Научная статья на тему 'ABU RAYXON BERUNIYNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI'

ABU RAYXON BERUNIYNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

444
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog„lom va bilimli / yetuk kadrlar / sharq mutaffakkiri / yosh avlod / axloqiylik / toʻgʻrilik / odillik / tadbirkorlik / oʻzini vazmin tutish / kamtarlik / insof / ehtiyotkorlik. / здоровый и образованный / зрелый персонал / восточный мыслитель / молодое поколение / нравственность / правильность / справедливость / предприимчивость / самообладание / скромность / честность / благоразумие.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Surayyo G‘aniyevna To‘xtayeva

Ushbu maqolada Abu Rayxon Beruniyning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari haqida so‟z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассказывается о взглядах Абу Райхана Беруни на воспитание детей

Текст научной работы на тему «ABU RAYXON BERUNIYNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYXON BERUNIYNING FARZAND TARBIYASIHAQIDAGI

QARASHLARI

Surayyo G'aniyevna To'xtayeva

Sharof Rashidov tumani 18-DMTT tarbiyachisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abu Rayxon Beruniyning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: sog'lom va bilimli, yetuk kadrlar, sharq mutaffakkiri, yosh avlod, axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbirkorlik, o'zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik.

Аннотация: В данной статье рассказывается о взглядах Абу Райхана Беруни на воспитание детей.

Ключевые слова: здоровый и образованный, зрелый персонал, восточный мыслитель, молодое поколение, нравственность, правильность, справедливость, предприимчивость, самообладание, скромность, честность, благоразумие.

Barchamizga ma'lumki, maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadrlar bo'lib voyaga yetishida maktabgacha ta'lim tarbiyasi juda - muhim o'rin tutadi.

O'zbek xalqida azal-azaldan oila, ota-ona va farzand tarbiyasiga alohida e'tibor berib, o'zgacha qadrlab kelganlar. Bu borada buyuk mutafakkirlarimiz ham o'z asarlarida qimmatli fikrlarini bildirib o'tganlar. Jumladan, buyuk sharq mutaffakkiri Abu Rayhon Beruniy ta'lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqeyi, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg'unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy komillikning asosini ilmli bo'lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg'u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbirkorlik, o'zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo'lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo'lgan eng asosiy sifatlardir.

Biz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli yosh guruhlarida ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda albatta ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalanamiz va

December 16

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

435

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

tarbiyalanuvchilarning ongida to'g'rilik, axloqiylik kabi sifatlarni shakllantirib boramiz.

Shuningdek, Beruniy o'z asarlarida bolalarni oila muhitida tozalikka, pokizalikka rioya etishlari lozimligi, aarki oilada tartib mavjud emas ekan, u yerda ma'naviy poklik ham bo'lmasligini uqtiradilar. Biz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida albatta tarbiyalanuvchilarni tozalikka, gigiyenaga rioya etish va sog'lom turmush tarziga amal qilishga o'rgatib boramiz. Bundan ko'zlangan maqsad-ularning jismoniy salomatligini mustaxkamlash, sog'lom turmush tarziga tadbiq etishdir. Beruniy bola fikrini, tanni toza tutish bilangina cheklab bo'lmaydi, balki ko'p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to'g'risidagi g'oya bilan bog'liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog'lomlik bilan ma'naviy kamolot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Albatta biz mutaffakkirlarimiz qarashlariga amal qilgan holda tarbiyalanuvchilarimizni badantarbiya qilishga o'rgatibgina qolmay, ularni jismonan sog'lomligini ham mustaxkamlash yo'lida o'z mashg'ulotlarimizda alohida e'tibor qaratami. Sababi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda ularni har tomonlama ma'nan va jismonan sog'lom qilib tarbiyalamog'imiz darkor.

Aytish joizki, mutafakkirimiz bola xulq-atvorining mo'tadilligi natijasida tan va ruh sog'lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Haqiqatdan ham insonning ruhi sog'lom bo'lsagina uning fikr va xulq atvori sog'lom bo'ladi. Agar insonning tan va ruh salomatligi inson kamolotida alohida o'rin egallaydi. Abu Rayxon Beruniy o'z asarlarida bola xulq-atvorining mo'tadilligi natijasida tan va ruh sog'lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.

REFERENCES

1. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. «Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi». T., «Istiqlol», 2006y, 320 bet.

2. A.Abdusamidov va boshqalar "Mustahkam oila ma'naviyatlari" Toshkent-2012yil.Sano-standart nashriyoti.

3. "Mustahkam oila-ma'naviy tarbiya maskani" ilmiy to'plam Toshkent 2012 Sano-standart nashriyoti.

4. www.ziyonet.uz

5. www.google.uz

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.