OLIY PYEDAGOGIK TA'LIMDA BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING BA'ZI MASALALARI
Botir Boltabayevich Baymetov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori bbb19532506@gmail.com
ANNOTASIYA
Mazkur maqola pedagogika oliy ta'lim tizimida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda qadimda faoliyat ko'rsatgan buyuk san'atkorlarning badiiy ijod namunalarini o'rganib taxlil qilish, san'at asarlarini yaratish jarayonlari bilan tanishtirish masalalariga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Tasviriy san'at, badiiy ijod, tasviriy san'at o'qitish metodikasi.
ISSUES OF FORMING THE CREATIVE TALENTS OF FUTURE ART TEACHERS IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION
Botir Boltabayevich Baymetov
Professor of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region bbb19532506@gmail. com
ABSTRACT
This article is devoted to the problems of training future specialists in the fine arts by studying the methods of creativity of the old masters, acquainting students with samples of fine art created by the great masters of the past.
Keywords: Fine arts, artistic creation, methods of teaching fine arts.
KIRISH
Bo'lajak rassom - pedagogni o'qitish va kasbiy tayyorlash tizimi aniq va ilmiy asosda bo'lishi kerak. Bu yo'nalishda dastlabki ta'lim va tarbiya umumta'lim maktablari doirasida amalga oshiriladi. Maktab - deganda, eng avval ta'lim va tarbiyaning aniq tizimini, bu tizimga hamda dars o'tish metodlariga o'quvchilarning ixtiyoriy ravishda buysunishini, ilmiy asoslangan bilimlarni o'zlashtirishda ilmiylik, metodik izchillik, aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda sinalgan tajribalarini o'rganishni nazarda tutamiz.
Qadimda barakali ijod qilib, o'zlaridan buyuk tasviriy san'at asarlarini meros qilib qoldirgan mashhur ijodkorlarning tasviriy san'at sohasida erishgan tajribalari bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida, xususan turli badiiy maktablarda yoshlarni tasviriy san'atdan saboq berishda asos hisoblanadi. Shuning uchun tasviriy san'atni o'rganishni xohlovchi va tasviriy san'at olamiga endigina kirib kelayotgan bo'lajak rassom eng avval qadimda ijod qilgan rassomlarning klassik asarlarini o'rganib taxlil qilishi va olgan bilimlari hamda ko'nikmalari asosida o'z shaxsiy ijodiy yo'lini tanlab chiqishi va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tasviriy san'at sohasida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash, shaxsning ijodiy qobilyatlarini shakllantirish masalalariga, hamda ijodiy jihatdan yoshlarni kasbiy tayyorlash masalalarida qadimgi Yevropa Badiiy Akademiyalarining mashhur rassomlari, nazariyotchilaridan Lonardo da Vinchi, Mikeladjelo Buanorotti, Piter Paul Rubens. Rafael Santi, Albrext Dyurer va boshqalarning ilmiy va ijodiy asarlarini keltirish mumkin. Rossiya tasviriy san'at namoyandalaridan 19-20 asrda ijod qilgan I.Ye.Repin, N.Savrasov, Pavel Chistyakovlarning ijodiy hamda ilmiy ishlarni keltirish mumkin.
Rus pedagog va psixologlardan A.V.Bakushinskiy, L.S.Vbigodskiy, Ye.I.Ignatev, Ye.A.Flerina, T.S.Komarova, S.Ye.Ignatev, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplovlar bo'lajak pedagogni ijodiy jihatdan kasbiy tayyorlash masalalariga murojaat qilgan bo'lsalar, mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasini takomillashtirish muammolariga bag'ishlangan masalalarga olimlardan L.G.Medvedev, L.A.Ivaxneva, V.K.Lebedko, Ye.V.Shoroxov, V.S.Kuzin, V.V.Koreshkov, A.S.Xvorostovlar o'zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida murojaat qilganlar.
O'zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Abdullayev, B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Xasanov va boshqalar olib borganlarlar.
NATIJALAR
Har qanday o'quv predmetining rivojlanishi tarixiy rivojlanish jarayonlari bilan bevosita bog'liq. XVII asrda akademik rasm chizishning nazariy qoidalari Uyg'onish davri rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan suratga akademik o'qitish nazariyasi ma'lum o'zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda akademik rasm nazariyasi va amaliyotida o'quv masalalarini kompleks hal etish bo'yicha faol izlanishlar boshlangan.
Badiiy akademik maktab yo'nalishida o'quvchilarni faqatgina bilim va ko'nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatda ham ishtirok ettirish ko'zda tutiladi.
