Научная статья на тему 'OILA JAMIYATNING KICHIK BO‘G‘INI SIFATIDA'

OILA JAMIYATNING KICHIK BO‘G‘INI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / oila yadrosi / oila sub’ekti / oila iqtisodiyoti / oila mavqei / palliativ munosabatlar. / Family / family nucleus / family subject / family economy / family status / palliative relationships.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Vasila Bakiyevna Zayniddinova

Ushbu maqolada oila jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida shaxslararo munosabatlarni tartibga solish, axloq me’yorlariga rioya qilish, ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsuldorligini oshirish va avlodlar davomiyligini ta’minlash sifatida paydo bo‘lganligi izohlab berilgan. Shu bois, oilaning institutsional shakllanishi, uning etnologik va etnosotsial jarayonlar bilan bog‘liqligi masalalari tadqiq etilgan. Bunday retrospektiv yondashuv oilaning etnos bilan uzviy shakllanganini, etnos ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va demografik hayotidagi o‘zgarishlar oila hayotida ham o‘z in’ikosini topishini anglashga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article explains how the family emerged at a certain stage of social development as a means of regulating interpersonal relations, observing moral norms, increasing the productivity of social production, and ensuring the continuity of generations. Therefore, the issues of the institutional formation of the family, its connection with ethnological and ethnosocial processes are studied. Such a retrospective approach helps to understand that the family is integrally formed with the ethnos, and that changes in the social, spiritual, cultural, and demographic life of the ethnos are reflected in the life of the family.

Текст научной работы на тему «OILA JAMIYATNING KICHIK BO‘G‘INI SIFATIDA»

OILA JAMIYATNING KICHIK BO'G'INI SIFATIDA

Vasila Bakiyevna Zayniddinova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

"Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada oila jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida shaxslararo munosabatlarni tartibga solish, axloq me'yorlariga rioya qilish, ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsuldorligini oshirish va avlodlar davomiyligini ta'minlas h sifatida paydo bo'lganligi izohlab berilgan. Shu bois, oilaning institutsional shakllanishi, uning etnologik va etnosotsial jarayonlar bilan bog'liqligi masalalari tadqiq etilgan. Bunday retrospektiv yondashuv oilaning etnos bilan uzviy shakllanganini, etnos ijtimoiy, ma'naviy, madaniy va demografik hayotidagi o'zgarishlar oila hayotida ham o'z in'ikosini topishini anglashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: Oila, oila yadrosi, oila sub'ekti, oila iqtisodiyoti, oila mavqei, palliativ munosabatlar.

This article explains how the family emerged at a certain stage of social development as a means of regulating interpersonal relations, observing moral norms, increasing the productivity of social production, and ensuring the continuity of generations. Therefore, the issues of the institutional formation of the family, its connection with ethnological and ethnosocial processes are studied. Such a retrospective approach helps to understand that the family is integrally formed with the ethnos, and that changes in the social, spiritual, cultural, and demographic life of the ethnos are reflected in the life of the family.

Keywords: Family, family nucleus, family subject, family economy, family status, palliative relationships.

Ilmiy tadqiqotlarda oilaning kichik bo'g'ini ekani ta'kidlanadi, unda rang-barang munosabatlar kechishi uqtiriladi. Biroq ularda bu rang-barang munosabatlar nimalardan iboratligi ochib berilavermaydi. Natijada oilaning kichik bo'g'ini ekani siyqa va asossiz ta'kid, shunchaki so'z o'yiniga aylanadi. Har qanday jiddiy, ilmiy tadqiqot ob'ektining musbat va manfiy tomonlarini, u duch kelayotgan muammolarni, ularni yechish texnologiyasini, usul va

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

mexanizmlarini ko'rsatib berishi darkor. Tadqiqot ob'ektini

December, 2024

belgilash hali mavjud muammoning yechimini ham topilganini anglatmaydi, ob'ektning "real holatdan ideal holatga yetish yo'llarini ko'rsatib berish zarur" [1:45]. Ilm-fan, tadqiqoti deogenetik yondashuv mahsulidir. Ularda mudom ma'lum bir g'oya, konsepsiya ilgari suriladi. Ushbu g'oya, konsepsiya o'quvchilarga, auditoriyaga ta'sir qiladi, ularda ilmiy dunyoqarashni, ob'ekt (predmetning real va ideal holati) haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi"[2:48]. Demak, har qanday ilmiy tadqiqot ob'ektining real holatini o'rganib, uni ideal holatga yetkazish muammolarini hal etishi kerak. Agar biz oilaning mikrojamiyat sifatida o'rganmoqchi bo'lsak, uning nafaqat intravertiv, shuningdek, ekstravertiv aloqalarini ham o'rganishimiz zarur bo'ladi.

