Научная статья на тему 'ELEKTRON TA’LIM METODIKASINING AHAMIYATI'

ELEKTRON TA’LIM METODIKASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
888
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
an’anaviy ta’lim / elektron ta’lim / ta’lim kontenti / elektron ta’lim didaktikasi / metodika / elektron ta’lim metodikasi / elektron darsliklar / elektron ta’lim rivojlantirish metodlari / ta’lim sifati / multimediya texnologiyalari / internet texnologiyalari / innovasion yondashuv / pedagogik jihatlar / ta’lim jarayoni / talaba / o’qituvchi. / traditional education / e-learning / educational content / e-learning didactics / methodology / e-learning methodology / e-textbooks / e-learning development methods / teaching quality / multimedia technology / internet technology / innovative approach / pedagogical aspects / educational process / student / teacher

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fotima Urazaliyevna Anarbayeva

Elektron ta’lim o’zida ta’limning innovasion yondashuvini qo’llagan holda ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada elektron ta’lim va an’anaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari, elektron ta’lim metodikasi bo’yicha xorijiy olimlarning izlanishlari, elektron ta’lim metodikasining ahamiyati va Sergeyev S.F., Nabi Y.A., Ibraymov A.E. kabi olimlarning elektron ta’lim metodikasi sohasida qilgan izlanishlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ELECTRONIC EDUCATION METHODOLOGY

E-learning is based on the use of multimedia and Internet technologies to improve the quality and opportunities of education using an innovative approach to education. With this in mind, this article discusses the specifics of e-learning and traditional education, the research of foreign scholars on e-learning methods, the importance of e-learning methods and Sergeev S.F., Nabi Y.A., Ibraimov A.E. such as the research of scientists in the field of e-learning methodology.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON TA’LIM METODIKASINING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

0

ELEKTRON TA'LIM METODIKASINING AHAMIYATI

Fotima Urazaliyevna Anarbayeva Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

O'qituvchi

f.anarbaeva2017@yandex.com

Annotatsiya. Elektron ta'lim o'zida ta'limning innovasion yondashuvini qo'llagan holda ta'lim sifati va imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-texnologiyalarni qo 'llashga asoslanadi. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada elektron ta'lim va an'anaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, elektron ta 'lim metodikasi bo 'yicha xorijiy olimlarning izlanishlari, elektron ta 'lim metodikasining ahamiyati va Sergeyev S.F., Nabi Y.A., Ibraymov A.E. kabi olimlarning elektron ta 'lim metodikasi sohasida qilgan izlanishlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: an'anaviy ta'lim, elektron ta'lim, ta'lim kontenti, elektron ta'lim didaktikasi, metodika, elektron ta'lim metodikasi, elektron darsliklar, elektron ta'lim rivojlantirish metodlari, ta'lim sifati, multimediya texnologiyalari, internet texnologiyalari, innovasion yondashuv, pedagogik jihatlar, ta'lim jarayoni, talaba, o 'qituvchi.

Abstract. E-learning is based on the use of multimedia and Internet technologies to improve the quality and opportunities of education using an innovative approach to education. With this in mind, this article discusses the specifics of e-learning and traditional education, the research of foreign scholars on e-learning methods, the importance of e-learning methods and Sergeev S.F., Nabi Y.A., Ibraimov A.E. such as the research of scientists in the field of e-learning methodology.

Keywords: traditional education, e-learning, educational content, e-learning didactics, methodology, e-learning methodology, e-textbooks, e-learning development methods, teaching quality, multimedia technology, internet technology, innovative approach, pedagogical aspects, educational process, student, teacher.

