Научная статья на тему 'CHAKANDA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

CHAKANDA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1249
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Chakanda / barg / gul / meva / agrotexnika / vitamin K / C / hippohae / leaf / flower / fruit / agrotechnics / vitamin K / C

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xoshimova Nasiba Gulomatovna

Maqolada chakanda o‘simligini yetishtirish texnologiyalari va uning dorivorlik xususiyatlari, chakanda o‘simligidan dorivor xom ashyo olish va undan tayyorlangan preparatlarni inson salomatligiga ta’siri, undan oqilona foydalanishni yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CULTIVATION AND MEDICINAL PROPERTIES OF OBLEPIHA PLANT

The article describes the technologies of cultivation of the hippophae plant and its medicinal properties, obtaining medicinal raw materials from the hippophae plant and the effect of preparations made from it on human health, and its rational use.

Текст научной работы на тему «CHAKANDA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

CHAKANDA O'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Xoshimova Nasiba Gulomatovna.

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7194834

Annotatsiya. Maqolada chakanda o'simligini yetishtirish texnologiyalari va uning dorivorlik xususiyatlari, chakanda o'simligidan dorivor xom ashyo olish va undan tayyorlangan preparatlarni inson salomatligiga ta'siri, undan oqilona foydalanishni yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Chakanda, barg, gul, meva, agrotexnika, vitamin K,C.

КУЛЬТИВИРОВАНИЕ И ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА ОБЛЕПИХИ

Аннотация. В статье описаны технологии выращивания растения облепиха и его лечебные свойства, получение лекарственного сырья из растения облепиха и влияние препаратов из него на здоровье человека, рациональное его использование.

Ключевые слова: Облепиха, лист, цветок, плод, агротехника, витамин К, С.

CULTIVATION AND MEDICINAL PROPERTIES OF OBLEPIHA PLANT

Abstract. The article describes the technologies of cultivation of the hippophae plant and its medicinal properties, obtaining medicinal raw materials from the hippophae plant and the effect ofpreparations made from it on human health, and its rational use.

Keywords: hippohae, leaf, flower, fruit, agrotechnics, vitamin K, C.

KIRISH

Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi bor,1000 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o'simliklar xom-ashyosi bilan ta'minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o'rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jaliklarida eng ko'pi bilan 42 tagacha dorivor o'simliklar turlari o'stiriladi. Shulardan biri chakanda yoki jirg'anoq (Hppophae)-jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumiga mansub dorivor va mevali manzarali ekin. O'zbekistonda daryo soxillari va to'qayzorlarda Chakandaning jumurtsimon turi (H.rhamnoides) o'sadi.

Tadqiqod materiallari.

Jumrutsimon Chakanda (Облепиха крушиновидная,) - Hippophae rhamnoides L.

Chakanda Jiydadoshlar - Elaeagnaceae oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 4-6 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki kichik daraxt. Poyasi sershox va tikanli bolib, qo'ng'ir-yashil po'stloq bilan qoplangan. Barglari chiziqsimon-nashtarsimon yoki chiziqsimon, yuqori tomoni kulrang-to'q yashil, pastki tomoni bir oz sarg'ish qo'ng'ir-kulrang yoki oq tusli, tekis qirrali bo'lib, poya va shoxlariga qisqa bandi yordamida ketma-ket o'rnashgan. Gullari bir jinsli, mayda va ko'rimsiz, kalta boshoqchaga (otalik gullari) yoki 2-5 tadan shoxchalar qo'ltig'ida (onalik gullari) joylashgan. Mevasi dumaloq yoki cho'zinchoq, to'q sariq yoki qizg'ish rangli, sersuv, danakli meva. Chakanda aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi. Chakanda keng arealli o'simlik hisoblanadi, u MDHning Yevropa qismida, Karpatda, Kavkazda, Qora dengiz atroflarida, Markaziy Osiyoda, Qozog'istonda, O'zbekistonda, Tojikiston va Qirg'izistonda, Boltiq bo'yida,

