Научная статья на тему 'OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING O’SMIRLAR AQLIY FAOLLIGIGA TA’SIRI'

OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING O’SMIRLAR AQLIY FAOLLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
96
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’smirlar / aqliy faollik / pedagogik hamkorlik / psixologik yondashuv / oila va maktab / ta’lim jarayoni / intellektual rivojlanish / mustaqil fikrlash / interaktiv metodlar. / подростки / мыслительная деятельность / педагогическое сотрудничество / психологический подход / семья и школа / образовательный процесс / интеллектуальное развитие / самостоятельное мышление / интерактивные методы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.U. Ummatqulova

ushbu maqolada o’smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Oila muhitining o’smirlarning intellektual rivojlanishiga ta’siri, maktabda ta’lim berish usullari va bu jarayonning o’zaro bog’liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, o’qituvchilarning va ota-onalarning o’zaro hamkorligi o’smirlarning mustaqil fikrlash, analitik tahlil qilish va o’z-o’zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishdagi o’rni ko’rsatilgan. Ushbu maqola pedagoglar, psixologlar hamda ota-onalar uchun o’smirlarning aqliy rivojlanish jarayonida oila va maktabning ahamiyatini yanada chuqurroq tushunish uchun foydali bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF FAMILY AND SCHOOL COOPERATION ON THE MENTAL ACTIVITY OF TEENAGERS

в статье анализируются педагогические и психологические аспекты сотрудничества семьи и школы в развитии психической деятельности подростков. На научной основе освещены влияние семейной среды на интеллектуальное развитие подростков, методы обучения в школе и взаимообусловленность этого процесса. Также показана роль сотрудничества педагогов и родителей в формировании навыков самостоятельного мышления, аналитического анализа и саморазвития подростков. Данная статья будет полезна педагогам, психологам и родителям для лучшего понимания значения семьи и школы в психическом развитии подростков.

Текст научной работы на тему «OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING O’SMIRLAR AQLIY FAOLLIGIGA TA’SIRI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N.U. Ummatqulova1H_

1"Oila va gender" ilmiy - tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada o'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Oila muhitining o'smirlarning intellektual rivojlanishiga ta'siri, maktabda ta'lim berish usullari va bu jarayonning o'zaro bog'liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, o'qituvchilarning va ota-onalarning o'zaro hamkorligi o'smirlarning mustaqil fikrlash, analitik tahlil qilish va o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishdagi o'rni ko'rsatilgan. Ushbu maqola pedagoglar, psixologlar hamda ota-onalar uchun o'smirlarning aqliy rivojlanish jarayonida oila va maktabning ahamiyatini yanada chuqurroq tushunish uchun foydali bo'ladi.

MAQSAD: maqola o'smirlarning aqliy faolligi rivojlanishiga oila va maktabning qanday hissa qo'shishi mumkinligini o'rganish, ularning hamkorligi samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik va psixologik jihatlarni tahlil qilishni maqsad qiladi. Bu jarayonda oila va maktab o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali o'smirlarning aqliy faoliyatini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatishga e'tibor qaratiladi.

Mazkur mavzuni o'rganish orqali o'quvchilarning intellektual rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda oila va maktabning hamkorlikdagi roli aniq belgilanadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: o'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligi muhim omil hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlar va amaliy kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, oila a'zolari, ayniqsa ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvi, bolalarning aqliy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Maktab esa o'smirlar bilimini kengaytirish va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda asosiy maydon hisoblanadi. Ushbu hamkorlik samaradorligi ko'proq oila va maktab o'rtasidagi doimiy muloqot va birgalikda ishlash mexanizmlariga bog'liq. Ayniqsa, psixologik qo'llab-quvvatlash va pedagogik yondashuvlarning uyg'unlashuvi o'smirlarning aqliy faoll igini rivojlantirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tahlillar asosida shuni ta'kidlash mumkinki, oila va maktab o'rtasidagi samarali hamkorlik o'smirlarning aqliy rivojlanishida hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Ota-onalar va o'qituvchilar o'rtasidagi doimiy hamkorlik o'smirlarning intellektual faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, pedagogik va psixologik qo'llab-quvvatlash usullarini takomillashtirish, o'smirlarning bilim olish va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

XULOSA: tarixiy asarlarni o'qitish orqali talabalarda vatanga sadoqat ruhini shakllantirish zamonaviy ta'limning eng muhim maqsadlaridan biridir. Tarixiy asarlar talabalarga nafaqat o'tmishdagi voqealar va shaxslar haqida bilim beradi, balki ularning ma'naviy va axloqiy rivojlanishiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Bunday asarlarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ular o'quvchilarni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga, o'z xalqining boy madaniy va tarixiy merosini anglashga, vatan ga sadoqatli bo'lishga o'rgatadi.

