Научная статья на тему 'NOGIRONLIGI MAVJUD BO‘LGAN BOLALAR TARBIYASINI OLIB BORISHDAGI ALOHIDA TAMOYILLAR (AMERIKA TAJRIBASI ASOSIDA)'

NOGIRONLIGI MAVJUD BO‘LGAN BOLALAR TARBIYASINI OLIB BORISHDAGI ALOHIDA TAMOYILLAR (AMERIKA TAJRIBASI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
535
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
alohida qarovga muhtoj bola / oilaviy ta’lim / barkamol rivojlanish. / children with special needs / family education / harmonious development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Jumaev

Ushbu maqolada Amerika oilalarida nogironligi mavjud bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning asosiy tamoyillari muhokama etilgan. Ushbu tamoyillar butun oilaning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada asosiy urg‘u jamiyat va oilada nogironligi mavjud bolaga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga qaratilgan va faqat sog‘lom munosabatlargina nogironligi mavjud bolaning o‘ziga xos qobiliyatlarga ega iste’dodli shaxs sifatida shakllanishiga yordam berishi ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIAL PRINCIPLES FOR RAISING CHILDREN WITH DISABILITIES (BASED ON AMERICAN EXPERIENCE)

This article deals with key principles of upbringing of children with special needs in American families. These principles play an important role in the development of family as a whole. Special attention is paid to the formation of right attitude towards children with special needs in their family and in the society. The article emphasizes that only healthy relationship inside the family where children with special needs are brought up can help these children to become real personalities with their peculiar abilities and talents.

Текст научной работы на тему «NOGIRONLIGI MAVJUD BO‘LGAN BOLALAR TARBIYASINI OLIB BORISHDAGI ALOHIDA TAMOYILLAR (AMERIKA TAJRIBASI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

NOGIRONLIGI MAVJUD BO'LGAN BOLALAR TARBIYASINI OLIB BORISHDAGI ALOHIDA TAMOYILLAR (AMERIKA TAJRIBASI ASOSIDA) Jumaev Murodbek Nodirbekovich,

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi akademik lisey 2 - kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7178583

Annotatsiya. Ushbu maqolada Amerika oilalarida nogironligi mavjud bo'lgan bolalarni tarbiyalashning asosiy tamoyillari muhokama etilgan. Ushbu tamoyillar butun oilaning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Maqolada asosiy urg'u jamiyat va oilada nogironligi mavjud bolaga nisbatan to'g'ri munosabatni shakllantirishga qaratilgan va faqat sog'lom munosabatlargina nogironligi mavjud bolaning o'ziga xos qobiliyatlarga ega iste 'dodli shaxs sifatida shakllanishiga yordam berishi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: alohida qarovga muhtoj bola, oilaviy ta'lim, barkamol rivojlanish.

ОСОБЫЕ ПРИНЦИПЫ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ (НА ОСНОВЕ АМЕРИКАНСКОГО ОПЫТА)

Аннотация. В данной статье рассматриваются основные принципы воспитания детей с особыми потребностями в американских семьях. Данные принципы играют важную роль в развитии семьи в целом. Особое внимание обращено на формирование правильного отношения к детям с особыми потребностями в семье и в обществе. В статье подчеркивается, что только здоровые отношения внутри семьи, где воспитываются дети с особыми потребностями, могут помочь этим детям стать настоящими личностями со своими особыми способностями и талантами.

Ключевые слова: дети с особыми потребностями, семейное воспитание, гармоничное развитие.

SPECIAL PRINCIPLES FOR RAISING CHILDREN WITH DISABILITIES (BASED ON

AMERICAN EXPERIENCE)

Abstract. This article deals with key principles of upbringing of children with special needs in American families. These principles play an important role in the development offamily as a whole. Special attention is paid to the formation of right attitude towards children with special needs in their family and in the society. The article emphasizes that only healthy relationship inside the family where children with special needs are brought up can help these children to become real personalities with their peculiar abilities and talents.

Keywords: children with special needs, family education, harmonious development.

