Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023
DIZAYN TA'LIMIDA MILLIY LIBOSLARNING BADIIY JIHATLARI VA
XUSUSIYATLARINI TALABALARGA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Gulzoda Ernazarovna Umarova
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Libos dizayni kafedrasi katta o'qituvchisi gulzodaodiljonrayhona@gmail .com
ANNOTATSIYA
Maqolada, dizayn ta'lmini rivojlantirishda amaliy darslarni olib borish jarayonlarida zamonaviy texnologiya va metodlarni, milliy an'anaviy loboslar tarixiga suyangan holda amalga oshirish, kelajakdagi o'sib kelayotgan avlodlarga ham tarixiy, ham zamonaviy bilim va ko 'nikmalarga ega dizayner qilib shakllantirishimiz mumkinligi muallif tomonidan tahlil olib borilgan.
Kalit so'zlar: innovatsion ta'lim, kasbiy tayyorgarlik, dizayn ob'ekti, dizayn, ta 'lim.
АННОТАЦИЯ
В статье автором проведен анализ того, как реализация современных технологий и методов в процессах проведения практических занятий по развитию дизайнерского образования, опираясь на историю национальных традиционных одежд, позволила будущим подрастающим поколениям сформироваться в дизайнера, обладающего как историческими, так и современными знаниями и навыками.
Ключевые слова: инновационное образование, профессиональная подготовка, дизайн объектов, дизайн, обучение.
ABSTRACT
In the article, the author analyzes how the implementation of modern technologies and methods in the processes of conducting practical classes on the development of design education, based on the history of national traditional clothes, allowed future younger generations to form into a designer with both historical and modern knowledge and skills.
Key words: innovative education, professional training, object design, design, training.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
KIRISH
Dizaynerlar mana ko'p yillarki ijod manbasi sifatida milliy liboslardan foydalanadilar. Liboslar ham individual modellarni, ham bir nechta liboslardan iborat to'plamlarni yaratib, o'z ijodlarini yaratib kelmoqdalar. Milliy va an'anaviy liboslar o'ziga xos ma'lum bir bichimga ega bo'lib, undan tashqari o'ziga xos ma'noga ega shakllardan, naqshlardan, ranglardan iborat. Shu sababli milliy xalq kostyumlarini belgilari, ijtimoiy-madaniy sifatlariini ham ko'rib ijoddan oldin tahlil qilish lozim.
Har qanday kostyum vaqt o'tishi bilan noyob ma'lumot manbai hisoblanadi. Xalqlarning milliy liboslari yilma-yil o'zgarish prinseplari translyatsiyasini kelajakdagi avlodlarga noyob ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. Dizaynda badiiy ijodkorlik, ijodiy va ijodiy faoliyat katta rol o'ynaydi, bu insonning ma'naviy rivojlanishiga doimiy ehtiyoji borligini ko'rsatadi. [1,104 6].
Dizayn-amaliy darslarida libosning umumiy ma'lumotlari tahlili olib boriladi: bichimi, matosi, qayerga kiyishga mo'ljallanganligi va albatta qaysi region va mavsumga mosligi. Adabiyotlarda turli xil tavsiflar ham saqlanib qolgan. Masalan, badiiy kitob va yilnomalarda qahramonlar liboslari ta'riflangan [2,98 6].
Demak, zamonaviy moda tahlili bilan bir qatorda tarixiy kitoblarni ham o'rganish, ya'ni turli xil liboslar tasvirlangan qadimiy qo'lyozmalar, kitoblarni mutoalaa qilish lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, manbalarda kamdan-kam hollarda oddiy dehqon kiyimlariga urg'u beriladi. Asosan qimmat, faqat badavlat odamlar sotib olishlari mumkin bo'lgan matolar va kashtalar va zodagonlar liboslari ta'riflangan. Shuningdek, liboslarning tavsifini xorijiy kitoblarda ham topish mumkin. Asosan manbalarda sayohatchilar, elchilar ta'riflangan masalan, X asr Arab sayohatchisi Ibn Fadlan shunday deb yozgan edi: "ular palma daraxtlariga o'xshaydi, qizarib ketgan, qizil. Ularning liboslari ham, faqat bir tomonini qoplaydigan plashlar(paltolar) ko'rdim. Ularning har biri bolta, qilich va pichoq bilan qurollangan. Qilichlari tekis".-Ko'rib turganimizdek sayyoh aholini aynan liboslarini ta'riflagan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xalqlarning milliy liboslari badiiy va estetik an'analari, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan etnik qadriyatlar, g'oyalar, xalq ijodiyoti ijodiy manba sifatida, talabalarning rivojlanish transformatsiyasida, qidiruv va tadqiqoti faoliyati davomida, milliy kostyumlar tahlili asosida kelajakdagi o'qituvchi-dizaynerlarni tayyorlashda foydalanilishining ahamiyati beqiyosligini belgilaydi. Talabalarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirishda xalq milliy kostyumining ta'lim va tarbiya salohiyatidan foydalanish, etnik-madaniy bilimlarni berish, ijodkor talabaning amaliy darslarni bajarishdagi "tahlil qilish" qismini amalga oshirishda badiiy va pedagogik
[9].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
muammolami ijodiy hal qilish ko'nikmalarini shakllantirish uchun zarur, shart bo'lib, bu uning pedagogik va dizayn faoliyatiga kasbiy tayyorgarligini rivijlantiradi. Etnografik bilimlar kelajakdagi o'qituvchi-dizaynerlarga liboslarning etnik guruhlari kostyumda o'ziga xos va umumiylikni aniqlash ko'nikmalarini egallashga yordam beradi va bu uning ijodida eklektikaga yo'l qo'ymaslikni o'rgatadi. [10, 55 b].