Ba'zi endigina boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab o'zining an'anaviy ko'rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit beradi, deb o'ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab esa o'quv muasasasi sifatida o'zining dars o'tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga hech qachon halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, ta'lim olishi va shakllanishiga yordam bergan. Tasviriy san'atning hamma turlari uchun asosiy qoida bo'lgan rasmlarni chizishni o'rganib olishda maktab ayniqsa, zarur hisoblanadi. Shuning uchun hech kim maktabni o'z usullari bilan o'zboshimchalik qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo'q. Maktabga qarshi bo'lganlar - odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida ba'zan shunday is'tedod egalari uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar ko'rgazmalarida juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda o'qimay ham erishganlar, deydilar.
Ta'lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik rivojlanishi o'quv jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, ta'lim jarayoni, ta'lim faoliyati maktabning diqqat markazida bo'lishi kerak.
«Erkin ijod» usuli tarafdorlari, sodda bolalik rasmlari shunisi bilan ajoyibki u dunyoni o'ziga qabul qilishini ifoda etadi, tasviriy san'atda esa bola o'zining ijodiy tashabbusini qizg'in namoyon etadi deb hisoblaydilar. Rasm chizish jarayonida bola ijodiy yaratuvchilikdan zavqlanadi va biz buni unda butun hayoti davomida saqlab qolishimiz kerak. «Erkin tarbiya» tarafdorlari umumta'lim maktablari rassomlarni tarbiyalamaydi, deb aytadilar va bolalarni realistik san'atning hamma qonun va qoidalariga o'qitish kerak emas deb hisoblaydilar.
Boshlovchi rassom tasvirni ko'rishdan oldin har bir bosqichda avvaliga qog'ozga tushirmoqchi bo'lgan tasvirining hayoliy tasvirini yaratib oladi: predmet shakli, o'ziga xoslik xususiyatlari haqida tasavvuri hali aniq bo'lmaganida, u umumiy sxemali shakl bilan cheklanadi, shundan keyin, pedagog tushuntirgan narsa haqida kuzatish olib borish va qayta tushunib olgan sari u ko'rinayotgan naturani haqiqiy va emotsional - mazmunli ifoda etilishiga yaqinlashib boradi.
Bugungi kunda ba'zi pedagoglar tasvirladda naurani ko'rish va taxlil qilishga e'tibor qaratmaydilar. Bunday usulni qo'llamaydilar, uning badiiy ijodga ta'sir etishida "sxematizm" va qonun qoidalar badiiy rivojlanishga to'sqinlik qilishini sabab qilib ko'rsatadilar. Akademik tasvirlashga qarshi chiqib, murakkab shaklni soddalashtirish,
sxemalarga, qoidalariga qarshi chiqadilar, tasvirlashda metodik bosqichlarda tasvirlash bu trassomni ijodiy rivojlanishga to'sqinlik qiladi deb hisoblaydilar.
Ma'lumki. hamma o'quvchilar akademik rasm chizishning bir xil qonun va qoidalarini o'rganishlariga qaramay, ularning har biri naturani o'z tasavvuriga ko'ra o'zicha qabul qiladi va shuning uchun tasvirda to'la bir xillik bo'lishi mumkin emas. Rassom shu bilan birga naturadan nusha oluvchi sifatida emas, balki uni qayta quruvchi sifatida ishtirok etadi. Bunga yana shuni ham qo'shish mumkinki, u yangi o'quv masalasini hal etishga kirishar ekan, o'zi uchun ko'plab yangiliklar yaratadi, demak, o'zini ijodiy yo'nalishini namoyon etadi. Realistik tasvir yaratish juda murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi va eng avvalo bu jarayon ob'ektning xayoliy obrazini moddiy yaratish bilan bog'liq bo'ladi, ya'ni haqiqiy uch o'lchamli predmetni tasviriy ikki o'lchamli qog'oz tekisligiga ko'chirish bilan bog'liqdir. Ko'rib turgan obrazni tasvirga o'tkazish jarayoni ijodiy fikrlashsiz mumkin emas: bunda rassom taqqoslashga, solishtirishga, umumlashtirish, mulohaza qilishiga majburdir.
O'zining ko'p asrlik davrida badiiy rassomchilik maktablari yosh rassomlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish sohasida ulkan pedagogik tajriba to'plagan. Bu o'tmishdagi rassom-pedagoglarning tajribalari diqqat bilan o'rganish va umumlashtirishni talab etadi, ularning asosida biz tasvir chizish akademik mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish yangi ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqishga kirishishimiz mumkin bo'ladi. Qadimgi rassomlarning yutuqlari, tajribalarini e'tiborga olmaslik, badiiy maktabning yo'q bo'lishiga, san'atning "nodon"lashishiga olib keladi. nazariyot va amaliyotning tabiiy ravishda birligi yosh rassomning faol rivojlanishiga, uning ijodiy qobiliyati o'sib borishiga yordam beradi.
