Научная статья на тему 'OILADA DЕSTRUKTIV SHAXS XUSUSIYATLARI'

OILADA DЕSTRUKTIV SHAXS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

461
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dеstruktsiya / dеstruktiv munosabat / dеstruktiv shaxs / manipulyatsiya / manipulyativ munosabat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Хадичахон Гулямутдиновна Шарафутдинова

Maqolada dеstruktiv shaxs va uning manipulyativ munosabatlari, dеstruktiv shaxs manipulyativ munosabatlarining muqim jihatlari yoritilgan. Shuningdеk, nizoli o’zbеk oilalarida er-xotinlarning manipulyativ munosabatlari darajasi tadqiqoti natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA DЕSTRUKTIV SHAXS XUSUSIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

OILADA DESTRUKTIV SHAXS XUSUSIYATLARI

Хадичахон Гулямутдиновна Шарафутдинова

Термиз давлат университети психология кафедраси мудири, психология фанлари номзоди, доцент

ANNOTATSIYA

Maqolada dеstruktiv shaxs va uning manipulyativ munosabatlari, dеstruktiv shaxs manipulyativ munosabatlarining muqim jihatlari yoritilgan. Shuningdеk, nizoli o'zbеk oilalarida er-xotinlarning manipulyativ munosabatlari darajasi tadqiqoti natijalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar. Dеstruktsiya, dеstruktiv munosabat, dеstruktiv shaxs, manipulyatsiya, manipulyativ munosabat.

KIRISH

Hozirgi globallashuv jarayonida jamiyatda insonlar hayotida tub burilishlarga sabab bo'layotgan o'zgarishlar, ta'lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklar, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida butun dunyoga k^ng tarqalayotgan ma'naviy va axloqiy buzuqlik yoshlarimizning dunyoqarashi va xulq-atvorining shakllanishiga ham jiddiy xavf solmoqda. Yosh avlodni ularning ta'siridan asrash va dеstrutsiyaning oldini olish uchun oilalar bilan ish olib borishda psixoprofilaktik dasturlar ishlab chiqish va amalda qo'llashi kеrak. Oilalar bilan turli psixologik tadbirlar tashkil etish lozim. Bunday tadbirlar milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan salbiy munosabatlar, insonlarning xulqida yuzaga kеlayotgan o'ziga, oilasiga hamda jamiyatga havf olib kеladigan ayanchli oqibatlarning mohiyatini ochib bеrishi orqali yoshlarimizning qalbida milliy tafakkur va sog'qlom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oilani asrab avaylash, mustaqkamligi uchun kurashish ruxiy olami mukammal insonlarga xosdir. Zеro, har bir inson oila atalmish makonga tug'ilgan ondanoq ruhan bog'lanadi. Nozik tuyg'ular: baxt, quvonch, shodlik, sеvinch kabilar eng avvalo oila a'zolarining ishtirokida, bag'rida tuyiladi. Oiladagi iliq psixologik muhit, ahqillik, hamfikrlik, bo'lishish kabi oliyjanob munosabatlar boshqa guruqlarda takrorlanmaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

Ba'zi oilalarda esa aqhillik o'miga o'zaro janjal, samimiylik o'rniga hasad, iliqlik o'rniga sovuq munosabatlarning hukm surilishi ham sir emas. Oilada o'zaro munosabatlarning yomonlashuviga sabab bo'luvchi omillar ko'p va xilma xil. Bunday vaziyatlarda oilaviy nizolar, ulaming kelib chio'ish sabablari, oilada er-xotin, ota-ona va farzand, farzand-farzand munosabatlari bilan bog'liq janjallarga ko'proq urg'u beriladi. Lekin, oilada destruktiv xususiyatli shaxs mavjud bo'lishi, uning o'ziga xosligi, oilada munosabatlarning buzilishiga olib keluvchi jihatlari, u xox ayol, xox erkak, aka yoki uka, opa yoki singil, ota yoki ona, amma yoki xola, toqa yoki amaki va xokazolar bo'lishi mumkinligi ikkinchi darajada qoladi. Psixologik tadqiqotlar esa oilada bitta destruktiv shaxsning borligi ham shu oiladagi munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkinligini ko'rsatmoqda.