KIRISH

Hozirgi kunda alohida e'tiborga muhtoj bolalar tarbiyasi va ushbu ta'limning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biridir. Oila instituti nogironligi mavjud bolalarning shaxsiyatini shakllantiradigan maskan sifatida uning kelajakdagi rivojlanishda muhim rol o'ynaydi. Bolaning jamiyat bilan muloqotga kirishishi ham, o'zini erkin shaxs sifatida ko'ra bilishi ham aynan oila orqali amalga oshadi. Bolaning oilasi, yaqinlari uni tashqi olam bilan bog'lab turuvchi zanjir kabidir. Alohida e'tiborga muhtoj insonlarga bo'lgan munosabat o'sha jamiyatning insonparvarlik ko'rsatkichini ham o'zida aks ettiradi. Nogironligi bo'lgan bolalarni to'g'ri tarbiyalash, ularning kelajakda hayotda o'z o'rinlarini topishlari va yaqinlari qaramog'iga muhtoj bo'lmasliklari jamiyatning o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsadlaridan biri bo'lishi zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Alohida e'tiborga muhtoj bolalar tarbiyasi muammolarini o'rganish zamonaviy pedagogikaning eng oldi masalalaridan biriligicha qolmoqda. O'nlab yillar davomida jamiyatlardagi ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar oilaviy munosabatlarga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi, albatta. Alohida e'tiborga muhtoj bolalarga bo'lgan munosabat so'nggi yillarda yanada insonparvarlashdi. Ularni tarbiyalashdagi asosiy ustunlik oilaga berildi.

Muammoning yechim topilmagan tomonlari: Ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlar, oilaviy ta'lim alohida e'tiborga muhtoj bolalarning ruhiy va hissiy holatiga kuchli ta'sir o'tkazadi. Aynan ana shu masalalar o'qituvchi va maxsus mutaxassislar qarshisida turgan eng dolzarb muammo sanaladi.

Maqolaning maqsadi: Ushbu maqoladan ko'zlangan asosiy maqsad - alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarni oilaviy tarbiyalashning asosiy tamoyillarini hamda ushbu oilalarda tez-tez uchraydigan muammolarni ko'rsatib berish va ularga xorij tajribasi, xususan AQSh tajribasidagi yechimlarni tahlil etishdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi zamonga kelib alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning oilaviy tarbiya masalalari kun sayin murakkablashib bormoqda. UNICEF xalqaro tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, butun dunyo bo'ylab 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning har 20 tadan bir alohida e'tiborga (yoki aqliy yoki jismoniy nuqsoni mavjud) muhtoj. Alohida e'tiborga muhtoj bolalarning umumiy soni butun dunyoda 93 milliondan ortiq Bolani tashkil etadi.

Zamonaviy amerika ta'lim falsafasida e'tibor birinchi galda bolaning individualligiga qaratiladi. Alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarning birinchi va asosiy o'qituvchilari esa ota-onalari hisoblanadi. Ko'plab mutaxassislarning ta'kidlashicha, ota-onalarning farzandlari bilan uyda olib boruvchi mashg'ulotlari butun o'quv jarayoniga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi. Amerikaning ko'plab umumta'lim maktablari endilikda imkoniyati cheklangan va alohida e'tiborga muhtoj bolalarni o'z muassasalariga qabul qilmoqdalar. Bunday tizimda ta'lim muassasasi hamda ota-onalar o'rtasidagi hamkorlik nihoyatda muhim. Alohida e'tiborga muhtoj o'quvchilar bilan ishlashda ta'lim muassasalari oilaning manfaatlarini, tajribasini hisobga olgan holda individual moslashtirilgan o'quv dasturlarini ishlab chiqadilar va dasturni ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.

Oila jamiyat birligini tutib turiuvchi asosiy mezondir. Ularning birdamligini ta'minlashda esa jamiyatning barcha muassasalari alohida o'rni bor. Agar bu zanjirning birgina halqasi ham uziladigan bo'lsa butun tizim faoliyatiga ta'sir o'tkazadi.