Xulosa qilib aytganda, O'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligi muhim o'rin tutadi. Ushbu hamkorlik bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish, ularni ijtimoiylashuv jarayoniga tayyorlash va o'z-o'ziga ishonch hosil qilishida katta ta'sir ko'rsatadi. Pedagogik va psixologik yondashuvlar orqali o'smirlarning intellektual imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishiga sharoit yaratish mumkin. Shu sababli, ota-onalar va o'qituvchilarning birgalikdagi faoliyati o'smirlarning kelajakdagi yutuqlari uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: o'smirlar, aqliy faollik, pedagogik hamkorlik, psixologik yondashuv, oila va maktab, ta'lim jarayoni, intellektual rivojlanish, mustaqil fikrlash, interaktiv metodlar.

Iqtibos uchun: Ummatqulova N.U. Oila va maktab hamkorligining o'smirlar aqliy faolligiga ta'siri. // Inter education & global study. 2024. №8. B.124-131.

ВЛИЯНИЕ СЕМЕЙНО-ШКОЛЬНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА НА ПСИХИЧЕСКУЮ

АКТИВНОСТЬ ПОДРОСТКОВ_

© Н.У. Умматкулова1И

1 Научно-исследовательский институт "Семья и гендер", Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются педагогические и психологические аспекты сотрудничества семьи и школы в развитии психической деятельности подростков. На научной основе освещены влияние семейной среды на интеллектуальное развитие подростков, методы обучения в школе и взаимообусловленность этого процесса. Также показана роль сотрудничества педагогов и родителей в формировании навыков самостоятельного мышления, аналитического анализа и саморазвития подростков. Данная статья будет полезна педагогам, психологам и родителям для лучшего понимания значения семьи и школы в психическом развитии подростков.

ЦЕЛЬ: цель статьи - изучить, как семья и школа могут способствовать развитию мыслительной деятельности подростков, разработать рекомендации по повышению эффективности их сотрудничества, проанализировать педагогические и психологические аспекты. В этом процессе, укрепляя связи семьи и школы, уделяется внимание выявлению проблем, возникающих в развитии психической деятельности подростков, и показаны пути их решения.

Изучая эту тему, четко определяется совместная роль семьи и школы в создании необходимых условий для интеллектуального развития учащихся.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: сотрудничество семьи и школы является важным фактором развития умственной деятельности подростков. Научная литература и практические наблюдения показывают, что образовательный подход членов семьи, особенно родителей, оказывает существенное влияние на психическое развитие детей. А школа является основным полем расширения знаний подростков и развития навыков самостоятельного мышления. Эффективность этого партнерства в большей степени зависит от механизмов постоянного общения и сотрудничества семьи и школы. В частности, сочетание психологического сопровождения и педагогических подходов служит развитию мыслительной деятельности подростков.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: на основе анализа можно отметить, что эффективное сотрудничество семьи и школы является решающим фактором психического развития подростков. Постоянное сотрудничество родителей и педагогов повышает интеллектуальную активность подростков. Также большое значение в развитии навыков обучения и самостоятельного мышления подростков имеет совершенствование методов педагогического и психологического сопровождения.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: таким образом, сотрудничество семьи и школы играет важную роль в развитии умственной деятельности подростков. Такое сотрудничество оказывает большое влияние на повышение способности детей мыслить самостоятельно, подготавливая их к процессу социализации и уверенности в себе. С помощью педагогических и психологических подходов можно расширить интеллектуальные возможности подростков и создать условия для их успеха в жизни. Поэтому совместная работа родителей и педагогов служит фундаментом будущих достижений подростков.

Ключевые слова: подростки, мыслительная деятельность, педагогическое сотрудничество, психологический подход, семья и школа, образовательный процесс, интеллектуальное развитие, самостоятельное мышление, интерактивные методы.

Для цитирования: Умматкулова Н.У. Влияние семейно-школьного сотрудничества на психическую активность подростков. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 125-132.

