Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING INNOVASION FAOLIYATI TUZILMASINING TARKIBI'

OLIY TA’LIM PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING INNOVASION FAOLIYATI TUZILMASINING TARKIBI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
255
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / axborot / isloxot / rivojlanish / faoliyat / aksiologiya / kreativlik. / innovation / information / reforms / development / activity / axiology / creativity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xaydarov, Ilxom Yusupovich, Xaydarova, Ra’no Anvarovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimidagi, jumladan oliy ta’lim tizimidagi isloxotlarning olib boilishi, isloxotlaga sabab bo‘lgan hujjatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Oliy ta’lim o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining innovatsion faoliyati, uning tarkibiy tizimi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURE OF THE STRUCTURE OF INNOVATIVE ACTIVITY OF HIGHER EDUCATION PROFESSOR-TEACHERS

This article provides information on the implementation of reforms in the education system of the Republic of Uzbekistan, in particular higher education. The structural system of innovative activity of the teaching staff of universities is highlighted.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING INNOVASION FAOLIYATI TUZILMASINING TARKIBI»

OLIY TA'LIM PROFESSOR-O'QITUVCHILARINING INNOVASION FAOLIYATI TUZILMASINING TARKIBI

Xaydarov Ilxom Yusupovich

ikhaydarov@mail .ru O'zR IIV Akademiyasi;

Xaydarova Ra'no Anvarovna rkhaydarova44@mail .ru TDShU

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O 'zbekiston Respublikasida ta 'lim tizimidagi, jumladan oliy ta'lim tizimidagi isloxotlarning olib boilishi, isloxotlaga sabab bo'lgan hujjatlar haqida ma 'lumotlar berilgan. Oliy ta 'lim o 'quv yurtlari professor-o 'qituvchilarining innovatsion faoliyati, uning tarkibiy tizimi yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, axborot, isloxot, rivojlanish, faoliyat, aksiologiya, kreativlik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация о реализации реформ в системе образования Республики Узбекистан, в частности высшее образование. Освещена структурная система инновационной деятельности профессорско-преподавательского состава вузов.

Ключевые слова: инновация, информация, реформа, развитие, деятельность, аксиология, креативность.

ABSTRACT

This article provides information on the implementation of reforms in the education system of the Republic of Uzbekistan, in particular higher education. The structural system of innovative activity of the teaching staff of universities is highlighted.

Keywords: innovation, information, reforms, development, activity, axiology, creativity.

Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XX1 asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi.

Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo'llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O'zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya bu - kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak"[1].

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi etakchilari qatoriga kirish yo'lida tez va sifatli ilgarilashini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi[2].

O'zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy maqsadi - mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratish shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribasini chuqur va tanqidiy o'rgangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga olib chiqishdan iborat.

Bu borada hukumatimiz tomonidan ko'plab, farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan: O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabr "Ilm fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576-son, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyulda «Innovatsion faoliyat to'g'risida» gi O'RQ- 630-sonli Qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son, 2020 yil 29 oktyabr "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli Farmonlaridir.

Innovasion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini-o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.

Bunday yo'nalish talabalarning o'quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.

Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish.

Shunday qilib, innovasion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo'nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan hulosaga olib keladi.

Innovasion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi.

Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.

O'qituvchining innovasion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.

V.A.Slastenin o'qituvchining innovasion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.

Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma'nolarni bildiradi.

Innovasion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o'qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.

O'qituvchi innovasion faoliyatining yana muhim tavsiflaridan biri kreativlikdir.

Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.

O'qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin:

Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko'chiriladi; ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g'oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la ishlab chiqiladi; to'rtinchi bosqichda o'qitish va tarbiyalashning o'z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi.

O'qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi yana bir komponent bu refleksiyadir.

Refleksiya o'qituvchining o'z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o'z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi[2].

Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytiladi:

• ob'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib

keladigan ongning reflektiv tahlili;

• shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasi;

Bu bilan bog'liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:

• o'z-o'zini va boshqalarni tushunish;

• o'z-o'ziga va boshqalarga baho berish;

• o'z-o'zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.

Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub'ektning o'z (ichki) psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.

Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o'z ongidagi o'zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.

Innovasionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o'qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.

Innovasionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.

O'qituvchining innovasion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.

O'qituvchining innovasion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda rasional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi v.b. kiradi.

Demak, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiya-larning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:

• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

• ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

• pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.

O'qituvchining innovasion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga -yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi.

Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish

mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub'ektiv darajalarini farqlaydilar.

Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o'quv jarayonini zamonaviy pe dagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.- Toshkent. "O'zbekiston" NMIU, 2018.-B.23.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5544-sonli Farmoni 2018 y. 21.09.

3. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2006.

4. Slastenin V.A., Podimova L.S.Pedagogika. Innovasionnaya deyatelnost-M.: Magistr,1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.