MUHOKAMA
Rassomning ilmiy bilimlari qanchalik ko'p bo'lsa, uning haqqoniy tasvirlangan asarga baho berishi shunchalik mukammal, texnik mahoratining darajasi shunchalik boy, uning ijodiy faoliyati mahsuloti shunchalik ifodali va yorqin bo'ladi. Rassomchilik maktabida ilmiylik tamoyili ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi faol omili sifatida eng avval ilmiy bilimlar tizimini o'zlashtirib olishdan iborat bo'ladi, bu esa boshlovchi rassomga tabiatdagi hodisalarni real haqiqiy shaklini ko'rish qonuniyatini to'g'ri tushunishga yordam buradi, shu bilan realistik san'at usullarini ham egallashga yordam beradi. Buni Qadimgi Yunon Uyg'onish davri va Yevropa Akademiyalarida XVII-XIX asrlarda ham rassom-pedagoglar yaxshi tushunishgan. Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Sinion rassomlik maktabi eshigiga shunday deb yozib qo'yilgan ekan: «Bu yerga tasvirlash qoidalarini bilmaydigan insonlar qo'yilmaydilar». Ingliz badiiy akademiyasining buyuk rassomi va pedagogi Djoshua
Reynolds shunday degan: «Bizning san'atimiz - faqatgina bu xudo bergan iste'dod emas, lekin u mexanik hunar ham emas, uning asosi aniq fanlarga tayanadi». Biz ilgari aytib o'tganimizdek, maktab sharoitida rassom faoliyati aniq masalani yechishda o'tadi, ular unda estetik talablar uyg'otadi, shu bilan birga tabiiy kuch bilan qoniqish izlovchi talab uyg'otadi. Qo'yilgan masalaning yechimi, agar ilgari ham bir necha bor hal etilgan, o'quvchiga yaxshi ma'lum bilimlar doirasidan chiqmasa, oson va oddiygina kelib chiqadi. Bunday holatlarda masala odatiy hal etiladi. Shundan keyin an'anaviy tajriba yetarli bo'lmagan davr keladi, yangi yo'llar izlash, fikrlar o'zgaruvchanligi, fahm-farosat kerak bo'ladi. Nima kelib chiqqani va yana nimalar qilish mumkinligini doimo tekshirib borish davri keladi. Masalan, gipsli bosh tasvirini chizishdan tirik boshning suratini chizishga o'tishda talaba inson boshining shakliy tuzilish qonuniyatlarini bilib olib va qarash nuqtasiga bog'liq ravishda konstruktiv ko'rinish sxemasining o'zgarishini bila turib (perspektiv ko'rinishni), tasvirni ko'rish birinchi bosqichlarida o'z masalasini osongina hal qila oladi. Ammo keyinchalik, tirik boshning individual xususiyatlarini yetkazib berishda mavjud bilim va ko'nikmalar yetarli bo'lmay qoladi va u o'z fahm -farosatiga va uzoq vaqt to'plagan ijodiy qobilyatlariga murojaat etadi. Bunday holatda yetishmaydigan bilimlarni naturani diqqat bilan kuzatish va ilgari egallagan ilmiy bilimlaridan ijodiy foydalanish yo'li bilan olish mumkin. O'quvchida ijodiy fahm-farosatni turli yo'llar bilan rivojlantirish mumkin.
P.P.Chistyakov naturaga qarab akademik tasvir bajarishda tana «o'zining hamma qismlarida to'g'ri ifoda etilganligi»ni diqqat bilan kuzatish kerak deb, maslahat bergan, «hech qachon xayol surib o'tirish kerak emas», bir-biridan bir ozgina farq qiluvchi har bir muskulning tuzilishining o'ziga xoslik xususiyatlarini to'g'ri ilg'ab olish uchun esa - rassomda intuitiv sezgirlik zarur bo'ladi deb ta'kidlagan». Shuning uchun malakali rassom bunday hollarda sezgi to'g'ri yo'l ko'rsatadi, xatoni biladi va unga ishora qiladi, joyini ko'rsatadi, qayerni tuzatish lozimligini to'g'ri fahimlaydi.
XULOSA
Uyg'onish davri rassomlari "qo'l bilan emas, balki bosh bilan chizamiz" - deb aytganlar. Ular bu fikrga tajribaga tayanish, bilish va tasvirlash, tabiatni intuitiv tushunish asosida kelganlar. Bugungi kunda psixologiya fani insonning fikrlash faoliyati tabiatini ochib bermoqda. Boshlovchi rassomning inson bosh shaklini tasvirlashi uchun plastik anatomiya yordam beradi. Har gal o'quv topshiriqlarini bajarishida boshlovchi rassom yangilikni bilib oladi, boshqacha o'rganadi, odamlar yuziga professional nazar bilan qaraydi, portretni tasvirlash san'atida yangi ko'nikmalarni egallaydi, boshqacha aytganda turli maqsadlar faol ijodiy faoliyatga
kirib keladi. o'quv tasvirini chizishda birinchi asosiy metodik ko'rsatmani pedagog berishi kerak. Keyinchalik esa. rassomning ijodiy faolligi rivojlanib, unda o'z tasvirlash usuli paydo bo'ladi. Bunga esa talabalar tajribali pedagog yordamida erishishlari mumkin, pedagog esa buning uchun umumiy ko'rsatmalardan individual ko'rsatmalarga o'tishi kerak va har bir talaba qobiliyatini hisobga olishi kerak.