Hozirgi globallashuv va raqamlashtirish davrida elektron ta'limning ta'lim jarayoniga kirib kelishi muhim ahamiyatga ega. An'anaviy va elektron ta'lim jihatlari ma'lum bir xususiyatlari jihatidan uzviylik kasb etmoqda. Elektron ta'lim o'zida ta'limning innovasion yondashuvini, jumladan multimediya va internet-texnologiyalarni qo'llagan holda ta'lim sifati va imkoniyatlarini oshirishga xizmat

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

qiladi. Shularni e'tiborga holda elektron ta'lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan muhitda bilim olish imkonini beradi deb hisoblash mumkin. Elektron ta'lim metodikasini ishlab chiqish elektron ta'limning masofali kurslari o'quv dasturl ariga muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi, innovasion ta'lim texnologiyalarini qo'llagan holda zamonaviy bilimlar va qarashlarga ega bo'lishini talab etadi.

An'anaviy ta'limga zamonaviy texnologiyalar qaysidir jihatlarini yangilagan hamda saqlagan holda kirib keldi va natijada ta'lim sohasida elektron ta'lim tushunchasi paydo bo'ldi. Elektron ta'lim talabalarga bir marta yaratilgan multimediya ta'lim kontentini interaktiv rejimda ko'p bora ishlatish imkoniyatini beradi. Bunda talabalar nafaqat kontentni yaratish jarayonini kuzatishi, balki yaratishi ham mumkin bo'ladi. Elektron ta'lim ta'lim kontentida ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, chatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari, ular sayt kontentini mukammalashtirishning dinamik modelini ishlab chiqish imkonini beradi.

An'anaviy ta'lim tizimida darsliklar uch-to'rt yilda bir marta yangilanadi, lekin elektron ta'limda elektron darsliklar har kuni yangilanadi hamda an'anaviy ta'lim xususiyatlarini o'zida saqlagan holda, ixtiyoriy elektron ta'lim resursidagi giperhavolalar orqali boshqa resursga o'tish imkonini beradi.

Elektron ta'limda o'qituvchi masofadan turib muloqot qilish usullarini o'zlashtirishi kerak. Bu esa o'qituvchiga o'quv materiallarini yaratish, to'ldirish, tahrirlash va nashr etish kabi ishlarni ham bajarish imkonini beradi. Buning natijasida ma'ruzalar tashkil qilishning shakli o'zgaradi. An'anaviy ta'limdagi ma'ruzada talabaga oldindan ma'lum bo'lmagan axborotlar beriladi, elektron ta'limda esa barcha o'quv materiallari axborotni uzatishning turli formatlari ko'rinishida tartiblangan holda talabalarga taqdim etiladi. Shuning uchun endi o'qituvchi ma'ruzaga ijodiy yondashgan holda, talabalarga tayyorlanish uchun axborot manbalarini berishi yoki talabalarning o'zlari qo'shimcha axborot manbalarini izlab topishlari mumkin bo'ladi. Keyin ma'ruza yuzasidan muhokama o'tkaziladi. Muhokama jarayonida talabalarning ma'ruza yuzasidan fikrlari ko'rib chiqiladi va umumiy xulosaga kelinadi. O'qituvchi talabalarga mustaqil ish mavzularini ham beradi [53] (Anarbayeva F.U. va b., 2020).

Elektron ta'lim o'zida ta'limning innovasion yondashuvini qo'llagan holda ta'lim sifati va imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-texnologiyalarni qo'llashga asoslanadi. Ko'plab xorijiy ochiq va virtual universitetlar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

O

an'anaviy ta'lim shakllari bilan raqobatlashadigan elektron ta'lim tamoyili asosida ishlaydi. Elektron ta'lim ta'lim shakli va muhitini talaba va o'qituvchining hoxishiga ko'ra o'zgartiradi. Elektron ta'lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan muhitda bilim olish imkonini beradi.

Umuman olganda, metodika - bu o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasi hisoblanadi. Bundan esa, elektron ta'lim metodikasini -elektron ta'limning barcha jabhalarini o'z ichiga olgan holda uni tashkiliy, tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish hamda elektron ta'limning pedagogik boshqaruvini tashkil etish deb ta'riflashimiz mumkin. Elektron ta'lim metodikasi bo'yicha hozirgi kunda ko'plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda, xususan Buus L., Georgsen M., Olitayo P., Sergeyev S.F., Nabi Y.A., Ibraymov A.E. kabi olimlar bu sohada ko'plab izlanishlar qilishgan.