Oilaning ideal holati esa uning jamiyat bilan tashqi, ekstravertiv aloqalarida, ushbu aloqalarning oila a'zolariga ijobiy, intensiv ta'sirida, ularda ijtimoiy taraqqiyot talablariga muvofiq keladigan kreativ fazilatlarni shakllantirganidadir.

Mavjud ilmiy nazariy konsepsiyalarni va adabiyotlarni o'rganish oilaning kichik bo'g'ini ekaniga oid belgilarini quyidagilar orqali tadqiq etish imkonini beradi: oila sub'ektlari; oila a'zolari; oila demografiyasi; oilaviy huquq; oila iqtisodiyoti; oila mavqei; oila dinamikasi; avlodlararo munosabatlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mazkur yo'nalishlarni jamiyatda hukmron ijtimoiy munosabatlar, masalan, ijtimoiy demografik, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy madaniy yo'nalishlarda ham tadqiq etish mumkin. Ammo bu yo'nalishlar adabiyotlarda yetarlicha qo'llanilgan va ochib berilgan. Bizning fikrimizcha, ularni takrorlash mavzuga tavtologik yondashishni keltirib chiqaradi va muammoni yetarli ochib berishga xalaqit beradi.

Oila sub'ektlari deganda biz rasmiy nikoh asosida turmush qurgan er-xotinni nazarda tutamiz. Er-xotin oilaning yadrosi hisoblanadi. Ularning mavjudligi oila institutiga yaxlitlik, tashkil etilganlik va jinslar o'rtasidagi aloqalarga yo'naltirilganlik, maqsad beradi. Agar sub'ektlardan biri bo'lmasa, oila instituti shakllanmagan yoki yuzaga kelmagan, barbod bo'lgan bo'ladi. Sub'ektlarning ahilligi, birligi va oilaviy hayotga oid tashvishlar, vazifalar va ularning bajarilishi uchun mas'ulligi oilani institutsional tashkil etilganini anglatadi. Rasmiy institutsional tashkil etilmagan oilada sub'ektlar mas'ullikni his qilmaydi, hatto ular oila uchun zarur moddiy ne'matlarni, oziq ovqatni hozirlaganlarida ham bir birlariga ma'naviy ruhiy bog'langanlikni his qilmaydilar, chekkadan o'ziga hamroh, jazman, intim aloqalar uchun ob'ektlar izlashni oshkora namoyish etaveradilar. Ma'naviy ruhiy, ijtimoiy huquqiy bog'liqlik, birlik jinslarni oila sub'ektlariga aylantiradi.

Oila sub'ektlarining nafaqat o'zaro, shuningdek, "universal sub'ekt" ga, uning muammolari va sohalariga munosabatlari ham

ularning ijtimoiy fikriga va borlig'iga ta'sir etmay qolmaydi. Agar

December, 2024

jamiyat yaratishni, barpo etishni, intellektual boy avlodni shakllantirishni o'ziga ideal, strategik maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, oila undan tashqarida qololmaydi. Oila sub'ektlari o'zining kuchi va aqlu idrokini ushbu maqsadni ro'yobga chiqarishga qaratibgina "universal sub'ekt" bilan ijodiy hamkorlik qilishi, uning qo'llab-quvvatlashiga tayanishi mumkin. Ha, ba'zi oilalarda, ba'zi sub'ektlar jamiyatdagi an'analarga, normalarga qarshi chiqishi yoki ularni nigilistcha rad etishi mumkin. Biroq ular hech qachon ko'pchilikni, xalq ommasini tashkil etmaydi.

Shuni esda tutish kerakki, oila sub'ektlari yoki oilaviy munosabatlar sub'ektlari oilaviy hayotni, undagi muhitni, ma'naviy axloqiy normalarni yaratuvchi shaxslardir. Ushbu yaratuvchanligi tufayli ular sub'ektlardir.

Oila a'zolari oila sub'ektlaridan farq qiladi. Oila a'zolari oila sub'ektlarinio'z ichiga olsa-da, ular er-xotin munosabatlariga aralashmasliklari mumkin. Demak, oiladagi avlodlararo munosabatlar faqat oila a'zolari davrasida, mavjudligida yuzaga keladi.