REFERENCES
1. Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1122-1127.
2. Baymetov, B. B., & Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology, 224-231.
3. Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).
4. Baymetov, B. В., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students' Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267.
5. Boltabayevich, B. B., & Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642.
6. Boltabayevich, B. B, & Pardaboy, K. (2020). Scientific and theoretical aspects of the formation of compositional abilities of students in painting classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).
7. Байметов Ботир Болтабаевич. Актуальные вопросы подготовки педагогических кадров республике Узбекистан. Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» 2020/10. Том 1. 10 (31). Страницы 5-9.
8. Boltaboevich, B. B., & Ogiloy, K. (2008). Master of historical portrait genre, a teacher who created a school in the field of fine arts people's artist of Uzbekistan professor Malik Nabiev (1906-2008).
9. Sultanov Kh.E. Innovation technology clusters use of technology in illustration / International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020: ISSN: 14757192. Р. 3871-3879;
10. Sultanov Kh.E., Sobirov S.T., Исматов У.Ш. Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books / International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7193// р.3526-3533;
11. Болтабаевич Ботир Байметов. San'atshunoslik fakultyetlarida talabalarga qalamtasvir mashg'ulotlarini o'tishning nazariy asoslari. Материалы конференции Science and Education. 2020/5. Том 2. Номер No. 3. Страницы-406-409.
12. Байметов, Б. Б., Собиров, С. Т., & Исматов, У. Ш. (2019). ПРОБЛЕМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Вестник науки, 7(7), 63-66.
13. Байметов Ботир Болтабоевич. Тасвирий санъатдан булажак рассом-уцитувчиларни касбий тайёрлашда композиция фанининг назарияси ва методикаси. Science and education journal. 2020/4. Стр. 461-467
14. Байметов, Б. Б. (2020). Педагогика олий таълим муассасаларида талабаларга композиция фанини уцитишнинг назарияси ва амалиёти. Science and Education, 1(7).
15. Байметов, Б. Б., Султанов, Х. Э., & Муратов, Х. Х. (2019). Психологические основы активизации творческих способностей студентов в процессе практических занятий. Вестник науки, 1(7), 67-71.
16. Болтабаевич Ботир Байметов. Хдйкалтарошлик ва пластик анатомия. уцув цулланма. Ицтисод-молия. 2007йил.
17. Байметов, Б. Б., Султанов, Х. Э., Муратов, Х. Х., & Сабиров, С. Т. (2018). Научно-теоретические аспекты формирования композиционных способностей у студентов на занятиях по живописи. In Современная научная мысль (pp. 83-94).
18. Байметов, Б. Б., & Талипов, Н. Х. (2016). Методическая последовательность ведения работы над живописным портретом в педагогическом вузе. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (4-1), 46-50.
19. Baymetov, B. B. (2020). Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. The American Journal of Applied sciences, 2(10), 154-159.
20. Талипов Нозим Хамидович Байметов Ботир Болтабаевич. Методическая последовательность работы над живописьным портретом в педагогическом ВУЗе. 2016/4. Журнал. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии. Том 1. Номер 4 (49). Страницы. 46-51. Издатель Наука, образование и культура.
21. Botir Boltabaevich Baymetov. Development Of The Ability To See And Represent The Form Remotely In The Process Of Teaching Students To Portray A Creature In Higher Pedagogical Education. 2020/10 Журнал. The USA Journals. Том 2. Страницы- 154-159
22. Султанов Х.Э., Бекмуродова Ш. Искусство Узбекистана, его итоги, достижение и перспективы / МОЛОДОЙ УЧЁНЫЙ научный журнал// №4 -2016: -С. 1241-1243;
23. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of working on graphic materials in fine arts classes (on the example of working still life in the pen. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 41-45.
24. Botir Boltabayevich Baymetov, Laylo Mirsoatova Oliy pyedagogik ta'limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va metodikasi Science and education journal. 2020/8. Стр. 467-476.
24.Botir Boltabaevich Baymetov, Ulfat Shuxratovich Ismatov Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarini bosh namunasini tasvirlashga o'rgatish orqali tyexnik mahoratlarini takomillashtirish Science and education journal. 2020/8. Стр.476-485