Научная статья на тему 'OILADA FARZAND TARBIYASIDA ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING O’RN'

OILADA FARZAND TARBIYASIDA ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING O’RN Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

635
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasida abu rayxon beruniy asarlarining o’rni haqida so’z borgan. / This article talks about the role of Abu Raykhan Beruni's works in raising children in the family.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA FARZAND TARBIYASIDA ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING O’RN»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural ,, „ , „ . . , . , j. A1 „ , „ Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in , . .. • .r ^ • ^ , , ^ / • ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi orni

OILADA FARZAND TARBIYASIDA ABU RAYXON BERUNIY

ASARLARINING O'RNI

Moxira Yovqacharova

Jizzax shaxar 19 DMTT tarbiyachisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasida abu rayxon beruniy asarlarining o'mi haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: pedagogik talqin, avlod tarbiyasi, oila, bola tarbiyasi, axloqiy fazilatlar, tozalik, pokizalik va tartib, oilaviy qadriyatlar, oila tarbiyasi.

Abstract: This article talks about the role of Abu Raykhan Beruni's works in raising children in the family.

Keywords: pedagogical interpretation, generational education, family, child education, moral qualities, cleanliness, cleanliness and order, family values, family education.

Jamiyatning ma'naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta'lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'liqdir. Shu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta'lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keladi. Shuningdek, barkamol avlod tarbiyasida oila va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega. Sababi maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarimiz xar tomonlama barkamol bo'lib kamol topishida albatta oilaning o'rni beqiyos.

Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini, bola tarbiyasining asosi hisoblanadi. Oilada farzandlarni ma'nan barkamol eib tarbiyalashda oilaviy qadriyatlar, milliy va ma'naviy urf-odatlardan foydalanishdan tashqari albatta sharq mutaffakkirlarimiz asarlari va qarashlaridan foydalanishimiz muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, Abu Rayhon Beruniy "O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "E'tiqodlar va dinlar haqida" kabi ko'pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog'laydi. Inson tabiati ota-ona hisoblanib, avvalo oilada shakllanadi deya ta'kidlaydi. Shunga ko'ra, bola tarbiyasida ota-ona ta'siri va namunaga benihoya kattadir. Haqiqatdan ham oilada farzand tarbiyasida ota-ona namuna vazifasini o'taydi. Chunki halqimizda "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naql

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

437

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural ,, „ , „ . . , . , j. A1 „ , „ Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in , . .. • .r ^ • ^ , , ^ / • ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi orni

bor. Shundan kelib chiqqan holda ota-onning o'zaro munosabatlarida va ularning hatti- xarakatlari bola uchun ko'zgu vazifasini o'taydi.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja'far tilidan shunday deb yozadi. "Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta'qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat uyg'otadi. O'zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo'y atirlardan

Q

foydalangin. Ularnig ichida eng yaxshisi suvdir" . Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta'lluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o'rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma'naviy poklik ham bo'lmasligini ham alohida ta'kidlaydi. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo'rlamaydigan yomonchilik bo'lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o'rtasida o'zaro oqibat bo'lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma'naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo'ladi, degan fikrni olg'a surilgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo'ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko'z o'ngida yuz beradi. Buni to'la his etgan ota-ona ehtiyot bo'lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o'yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o'zaro suhbatlar o'tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan.

Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g'azablanishdan, qo'rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali yerishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo'lishi bola ruhiyatiga ta'sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o'sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola organizmidagi o'zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Xulosa qilib aytganda, Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g'azablanishidan, qo'rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi.

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022

Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo'lishi, bola ruhiyatiga ta'sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o'sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola organizmidagi o'zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. F.Qodirova, SH.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova "Maktabgacha pedagogika" darslik Toshkent-2019. Tafakkur nashriyoti.

2. A.Abdusamidov va boshqalar "Mustahkam oila ma'naviyatlari" Toshkent-2012yil.Sano-standart nashriyoti.

3. "Mustahkam oila-ma'naviy tarbiya maskani" ilmiy to'plam Toshkent 2012 Sano-standart nashriyoti.

4. www.ziyonet.uz

5. www.google.uz

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.