Oila a'zolarini tasavvur qilish uchun oilani klassifikatsiyalashga to'g'ri keladi. Mavjud empirik materiallar va ilmiy adabiyotlarni o'rganish zamonaviy oilalarni quyidagicha klassifikatsiyalash imkonini beradi:

- er-xotin (yakka oila);

- er-xotin va ularning farzandlari (to'liq oila);

- er-xotin va ularning ota-onalari (juft oila);

- er-xotin va ularning ota-onalari hamda farzandlari (o'rta oila);

- er-xotin va ularning ota-onalari hamda bobo-momolari (navbatdagi o'rta oila);

- er-xotin va ularning ota-onalari, bobo-momolari hamda

farzandlari (katta oila).

Yakka oila faqat er-xotindan iborat bo'ladi. Teng huquqli ikki jins, oilaviy munosabatlarning sub'ektlari sifatida, bir-biri oldida mas'uldir. Birgalikda xo'jalik yuritish, topgan narsalaridan birgalikda foydalanish, bir-biriga meros qoldirish kabilar ularni oila bo'lib yashashini ta'minlaydi. Bunday yakka oilalar asosan katta shaharlarda, urbanizatsiyalashgan joylarda uchraydi. Ular avlodlararo munosabatlarni shakllantirishda qatnashmaydilar.

Er-xotin va farzandlardan tashkil topgan oilalarning to'liqligi kamida ikki farzand bo'lishini taqozo etadi. Ya'ni er-xotin o'zlarining haqiqiy merosxo'rlariga, ijtimoiy demografik nuqtai nazardan o'zlarining o'rnini to'ldiradigan va hayotini davom ettiradigan vorislariga ega bo'lishlari kerak. Agar oilada bir farzand bo'lsa, uni yarim to'liq oila deb atash mumkin. To'la to'liq oila uchun kamida ikki farzand zarur. Avlodlararo munosabatlar mana shunday, turli, ikki yoki uch avlodli oilalardagina uchraydi.

December, 2024

Juft oilalardagi munosabatlarning sub'ektlari er-xotin va ularning ota-onalaridir. Bunday oilalarda ikki, juft er-xotin yoki oila munosabatlariga mustaqil kirishadi. Ular ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy nuqtai nazardan mustaqil bo'lsalar-da, xo'jalik yuritish, ma'naviy axloqiy nuqtai nazardan bir birlariga bog'liqdir. Aynan ushbu bog'liqlik avlodlararo munosabatlarga zamin yaratadi.

O'rta oilaga er-xotin, ularning ota-onalari va farzandlari yoki er xotin, ularning ota-onalari va bobo-momolari kiradi.Bunday oilalarda uch avlod munosabatlarning sub'ektlariga aylanadilar. Bizning respublikamiz, ayniqsa viloyat va qishloq joylari uchun shunday o'rta oila keng tarqalgan, odatiy holdir. Biroq tug'ilish kam, demografik o'sish kuzatilmaydigan hududlar va davlatlarda ular katta yoki yirik oilalar hisoblanishi mumkin. Demak, oilalarni klassifikatsiyalashtirishda hudud va xalqning demografik o'ziga xosliklaridan kelib chiqish lozim.

To'rt avloddan iborat yirik oilalar kam, ular ham asosan qishloq va ovul joylarida uchraydi.

Oila demografiyasi borasidagi ilmiy izlanishlarni kuzatish ko'rsatadiki, ushbu masala dunyoning turli davlatlarida, qit'alarida turlicha hal etiladi. Masalan, AQSh va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan yakka oila aholi o'sishini, tug'ilishni keskin muammoga aylantirmoqda. G'arb tadqiqotchisi P.Byukenenning e'tiroficha 2050 yillarga borib ba'zi Yevropa davlatlarida migrantlar asosiy aholi soni bilan tenglashib qoladi, bu esa o'sha joylardagi xalqlar, ularning etnomadaniyatiga ta'sir etmay qolmaydi[3]. Bunday bashoratlar bejiz emas. Ammo ba'zi adabiyotlarda ushbu muammodan din omilini izlashga intiluvchilar ham uchraydi.