S.F.Sergeyev o'z ishlarida elektron ta'lim metodikasini ye-didaktika sifatida ko'radi. Uning nazarida, "samarali elektron ta'limni yaratish uchun texnologiya yordamida pedagogning ish sohasini, vazifalarini va maqsadini modellashtirish yetarli va bu texnika asrining yangi pedagogik voqelikdagi o'qitish metodikasi to'g'risida murakkab fan - elektron didaktikaning asosini tashkil etadi" deb hisoblaydi. Bundan esa elektron ta'limda faoliyat yurituvchi pedagog to'g'risida quyidagi fíkrlarni keltirib o'tadi, "hozirgi paytda kompyuterlashtirilgan ta'limga o'tish axborot olamidagi ommaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Tegishli bilimlarning paydo bo'lish darajasi ularni o'zlashtirish uchun ta'lim tizimlarining imkoniyatlaridan ustun. Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilari orasida malakali pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda muammolar yuzaga keladi. Bunda ilk ko'riladigan mantiqiy yechim kompyuter vositasida ta'lim berish" hisoblanadi. Bu bilan S.F.Sergeyev pedagoglar oliy ta'lim muassasasini bitirgandan so'ng, avvalambor, ular o'z sohasi bo'yicha mutaxassis sifatida yetishib chiqishlarini, elektron ta'lim sohasida esa yetarlicha bilimga ega bo'lmasliklarini, shuni nazarga tutgan holda elektron ta'lim sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish lozimligini aytib o'tadi. [85] (Sergeyev S.F., 2015).

Didaktika borasida A.E.Ibraymov quyidagicha ta'rif bergan: "Didaktika o'qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga har bir o'quv fanining o'qitish usullari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya'ni ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini bajaradi" Bundan kelib

Scientific Journal Impact Factor

0

chiqadi-ki, elektron ta'lim metodikasini ishlab chiqishda didaktika muhim o'rin egallaydi [31] (Ibraymov, 2020).

Elektron ta'limda ta'lim jarayoniga jalb qilishda elektron ta'lim rivojlantirish metodlari ham ko'riladi, buni esa Nabi Y.A. o'z ishlarida quyidagicha ko'rsatib o'tgan: "Tizimli yondashuv. Tizimli yondashuv tizimning umumiy nazariyasi vositalarini qo'llash bilan belgilanadi. Umuman olganda, tizimli yondashuv metodologiyaning asosini tashkil etadi. Bu metodni innvasion tizimlarni shakllantirish metodlari sifatida ham qarash mumkin. Dialektik yondashuv. Ta'lim jarayonida sodir bo'layotgan jarayonlarning dinamik xarakteri - bu ta'lim jarayoni sub'ektlarining takomillashtirishga, eskisidan yangisiga o'tishga doimiy intilishi natijasidir. Ekspertli baholash metodlari. Tadqiqot metodikasi nafaqat nazariy asoslarga, balki olingan natijalarni empirik tekshirishga ham asoslangan bo'lishi kerak. Ishonchlilikni tekshirishning turli usullari: kuzatish, pedagogik eksperiment, anketa va suhbatlar, ekspertli baholash va boshqalar pedagogikada asosli va keng qo'llaniladi. Elektron ta'limning nazariy xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuzatish, pedagogik eksperiment va boshqa usullardan foydalanish imkonsiz bo'lib tuyuladi. Ekspert baholash usuli anketa va intervyu asosida qo'llaniladi" [59] ( Nabi, Yskak A. et al., 2017).

Yuqorida keltirilgan ilmiy izlanishlar natijasida, elektron ta'lim metodikasini quyidagi jihatlari bo'yicha ko'rib chiqish mumkin.

