Научная статья на тему 'OCH TUSLI TOSH-SHAG‘ALLI BO‘Z TUPROQLARDA MALINA YETISHTIRISH USULLARI (Farg‘ona tumani misolida)'

OCH TUSLI TOSH-SHAG‘ALLI BO‘Z TUPROQLARDA MALINA YETISHTIRISH USULLARI (Farg‘ona tumani misolida) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
33
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Malina / ko‘chat / hosil / rezavor meva / nav / ildiz / poya / ekish / sug‘orish / tos-shag‘al / oziqlantirish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — S.X.Zakirova, R.F.Akbarov, Z.M.Rajavaliyeva

Mamlakatimizda bugungi kunda yetishtirilayotgan rezavor mevalardan biri bo‘lmish malinaning “Barnaul”, “Visluxa”, “Progress”, “Malboro” navlari ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo‘lga qo‘yilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OCH TUSLI TOSH-SHAG‘ALLI BO‘Z TUPROQLARDA MALINA YETISHTIRISH USULLARI (Farg‘ona tumani misolida)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

OCH TUSLI TOSH-SHAG'ALLI BO'Z TUPROQLARDA MALINA YETISHTIRISH

USULLARI (Farg'ona tumani misolida) 1S.X.Zakirova, 2R.F.Akbarov, 3Z.M.Rajavaliyeva

1 FarDU, q.x.f.d., professor

2 FarDU, o'qituvchi

3 FarDU, doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002516

Аннотация. Mamlakatimizda bugungi kunda yetishtirilayotgan rezavor mevalardan biri bo'lmish malinaning "Barnaul", "Visluxa", "Progress", "Malboro" navlari ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo'lga qo'yilgan.

Kalit so'zlar. Malina, ko'chat, hosil, rezavor meva, nav, ildiz, poya, ekish, sug'orish, tos-shag'al, oziqlantirish.

Bugun respublikamizda foydali va erta hosilga kiruvchi rezavor mevalarga bo'lgan talab ortmoqda. O'rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan malina o'simligi respublikamizning ayrim tumanlarida yetishtirib kelinmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda yetishtirilayotgan rezavor mevalardan biri bo'lmish malinaning "Barnaul", "Visluxa", "Progress", "Malboro" navlari ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo'lga qo'yilgan.

O'zbekiston bog'dorchiligi aholini xo'l va quruq meva bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Chunki respublikamizning geografik zonasi shirin-shakar mevalar yetishtirish uchun juda mosdur. Shu sababli ham inson organizmi uchun zarur bo'lgan shifobaxsh elementlari ko'p bo'lgan mevalarning turli-tuman navlarini yetishtirib kelmoqdalar. Bu esa mustahkam xom-ashyo bazasini bunyod etish, shuningdek, serquyosh O'zbekistonda yetishtirilayotgan shirindan-shakar, rangdor, xushbo'y, lazzatli meva va uzumdek noz ne'matlarni dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilish imkonini bermoqda.

Bizning hozirgi kundagi eng asosiy vazifalarimizdan biri aholi uchun zarur bo'lgan dorivor o'simliklardan biri sanalmish rezavor mevalardan malina o'simligini yetishtirish va uni aholiga yetkazib berish eng zaruriy masalalardan biri hisoblanadi.

Farg'ona vodiysining iqlimi mo'tadil bo'lib barcha mevali o'simliklar yetishtirishda qulay tuproq iqlim sharoitiga ega bo'lib shifobaxsh malina o'simligi ham ekib kelinadi. Ayniqsa tog'oldi, adirli zonalarida bog'dorchilikning eng samarali olib boriladigan malinazorlar tashkil qilinishi g'oyat katta ahamiyatga egadir.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Farg'ona viloyati va tuman hokimligi tomonidan tumanda malinachilik sohasini rivojlantirish maqsadida 300 gektar maydonda malina plantasiyasini tashkillash borasida kam ta'minlangan, temir daftar, yoshlar daftarida ro'yxatda turadigan aholi qatlamiga tender natijalaridan kelib chiqqan holda 10 yil muddatga 15 sotixdan yer ajratildi. Shu bilan birga tuman markazida mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash maqsadida maxsus muzlatkichli ombor tashkil qilindi.