Nogironligi bo'lgan farzandlari bor ota-onalar ham ta'limning har bir bosqichida o'quv muassalari bilan alohida ishlab chiqilgan dastur asosida hamkorlik qilishlari zarur. Hamkorlikdan kutilayotgan natija esa bolaning o'z sohasida ko'zlagan maqsadlariga erishishi, jamiyatda mustaqil hayot kechirib o'zlariga g'amxo'rlik qila oladigan, to'laqonli hayot kechira oladigan shaxs sifatida tarbiyalashdir.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi maqsadlarning bari birinchi qadamdan - jamiyat bilan muloqotga kirishishdan boshlanadi. Ko'pchilik ota-onalar nogironligi mavjud farzandlarini jamiyatdan o'zlari anglamagan holda ajratib qo'yadilar. Bu esa muloqot qobiliyati rivojlanishiga to'sqinlik qilib, bolaning ijtimoiylashuvini ortga suradi. Aslini olganda ota-onalar xolislik nazari bilan farzandlarining o'z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun harakat qilishlari darkor.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolaning jamiyatda o'zini erkin his qilishi uning oiladagi erkinligidan boshlanadi. Nogironligi bo'lgan bolalarning o'z tengqurlari bilan muloqotga kirishishi hamda turli xil tadbirlarda ishtirok etishlari juda ham foydali. Bundan tashqari, farzandlariga mustaqil qaror qabul qilishlariga imkon beruvchi ota-onalar farzandlarida mas'uliyat va javobgarlik tuyg'ularini ham shakllantirib boradilar. Ota-onalarning har bir so'zi, xatti-harakati nogironligi bo'lgan bolalarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bola ota-onasida eng yaxshi namunani ko'rishi eng muhim omil.

Bolaning ongida o'z kamchiligidan foydalanish kabi ruhiyatning shakllanmasligi ota-onalarning birinchi galdagi vazifalaridir. Buning uchun ba'zi hollarda haddan ortgan talablar rad etilishi ham foydali bo'lishi mumkin. Buning uchun, albatta, o'qituvchi va boshqa mutaxassislarning maslahatlarini tinglash va unga amal qilish lozim.

Nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalash ota-onadan ham katta ma'naviy va jismoniy kuchni talab etadi. Bunda ota-onalarning o'z salomatliklariga e'tiborli bo'lishlari, hissiy muvozanatni va nekbinlikni saqlay bilishlari lozim. Bunday ota-onalar farzandlarini boshqa sog'lom bolalar bilan solishtirmasliklari darkor. Bunda ota-ona farzandlarining rivojlanish darajasini xolis baholay bilishlari, standart me'yorlarga emas farzandlarining erishgan yutuqlariga e'tibor qaratishlari zarur. Nogironligi bo'lgan bolaning g'ayritabiiy xatti-harakatlari sabab odamlardan uzoqroq tutilishi oto-onaning noto'g'ri tanlovidir. Bundan tashqari boladagi muammolarni aniqlash va ularni tuzatish choralarini topish uchun ham tabiiy shart-sharoit zarur.

Nogironligi bo'lgan bola ota-onalari doimiy hayot tarzlarini tubdan o'zgartirishga majbur bo'ladilar. Jarayonda ota-onalar farzandlarining tashqi olamning murakkab shart-sharoitlariga moslashishlari uchun zarur bo'lgan har bir ishni amalga oshirishlari va berilgan imkoniyatlardan foydalanishlari zarur.

Oilada farzandning dunyoga kelishi har doim o'zgacha his-hayajon bilan kutib olinadi. Ota-ona kelajak uchun shirin rejalar tuzib farzandlari uchun ism tanlaydilar. Biroq bolaning nogironlik nuqsoni bilan tug'ilishi ko'pchilik oilalar uchun chinakam fojea. Bunday ulkan ruhiy bosimni har biro ta-ona ham yengib o'ta olmaydi. Aksariyat ota-onalar farzandlarini kasalxonalarda qoldirib ketadilar. Boshqalar esa farzandlarini oilalarida tarbiyalashga qaror qiladilar. Bu ota-ona uchun jiddiy va mas'uliyatli chorlovdir. Bunday kuchli bosim aksar hollarda ota-onalarda vahima, umidsizlik va aybdorlik tuyg'ularini yuzaga keltiradi. Nogironlik bilan tug'ilgan bola oiladagi mavjud psixologik muhitni hamda oilaviy hayot tarzini butkul o'zgartirib yuboradilar. Bola alohida g'amxo'rlik va katta e'tibor talab etgani uchun ham butun oilada hissiy tushkunlik holati yuzaga keladi.