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Sibir va Oltoyda daryo, ko'1 va dengizlarning shag'alli va qumli qirg'oqlarida, tekislik va to'qayzorlarda o'sadi. Tibbiyotda mevasi va ulardan olinadigan Chakanda moyi hamda bargi qollaniladi. Mevalari toliq pishganda, ba'zan sovuq tushgandan so'ng yig'iladi. Yig'ilgan mevalari quritib yoki quritmasdan ishlatiladi, moy olish uchun zavodlarga yuboriladi. Chakanda moyi radioaktiv nur ta'siridan zararlangan teri, shilliq qavatlar (qizilo'ngach, me'da), me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi, ba'zi ginekologik kasalliklar hamda vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz va boshqa kasalliklami davolash uchun qollaniladi. Chakanda moyi og'riq qoldiruvchi va yarani tez bitiruvchi va to'qimalarni regeneratsiyasini tezlashtiruvchi ta'sirga ega. Shuning uchun uni me'da va qizilo'ngach shilliq qavatlari yarasini bitirish uchun ichiladi, kuygan joyga, yaraga bosiladi. Chakanda mevasini Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan og'riq qoldiruvchi, tsinga va milk qonashini, me'da kasalliklarini davolovchi vosita sifatida ishlatib keladilar. Bargining qaynatmasi bilan bod kasalligini davolaganlar. Buning uchun barg qaynatmasidan shifobaxshli vanna qilinadi yoki badanning og'rigan joyiga issiq qaynatmaga botirilgan mato bog'lab qo'yiladi. Hozirgi paytda Respublikamizda Chakandani sanoat miqyosida o'stirishga va farmatsevtika sanoati uchun xomashyo bazasini yaratishga harakat qilinmoqda.[5]

Chakanda o'stirish agrotexnikasi. Chakandani urug'idan ko'paytirish sodda usul bolib, ko'plab tannarxi past va moslashuvchan ko'chatlar etishtirish imkonini beradi. Chakanda uruglari quruq saqlanganda 3 yilgacha unish qobiliyatini yo'qotmaydi. Urug'ko'chatlar yetishtirish uchun foydalaniladigan uruglar soglom, yirik va qizgish mevali, serhosil butalardan teriladi. Chakanda uruglarini toliq fiziologik etilishi, ular mevalarini toliq pishib yetilish davriga to'g'ri keladi. Chakanda uruglarini sentabr-noyabr oylarida terish mumkin. Terib olingan mevalardan sharbati olingach, qolgan uruglar meva po'stloqlari bilan birgalikda quritiladi va ventilyatorda sovurib, g'alvirdan elab, toza uruglari ajratib olinadi. Mevalardan uruglarni ajratib olishda sharbat ajratuvchi mashinalar yoki qo'1 yordamida harakatlanadigan sharbat ajratuvchi moslamalardan foydalanish mumkin. Mevalardan sharbat chiqishi 72-80% ni tashkil etadi. 1 kg yangi terilgan mevalardan toza urug' chiqishi 10-14 % tashkil etadi. Chakanda mevasi asosan bir urugli, kamdan kam hollarda yaxshi rivojlanmagan ikkinchi urugi ham uchraydi. Uruglarining rangi odatda jigarrang, yaltiroq, uzunasiga choki mavjud. Uruglarning uzunligi 4-7 mm, diametri 2,5-3,5 mm, Kuzda sepilgan urug'lar 8-12 kunda unib chiqib, qishgi sovuqlardan zararlanishi mumkin, shuning uchun urug'larni tuproqqa ekishning eng optimal muddati - mart-aprel oylari hisoblanadi. Bunda kuzda tayyorlangan va bahorgacha quruq holda saqlangan urug'lardan foydalaniladi. Urug'lar egat ustiga kengligi 10 sm va chuqurligi 2-3 sm bolgan ariqchalarga bir tekisda sepiladi, so'ngra mayin tuproq bilan bir xil qalinlikda berkitiladi. Urug' ekib bolingach, egat usti valik yordamida yengil zichlanadi, bu tadbir tuproqda hosil bolgan bo'shliqlarni bartaraf qiladi, tuproq namligini urug'larga ko'rsatadigan ta'sirini yaxshilaydi. So'ngra urug' ekilgan egatlar usti 2-3 sm qalinlikda yog'och qirindisi bilan qoplanadi va bu qatlam urug'lar unib chiqqandan so'ng ham qoldiriladi. Bu usulda tuproqni qatqaloq bolishiga yo'l qo'ymaydi. Urug' ekish normasi 4 g/m. Urug' ekish chuqurligi 2-3 sm. Tavsiya etilgan usulda urug' sepish, kelgusida ko'chatzordagi ko'chatlarni parvarishlash jarayonida bajariladigan agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi va 1 gektar ko'chatzorning mahsulot beradigan maydonini 1,7 ming m2 bolishini ta'minlaydi. Uruglar ekib bolingach, egatlar zaxlatib sug'oriladi. Uruglarni unish davri va nihollarni paydo bolish davrida yogingarchilik yetarli bolmagan hollarda egatlar

