OLIY PEDAGOGIK TA'LIMDA TALABALARGA INSON QIYOFASINI AMALIY TASVIRLASH JARAYONIDA IJODIY KOMPYETYENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
Botir Baymetov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori
Muxiddin Sharipjonov
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqola pedagogika oliy ta'lim tizimida tasviriy san'at yo'nalishi talabalarini inson qomatini tasvirlashga o'rgatish jarayonida ijodiy kompetensiyalarini shakllantirish, inson qomatini tasvirlashning texnik masalalariga qaratilgan. Inson qiyofasini turli vaziyat va holatlarda tasvirlash jarayonida talabalarning tasvirlash kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan
Kalit so'zlar: kompetensiya, inson qiyofasi, tasviriy san'at, hunarmandchilik, badiiy ijod, metodika.
DEVELOPMENT OF CREATIVE COMPETENCES IN THE PROCESS OF PRACTICAL DESCRIPTION OF HUMAN FACE TO STUDENTS IN HIGHER
PEDAGOGICAL EDUCATION
Botir Baymetov
Professor of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Mukhiddin Sharipjonov
Doctoral student of Namangan State University
ABSTRACT
The article focuses on the technical issues of human figure formation, the formation of creative competencies in the process of teaching students of fine arts in the field of fine arts in the system of pedagogical higher education. Necessary recommendations are given for the process of developing students' visual competencies in the process of depicting the human face in different situations and situations.
Keywords: competence, human figure, fine arts, craftsmanship, artistic creativity, methodology.
KIRISH
Bugungi kunda uzluksiz ta'lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Kompetensiyaviy yondashuv o'z mazmunida bugungi kunda ta'limda yuz berayotgan innovatsion jarayonlarni aks ettiradi. U rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan ta'lim standartining umumiy konsepsiyasiga muvofiq bo'lib, ta'lim mazmunini qayta qurish va uning sifatini nazorat qilish tizimiga, xususan kompetentlik tizimiga o'tish lozimligini ko'rsatadi.
Tasviriy san'at yo'nalishidagi talabalarnining ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishda pedagogika oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan barcha fanlar muhim hisoblanadi. Lekin, barcha san'at turlarining asosi qalamtasvir ekanligini e'tiborga oladigan bo'lsak, uning nazariy asoslarini mukammal o'zlashtirib olgandan so'ng, o'quv mashg'ulotlarda amaliy jihatdan tasvirlash mahoratlarini shakllantirish muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oliy pedagogik ta'limda talabalarga inson qiyofasini amaliy mashg'ulotlarda tasvirlash jarayonida ijodiy kompetensiyalarini shakllantirish va bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash, shaxsning ijodiy qobilyatlarini shakllantirish, kasbiy tayyorlashda kompetensiya masalalariga ilmiy jihatdan yondoshgan olimlarning tadqiqotlarini tahlil qilish masalalari chet el va o'zbek olimlaridan L.G.Medvedev, L.A.Ivaxneva, V.K.Lebedko, Ye.V.Shoroxov, V.S.Kuzin, V.V.Koreshkov, A.S.Xvorostov, B.B.Baymetov, S.S.Abdullayev, B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Xasanov va boshqalar olib borganlarlar.
Odamlar tasvirini turli vaziyat, holat va "rakurslarda" ishlashni turlicha qiyofalardan bajarish mumkin. Ya'ni ular yengtl kiyimli, qariya, yosh, ayol, erkak bo'lishi mumkin. Harakatli, turli vaziyatlardagi odam tasvirlarini qisqa va ko'p muddatli qilib ishlash talabaning tasvirlash mahoratlarini takomillashtiradi.
Buning uchun esa, mashq sifatida bajariladigan tasvirlarning "qahramonlari" sifatida har xil kasb kishilarining faoliyati va holatlarini ifodalovchi qiyofachilardan foydalaniladi.