Malina - buldurg'un (Rubus) - ra'noguldoshlar oilasi, rubus turkumiga mansub, ko'p yillik chala buta, rezavor meva hisoblanadi. Malinaning 120 ga yaqin yovvoyi turi bo'lib, Yevrosiyoning mo'tadil va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. Malinaning madaniy navlari oddiy yoki qizil (R.idaeus), dag'al tukli yoki amerika malinasi (R.strigosus), g'arbiy yoki maymunjonsimon malina (R.occidentalis) va boshqa turlari uchraydi[1, 2].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Malinaning ildiz tizimi ko'p yillik bo'lib, poyasi ikki yillikdir. Malina ko'chatlari o'kazilganda kamdan kam hollarda o'tkazilgan vaqtda meva berishini ko'rishimiz mumkin. Har yili mart oyida ildiz bachkisidan chiqqan o'simta (tana yoki poya) avgust oyini uchinchi o'n kunligidan gullay boshlaydi, sentyabr oyida meva hosil bo'ladi va malina mevasi sentyabr oyini ikkinchi o'n kunligidan boshlab pisha boshlaydi va to kech kuzga (ayrim holda sovuq tushguncha) oktyabr-noyabr oyiga qadar pishadi.

Erta bahorda ushbu ko'chatdan qayta malina mevalarini olish mumkin. Parvarish qilingan bir tup malina ko'chatidan o'rtacha 1-2 kg gacha malina hosilini olish mumkin. Malina ko'chatidan hosilni yig'ishtirib olingandan keyin tana qoramtir tusga o'tadi va yoz oyida eskirgan tana sifatida olib tashlanadi. Malina butasining balandligi 1-2 metr, barglari toq patsimon, murakkab, ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jinsli, o'zidan changlanadi.

Malina ko'chatlarini O'zbekiston sharoitida ekish jarayoni sug'orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda, shu jumladan och tusli tosh shag'alli bo'z tuproqlarda kech kuzda oktyabr-noyabr oylarida yoki erta bahorda ya'ni mart oyidan boshlab ekish tavsiya etiladi, ayrim joylarda iqlim sharoitidan kelib chiqib fevral oyining ukkinchi yoki uchinchi o'n kunligidan boshlab ekish tavsiya etiladi [3, 4, 7, 9, 11].

Mevasi qizil, qora-qizil ba'zan sariq rangda bo'ladi. Farg'ona viloyatining ayrim tumanlarida mart oxiri aprel boshlarida barg chiqarishi kuzatiladi. Aprel oyini birinchi o'n kunligida gul ko'sakchasi shakillana boshlaydi va oradan 10-15 kun o'tgach o'simlik gullari ochila boshlaydi hamda hosil bo'lgan mevalar may oyining ikkinchi o'n kunligida ayrim hollarda iqlim sharoitidan kelib chiqib iyun oyining birinchi o'n kunligi boshidan pisha boshlaydi.

Remontantli (bir mavsumda qayta yoki ko'p marta gullab, hosil beradigan) navlari, ya'ni mart oyida hosil bo'lgan o'simtadan shakllangan malina ko'chatlari avgust oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlab gullay boshlaydi, ayrim hollarda gullash jarayoni bevosita oktyabr-noyabr oylarigacha davom etadi.

Hosil bo'lgan gul o'rnidan shakllangan malina mevalari iqlim sharoitidan kelib chiqib noyabr-dekabr oyiga qadar pishib yetilishi mumkin. Bizni sharoitda ayrim yillari sovuq erta kelganligi sababli keyin shaklangan malina mevalari to'liq pishib yetilmasligi kuzatiladi.