Shu bilan birga, musulmonlar yashaydigan ushbu uch mintaqa uzoq umr ko'rish va ko'p bolalik bo'yicha ham peshqadam hisoblanadilar"[4:8]. Muallif quyidagicha xulosa chiqaradi: "Demak, hozirgi zamon texnologiyasi, moddiy taraqqiyoti, dinsizlik madaniyatining yuksalishi oilani mustahkamlash o'rniga uning parchalanishiga, yo'q bo'lib ketishiga, bu borada turli muammolarning kelib chiqishiga olib kelar ekan"[5:9]. Ha, oilaviy ajralishlar bor narsa, lekin ular oilaning "yo'q bo'lishiga" qaratilmagan. Ajralishgan kishilarning qayta oila qurayotgani negadir hisobga olinmaydi, natijada, oila barbod bo'layapti, degan dod-voylar behuda bo'lib chiqadi. Bundan tashqari, negadir shayx oilaviy demografiyadagi o'zgarishlar va ajralishlarni hozirgi zamon texnologiyasi, moddiy taraqqiyot va dinsizlik bilan bog'laydi.

NATIJALAR

Oila demografiyasi faqat oila ishi emas, u davlat va ijtimoiy taraqqiyot, millat yuksalishi masalasidir. Insonning o'z hayotidan mamnun bo'lib yashashi, ijtimoiy borliqni yanada takomil ko'rishga intilishi, qilgan mehnatining va ketgan umrining hosilasi nimaligini bilishi uchun unga o'z qonidan bo'lgan, o'ziga ruhan, ma'nan yaqin kishilar kerak.

December, 2024

195

Ulami oila yetkazadi, shakllantiradi. Hayoti ma'nosini, umri mazmunini faqat badiiy boyliklar yaratishga ayrim kishilargina qodir, xalqning, millatning qolgan 99, 999 % ularni farzandlarida, merosxo'rlarida ko'radi. Shunday ekan oila demografiyasi, shubhasiz, ushbu azaliy qadriyat nuqtai nazaridan tashkil etilishi, boshqarilishi kerak.

Oilaning mikrojamiyat ekani uning jamiyat amal qiladigan huquqiy me'yorlarga, sotsial normalarga va talablarga rioya etganida namoyon bo'ladi. Oila huquqlari orqali jamiyatga bog'lanadi, o'zining ichki hayoti va tashqi aloqalarini mazkur qadriyatlar orqali olib boradi. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" ning 16-moddasi oilaviy munosabatlarga kirishish, oila qurish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, undagi asosiy qoidalar, talablar milliy, huquqiy tizimlarga implimentatsiya qilingan. Unda quyidagilar ta'kidlanadi:

"1. Balog'at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yo ki diniy belgilari bo'yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o'tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o'tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadi.

2. Nikohdan o'tayotgan har ikki tomonning erkin va to'liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.

3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga haqli"[6:13]. Oila iqtisodiyoti yoki oila xo'jalik hayoti avlodlararo munosabatlarning o'zagini tashkil etadi.

Iqtisodiy muammolar o'zidan o'zi yechilmay, ular oila a'zolarining ishbilarmonligi, faol harakatlari va bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq tadbirkorlik ko'rsatib ishlashiga bog'liqdir. Davlatning funksiyasi mazkur faollik uchun zarur bo'lgan kafolatlarni berish, har bir oila va kishining qonuniy talablarini qondirish orqali ularning farovon yashashiga ko'maklashishdan iborat. O'zbekistonda qabul qilingan "Har bir oila tadbirkor" konsepsiyasi va xalq hunarmandchiligini, kasanachilikni, oilaviy biznesni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar oila farovonligini oshirishni nazarda tutadi. Oila iqtisodiyoti pul jamg'armalariga ega bo'lish va urbanizatsiya talablariga muvofiq keladigan turmush sharoitlarini yaratish kabilarda aniqroq namoyon bo'ladi. Oilalarning pul mablag'larini banklarda saqlashi qo'shimcha daromad keltiradi, ular aholi farovonligining ko'rsatkichi sifatida qaraladi. Urbanizatsiya esa turmushni zamonaviylashtirish, maishiy texnika vositalariga ega bo'lish, tran sport xizmatlaridan foydalanish, kommunikatsiya o'rnatish imkoniyatlariga ega bo'lish demakdir.