THE EFFECT OF FAMILY AND SCHOOL COOPERATION ON THE MENTAL ACTIVITY OF TEENAGERS_

© Nigora U. Ummatqulova1®

1 Research institute "Family and gender", Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: pedagogical and psychological aspects of family and school cooperation in the development of mental activity of adolescents are analyzed in this article. The influence of the family environment on the intellectual development of

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

adolescents, methods of teaching at school and the interdependence of this process are covered on a scientific basis. Also, the role of the cooperation of teachers and parents in the formation of independent thinking, analytical analysis and self-development skills of teenagers is shown. This article will be useful for pedagogues, psychologists and parents to better understand the importance of family and school in the mental development of adolescents.

AIM: the article aims to study how family and school can contribute to the development of mental activity of adolescents, to develop recommendations for increasing the effectiveness of their cooperation, to analyze pedagogical and psychological aspects. In this process, by strengthening the ties between the family and the school, attention is paid to identifying the problems that arise in the development of the mental activity of adolescents and showing ways to solve them.

By studying this topic, the cooperative role of family and school in creating the necessary conditions for the intellectual development of students is clearly determined.

MATERIALS AND METHODS: cooperation between family and school is an important factor in the development of mental activity of adolescents. Scientific literature and practical observations show that the educational approach of family members, especially parents, has a significant impact on the mental development of children. And school is the main field for expanding adolescents' knowledge and developing independent thinking skills. The effectiveness of this partnership depends to a large extent on the mechanisms of constant communication and cooperation between family and school. In particular, the combination of psychological support and pedagogical approaches serves to develop the mental activity of adolescents.

DISCUSSION AND RESULTS: based on the analysis, it can be noted that effective cooperation between family and school is a decisive factor in the mental development of adolescents. Constant cooperation between parents and teachers increases the intellectual activity of adolescents. Also, of great importance in the development of learning skills and independent thinking of adolescents is the improvement of methods of pedagogical and psychological support.

CONCLUSION: in conclusion, family and school cooperation play an important role in the development of mental activity of teenagers. This cooperation has a great impact on increasing children's ability to think independently, preparing them for the process of socialization and self-confidence. Through pedagogical and psychological approaches, it is possible to expand the intellectual capabilities of adolescents and create conditions for their success in life. Therefore, the joint work of parents and teachers serves as a foundation for the future achievements of adolescents.

Key words: adolescents, mental activity, pedagogical cooperation, psychological approach, family and school, educational process, intellectual development, independent thinking, interactive methods.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

CC

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Nigora U. Ummatqulova. (2024) 'The effect of family and school cooperation on the mental activity of teenagers', Inter education & global study, (8), pp. 125-132. (In Uzbek).

O'smirlarning aqliy faolligi - bu yosh davridagi bolalarning intellektual rivojlanishi jarayonida mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish, analitik tahlil qilish qobiliyatlari va o'z fikrlarini erkin ifodalashni o'z ichiga oluvchi psixologik jarayondir. Aq liy faollik shaxsning jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, yangi bilimlarni tezda o'zlashtirishi va hayotdagi turli vaziyatlarga moslashishi uchun zarur bo'lgan eng muhim sifat hisoblanadi. Bu jarayon, asosan, o'quvchilarning ta'lim olishdagi faolligi, qiziqishi va tashabbuskorligiga bog'liq bo'ladi.

O'smirlik davrida bolalar o'z fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish, mustaqil qarorlar qabul qilish hamda o'z o'rganish strategiyalarini shakllantirishni boshlaydilar. Bu bosqichda ularning aqliy faolligini rivojlantirish jamiyatda ularning kelajakdagi o' rnini belgilaydi va shaxsiy hamda professional hayotda muvaffaqiyatli bo'lishlariga asos yaratadi. Aqliy faollik yuqori bo'lgan o'smirlar bilimlarni tezda o'zlashtiradi, murakkab vazifalarni samarali hal qiladi va o'rganish jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo'ladi. Bu esa ularning ta'lim jarayonida yuksak natijalarga erishishiga olib keladi.

Aqliy faollikning ahamiyati bir necha omillar bilan bog'liq:

1. Mustaqil fikrlash - Aqliy faollik o'smirlarning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ular yangi ma'lumotlarni o'zlari tahlil qilish, o'rganilgan narsalarni boshqa bilimlar bilan bog'lash va shaxsiy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradilar. Mustaqil fikrlash kelajakda shaxsning ilmiy va kasbiy faoliyatida juda muhim hisoblanadi.

2. Muammolarni hal qilish qobiliyati - O'smirlar aqliy faolligi rivojlanishi ularning kundalik hayotda va ta'lim jarayonida duch keladigan muammolarni tahlil qilish va samarali yechimlarni topishga yordam beradi. Ushbu qobiliyat ularga murakkab vaziyatlarda o'z yo'llarini topish va muvaffaqiyatli chiqish imkoniyatini beradi.

