OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASIDA KURSANTLARNING TA'LIM OLISHINI
TAKOMILLASHTIRISH Maxmudov Bekzod Xojixonovich
Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Qurollanish va otish kafedrasi mudiri
https://doi org/10.5281/zenodo. 6862570 Annotatsiya. Maqolada oliy harbiy kursantlarni tayyorlash jarayonining muhim omili hisoblangan harbiy ta'limni faollashtirishda turli yondashuvlarning o'rni, faol metodlardan foydalanishning yo'llari va o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: harbiy didaktika, ta'limga yondashuvlar, harbiy ta'lim jarayonini jadallashtirish, reproduktiv vaproduktiv ta'lim, faol ta'lim.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ КУРСАНТОВ ВЫСШЕГО
ВОЕННОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ Аннотация. В статье описывается роль различных подходов в активизации военного образования, которое считается важным фактором в процессе подготовки курсантов высших военных учебных заведений, способы использования активных методов и их особенности.
Ключевые слова: военная дидактика, подходы к обучению, ускорение военно-образовательного процесса, репродуктивно-продуктивное образование, активное образование.
IMPROVING THE EDUCATION OF CADETS OF A HIGHER MILITARY
EDUCATIONAL INSTITUTION Abstract. The article describes the role of various approaches in the activation of military education, which is considered an important factor in the process of training cadets of higher military educational institutions, ways of using active methods and their features.
Keywords: military didactics, approaches to training, acceleration of the military educational process, reproductive and productive education, active education.
KIRISH
Harbiy ta'lim jarayonini tashkil etish, samarali natijalarga erishish sohadagi bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Prezidentiimiz Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida: "...Qo'shinlar istalgan daqiqada o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi bo'yicha muntazam shug'ullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy professional kadr bo'lishi uchun o'z sohasini puxta egallashi shart ...", - deb ta'kidladi. Buning uchun esa harbiy ta'lim jarayonini zamonaviy talablardan kelib chiqib tashkillashtirish lozim. Darhaqiqat, ta'lim jarayonini tashkil etishda pedagog salohiyati bilan bir qatorda mashg'ulot moddiy ta'minotini sifati ham muhim. Pedagoglar va kursantlarning mashg'ulotga tayyorgarligi, o'zlashtirishi, bilim, ko'nikmalar bilan qurollantirilishida zamon talabidan kelib chiqib tayyorlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
T.G. Kirlanovning fikricha, didaktikada ta'lim metodlari tinglovchilarni faollashtirish darajasi yoki o'quv-bilish faoliyati xarakteriga qarab quyidagicha tasniflanadi:
- ma'lumot manbalari bo'yicha (verbal, ko'rgazmali, amaliy metodlar);
- mantiq usullari bo'yicha (tahliliy-sintetik, induktiv, deduktiv metodlar);
- o'qitish shakli bo'yicha (ko'rgazmali tushuntirish, muammoli- rivojlantiruvchi metodlar);
- ta'lim oluvchilarning bilish mustaqillligi bo'yicha (reproduktiv, produktiv, evristik
dialogik, evristik, tadqiqiy, algoritmik, dasturlashtirilgan metodlar); - didaktik maqsadi va funksiyalari bo'yicha (rag'batlantirish, tashkiliy va nazorat
- o'qituvchining faoliyati bo'yicha (bayon qilish, mustaqil o'quv faoliyatinitashkil qilish metodlari) va hokazo.
TADQIQOT NATIJALARI
Harbiy didaktika harbiy xizmatchilar ta'limini murakkab ijtimoiy- pedagogik jarayon sifatida o'rganadi va bu jarayonning quyidagi asosiy funksiyalarini belgilaydi: ta'limiy (harbiy xizmatchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish); tarbiyaviy (harbiy xizmatchilarda o'z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy sifatlarni tarbiyalash); rivojlantiruvchi (harbiy xizmatchi shaxsini komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish) va ruhiy tayyorlash (harbiy xizmatchilarda xizmat vazifalarini bajarishga va jangovar vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni shakllantirish).
MUHOKAMA
Bo'lg'usi ofitserlarga ta'lim berish jarayonida kursantlar harbiy xizmat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli bilim, ko'nikmava malakalarga ega bo'ladilar. Shu bilan bir vaqtda ularning tafakkuri rivojlanadi, irodasi va xarakteri chiniqadi, ma'naviy-axloqiy va jangovar sifatlari, hissiy-irodaviy turg'unligi, jangovar xolatlarda aniq va ishonchli harakat qilish uchun ruhiy tayyorgarligi shakllanadi.
Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun harbiy ta'lim jarayonini tashkil etishga turlicha yondashuvlar mavjud. Ularni asosiylarini ko'rib chiqish lozim.