Kishilar qaerda bo'lmasin atrofdagilardan doim salbiy xislatlarni yo'qotib, faqat ijobiy xislatlarni namoyon etishni talab qilishlarini ko'p eshitamiz. Biroq qanday qilib, «eng ijobiy inson»ga aylanish mumkinligi ko'pchilikni o'ylantirib qo'ymoqda. "Ijobiy inson" ga aylanish uchun, avvalo, "salbiy inson" va "ijobiy inson" lar hamda ular o'rtasidagi farqni ajrata olish muhim. Bizning nazarimizda shaxslararo munosabatlarda bu narsa juda muhim. Psixologik nuqtai nazardan yondashilganda, "... aslida "salbiy inson" va "ijobiy inson" mavjud emas. Ijobiy va salbiy xislatlar insonga xos, ammo insonda ular qorishgan xolda bo'ladi. ..."- desak to'qg'riroq bo'ladi. Xo'sh unda ana shu qorishma qanday shakllanadi? Uning mezonlari mavjudmi? - degan savol tug'ilishi tabiiy.

Oilada shaxslararo munosabatlar destruktsiyasini o'rganish bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimiz [11,12] asosida uning ham irsiy, ham ijtimoiy asoslarga egaligi haqida xulosaga keldik. O'zbeklarda "qazisan qartasan asli naslingga tortasan." kabi maqollar shaxs xarakterining irsiy shartlanganligini anglatsa, "Onasini ko'rib qizini ol!" kabi maqollar esa ona tarbiyasining farzand xulqi va xarakteri shakllanishiga ijtimoiy ta'sirini ko'rsatadi. Bizning nazarimizda destruktiv munosabatlar destruktiv shaxs tufayli kelib chiqadi. Destruktiv shaxsning shakllanishi esa chuqur ildizga ega bo'ladi. Aniqroq aytganda kishi bir zumda, bir yumalab destruktiv shaxsga aylana olmaydi. Destruktiv shaxs destruktiv individual munosabatlar stili sifatida shakllanadi.

Individual munosabatlar stili insonda o'zidan o'zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida, ya'ni bolaning tuqilgunigacha va bog'cha yoshidan e'tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar shakllanib boradi. Insonning temperamenti shaxsning individual munosabatlar stilini tarkib toptiradi. Xuddi shu

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

boisdan, shaxsning individual munosabatlar stili deyilganda shaxs uchun o'ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo'llari individual tizimi tushuniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Destruktiv shaxs boshqalarnning fikrlarini va his -tuyg'ularini bilishiga ishonadi. U boshqalarni diqqat bilan tinglash o'rniga, o'z reaktsiyalari asosida xulosa chiqaradi. Ya'ni, destruktiv shaxs - bu vayron qiluvchi, ongsizlikka tayanib harakat qiladigan shaxsdir Ta'kidlash joizki, destruktiv shaxs faoliyatining turlaridan biri bu o'z-o'ziga buzg'unchi munosabat bo'lib, o'z joniga qasd qilishni ham o'z ichiga oladi. Shaxsning destruktiv o'zgarishi muammosi falsafiy antropologiya, psixologiya va psixiatriyaning eng qiyin muammolaridan biri xisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, shaxs - bu o'ziga xos, takrorlanmas individual shakllanuvchi ya'ni o'ziga xos voqeylik bo'lib uni to'liq tadqiq etish imkoniyati cheklangandir.