3. Innovatsion fikrlash - Aqliy faolligi yuqori bo'lgan o'smirlar yangi va noan'anaviy yechimlarni izlashga moyil bo'ladilar. Ular innovatsion yondashuvlarni qo'llash orqali yaratgan g'oyalari bilan ajralib turadilar. Bu qobiliyat kelajakda ularning ijodi y rivojlanishi va professional hayotida yangi yutuqlarga erishish imkonini yaratadi.

4. O'rganishga bo'lgan qiziqish - Aqliy faollikning rivojlanishi ta'lim jarayonida faollik va qiziqish uyg'otadi. O'smirlar yangi bilimlarni tezda o'zlashtirishga intiladilar, ularni chuqur o'rganish va ilmiy izlanishlarga qiziqish hosil qiladilar. Bu ularning ta'lim olish jarayonida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini oshiradi.

Shunday qilib, o'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirish ularning kelajakdagi shaxsiy va professional muvaffaqiyati uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi. Ushbu jarayonda oila va maktabning hamkorligi muhim o'rin tutadi, chunki o'qituvchi va ota-onalarning qo'llab-quvvatlashi, ularning intellektual rivojlanishga bo'lgan ijobiy ta'siri o'smirlarning fikrlash imkoniyatlarini kengaytiradi, ularni mustaqil qarorlar qabul qilishga undaydi va o'z hayot yo'lini to'g'ri belgilashiga ko'maklashadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirish jarayonida oila va maktab o'rtasidagi hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu hamkorlikning samaradorligi bolaning intellektual salohiyatini to'laqonli ro'yobga chiqarish va ta'lim jarayonida yuqori natijalarga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Oila va maktabning birgalikdagi sa'y-harakatlari o'smirlarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga mustaqil qaror qabul qilish, analitik va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Oila - bolalar tarbiyasi va ta'lim olish jarayonining birinchi va asosiy manbasi hisoblanadi. Bolaning aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi va o'qishga bo'lgan munosabati ko'p jihatdan oila muhitiga bog'liq. Ota-onalarning bolaga nisbatan ko'rsatayotgan e'tibori, tarbiyadagi yondashuvlari va intellektual rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlar o'smirning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi va qobiliyatini shakllantiradi.

Oilaning ta'siri bir necha jihatlarda namoyon bo'ladi:

1. Intellektual qo'llab-quvvatlash: Oila o'smirning bilim olishiga yordam beruvchi muhim intellektual qo'llab-quvvatlovchi omil hisoblanadi. Ota-onalar bolalarga kitob o'qish, o'quv jarayoniga qiziqish uyg'otish va bilim olishga rag'batlantiruvchi vaziyat lar yaratish orqali ularning aqliy faolligini oshiradi. Ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan e'tibor va qiziqish bolalarning o'rganishga nisbatan ijobiy munosabatini kuchaytiradi.

2. Ota-onaning roli va model: Ota-onalar bolalarning ta'lim va intellektual rivojlanishida namuna sifatida katta ta'sir ko'rsatadi. Ular o'qishga bo'lgan yondashuvi, bilim olishga qiziqishi va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi orqali bolalarga o'rnak bo'ladi. Ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan ushbu namuna o'smirlarning bilim olish jarayonidagi motivatsiyasini oshiradi va ularni mustaqil fikrlashga undaydi.

3. Motivatsiya va rag'batlantirish: Ota-onalar tomonidan bolalarning muvaffaqiyatlari uchun rag'batlantirilishi ularning aqliy rivojlanishi va bilim olishga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Ijobiy mulohazalar, maqtov va rag'batlantirish o'smirlarn i yangi bilimlarni egallashga, murakkab masalalarni hal qilishga va o'z maqsadlariga erishishga undaydi.

4. Uyda yaratilgan o'quv muhiti: Uy sharoitida yaratilgan intellektual muhit ham bolaning aqliy faolligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Oila a'zolari tomonidan tashkil etilgan o'quv va o'rganish uchun qulay sharoitlar, kitoblar, ilmiy materiallar bilan boyitilgan muhit o'smirlarning bilim olish jarayonidagi faolligini oshiradi.

Maktab - ta'limning markaziy manbasi bo'lib, bolalarning aqliy rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilar maktabda nafaqat bilim olishadi, balki mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va tahlil qilish ko'nikmalarini ham o'zlashtiradilar. O'qituvch ilar o'quvchilarning aqliy faolligini oshirishda muhim rol o'ynab, ularning fikrlash jarayonlarini yo'naltiradi va intellektual salohiyatlarini rivojlantiradi.