Harbiy ta'limga davlat va jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablarda harbiy ta'lim sohalari bo'yicha o'zaro muvofiqlik va mutanosiblik to'la ta'minlanadi. Shu jihatdan harbiy ta'lim standartini belgilashda ta'lim jarayonining tarkibi, xuddi shu tarkibiy qismlarning mazmunini modernizatsiyalash, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo'llash imkoni hisobga olingan.
Pedagogika fani va ta'lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qo'llaniladi. Yillar davomida qo'llanib kelinayotgan an'anaviy yondashuv bilan bir qatorda hozirgi kunda ta'limga zamonaviy yondashuvga alohida e'tibor berilmoqda. Ta'limga tizimli, texnologik, tadqiqiy, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar zamonaviy yondashuvga misol bo'la oladi.
An'anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati, o'qituvchi ma'lum axborotni gapirib beradi, tushuntiradi, ta'lim oluvchi kursantlar esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. "Bilim" tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma'nosida tushuniladi. Ta'lim oluvchida bilim bor-yo'qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi.
metodlar);
muammolilik darajasi bo'yicha (ko'rgazmali, monologik,
metodlari);
Tizimli yondashuv. Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega bo'lib, pedagogikada keng qo'llaniladi. Ta'lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim.
Texnologik yondashuv. Sanoat ishlab chiqarishi sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat'iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta'lim ishiga texnologik yondashuv esa:
- o'qish-o'qitish jarayonini o'zaro uzviy bog'liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo'lishni;
- ta'limdan mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirishni, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
- loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Bunday yondashuv ta'limning maqsadidan kelib chiqib
ta'lim oluvchida biror muammoni yechish qobiliyatini o'stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o'zlashtirish, harakatning yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko'rsatishni ko'zda tutadi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, mustaqil o'qishning yangi texnologiyalari, eng avvalo tinglovchilar faolligini oshirishga qaratilgandir. Zero, shaxsiy intilish, zo'riqish bilan topilgan haqiqat bilishjirayonida juda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Qurolli Kuchlarimiz - mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir / O'zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig'ilishdagi nutqi // Vatanparvar, 2018 yil, 13 yanvar.
2. Kirlanov T.G. Oliy ta'limga nisbatan faol ta'lim usullari tasnifi /Yosh olim. No 5 (15), 2015. P.337-339
3. Satib-Aldiev A.A. Ta'limning faol shakl va metodlari. // Metodik tavsiyalar: - Toshkent OUQBYu, 2007. - 45 b.
4. www.ziyonet.uz
5. www.lex.uz
6. Komilova, N. A. (2022, June). COMPARATIVE ANALYSIS OF LEXICAL VERBALIZERS OF THE CONCEPT "GENDER" IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 103106).
7. Komilova, N. A. Comparative Analysis of "Gender" Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages.
8. Do'smatov, H. (2022, June). O 'ZBEK TILIDA SO 'Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 1, pp. 108-113).
9. Abdilkadimovna, K. N. (2021). Comparative And Linguocultural Analysis Of The Concept" Gender" In Uzbek And English Languages. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(06), 112-117.
10. Мирзаах,медович, Х. F., & Комилова, Н. А. (2021). ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИДА ГЕНДЕР КОНЦЕПТУАЛ СЕМАНТИКАСИ ВЕРБАЛИЗАТОРЛАРИ НОМИНАТИВ ТУРЛАРИНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(6).
11. qizi, S. G. N. ., & qizi, R. M. A. . (2022). Word Categories in English. Middle European Scientific Bulletin, 26, 14-16. Retrieved from
https://cej sr.academicj ournal.io/index.php/j ournal/article/view/1431
12. Shodieva, G. N. Q., & Rakhmonova, M. A. Q. (2021). INFORMATION PERIOD CHANGE OF PEOPLE'S OUTLOOK, NEGATIVE AND POSITIVE IMPACT OF THE INTERNET. Scientific progress, 2(8), 563-566.
13. Do'smatov, D., & qizi Shodiyeva, G. N. (2022, May). O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO 'ZLARNI TURKUMLARGA AJRATISH TAMOYILLARI. In INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING (Vol. 1, No. 8, pp. 770-774).
14. Shodiyeva, G. N. Q. (2022). MATN GRAMMATIKASINING ASOSIY MUAMMOLARI. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 1173-1176.
Kizi, S. G. N., & Tolibovna, S. A. (2022). Semantic features and new methods of nonstandard English. Ta'limfidoyilari, 24(17), 2-272.
Najmiddinovna, R. Z., & Najmiddinovna, R. K. (2022). INNOVATIVE APPROACHES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(05), 19-21.
17. Usmanova, D., & kizi Shodieva, G. N. ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK.
18. Qizi, S. G. N. (2022). ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK. Science and innovation, 1(B3), 812-816.
19. Komilova, N. A. Comparative Analysis of Gender Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages.
15.
16.