Научная статья на тему 'ODAM ORGANIZMIGA DORIVOR MODDALARNING TA’SIRI'

ODAM ORGANIZMIGA DORIVOR MODDALARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
9405
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PERORAL / GIJJA / BRONXLAR VA O'PKANING SHILIQ QAVATLARI

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Ziyayeva M.K.

Ushbu maqolada odam organizmiga dorivor moddalarning ta’siri, dori vositalarini inson organizmiga yuborish usullari haqida aytib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTS OF DRUGS ON THE HUMAN BODY

This article discusses the effects of drugs on the human body, the methods of delivery of drugs to the human body.

Текст научной работы на тему «ODAM ORGANIZMIGA DORIVOR MODDALARNING TA’SIRI»

Ziyayeva M.K. assistent

Farmokologiya fanlar kafedrasi Andijon davlat Tibbiyot Instituti

ODAM ORGANIZMIGA DORIVOR MODDALARNING TA'SIRI

Annotatsiya: Ushbu maqolada odam organizmiga dorivor moddalarning ta'siri, dori vositalarini inson organizmiga yuborish usullari haqida aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Enteral, peroral, gijja, Bronxlar va o'pkaning shiliq qavatlari.

Ziyayeva M.K. assistant

department of pharmacology Andijan State Medical Institute

EFFECTS OF DRUGS ON THE HUMAN BODY

Annotation: This article discusses the effects of drugs on the human body, the methods of delivery of drugs to the human body.

Keywords: Enteral, oral, worm, Bronchial and pulmonary mucosa.

Enteral yuborish usulida_dori moddalari til ostiga,_og'izga, o'n ikki barmoq ichakka, to'g'ri ichakka yuboriladi. Dori moddalarining til ostiga yuborilishi sublingval yo'li deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qo'llanmaydi. Dori moda til ostiga qo'yilganda og'iz bo'shlig'ida fermentlar faoliyati sust bo'lganligi uchun dori moddalarideyarli parchalanmaydi, til ostiga dori me'da-ichak fermentlari ta'sir qilmaydi, igarda o'zgarishlarga duch kelmaydi, qo'yilgan joyida so'rilib, umumiy ta'sir ko'rsatadi. Bu usulda ayrim dorilar, asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo'yiladi, ular qonga tez so'riladi (til ostida qon tomirlari juda ko'p), ta'siri tez boshlanadi. Og'iz orqali yuborish-peroral yo'l keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir. Bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi, yuborilgan moddalar hidi qo'lansa bo'lmasligi, shiliq qavatlarni ta'sirlamasligi kerak. Alkogol, kaliy yodid, barbituratlarning so'rilishi oshqozon shiliq qavatidan boshlanadi. Moddalar asosan ingichka ichak orqali so'riladi, chunki ingichka ichakda qon yaxshi aylanadi. So'rilish tezligi qabul qilgan dorining turiga, shakliga, ovqatdan oldin yoki keyin iste'mol qilinishiga bog'liq. Eritmalar, ayniqsa, spirtli eritmalar kukun dori (poroshok)larga nisbatan tezroq birmuncha so'riladi. Dori och qoringa ichilganda ovqatdan keyin qabul qilingan dorilarga qaragandatezroq so'riladi va kuchliroq ta'sir etadi.

O'n ikki barmoq ichak orqali yuborish usuli: ichakda dori moddalarining yuqori konsentratsiyasini hosil qilish maqsadida moddalar o'n ikki barmoq ichakka zond orqali yuboriladi. Odatda bu usuldan jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Masalan, magniy sulfat eritmasi o'n ikki barmoq ichakka bevosita isitilgan holda yuboriladi, ba'zan bu usul gijja xaydovchi dorilar buyurilganda ham qo'llaniladi.