Maktabning ta'siri quyidagicha namoyon bo'ladi:

1. Ta'lim jarayonidagi innovatsion metodlar: O'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan turli innovatsion pedagogik metodlar o'smirlarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Interaktiv dars usullari, muammoli o'qitish metodlari, guruhli ishlar va amaliy mashg'ulotlar orqali o'smirlar o'z bilimlarini mustaqil shakllantiradilar va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yangilaydilar. Ushbu yondashuvlar bolalarning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv qobiliyatlarini oshiradi.

2. O'qituvchi-o'quvchi munosabati: O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi ijobiy munosabat o'smirning aqliy faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega. O'qituvchi o'smirning intellektual qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlab, uni rag'batlantiradi va bilim olish jarayoniga qiziqish uyg'otadi.

O'qituvchining o'quvchiga bo'lgan ishonchi va hurmati bolani mustaqil ishlashga undaydi, ularni o'rganishga, tahlil qilishga va yangi g'oyalar yaratishga ruhlantiradi.

3. Faol o'quv muhiti yaratish: Maktabda yaratilgan faol o'quv muhiti o'smirlarni bilim olish jarayoniga faol ishtirok etishga jalb etadi. Guruhli ishlarda va amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etish orqali o'smirlar o'z fikrlarini boshqa tengdoshlari bilan almashadi, muammolarni hal qilishga jamoaviy yondashishni o'rganadi va ularning fikrlash qobiliyatlari kengayadi.

Oila va maktabning samarali hamkorligi o'smirlarning intellektual rivojlanishida eng muhim omil hisoblanadi. Ota-onalar va o'qituvchilar birgalikda harakat qilib, o'smirlarni qiziqishlari, qobiliyatlari va o'qishdagi yutuqlarini kuzatib borishlari, ularga mos tarzda yordam berishlari va ularning rivojlanishiga ko'maklashishlari zarur. Oila va maktab o'rtasidagi o'zaro muloqot va hamkorlik ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi va o'smirlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.

Hamkorlik quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

1. Doimiy aloqada bo'lish: Ota-onalar va o'qituvchilar muntazam ravishda o'zaro aloqada bo'lishlari, o'quvchilarining o'qishdagi yutuqlari, qiyinchiliklari va aqliy rivojlanishidagi o'zgarishlar haqida ma'lumot almashishlari zarur. Bu hamkorlik bolalarnin g ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini yanada oshirish imkonini beradi.

2. Qo'shma tadbirlar va loyihalar: Oila va maktab birgalikda bolalar uchun qiziqarli va foydali tadbirlar tashkil qilishlari mumkin. Masalan, fanlar bo'yicha tanlovlar, loyihalar va amaliy mashg'ulotlar ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan birgalikda tashkil qilinsa, bolalarning bilim olish jarayoniga bo'lgan ishtiyoqi va qiziqishi kuchayadi.

3. Motivatsiyani oshirish: O'qituvchilar va ota-onalar birgalikda bolalarning yutuqlarini rag'batlantirib, ularga qiziqarli va maqsadli motivatsion dasturlar yaratish orqali o'smirlarning aqliy rivojlanishini yanada kuchaytirishlari mumkin.

Shunday qilib, oila va maktabning samarali hamkorligi o'smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu hamkorlik bolalarning intellektual qobiliyatlarini to'laqonli shakllantirish, ularni mustaqil qaror qabul qilishga va bilim olish jarayoniga faol ishtirok etishga undashda asosiy vosita hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Nishonova Z.T. Mustaqil fikrlashni o'rgatish bo'yicha trening\\Xalq ta'limi 2000,16 b.

2. Foziyev E.F Tafakkur psixologiyasi. -T.: O'qituvchi -1990. -183 b.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Toshpo'latova, N. (2022). УСМИРЛИК ДАВРИНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИНИ Х.ИСОБГА ОЛГАН Х.ОЛДА ЁНДОШУВНИНГ АХ.АМИЯТИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

4. O'QUVCHILAR TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O'RNI.

5. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Ummatqulova Nigora Umarqulovna, tayanch doktorant [Умматкулова Нигора Умаркуловна, докторант], [Nigora U. Ummatqulova, PhD student]; manzil: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasi 8-uy, адресс [Сырдарьинская область, Баяутский район, махалля "Янги авлод", дом 8], adress [Syrdarya Region, Boyovut District, Yangi Avlod Mahalla, 8th House]; E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.