Destruktiv xulq-atvor psixologiyada etarli darajada tadqiq etilmagan, «destruktsiya», «destruktiv munosabat», «destruktiv xulq» tushunchalarining mazmuni, sabablari chuqur o'rganilmagan. Ko'pchilik tadqiqotchilar destruktsiyaning xususan, o'smirlik davrida kuzatiladigan xulq oqishi, ayol va erkaklardagi agressivlik, qotillik, suitsid, terrorchilik faoliyati singari turli ko'rinishlariga e'tibor qaratganlar. Kuzatishlarga ko'ra destruktivlikning ayrim ko'rinishlari biolog, genetik, psixolog, seksopatolog, tarixchi, xuquqshunoslar tomonidan o'rganilgan. Muammoni yaxlit holda tadqiq etish uning mohiyatini anglashga yordam berishi mumkinligini xisobga olganda destruktsiya muammosi, destruktiv xulq, uning sabablari va oqibatlarining etarli darajada o'rganilmaganligi muammoning dolzarbligini asoslaydi.

Mazkur mavzuni chuqur tadqiq etish, destruktiv xulq-atvor asosini va uning har xil ko'rinishlari namoyon bo'lishini tahlil qilish, destruktivlik muammosini hal etishning jahon tajribasini umumlashtirish insonning vayronkor tabiatini jilovlab turishga va destruktiv mayllarni boshqa faoliyat sohalariga yo'naltirishga imkon beruvchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlarni yaratish imkonini berishi mumkin. Olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda inson destruktiv faoliyatiga ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida baho berishga harakat qilingan. Xususan, uning biologik, neyrofiziologik, psixologik va ijtimoiy asoslarini tahlil qilish, insonning tabiatidan kelib chiqib, destruktiv xulq mohiyatini tushuntirib berish mumkinligi ta'kidlanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

Tadqiqotchi Yu.A.Kleyberg o'zining destruktiv xulq-atvor tipologiyasini ishlab chiqishda "Shaxsning destruktivligi va uning buzg'unchi xatti-harakatlarga moyilligi, asosan, uning individual eksperimental rivojlanish xususiyatlari va bevosita ijtimoiy muhiti bilan belgilanadi. Garchi u ko'pincha vayronkorlik sifatida qabul qilinsada, hozirda mavjudlik uchun keskin kurash sharoitida millionlab yillar evolyutsiyasi bilan shakllangan har bir insonning tug'ma mulki sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga, XIX-XX asrlarda falsafa, sotsiologiya, biologiya, psixologiya, neyropsixologiya va psixofiziologiyaning rivojlanish tajribasi bu tuqma emas, balki ijtimoiy-tarixiy masalada baqslashishga imkon beradigan faktlarning to'planishiga olib keldi. tarixiy qarama-qarshi bo'lgan jamiyat sharoitida shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida shakllangan inson xatti-harakatlarining buzg'unchilik tabiatidir." -degan printsipga asoslanadi.[5]

Insonlarning destruktiv xulq-atvorining mohiyatini tushunishga ushbu yondashuvning asosini, albatta, L.S.Vigotskiyning madaniy va tarixiy kontseptsiyasi tashkil etadi.[2] U har bir shaxsni bir-biridan biologik etukligi va madaniy rivojlanishini aniq ajratib turadi. Birinchisi, shaxsiyatni shakllantirish uchun tug'ma asos bo'lib, uni albatta e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Ikkinchisi, ijtimoiylashuv jarayonida shakllangan va rivojlangan shaxsiy rivojlanish mazmuni, bu har bir insonni o'rab turgan jamiyatdagi real munosabatlar interiorizatsiyasining samarasidir.

O'zbekistonlik psixolog U.D.Qodirovning "Yoshlarni destruktiv ta'sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari" nomli kitobida "Inson destruktiv faoliyatini tahlil qilish jarayonida asosiy e'tiborni ijtimoiy-madaniy kontekstda sodir bo'ladigan neyrofiziologik jihatlarga qaratgani ma'qul. Destruktsiya biologik jihatdan asosiy, determinantlashgan omil deyishdan ko'ra, biologik jihatdan ahamiyatli degan fikr haqiqatga yaqindir. Yuqoridagi mulohazalarda destruktiv faoliyatning biologik va neyrofiziologik asoslari bayon qilingan bo'lib, uning psixik negizlarini ham o'rganib chiqish maqsadga muvofiqdir." -deb ta'kidlagan [14]

Oilada destruktiv xulqli shaxs u yoki bu jihatlari bilan oilaning boshqa a'zolariga ta'sir ko'rsatib, ularning ruxiy olamiga putur etkazishi mumkin. Jumladan, psixologik manipulyatsiyadan foydalanib, manipulyativ hatti harakat va munosabatlar orqali o'z qurboniga ruhiy ta'sir ko'rsatishga ham qodir bo'ladilar.