NATIJALAR
Ma'lumki tik yoki o'tirgan xolda tasvirlanayotgan inson qiyofachilik qilib turganda ham doim bir o'zgarmas vaziyatda "qotib" tura olmaydi. Har qancha harakat qilib, tirishmasin, bunga erisha olmaydi. Shuning uchun qiyofachi o'zgarib holatini boshqacha qilib olsa, chizuvchiga darrov ayon bo'ladi, chunki tasvirlovchi o'zi
chizayotgan rasm bilan model orasidagi yuzaga kelgan farq va o'xshashlikni nazorat qilib turadi. Kerak hollarda qiyofachini ogohlantirib, "gavdani sal orqaga tashlang, oyoqdagi og'irlikni chapiga soling, qo'lingiz o'zgarib ketdi" va hokazo, deb uning vaziyatini to'g'rilab olishga undaydi. Va bu albatta kerak, aks holda chizuvchi rasmdagi tasvirni "o'z o'rniga yaxshi qo'ya olmaydi". Masalan, birinchi mashg'ulot uchun ustaxonadagi balandroq kursiga uncha katta bo'lmagan dastgoh qo'yiladi. Model sifatida usta duradgor qiyofachi taklif etiladi va u o'tirgan joyini o'zgartirmagan holda juda sekin suratda mehnat jarayonining faqat bitta qismini (navbatma-navbat) bajaradi xolos. Vaholanki, uning ish jarayonida bir me'yordagi bir xil ish takrorlanaveradi (masalan, taxtani uzunasiga arralaydi, taxta uchini bolta bilan yo'nadi, taxtani randalaydi, teshik ochadi, iskana bilan tozalaydi, mix qoqadi va hokazo). Xomaki rasmlar ishlash uchun xuddi shu kabi o'quv mashg'ulotlarni o'tkaziladi. Talaba ushbu harakatdagi qiyofachini eng xususiyatli ifodalash uchun qiziqarli holatini topib, uni tezkor lavhalarda chiza boshlaydi. Bu mashq 2 soat davom etishi mumkin. Bu xomaki tarzda bajarilgan tasvir har xil darajada tugallanishi va ular hatto kuzatish natijalarini o'zida mujassam etgan "sxematik" chizmalar ko'rinishida qolib ketishi mumkin.
MUHOKAMA
Ma'lumki, piyoda yurayotgan yoki yugurib ketayotgan inson shaklini statik xomaki rasmda aks ettirish va uni yorqin ko'rsata bilish uchun eng avvalo kuzatish va o'rganish jarayonida o'zingizga uning harakati haqida hisobot berishingiz, shaklning qaysi alohida holatlaridan u bizning ko'rib idrok etishimizda to'planib, mujassamlashib borishini hayolan aniqlab olish kerak bo'ladi. Agar yurish vaqti kengligida nafaqat tana balki oyoq va qo'llar ham sinxron tarzda bir me'yorda harakatda bo'lishini inobatga oladigan bo'lsak, u holda butun kuzatish davomida shaklning tashqi ko'rinishi (siluet va kontur) ham uzluksiz o'zgarishda bo'ladi. Gap shundaki, harakatni chizib ko'rsatish vazifasi yuqoridagi holatlar "sxemasini" eslab qolib yugurib yoki yurib kelayotgan naturadan shunchaki "nusxa ko'chirib" qo'ya qolishdan iborat emas, balki harakat xususiyatini diqqat bilan kuzatib va uni o'rganib, harakat vaqtida uning butun holatlari yig'indisidan bittasini, eng ifodaligini tanlab olib, o'sha holatni xomaki rasmda ya'ni "statik" (muqim) tasvirda ko'rsata bilishdan iboratdir.
