Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / oilaviy munosabatlar / negativizm / konflikt.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Rayimov Nursulton Murodilovich

Maqolada oilaviy munosabatlar, oilada o’smirlarning zo‘ravonlikka moyil bo‘lishi omillari, oilaviy munosabatlarning bola tarbiyasidagi o’rni haqida keltirib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

fey-—c

ARTICLE INFO

OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rayimov Nursulton Murodilovich

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14513698

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 15- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 18- Dekabr 2024 yil

KEY WORDS

Oila, oilaviy munosabatlar,

Maqolada oilaviy munosabatlar, oilada o'smirlarning zo'ravonlikka moyil bo'lishi omillari, oilaviy munosabatlarning bola tarbiyasidagi o'rni haqida keltirib o 'tilgan.

negativizm, konflikt..

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega"ligi uqtiriladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunida ham "Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta mahsus, kasb-hunar ta'lim olishlari uchun javobgardirlar" deb ta'kidlangan.

Aynan oilaviy tarbiya bolaga ijtimoiy ta'sir ko'rsatadi va buning o'rnini hech qaysi tarbiyaviy muassasa bosa olmaydi.

Bolani tarbiyalash oilaning baxt-saodatiga, jamiyatning baxtli bo'lishiga xizmat qiladi. Bu esa, o'z navbatida, bolalarga ko'p e'tibor berishni talab etadi. Bolalarni jismonan sog'lom, aqlli, jamiyatga, odamlarga xizmat qilishidan quvonadigan qilib tarbiyalagan ota-onalar o'z vazifalarini bajargan hisoblanadilar.

Asosiy qism. "Oila" tushunchasini aniqlashga turlicha yondashuvlar mavjud. G'.B.Shoumarov, Sh.B.Shoumarov, M.G.Davletshin oilaga nikohga yoki qarindoshlikka asoslangan maishiy xizmat, o'zaro yordam va ahloqiy mas'uliyat umumiyligi bilan bog'liq kichik guruh sifatida qaraydilar. Q.Munavvarov, O.Musurmonova, M.Inomova, V.Karimova va boshqa oilashunos olimlar oila kishilarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy guruhdir, deb ta'riflashgan. Oilaning barcha a'zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka, opa-singil, qarindoshlar o'zaro turmushi, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy, psixologik jihatdan bir-biri bilan munosabatda bo'ladi.

Psixologiya nuqtai nazaridan bola ruhiy sog'lom rivojlanishi va tengdoshlari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi uchun ehtiyojlari doirasida to'liq qondirilishi kerak:

- Ota-onasi g'amxo'rligi va e'tiboriga ehtiyoj;

- Emotsional sohasidagi ehtiyohlari;

- Ijtimoiy bilishi ehtiyoji;

- Bolani ijtimoiy hayotga jalb qilinishi bilan bog'liq ehtiyojlar.

Oila vazifalari - bu oila a'zolarining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog'liq faoliyati doirasidan iborat. Bir funksiyasi vaqt o'tishi bilan yo'qotiladi, boshqalari ijtimoiy sharoitlarga qarab o'zgaradi, yordamchiga aylanadi, bundan tashqari zamonaviy nazariy qarashlar oilaning turli sonli vazifalarini ko'rsatadi. Shu bilan birga, to'laqonli oilaning butun hayoti hayoti davomida u yoki bu shaklada saqlanib qoladigan vazifalari mavjud.

Ijtimoiy, pedagogik adabiyotlarni, qonbunchilik hujjatlari mazmunlarini o'rganib chiqishi turli sabablarga ko'ra ota-onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin bo'lgan oilalar turli tushunchalarini aniqlashga imkon beradi.

Ijtimoiy xatar guruhidagi oila - balog'at yoshiga yetmagan farzandlarga ega, ota-onalari o'z ota-onalik vazifalarini bajarishdan bosh tortayotgan, ota-onalik huquqlaridan o'z manfaatlari uchun foydalanayotgan, bolalarga shafqatsiz munosabatda bo'layotgan, ichkilikbozlik va giyohvandlikka berilgan oilalar.

Ijtimoiy xavfli holatda bo'lgan oilalar - ijtimoiy xavfli holatdagi farzandlari bo'lgan, fazrandlariga tarbiyalash, ta'lim berish va boqish bo'yicha o'z vazifalarini bajarmayotgan hamda ularning salbiy xulqiga ta'sir ko'rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz munosabatda bo'layotgan oilalar.