Nogironligi bo'lgan bolalar ota-onalari nafaqat ta'lim, balki bolalarga g'amxo'rlik qilish, sog'liq, iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu esa turmush sifatining yomonlashishi hamda oilaviy muammolarning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Shuni unutmaslik lozimki, oila nogironligi bo'lgan bolalar ijtimoiylashuvida eng ta'sirli omil bo'lib, uning ta'siri boshqa barcha institutlardan ko'ra kuchliroqdir. Biroq, ota-onalarning psixologik va hissiy stressi kuchayganda, oila ko'plab muammolar va inqirozlarni boshdan kechiradi. Ushbu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun oila a'zolari moliyaviy, jismoniy va psixologik yordamga muhtoj. Bunday qo'llab-quvvatlash alohida ehtiyojli bolani tarbiyalayotgan oila uchun juda foydali.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Nogironligi mavjud bolalari bor oilalar doimiy psixologik bosimni his etadilar. Shuning uchun ham ba'zi ota-onalar bunday mas'uliyatni boshqalar zimmasiga yuklaydilar. Ko'plab davlatlarda keng tarqalgan bunday muammo nogironligi mavjud bolalar rivojlanishiga salbit ta'sir o'tkazmoqda.

MUHOKAMA

Hozirgi zamonda ko'plab jamiyatlarda nogironligi mavjud bo'lgan bolalar uchun ta'lim olish, ishga joylashish, ijtimoiy-madaniy va siyosiy hayotdagi ishtiroklari sezilarli darajada cheklangan. Aynan shuning uchun ham nogironligi bo'lgan bolalarning ijtimoiylashuvida oila asosiy pog'anaga ko'tariladi. Chunki bolalarning jamiyatda yashash qobiliyati oilada shakllanadi. Boshqa ijtimoiy guruhlar bilan solishtirganda oila alohida mavqega ega. Barcha boshqa ijtimoiy guruhlarni "suniy" deya atash mumkin. Oilalarning mavjudligi esa tabiiy bir jarayon bo'lib, shaxsiy hayot bilan chambarchas bog'liq.

Shuning uchun ham nogironligi mavjud farzandli oilalarning jamiyatda yolg'izlanib qolmasligi juda muhim. Ular mutaxassislar tomonidan ko'rsatiladigan ta'limiy va psixologik yordamga muhtojdirlar. Yordamni rad etuvchi oilalar duch keladigan muammolarni osongina yenga olmaydilar. Xatolarini tuzatish uchun farzandlarini reabilitatsiya kurslariga jo'natadilar. Biroq bu bolaning ruhiyatiga jiddiy shikast yatkazishi mumkinligi ko'plab mutaxassislar tomonidan qayd etilgan.

AQShda nogironligi mavjud bolali oilalarni qo'llab-quvvatlashlash tizimi yaxshi rivojlangan. Amerikalik mutaxassislar sohalari bo'yicha ijtimoiy ko'mak va oilalar o'rtasida ko'prik vazifasini bajarishlari bilan bir qatorda oilalarga zarur bo'lgan birinchi galdagi ehtiyojlarni qondirishga o'qitiladilar.

Zamonaviy Amerikaning oilashunos psixolog Lillian Katz bolaning idrok etishdagi yetti xususiyatni aynan oila bilan bog'liq ekanini ta'kidlaydi. Jumladan uning fikriga ko'ra, "ota-onalar o'qituvchilarga nisbatan o'z farzandlari nutqini ko'proq tinglash va kuzatish imkoniga egalar. Gap shundaki, ular jarayonni xolis baholay olishlari lozim." Ota-onalar va mutaxassislarning maqsadlarining lozim yo'nalishga qaratilishi shuning uchun ham nihoyatda ahamiyatli.

Amerikada individual ta'limning sifatli tashkillashtirilishining alohida xususiyati shundaki, jamoat tashkilotlari hamda ta'lim o'qituvchilari doimiy tarzda ota-onalar uchun o'quv kurslari hamda seminarlarni tashkil etib boradilar. Ota-ona jamoatchiliklari ham har bir kesimda (maktab, mahalla, universitet) shakllantirilgan. Ota-onalar uyushmasining faolligi, har yili turli xil xayriya tadbirlar o'tkazib, oilalarni uyushtirishi amerikacha tizimning ishlovchi mexanizmidir.