Malina ildiz bachkilari, ildizi va qalamchalaridan ko'paytiriladi, ikkinchi yili hosilga kiradi. Hosili tugagach, bir yillik novdalari qoldirilib, ikki yilliklari qirqib tashlanadi. Malina oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi o'tkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5-2 m chuqurlikda bo'lgan yerlarda yaxshi o'sadi. Malina ko'chatlari erta bahorda yoki kech kuzda qator oralig'i 1,2 metr, tup oralig'i 30-40 sm sxemada ekiladi. Hosildorligi o'rtacha, ya'ni 80120 s/ga hosil beradi. O'zbekistonda malinaning Barnaul, Visluxa, Progress, Malboro navlari ekiladi.

Mevasi tarkibida 5,7-11,5% qand, 1-2% organik kislotalar, 9,1-44 % S vitamini hamda B guruhi vitaminlari, karotin, xushbo'y moddalar mavjud. Malinaning mevasi, asosan yangiligida iste'mol qilinadi. Yig'ishtirib olingan malina mahsulotini qayta ishlash yo'li bian undan konserva sanoatida qiyom, jem, sharbatlar tayyorlanadi. Quritilgan mevasi (damlamasi) tibbiyotda shamollashga, isitma tushiruvchi hamda terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq dorilar ta'mini yaxshilashda ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabobat olamida malina o'simligini shoxini qaynatib shamollashni oldini olishda ham qo'llash yaxshi natija berishi qayd etilgan bo'lib mahalliy aholi malina shoxidan ham qaynatma sifatida foydalanib kelishmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Malina o'simligini parvarish qilish uchun yerga doimiy ravishda ishlov berish kerak. Agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazish, g'unchalash davrida va hosil yig'ishtirilganidan keyin 1% li kolloidli oltingugurt eritmasini purkash orqali qarshi chora-tadbirlar olib boriladi. Malina bir yerda 10-12 yil va undan ham ko'proq o'sib har yili hosil beradi, buni uchun bevosita qari malina shoxlarini olib yangilab boorish talab etiladi. Chunki eski meva shoxlari qarigan sari bargi maydalashib boradi, shu bilan birga hosil miqdori ham kamayib va meva maydalashib boradi.

Malina asosan chirindiga boy, tarkibi yaxshi hamda suvni o'tkazuvchi qumloq va qumoq tuproqli yerdarda yaxshi o'sadi va mo'l hosil beradi. Og'ir tuproqli, botqoq, karbonati ko'p yerlarda ekish yaramaydi. Ma'lumki, malina har yili juda ko'p miqdorda bachki ildizlar hosil qiladi va tuproqdan ko'pgina oziq moddalarni o'zlashtiradi.

Asosan kuzda ekilgan ko'chatlar yaxshi o'rnashib oladi va erta bahordanoq o'sa boshlaydi. Ko'chatlarni orasi 30-40 sm dan qilib, chuqurligi va eni 40 sm dan qilib kovlangan chuqurlarga ekiladi. Malina mevasi nihoyatda nozik bo'lgani uchun uning o'ta pishib ketishiga yo'l qo'ymasdan, tezda terib olish kerak bo'ladi aks holda hosilni yig'ishtirish davrida ayrim mahalliy navlar hosili to'kilib ketishi mumkin.

Pishish boshlangan dastlabki kunlarda hosil 2 kunda, hosil oxirlagani sari esa 3-4 kunda teriladi. Hosilni 1,5-2 kg meva sig'adigan idishlarda yig'ib olinadi. Chunki katta idishlarda yig'ilganda mevaning sifati buzilib ketishi mumkin. Malinani ertalab yoki kunning ikkinchi yarmida havo salqin paytda terib olish kerak bo'ladi.