To'g'ri ichak orqali yuborish usul: dori moddalarini og'iz orqali yuborish mumkin bo'lmaganda, ruhiy bemorlarni davolashda, bemor behush yotganda, qizilo'ngach yoki oshqozonda o'zgarishlar bo'lganda, oshqozon-ichak fermentlari ta'sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda Ushbu usul qo'llaniladi. Bu yo'l bidan suvli eritma yoki aralashmaga shiliq holida tayyorlangan turli o'rab oluvchi moddalar (kraxmal, kraxmal elimi) qo'llaniladi, moyli dorilardan klizma qilinadi. To'g'ri ichakka dori moddalar sham shaklida qo'yiladi. Ushbu usul qo'llanganda moddalar tez, ya'ni 7-10 minut ichida qonga so'riladi, ularning asosiy qismi gemoroidalvenalar orqali bevosita pastki kovak venaga o'tadi, tez va kuchliroq ta'siretadi, bu usulda ba'zi dorilar og'iz orqali yuboriladigan dorilarga nisbatan % - ^ hissa kamroq buyuriladi. To'g'ri ichak orqali yuborilgan moddalar to'g'ri va yo'g'on ichak shiliq qavatlariga, ularga yaqin a'zolarga mahalliy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Parenteral yuborish usuli. Nafas yo'llari orqali ingalyasion (ingalacion-nafas olish) yuborish usuli bug'li va Gazli moddalar nafas orqali organizmga tushadi, o'pkadan qonga so'riladi, ta'siri tez boshlanadi va kuchli bo'ladi, chunki o'pkaning so'rilish yuzasi juda keng (kattalarda 10 m2 ga teng); o'pka alveollari gazlarnijuda tez so'rib oladi. Ingalyasion yo'l bilan yuborilgan dori moddalari jigarga tushmasdan qonga o'tadi, organizmda deyarli o'zgarmaydi.

Teri orqali yuborish usulida asosan dori moddalarni reflektor va qisman mahalliy ta'sir etishi ko'zda tutiladi, bu yo'l bilan malhamlar, pastga, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalar sepma dorilari qo'llaniladi. Teri epidermisi jarohatlanganda moddalar tez so'riladi. Teri orqali alkagol, fenol, xloroform yaxshi so'riladi. Bolalar terisi ancha nozik bo'ladi, shuninng uchun ularda ba'zi dori moddalari teri orqali tez qonga so'rilishi mumkin. Masalan, metilsalitsilat linimenti bola terisiga so'rilsa, 10-15 minutdan keyin uni qonda aniqlash mumkin. Namlanib turgan teriga borat kislota sepilsa, u tezda qonga so'rilib, bola organizmini zaharlashi mumkin. Shiliq qavatlar orqali yuborish usuli dori moddalari burun, xalqum, ko'z, buyrak jomi, qin shiliq qavatlariga ta'sir etish uchun qo'llanadi. Ko'pgina dori moddalar burun va xalqum, ko'z shiliq qavatlaridan qonga so'riladi, shuning uchun tarkibida zaharli yoki kuchli ta'sirlovchi tomchilar umumiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Bronxlar va o'pkaning shiliq qavatlaridan ham dori moddalari qonga tez so'riladi. Siydik chiqaruv kanali, siydik yo'llari va buyrak jomi shiliq qavatlari orqali ham moddalar tez so'riladi; bachadon, qin va qovuq shiliq qavatlari orqali dori moddalarining so'rilishi sekinlik bilan o'tadi, ammo yog' va

yog'simon moddalar tez so'riladi. Bu holatni ginekologiya amaliyotida qinni chayish uchun dori moddalarini tavsiya qilishda nazarda tutish kerak.

Teri ostiga yuborish yo'li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi, ta'siri 10-15 minutdan keyin boshlanadi, so'rilish muddati peroral yo'l bilan yuborilganga ko'ra kamroq, ta'sir kuchi esa o'sha miqdorni og'izdan yuborilgandan 2-3 barobar kuchliroq bo'ladi. Suspenziyalarni, juda yopishqoq va sekin so'riladigan moyli eritmalarni teri ostiga yuborish tavsiya etilmaydi, chunki to'qimalarda infiltratsiya va nerkozni yuzaga keltirishi mumkin.

Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Mushaklar teri osti to'qimalarga nisbatan qon bilan ko'proq ta'minlangani uchun dori moddalari mushaklar orasida tezroq so'riladi.

Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o'zaro aralashganda cho'kma hosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz hosil qilmaydigan dori moddalar eritmasi qo'llaniladi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks holda qonda ular konsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaharlovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin. Dorining ta'siri juda tez, ko'pincha in'eksiya vaqtidayoq boshlanadi, ta'sir muddati teri ostiga va mushak orasigayuborilgandan kamroq bo'ladi.Dori moddalar to'g'ridan-to'g'ri yurakka, bo'g'imlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez usulida yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko'p, lekin dorilar parenteral yo'l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko'zda tutiladi, chunki boshqayuborish yo'llari nisbatan kam qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Meditsina xamshiralari o'quv qo'llanmasi Ramazanova R. A. Taxriri ostida,Toshkent "O'qituvchi", 1985.

2. Grajdan mudofaasi P. G. Kubovskiyning umumiy taxriri ostida. Toshkent "O'qituvchi",1992.

3. O'qituvchilarning meditsina-sanitariya tayyorgarligi. V. N. Zavyanov, M.I. Gogolev, V.S. Mordvinov, B.A. Gayko, V.A. Shkuratov, V.I. Ushakova, Toshkent "O'qituvchi", 1991.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.