Shuning uchun ish jarayonining dastlabki bosqichlaridayoq yurib ketayotgan yoki yugurib borayotgan odam shaklini kuzatgan holda va uni qog'ozda taxminiy
belgilab xomaki rasm ko'rinishini grafik chizmatasvirlarini ifoda qilganda, quyidagilarni inobatga olish lozim:
S naturaning mayda - ikkinchi darajali qismlari harakatlanayotgan shaklning butun massasiga ko'shilib ketib, u ko'zga deyarli tashlanmaydi. Shuning uchun xomaki rasmda ularni harakat maromini ko'гsatishda muhim rol o'ynamasligi e'tiboгga olinib, ko'pam urg'u bermasdan, qog'ozga shaklni ko'гsatishda ahamiyat kasb etuvchi xususiyatlarnigina tushirish kerak;
S chiziq va shtrix (qisqa chiziq) kabi grafik tasviriy ifoda vositalarini to'g'ri qo'llay bilish statik xomaki rasmdagi harakatni xis qilish, uning ishonchli chiqishi kabilarni ancha kuchaytiradi;
S grafik chiziqlarning (tasvir vositalarining) xaddan tashqari me'yoгdan oshib, ko'payib ketishi (shtrixlar-chiziqchalarning) rasmda aks etayotgan harakat holatini xis qilishni susaytirib ko'reatishga, ba'zi hollarda esa uni umuman yo'qolib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun grafik vositalarni qo'llashda ham kerakli darajada e'tiborii bo'lish talab etiladi.
XULOSA
Xulosa qilib shularni nazarda tutish kerakki, har bir harakatdagi ob'ekt, jumladan odam ham, bizning ko'гish qobiliyatimizda kenglikning bitta nuqtasida emas, balki bir yo'la bir nechta nuqtada idrok etiladi. Ana shu xodisa kuzatuvchida harakat hissini uyg'otadi. Nisbatan ancha sekin harakatda tarhning umumiy qorasi va shaklning ba'zi tafsilotlarini ilg'ab olish mumkin. Tez va ayniqsa juda tez harakatda esa shaklning ba'zi holatlari aralashib bir butunlikka kirib ketgandek tuyulaveradi, kuzutuvchida bu harakat haqida umumiy taassurot qoladi, barcha tafsilotlar esa butun shakl massasiga kirib ketib, ko'pam sezilavermaydi.
Inson qiyofasini turli vaziyat va holatlarda tasvirlash jarayonida talabalarning tasvirlash kompetensiyalarini rivojlantirishda quyidagi holatlarga e'tibomi qaratish kerak:
> insonni o'trigani, yotgani yoki yonboshlagan holatlarini tasvirlashda perspektiv qonun-qoidalarni hisobga olish;
> odam qomati qalamchizgisini bajarganda uning bosh portret qismini mukammal qilib tasvirlash shart emasligi;
> erkak va ayolning gavda tuzilishi va o'lchamlaгining farqlarini bilish;
> inson tasvirini bajarishda (to'liq qomatini chizishda) tasvirlashning texnikalaridan to'g'гi foydalanilanish.
REFERENCES
1. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021. Стр. 463-468
2. Botir Boltabaevich Baymetov. oliy pyedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning ba'zi masalalari. academic research in educational sciences volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283 бетлар.
3. Мукаддам Тожикузи кизи Хамрокулова, Рашид Неъматович Зульфиев, Ботир Болтабаевич Байметов. Теория и практика преподавания академического рисунка в подготовке будущего художника педагога. Science and education scientific journal. 2020/12.Том 1. Номер 9. стр 364-372.
4. Botir Boltabaevich Baymetov. Art Of Modern Uzbekistan: The History Of Its Development During The Years Of Independence. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2020/10. 125-132.
5. Botir Boltabayevich Baymetov. Technologies Of Moving Images Of People From Different Views In Fine Arts Lessons. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2021/1. The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN - 2689-100x) Published: January 31, 2021.том 3.номер 1. Страницы 463-468.
6. Ulfat Shuxratovich Ismatov Botir Boltabaevich Baymetov. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarini bosh namunasini tasvirlashga o'rgatish orqali tyexnik mahoratlarini takomillashtirish. 2020/11. "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 Страницы 476-484
7. Laylo Mirsoatova Botir Boltabayevich Baymetov. Oliy pyedagogik ta'limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va myetodikasi.2020/11 "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8. Страницы 467-475.