Kelajakdagi o'qituvchi-dizaynerlarning tadqiqot ko'nikmalarmi shakllantirish darajasi to'g'risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun intervyu usulini tanlash ham mamkin. Talabalar bilan suhbat o'tkazish uchun eksperiment bosqichida so'rovnoma ishlab chiqiladi. Siz qaysi millat milliy liboslari bo'yicha tadqiqot olib bormoqchisiz?; Izlanishlar davomida qanday natijalarga erishdingiiz?»; "Tadqiqotni o'tkazish jarayonida qiyinchiliklarga duch keldingizmi?; Bizning oliy o'quv yurtimizda ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etasizmi? ; " Qaysi kostyumlarni modellashtirish sizni qiziqtiradi?; Milliy kostyum, uning xususiyatlari bilan tanishmisiz?; Milliy kostyumi bo'yicha tadqiqot ishini yozishni xohlaysizmi?»; "Siz tadqiqot jarayoni dizayn bo'yicha mutaxassisni tayyorlash uchun muhim deb hisoblaysizmi?" -kabi savollar so'rovnoma shakllantirish mumkin.
Tadqiqotni o'tkazish jarayonida talabalar bilan suhbat o'tkazish uchun shakllantirilgan savollar, mavzu asosini ochib beradigan shaklda ishlab chiqilishi lozim. Anketa quyidagi savollarni o'z ichiga olishi mumkin: "tadqiqot mavzusi?"; "Mavzuga tegishli tahlillar?"; "Tadqiqotning metodologik ishlab chiqish jarayonida qiyinchiliklarga duch keldingizmi?"; "Tadqiqot jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?"; "Tadqiqot faoliyati jarayonida qanday tajribaga ega bo'ldingiz?»; "Milliy kostyumni modellashtirish darslari tadqiqot ko'nikmalarini shakllantirishda sizga yordam berdimi?; "Siz tadqiqot ishini dizayn bo'yicha mutaxassisni tayyorlash uchun muhim deb hisoblaysizmi?". Ilmiy tildagi tadqiqot faoliyati ikkita hodisani aks ettiruvchi so'z (ibora) bilan ifodalanadi: "tadqiqot" va "faoliyat". Shubhasiz, bu tushunchalar umumiy tahlillarda , "faoliyat" tushunchasi umumiy, "tadqiqot faoliyati" tushunchasi bilan ifodalanadi. Demakki "tadqiqot" sifati, olib borilgan "tadqiqot faoliyati" makammalligi uchun "faoliyat" tushunchasidan boshlanishi kerak. [10, 47 b].
Albatta bunday tadqiqotlar dizayn ta'limini rivojlantirishda amaliy darslarni olib borish jarayonlarida zamonaviy texnologiya va metodlarni foydalanish zaruratini ko'rsatadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, manbalarga asoslanib, quyidagilarni ta'kidlash kerak. Dizayn ta'limini rivojlantirishda amaliy darslarni olib borish jarayonlarida zamonaviy texnologiya va metodlarni, milliy an'anaviy tarixga suyangan holda amalga oshirish, kelajakdagi o'sib kelayotgan avlodlarga ham tarixiy, ham zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega shaxs qilib shakllantirishimiz mumkin.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
REFERENCES
1. Ernazarovna, U. G. (2022). The Role of' Design-thinking" in the formation of artistic and design activities of future specialists. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 103-105.
2. Ernazarovna, U. G. (2022). The Formation of the design term and history of development. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 96-102.
3. Qizi, Y. S. M., & Muratovna, X. U. (2021). LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA EKOLOGIK-INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA-KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 240-251.
4. Tursunpo'Latova, D. R. Q. (2021). KIYIMDAGI" NEW LOOK" USLUBI, KELIB CHIQISH TARIXI VA ZAMONAVIY MODA YO'NALISHIDA AKS ETISHI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 752-762.
5. Yunusxodjaeva, S. A. (2019). Yosh rassomni o 'qitishda samarali usullardan foydalanish. PEREKRYOSTOK KULTURbl, 1(4).
6. Atajonova, F.E.,& Ataxanova, M.G'.(2019). 2001-2018 YILLARDA HALQ TA'LIMI TIZIMINING RIVOJLANISHI: YUTUQ VA MUAMMOLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA).Internauka, (5-2), 44-46.
7. Zaripova,M.A.(2020).MODEL YARATISHNING ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARIDA ISHTIROKI. PEREKRYOSTOK KULTURbl, 2(4).
8. Jabborova, O. M., & Umarova, Z. A. (2021). "TARBIYA" FANINI KLASTER USULIDA O'QITISHDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH.
9. Komilova X. X., Vohidova U. A. "Loyihalash", OO'Yu uchun o'quv qo'llanma. - Toshkent : Fan va texnologiya.
10. Белова Светлана Николаевна. Автореферат. "Формирование у будущих педагогов-дизайнеров исследовательских умений на основе изучения традиционного народного костюма". "Чувашский государственный педагогический университет имени И.Я.Яковлева"].- Чебоксары, 2015.- 209 с.
11. http://vtk34.narod.ru/petruk osnovimodelirodejdi/book/book 12.htm
12. 11 .https://studref.com/638080/kulturologiya/ispolzovanie_tsveta_kollektsii