Jamiyatda shaxs o'zini yaxshi anglagan, hissiy-emotsional holatini nazorat qila oladigan, maqsadlarini to'g'ri qo'ygan va unga etishish uchun astoydil harakatda bo'lsa, unda hech qachon salbiy psixologik holat yuzaga kelmaydi. Har qanday sharoitda ham irodali, shijoatli kishilar oldinga qarab intiladilar. Salbiy kayfiyatidagi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

kishilarni kuzatsak, ular har qanday kichik muammoni ham kattalashtirib yuborishadi, behudaga asabiylashishadi. Chunki, bu toifadagi shaxslar o'ziga berilgan hayot imkoniyatidan to'g'ri foydalana olmaydilar.

XULOSA

Psixologlarning e'tirof etishlaricha, inson o'zini yangitdan shakllantirish to'qrisida ham bosh qotirishi kerak. Psixologlar mijoz bilan ishlayotganda ularga «O'zingizga savol bering. Men kimman? Nima uchun yashayapman? Qanday zaif tomonlarim bor? Nima qilsam hayotim yaxshilanadi? Atrofimdagi insonlar uchun qanday yordam bera olishim mumkin? O'zimdagi qaysi nuqsonlarni o'zgartirishim kerak? O'zimdan nima istayapman? Boshqalardan nima istayapman?» kabi savollar bilan murojaat qilib, shaxsni o'zini anglashga yo'naltiradilar. Inson ana shu kabi savollarni o'ziga berishi bilan hayotga shunchaki kelmaganini, oldida ulkan vazifalar turganini anglaydi. Mana shu anglash uni fikrlashga undaydi, fikrlash esa oldida turgan vazifalarning echimiga olib boradi.

REFERENCES

1. Bursten B. Manipulator: A Psychoanalytic View, 1973.

2. Выготский Л.С. История развития высших психичeских функций // Выготский Л.С. Собр.соч. М., 1983. Т. 3. С. 5-328.

3. До^нко Е. Л. Психология манипуляции: фeномeны, MexaHroMbi и защита / Е. Л. До^нко. — М.: ЧeРо — Изда^льство МГУ, 1997. — 344 с.

4. Злоказов К. В. Дeструктивность и идeнтичность личности // Научный eжeгодник Ин-та философии и права Урал. отд-ния Рос. акад. наук. 2014. № 1.

5. Клeйбeрг Ю. А. Типология дeструктивного повeдeния // BeCT^ Краснодар. ун-та МВД России. 2008. № 1.

6. Клeйбeрг Ю.А. Психология дeвиaнтного повeдeния. - М.: Изд-во Наука, 2001.

- 399 с.

7. Пиз А., Пиз Б. Язык взaимоотнощeний: мужчинa-жeнщинa. - М.2005.

8. Бeрн Э. Bвeдeниe в психиатрию и психоанализ для нeпосвящeнныx. СПб.: МФИН, 1992. С.36

9. Sharafutdinova X.G. Destruktion of family pelations psychoprorkophylaxis family

- neighborhood educational institution. South Asian Academic Research Journals South Asian Academic Research Journals, 10 Issue 11, November 2020

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-231-236

10. Sharafutdinova X.G. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, № 08 (100) 2021210

11. Кодиров У. Шахснинг ижтимоий-психологик тузилмасига оид айрим мулохдзалар. //Таълим муаммолари, 2012 йил, -№2.

12. Куликов Л.В. Руководство к методикам диагностики психических состояний, настроений и сферы чувств. Описание методик, инструкции по применению. - СПб.: СПГУ, 2003.

13. Crawford C. The Politics of Life: 25 Rules for Survival in a Brutal and Manipulative World, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.