Nogironligi mavjud bolaning oilada tarbiyalash sabr-toqatli bo'lish, bola psixologiya hamda pedagogikasini bilishni talab etuvchi murakkab ishdir. Oilaviy ta'lim xususiyatlari oila muhitidagi shart-sharoit, nogironlik turi, ota-onalarning o'z vazifalarini uddalay olish darajalari bilan belgilanadi. Ota-onalarning ijobiy namunasi sabab nogiron bola axloq qoidalariga rioya qilishni hamda har bir inson hayotida muhim bo'lgan mehr-oqibat, halollik, intizom va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni egallab boradilar.

Oila nogironligi bor oilaning ijtimoiylashuv jarayonini tezlashtirishi bilan birga o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishni hamda o'z kuchiga ishonchni oshiruvchi vositaga ham aylanadi.

Birgalikdagi hamda muloqot faoliyati davomida bolalarning bilimga qiziqishlari hamda dunyoqarashning kengayishi rag'batlantiriladi. Buning uchun ota-onalarning farzandlari bilan birgalikda ko'proq muloqot o'tkazishlari talab etiladi. Bunda, albatta bolaning individual

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

xususiyatlari ahamiyatga egadir. Chunki oila - nogironligi mavjud bola rivojlanishida eng samarali bo'g'in sanaladi. Shuning uchun ham har bir jamiyatda oila ulug'lanadi va har bir oila a'zosiga uni qadrlash uqtiriladi.

Nogironligi mavjud bo'lgan bolalarning mustaqil shaxs sifatida tarbiyalanishida ota-onalarning adekvatlik mezonini saqlay bilishlari nihoyatda muhimdir. Bolaning oilasi bilan munosabatlarining qanchalik ishonchli bo'lishi, kelajakda uning begona qatlam bilan aloqaga chiqishida tayanch vazifasini bajaradi. Nogironligi mavjud bo'lgan bolalar ham xuddi boshqa bolalar kabi tashqi olam bilan faol munosabatda bo'ladilar. Aynan shu omil ularning kelajakda jamiyatning to'laqonli mustaqil a'zosi bo'lishini ta'minlaydi. Biroq faqatgina oilaning muhitigina rivojlanishga yetarli emas. Bunda bolaga mutaxassislarning professional ko'magi zarur. Mutaxasisining jarayonga aralashuvi bolaning qay darajada nuqsonga ega ekanligiga bog'liqdir. Nogironligi mavjud bo'lgan bolaning samarali tarbiyalanishining eng muhim tamoyillaridan biri - bolada o'z-o'ziga yordam berish ko'nikmasini shakllantirib, boqimandalik kayfiyati paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslikdir. Bularning bari shakllanishi esa avvalo tartib va tozalikka o'rgatish bilan boshlanadi. Bola asta-sekin uy yumushlari bilan band qilinishi, faol hayot tarziga bosqichma-bosqich tayyorlab borilishi lozim. Bunda bolaning jismoniy yoki aqliy zaifligi sabab yuzaga kelgan muammolarni ojizlik sifatida emas, yechimini kutayotgan masala sifatida qabul qilishi singdirilishi lozim.

Yaqin o'tmishda ham Amerika tajribasida nogironligi mavjud bolalarni shahardan tashqaridagi alohida maktablarda o'qitish maqsadga muvofiq deb qaralardi. Biroq, so'nggi yillarda mazkur masalaga doir siyosiy va ma'naviy qarashlar keskin o'zgardi. Endilikda bolalarni oilasidan ajratgan holdagi maktablarda emas, oilasi qaramog'ida mutaxassis dasturi asosidagi dastur asosida o'qitish ma'qul ko'rilmoqda.