1. Elektron ta'limning umumiy masalalari. Bunda elektron ta'limni asosini tashkil etuvchi masalalar ko'rib chiqiladi. Ularga quyidagi masalalar kiradi: pedagogik masalalar, texnologik masalalar, pedagogik loyihalash, pedagogik loyihalash maqsadi, pedagogik loyihalash xususiyatlari.

2. Elektron ta'limga jarayonli yondashuv. Bunda elektron ta'limni yaratish jarayoni va uning pedagogik asoslari ko'riladi. Ularga quyidagilar kiradi: jarayon modeli, jarayonli yondashuvni pedagogik loyihalash.

3. O'qituvchilarni tayyorlash. Elektron ta'lim sohasini tashkil etishda o'qituvchilar faoliyati va kasbiy tayyorgarligi muhim o'rin egallaydi.

4. Elektron ta'limni tashkillashtirish shakllari. Elektron ta'limni tashkillashtirishning quyidagi shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin: ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'limni tashkillashtirish.

5. Elektron ta'limning faol usullari. Bunda elektron ta'limni tashkil etishning faol usullari ko'rib chiqiladi. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik faoliyatga umumiy

Scientific Journal Impact Factor

О

tizimli qarash, elektron ta'limning faol usullari, vebinarlar o'tkazishga uslubiy ko'rsatmalar.

6. Elektron ta'limda multimediyani qo'llash. Bunda elektron ta'limni tashkil etishning muhim jihatlari sifatida multimediyaning qo'llanish sohalari ko'rib chiqiladi.

Umuman olganda, elektron ta'lim metodikasi elektron ta'limning masofali kurslari o'quv dasturlariga muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi, innovasion ta'lim texnologiyalarini qo'llagan holda zamonaviy bilimlar va qarashlarga ega bo'lishi, talabalar tomonidan o'rganilayotgan nazariy va amaliy bilimlarning izchil, tizimli, uzluksizsizligi ta'minlanishi, har bir pedagogik jarayonda bo'lgani kabi elektron ta'lim jarayonida ham kuzatish-nazorat-baholash usuli asosida talabalar bilimi va o'zlashtirishi muntazam nazorat qilinishi va baholanishi, masofali kursning sifati va samaradorligi, kurs o'qituvchisining bilim va mahorati muntazam tekshirilishi, anketa-so'rovlar natijasida uning pedagogik faoliyati baholanishi orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkin-ki, elektron ta'lim metodikasi elektron ta'limni asosini tashkil etuvchi masalalar, uning pedagogik asoslari, elektron ta'lim sohasini tashkil etishda o'qituvchilar faoliyati va kasbiy tayyorgarligi, elektron ta'limni tashkillashtirishning shakllari va elektron ta'lim sohasida multimediya texnologiyalarini qo'llash asosida ta'lim jarayoniga kirib keldi. Hozirgi paedemiya sharoitida elektron ta'lim oliy ta'lim muassasalari tomonidan keng ko'lamda qo'llanilib, bu soha rivojlanishi tez sur'atlarda davom etmoqda.

1. Марчук Н.Ю. Психолого-педагогические особенности дистанционного обучения // Педагогическое образование в России. — 2013. — №4.

2. Куфлей О.В, Дмитриенко И.А. Внедрение электронного обучения как системный фактор развития образования. Ksla.kg. [Электронный ресурс]. URL: http://ksla.kg/ upload/file/vestnik/vestnik_2014_2/90-94.pdf.

3. Taylakov, Norbek Isakulovich, and Fotima Urazalievna Anarbaeva. "Pedagogical Features Of Moodle Platform." The American Journal of Applied sciences 2.07 (2020): 104-107.

4. Anarbaeva, Fotima Urazalievna, Asqar Abduhakimovich Abdullaev, and Abduvafo Fazliddinovich Qoraev. "PEDAGOGICAL APPROACH TO THE USE OF ELECTRONIC EDUCATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS."

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES)

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5. Anarbaeva, Fotima, and Gayrat Nurmatov. "Features of electronic learning." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10.5 (2020): 1781-1783.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.