ular o'zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o'rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o'zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo'lganingiz yoki bo'lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g'oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.

Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash ta'lim oluvchilardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta'lim oluvchi yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi (bir tomonlama fikrlash).

Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda "kreativlik"tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "ta'lim oluvchilar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi".

Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo'ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - o'qituvchi tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta'lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo'lgan ijod mahsulotlari sanab o'tiladi.

Multimedia - bir necha ko'rinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha

Elektron albom - rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning izohlarini o'zida aks ettiruvchi elektron shakldagi to'plam

Elektron atlas (yun."Atlas" - birinchi bo'lib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya podshosining nomidan) - muayyan o'quv moduli (o'quv fani) bo'yicha tavsiya etilgan va o'ziga xos grafik tasvirlarga ega bo'lib, o'quv maqsadlariga ko'ra foydalaniladi

Raqamli video lavhalar - o'quv moduli (o'quv fani) bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga yordam beradigan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan 3D o'lchamdagi zamonaviy o'quv manbai

Virtual stendlar - 1) real ob'ekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita

Imitatsion virtual trenajyor (ingl. "train" - "tarbiyalamoq", o'qitmoq", "mashq qildirmoq") - elektron shakldagi o'quv-mashqlantiruvchi qurilma bo'lib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti modellashtiriladi, muayyan faoliyat (m-n: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini o'zlashtirish) ko'nikmalari shakllantiriladi, ko'nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bo'lgan malakalar takomillashtiriladi

Multimedia mahsulotlari - o'zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o'quv materialini tinglovchilarga yetkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar

Audio va video vizual materiallar - o'quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta'minlovchi materallar

Video animatsiyalar - chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo'g'irchoq yoki o'yinchoqli ob'ekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar

Prezentatsiya (taqdimot; lot. "praesentatio" - taqdim etish) - muayyan mavzu yoki muammo bo'yicha o'quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog'ozlari (oddiy yoki vatman qog'ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi

Pedagog-o'qituvchio'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.

Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.

Ijodkorlik-muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi.

Ijodkor shaxs-ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.

Kreativ shaxs-jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o'ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs

Ijod-ijtimoiy sub'ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi

Ijodkor shaxsni tarbiyalash - kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g'oya, ularni amalga oshirish ko'nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish.

XULOSA

Kasbiy-ijodiy faoliyat-mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xattiharakati ijodiy topshiriqlar-muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo'naltirilgan masalalar tizimi.

Kasbiy-ij odiy imkoniyat

1) kasbiy kompetensiya, malakaga egalik;

2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o'zlashtirganlik;

3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;

4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi

Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi-ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob'ektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko'rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot.

Ijodiy tafakkur - tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi

Ijodiy qobiliyat- ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo'ladigan individual xususiyati.

O'zini o'zi ijodiy faollashtirish- shaxsning ijodiy faoliyatda o'z imkoniyatlarini to'laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki mashg'ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.

Mashg'ulotlarda "kreativlik yo'l haritasi"ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drapeau) sanaladi:

1) ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish;

2) mashg'ulotlarni qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish;

3) innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning yechimini topishga kreativ yondashish;

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Resolution of the president of the Republic of Uzbekistan dated July 27, 2017 No. 3151 PP-3151 "on measures to further expand the participation of sectors and sectors of the economy in improving the quality of training of specialists with higher education".

2. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T.: «TuronIqbol». 2006. 2. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboeva M., Inog'omova D. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012.

3. Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: «Navro'z» nashrièti, 2016.

4. Pedagogik atamalar lug'ati. - T.: «Fan», 2008.

5. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. Pedagogika nazariyasi. OTM uchun darslik. - T.: «Iqtisod-moliya», 2010.

6. Kamoldjonovna, A. K., & Pirimkulovna, P. G. (2022). PROFESSIONAL DEDICATION AND PROFESSIONAL COMPETENCE AS A SUBJECT OF STUDY OF PSYCHOLOGY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 766-772.

7. Jovliyevna, A. D., & Kamoldjonovna, A. K. (2021). IMPROVING THE MANAGEMENT MECHANISMS OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION ON THE BASIS OF A CREATIVE APPROACH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 382-385.

8. K.K Artikova Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3 (11), 165-172, 2022 MECHANISMS OF CREATION OF DIDACTIC SUPPLY OF TEACHING IN HIGHER EDUCATION SYSTEM ON THE BASIS OF CREATIVE APPROACH.

9. Артикова, К.К. (2023). КРЕАТИВ ЁНДАШУВ АСОСИДА ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА У^ИТИШНИНГ ДИДАКТИК ТАЪМИНОТИНИ ЯРАТИШ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(30), 35-41.

10. Kamoldjonovna, A. K. (2023). MODERN MODELS OF EDUCATIONAL PROCESS ORGANIZATION IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS. World Bulletin of Social Sciences, 29, 105-107.

11. Artiqova K. K., Artiqova M. K. KASBIY KOMPETENTLIKDA KREATIV SIFATLARNI ShAKLLANTIRISh //Interpretation and researches. - 2023. - T. 2. - №. 1.

12. К.К.Артикова. "ОСОБЕННОСТИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО САМООПРЕДЕЛЕНИЯ В КЛАССАХ С ПРОФИЛЬНЫМ ОБУЧЕНИЕМ" Вестник современной науки, 2016 й. 67-70ст.

13. K.K. Artikova. Kreativ yondashuv asosida o'quv va tarbiya jarayonlarinini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari. МУГАЛЛИМ ^ЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ. -^арокалпок, 2023-yil. ISSN 2181-7138

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.