Kuzatishlardan ma'lumki, oilalardagi nizolar va ajralishlarning deyarli uchdan biri iqtisodiy omillarga borib taqaladi. Yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy hayotda o'z o'rnini topolmasligi, ko'ngliga va egallagan kasbiga, bilimiga muvofiq keladigan ishga ega emasligi,

December, 2024

196

maoshning oila ehtiyojlariga to'g'ri kelavermasligi kabi omillar oilaviy munosabatlarga salbiy ta'sir etmay qolmaydi. Natijada bir-birini tushunmaslik, erni ish yoqmaslikda ayblash, yosh juvonning bezanib yurishga, dabdabali tug'ilgan kunlar, to'ylar o'tkazishga o'chligi tufayli bir-biridan uzoqlashish yuzaga keladi. Oilani erkak ta'minlashi, boqishi kerak, degan an'anaviy tasavvur ham zamonaviy qarashlarga mos kelavermaydi. To'g'ri, yosh bolali juvon ijtimoiy iqtisodiy hayotda qatnasha olmaydi, bu holda erkak barcha mas'uliyatni, oilani iqtisodiy ta'minlashni o'z ustiga olishi zarur. Biroq bu talab palliativ (vaqtinchalik) xususiyatga ega. Oilasini asramoqchi va uning farovonligini ta'minlamoqchi bo'lgan barcha oila a'zolari iqtisodiy ta'minotni, imkoniyatlari doirasida, o'z ustlariga olishlari maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA

"Oila mavqei" degan tushuncha sub'ektiv baho natijasidir. Shaxs, guruh, korporatsiya, davlat mavqei bo'lganidek, bizning fikrimizcha, oila mavqei ham mavjud. Bunga avvalo oilaning mahalla, qarindosh-urug'lar, hamkasblar va tanish bilishlar oldidagi obro'si kiradi. Obro' o'zbek oilalari uchun shunchaki ibora emas, obro'si bor xonadonga, uyga sovchi keladi yoki shunday xonadon, uy bilan quda-anda sifatida bordi-keldi qilishni istashadi, yaqin, do'stona aloqalar o'rnatishadi. Oila obro'sini tadbirkorlik va ishbilarmonlik, moddiy ta'minlanganlik, jamiyat tomonidan qadrlanadigan intellektual salohiyatga egalik, yuksak ma'naviy axloqiy fazilatlar ham belgilaydi. To'g'ri fikrli va to'g'ri so'zli oila bilan do'stlashish, qarindosh bo'lish azaldan kishilarimizning tilagi bo'lib kelgan. Yusuf Xos Hojib yozadi: "Kishi uchun kerakli ikki a'zo bor: biri til, boshqasi yurak. Til so'z uchun, yurak, ko'ngil esa shu so'zdan lazzatlanish uchun berilgan. Shu tufayli, to'g'ri, rost so'zni so'zlash uchun tilni tebratmoq, ya'ni harakatlantirmoq kerak. Egri, yaroqsiz so'zlarni tashqariga chiqargandan ko'ra tilning harakatsiz qolgani ma'qul"[7:31]. Oila a'zolarining to'g'ri so'zligi ular yuragi va tilagining tozaligidan darak beradi. Bunday oilani jamiyat ilg'amasligi va e'zozlamasligi mumkin emas.

Oila dinamik xususiyatga ega institutdir. Undagi munosabatlarning dinamik tarzda rivojlanib, transformatsiyaga uchrab turishi tabiiy holdir. Jamiyat dinamik xususiyatga ega bo'lganidek, u o'zining dinamik xususiyatlari bilan oila institutiga ham ta'sir etadi. To'g'ri, jamiyatdagi o'zgarishlar dinamikasi bilan oiladagi o'zgarishlar dinamikasi aynan emas. Masalan, oilada bir-birini tushunmaslik natijasida yuzaga kelgan salbiy munosabatni yoki muhitni, agar oila a'zolari bir birlarini sevsa, qadrlasa, tez o'zgartirish, ijobiy tomonga burish mumkin. Bunday paytda oila a'zolari, er-xotin bir birlarini tez kechirishadi, avvalgi mehr muhabbatga asoslangan muhit tez tiklanadi. Agar bunday

nizo jamiyatdagi aholi qatlamlari o'rtasida yuz bersa, ularni

December, 2024

murosaga keltirish, tinch va ahil yashashni qayta ta'minlash yillar, ba'zan asrlar kerak bo'ladi. Milliy guruhlar, qatlamlar qalbidagi jarohat, o'kinch tez bitmaydi, ular arzimas bahonada qayta qo'zg'olish xususiyatiga ega[8]1.

Avlodlararo munosabatlar oila institutini barqarorlashtirib turgan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan boyitib kelgan. Oila institutining mavjudligi avlodlararo munosabatlarni shart qilib qo'yadi va aynan shunday munosabatlar tufayli oilaviy qadriyatlar yashab keladi. Bu o'rinda shuni aytib o'tishimiz lozimki, avlodlararo munosabatlar jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi.