Shu bois mo'l hosil olish uchun har yili mineral o'g'itlardan 10 sotixga 6-8 t organik o'g'itlar, superfosfat 50-60 kg, kaliy tuzi 10 kg, ammiakli selitra 15-20 kg solish kerak. Go'ng, fosforli va kaliyli o'g'itlar kuzda yer haydalayotgan paytda, azotli o'g'itlar esa bahorda yerni yumshatishdan oldin solinadi. Vegetatsiya davomida malina 12-15 marotaba sug'oriladi. Birinchi suv g'uncha tugayotganda, ikkinchisi gullash oldidan, uchinchi meva tugish oldidan, to'rtinchidan sakkizinchigacha meva pishayotganda, to'qqizinchidan o'n beshinchigacha sug'orish hosilni yig'ib olishdan avval o'tkaziladi. O'simlikni chidamli qilish maqsadida sug'orish sentabrda to'xtatiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1-rasm. Malina o'simligini ekish va unga ishlov berish

Olib borilgan tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki agar oktyabr-noyabr oylarida malina ko'chatlarida shakllangan hosil elementlarini to'liq pishib yetilishini ta'minlash uchun ushbu ko'chatlarni ustini yopish yoki issiqxonalarda malina parvarishini yo'lga qo'yish orqali erishish mumkin bo'ladi[5, 6, 8, 10, 12, 13].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, rezavor mevalilar hosildorligini oshirish hamda yuqori sifatli meva olish uchun navlarni tanlash va agrotexnikani qo'llashdan tashqari, o'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini vaqtida o'tkazish katta ahamiyatga ega [12, 13].

REFERENCES

1. Mirzayev M.M., Sobirov M.K. Bog'dorchilik. Toshkent 1987 yil.

2. Kazakov I V, Kichina V.V. Malina. Izd. M., 1985.

3. Abdullayev R, Yagudina S. Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar. T., 1989.

4. Abdullayev R.M, Abdullayeva R.H. Rezavor mevalar yetishtirish. T., 2021.

5. Normuratov I.T, Shaymanov K.K, Adilov X.A., Namozov I.Ch. Meva ko'chatzori. T, 2017

6. Rejametov Sh, Normuratov I, Adilov X, Janakova D, Namozov I. Meva, rezavor va tok ko'chatzorlarini tashkil etish.T.: Baktria press, 2018.

7. С.Зокирова, Р.Акбаров, НДодирова, Н.Махсталиев. Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum. Химия биология 2020 февраль "2(68).

8. S.Zakirova, R.Akbarov, N.Qodirova. Changes of the mobile forms of phosphorus in sands under influence of fertilizers. «European Science Review #3-4 2020.

9. S.Zokirova, R.Akbarov, D.Ahmedova, K.Xonkeldiyeva. Light Industry Enterprises In Marketing Activities Experience Of Foreign Countries In The Use Of Cluster Theory. The American Journal of Management and Economics Innovations (ISSN - 2693-0811) Published: January 31, 2021.

10. С.Закирова, Р.Акбаров, С.Исмаилова, Ш.Парпиева Улучшение плородие галечниковых почв в Ферганской долине. Наука сегодня теоретические и практические аспекты. Материалы международной научно-практической конференции 25 декабря 2020 г. Вологда 2020.

11. С.Зокирова, Р.Акбаров, Н.Кодирова, З.Кодиров. Генезис пустынно-песчаных почв Центральной Фергане. Universum. Технических наук 2019 декабрь 12(69).

12. M.Yusupova, M.Mirzajonov. Qumli tuproqlarda anor bog'larini tashkillash masalalari. "Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy retsenziyalangan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. 2021 yil 18 iyun.

13. M.Yusupova, M.Mirzajonov. Xalq tabobatida anorning dorivor xususiyatlaridan foydalanish.. Народная медицина: прошлое и будущее. Материалы междурадной научно-практической онлайн-конференции с участием международных партнерских вузов от 6-7 мая 2021 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.