Avvallari nogironligi mavjud bo'lgan insonlarga faqatgina rahm-shavqatga muhtoj, nochor inson sifatida qaragan bo'lsalar endilikda ularga teng huquqli faqatgina ko'makka muhtoj mustaqil shaxs sifatida qaramoqdalar. Nogironligi bo'lgan bolalarning tarbiyasida asosiy muammo ham ota-onalarning bolaning nuqsoniga bo'lgan munosabatlaridir. Ota-onalarning bilimi, madaniyati, shaxsiy xususiyatlari va boshqa omillar bola idrokiga katta ta'sir qiladi. Ota-onalarning tushkun kayfiyati, chalkashlik tuyg'ulari bolada ham depressiyaga sabab bo'ladi va bora-bora bunday oilalar parokandalikka yuz tutadilar. Ba'zi ota-onalar nogironligi mavjud bolalarni tashqi muhitdan ajratib qo'ysalar, boshqalar normal hayot kechirishga intiladilar. Aynan man shu munosabat bolaning kelajakda hayotda o'z o'rnini topishida hal qiluvchi omillardan bo'lishi mumkin.

XULOSA

Nogironligi mavjud bo'lgan bolani oila muhitida voyaga yetkazish barcha oila a'zolarini qamrab oladigan kundalik mashaqqatli jarayondir. Nogironligi mavjud bolalar ota-onalari farzandlari dunyoga kelganda vaziyatni qabul qilishlari va unda ijobiy tomonlarni ko'rishga intilishlari zarur. Farzandlar ulg'ayishar ekan ular qanday hold abo'lishlaridan qat'i nazar ota-onalari ularni sevishlarini bilishlari juda ham muhim. Bolalar ota-onalarning har bir so'zi va his tuyg'ulariga ta'sirchandirlar. Ular yaqinlarining har bir harakatini darrov o'zlariga singdirib oladilar. Shuning uchun ham tushunish, qabul qilish va mehr-muhabbat nogironligi mavjud Bolani tarbiyalashning asosiy tamoyili sanaladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Kaufman, J.M., & Landrum, T.J. Educational service interventions and reforms. In J.W. Jacobson, J.A. Mulick & J. Rojahn (Eds.), Handbook of intellectual and developmental disabilities. New York: Springer, 2007.

2. Children with Disabilities. UNICEF report, USA, 2013.

3. Education, disability and social policy. Edited by Steve Haines and David Ruebain, 2011.

4. Winzer M. Confronting difference: an excursion through the history of special education/M.Winzer// The SAGE Handbook of Special Education. - SAGE Publications, 2006.

5. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Jild 2. - №. 01. - P.296-300.

6. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

7. Juraev R. X., QORAXANOVA L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. - 2021. - Jild 2. - №. 1. - P.295-299.

8. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

9. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

10. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. - С. 3500-3505.

11. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

12. Juraev R. X., Karaxonova L. M. media ta'limi maktab o'quvchilarining ta'lim sifatini oshirish omili sifatida / / hayot davomida ta'lim: barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim. -2013. - S. 322-323.

13. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

14. Musaxonovna K. L. General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. - №. 5. - С. 855-860.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

15. Juraev R. X., Karaxonova L. M. iqtidorli bolalarni ta'lim muassasalari tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash //fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2022. - Jild 3. - №. 4. - 66-70 betlar.

16. Karaxanova L. M. tabiiy fanlarni o'qitishda zamonaviy ochiq ta'limda yangi interaktiv elektron manbalar / / ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. - 2021. - Jild 2. - №. CSPI conference 1. - P. 1303-1305.

17. Karaxanova L. M. Development of students' knowledge based on the use of 3d educational technologies in the Biology education //Таълим ва инновацион тадкикотлар.- Buxoro. -2020. - 55-59 betlar.

18. Сафарова Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя килишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

19. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

20. Musakhonovna K. L. Peculiarities of using modern educational tools to increase the effectiveness of teaching the natural sciences and direct students to independent activities //Asian Journal of Multidimensional Research. - 2022. - Т. 11. - №. 5. - С. 182-191.

21. Kh D. R., Karakhonova L. M. Media education as a factor of increasing the quality of teaching schoolchildren //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2 (eng). - С. 287-288.

22. Караханова Л. МУЛЬТИМЕДИЙНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ЗООЛОГИИ //Збiрник наукових праць Уманського державного педагопчного ушверситету. - 2011. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.