Xulosa qilib aytganda, oiladagi munosabatlarga davlat, siyosiy institutlar bevosita aralasha olmaydi, ular o'zining ichki xususiyatlarida va hayotida boshqa institutlarning aralashuvini yoqtiravermaydi. Oilaning o'ziga xos "qo'rg'on" ekanligi o'zining suverenligini asrab qolishga intilishida aks etadi.

REFERENCES

1. Алимасов В., Мамадалиев Ш. Илмий тадкикот: методология, методика, ижодиёт. 1 кисм. - Тошкент: ИИВ Академияси, 2016. Б.5.

2. Алимасов В., Мамадалиев Ш. Илмий тадкикот: методология, методика, ижодиёт. 2 кисм. - Тошкент: ИИВ Академияси, 2016. Б.48.

3. Бьюкенен П. Смерть Запада. - Москва: Аст, 2002.

4. Шайх Муахаммад Содик Мухаммад Юсуф. Бахтиёр оила. - Тошкент: Шарк, 2012. Б. 8.

5. Шайх Муахдммад Содик Мухаммад Юсуф. Бахтиёр оила. - Тошкент: Шарк, 2012. Б.9.

6. Права человека. Международный билль о правах человека. - Тошкент: Адолат, 1992. С.13.

7. Юсуф Хос Х,ожиб. Кудатгу билиг. - Тошкент: Шарк, 1990. Б.31.

8. Психология национальной нетерпимости. Хрестоматия. - Минск: Харвест, 1998; Этнопсихологические проблемы вчера и сегодня. Хрестоматия. -Минск: Харвест, 2004.

9. Qaxxarova, M., & Absattorov, B. M. (2020). Evolution of views on ethics, ethical criteria and ethical standards. The Light of Islam, 1, 110-115.

10. Absattarov, B. M. (2019). Evolution Of Views On Ethics, Ethical Criteria And Ethical Standards. In НОВАЯ НАУКА: СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ (pp. 135-141).

XULOSA

1 Каранг: Психология национальной нетерпимости. Хрестоматия. - Минск: Харвест, 1998; Этнопсихологические проблемы вчера и сегодня. Хрестоматия. - Минск: Харвест, 2004.

December, 2024

11. Mamarasulovich, A. B. (2021). Improvement and Development of Ethical Criteria and Norms. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(10), 41-45.

12. Mamarasulovich, A. B., & Ismoil o'g'li, T. M. (2023). GENETIC MARKERS AND EVOLUTIONARY MANIFESTATIONS OF THE "NAFS" CONCEPT. World Bulletin of Social Sciences, 29, 16-19.

13. Mamarasulovich, A. B., & Ismoil o'g'li, T. M. (2023). GENETIC MARKERS AND EVOLUTIONARY MANIFESTATIONS OF THE "NAFS" CONCEPT. World Bulletin of Social Sciences, 29, 16-19.

14. Qahhorova, M. (2021). SOCIO-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE SOCIO-RELIGIOUS SPIRITUAL AND MORAL ENVIRONMENT. Theoretical & Applied Science, (6), 135-138.

15. Каххарова, М. М. (2018). Этическое наследие мыслителей востока. Актуальные проблемы современной науки, (5), 47-52.

16. Kakhkharova, M. M. (2019). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЙ ОБЩЕСТВЕННОЙ СРЕДЫ. Theoretical & Applied Science, (10), 682-687.

17. Sanaqulov, A. N. Prospective Directions of Effective Use of Virtual Technologies in Increasing the Power of Youth. JournalNX, 897-903.

18. Sanaqulov, A. (2022). FEATURES OF PREVENTING METAMORPHOSIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN THE VIRTUALIZATION OF PUBLIC LIFE. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS).

19. Nazarovich, S. A., & Olimjanovich, X. A. (2022). FEATURES OF PREVENTING METAMORPHOSIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN THE VIRTUALIZATION OF PUBLIC LIFE. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).

20. Nizomi, A. B. M., & Al-Khorazmi, K. A. O. (2022). Sufism as a way of self-implementation and knowledge of the truth. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(11), 199-204.

21. Mamarasulovich, A. B. (2021). Improvement and Development of Ethical Criteria and Norms. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(10), 41-45.

Q Ф О

©

Ф

в

December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal

О

199

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.