Qiyin hayotiy vaziyatda bo'lgan oilalar - yuzaga kelgan sharoit, vaziyat natijasida hayot faoliyati obyektiv buzilgan oilalar: muammolar sezilmas namoyon bo'ladigan va rivojlanmaydigan noto'liq, ko'p bolali oilalar, imkoniyati cheklangan farzandi bo'lgan oilalar, kam ta'minlangan oilalar.

Taniqli chexoslovakiyalik olimlar I.Langmeyer va Z.Mateychik bolalarni ijtimoiy muhitdan ajratish va separatsiya, mavjud ijtimoiy munosabatlarning yo'qolishi, ularning muhim ehtiyojlari qondirilmagan bo'lib qolishiga olib kelishini ta'kidlaydilar.

Britaniyalik olim K.Uayt institutsional muassasadagi bolalarning muammolarini muhokama qilib: "Maktabda qo'shnilar bilan munosabatda, ijtimoiy xizmatlar "jamoasi" da his qilinadigan ko'pgina turli sigmatik jarayonlar tufayli boshqa bolalardan ajralib qolgan bo'ladilar" deb hisoblaydi.

Oiladagi quyidagi munosabatlar bolada zo'ravonlik hissi shakllanishiga omil bo'lishi mumkin:

- oiladagi ahloqsizlik munosabatlari;

- ota-onalarning bola tarbiyasiga befarqligi;

- oilaviy janjallar;

- badavlat oila;

- kambag'al oila;

- yuqori darajadagi stress;

- ota-onalarning bolalariga bo'lgan zo'ravonlik munosabatlari;

- asotsial, ruhiy nosog'lom ota-onalar;

- ota-onalarni alkogol moddalar iste'mol qilishi.

Psixolog Sh.A.Do'stmuhammedova ham ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabat bola shaxsi shakllanishidagi yetakchi omillardan biri, deb hisoblaydi. Bolaga tarbiya berishda ota-onadagi mavjud psixologik va pedagogik bilimlar, ularning oiladagi va ijtimoiy hayotdagi obro'si juda muhim hisoblanadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, o'smirlarda zo'ravonlik hissining shakllanishi, avvalo, ota-ona yoki aka-ukalar bilan munosabatlarga bog'liqligi yuqori ko'rsatkichni namoyon etgan.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, oila-bolaning yaxshi hayot kechirishi va rivojlanishi uchun mumkin bo'lgan yagona eng yaxshi muhit. Oila bolani ijtimoiylashtirishning eng mos omili hisoblanadi. Oila qarindoshlik munosabatlari tajribasini, kattalar bilan muloqot qoidalarini, ma'naviy va umuminsoniy qadriyatlarini o'zlashtirishga yordam beradi. Oilada tug'ilgan farzandlarning barkamol inson bo'lib shakllanishi oilaning ta'lim-tarbiyasiga, bola dunyoqarashining shakllantirilishiga, oilaning ijtimoiy holati bilan uzviy bog'liqdir. Ota-onaning ijtimoiy vazifasi farzandga shaxslararo munosabatlarga kirisha olish malakalarini shakllantirish, odob-ahloqli qilish, bir so'z bilan aytganda ta'lim-tarbiya hisoblanadi. Ota-onalarning o'z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan qarashi albatta, bolaning xulqida turli ogvishlarga olib kelishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-

son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni // https://lex.uz/docs/5841063

2. O'zbekiston Respublikasining 23.09.2020 y. O'PQ-637-son "Ta'lim to'g'risidagi"gi Qonuni//Lex.uz online73

3. Elov Z.S. O'smirlik davrida shaxs xulq-atvorida kuzatiladigan reaksiyalarning psixologik ta'siri.

4. N.M.Rayimov "Oilaviy munosabatlarda zo'ravonlik hissi vujudga kelishi haqidagi psixologik qarashlar"

"Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon hayot, ta'lim va barqaror kelajak" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami "Mahalla va oila" nashriyoti Toshkent - 2024

5. E.A.G'ulomqodirov "Oilaviy zo'ravonlikka uchragan bolalarning psixologik profili"

"Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon hayot, ta'lim va barqaror kelajak" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami "Mahalla va oila" nashriyoti Toshkent - 2024

6. N.M.Rayimov "Oiladagi tarbiyaning zo'ravonlik hissi vujudga kelishiga ta'siri" International scientific journal "Interpretation and researches" Volume 2 issue 8 (30) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.