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

tez-tez sug'oriladi. Tuproqning ustki qatlamini doimo nam holda ushlab turish nafaqat uruglarni qiyg'os unib chiqishini, balki unayotgan urug'larni va yosh nihollarni tuproq yuzasiga osonlik bilan chiqishini ta'minlaydi. Chakanda mezogigrofit o'simlik, shu sababli ham uning urug'ko'chatlarini yetishtirish davrida tuproq namligi 60-70 % darajada ushlab turiladi, bu esa vegetatsiya davrida 14-16 ta sug'orishni amalga oshirishni taqozo etadi. Chakanda urug'ko'chatlarini yetishtirish uchun yarim soya bog'lar orasidagi ko'chatzorlar juda mos keladi, chunki urug'ko'chatlar nihollik davrlarida tik tushadigan quyosh nurlaridan zararlanib qurib qoladilar. Chakanda nihollari sekin o'sadi, chunki ularning dastlabki o'sish davrlarida ildiz tizimi shakllanadi, urug'ko'chatlari o'sishini tezlashishi vegetatsiyaning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Bir yillik urug'ko'chatlar vegetatsiya oxirida 15-30 sm balandlikka va 2-3 mm diametrga ega bo'ladilar. Urug'ko'chatlarni yer ustki qismi 15 sm dan va ildiz bo'g'inidagi diametri 2 sm dan kam bo'lmaganlari standart urug'ko'chatlar hisoblanadilar (GOST 3317-90 talablari bo'yicha). Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, Chakandani urug'idan ko'paytirganda, yetishtirilgan ko'chatlarning 50-65% changchi (otalik) o'simliklar sifatida shakllanadilar. Urug'dan ko'paytirilgan ko'chatlarda ota-onalik qimmatli xo'jalik belgilari toliq saqlanmaydi. Changchi va urug'chi o'simliklarni novda kurtaklariga binoan ajratish mumkin: urug'chi (onalik) o'simliklar kurtaklari maydaroq boladi. Chakandani dorivor va mevali o'simlik sifatida ko'paytirishda urug'chi (onalik) butadan qimmatli xo'jalik belgilariga ko'ra farq qilmaydigan genetik bir xil ko'chatlar etishtirish imkonini beradigan vegetativ ko'paytirish usulidan foydalaniladi. Chakandani yog'ochlashgan (qishgi) novda qalamchalaridan

ko'paytirish istiqbolli usul hisoblanadi, chunki bu usul ishlab chiqarish-biologik jihatdan sodda, ko'p mablag' va ishlab chiqarish vositalari talab etmaydigan usul hisoblanadi. Qalamchalarni ildiz oldirib, o'z ildiziga ega ko'chatlar yetishtirishning asosi - qalamchada yonlama ildizlar hosil qilib, yangi yosh o'simlik, ya'ni ona o'simlikdan qimmatli biologik-genetik belgilari va xususiyatlariga ko'ra farq qilmaydigan bir xil klonlar yetishtirish hisoblanadi. Qalamchalar tuproqqa ekilgandan so'ng ularning quyi qismida (bazal qismida) kallyus yuzaga kela boshlaydi. Qalamchani quyi qismining diametri kesilgan joyida 30-40 % ga ortib, qadoqlar (kallyus) yoki buqoqsimon bo'rtiklar shakllanadilar, ular o'simlikning zararlangan (kesilgan) qismini berkitadi hamda undan kelgusida qulay sharoitlarda yangi ildizlar rivojlanadi. Chakandaning yog'ochlashgan qalamchalari o'simlikni tinim davrida fevral oxiri-mart boshlarida oldindan tanlangan va belgilangan yirik mevali va serhosil butalardan tayyorlanadi. Qalamchalar istiqbolli shakllarining va Oltoy (Sibir) navlarini urug'chi (onalik) butalaridan tayyorlanadi. Changchi (otalik) o'simliklar meva bermaydi, ular faqat changlatish uchun xizmat qiladi. Qalamchalarni kuzda tayyorlash va qish mavsumida tuproqqa ko'mib quyib, bahorda ekish ham mumkin, lekin bu ortiqcha xarajatlarni talab etadi. Qalamchalar bir yillik va diametri 1 sm dan kam bolmagan novdalardan 30 sm uzunlikda tayyorlanadi. Qalamchalar novdaning o'rta qismidan o'tkir bog'qaychisi yordamida kesib tayyorlanadi va qalamchalar ekishgacha ho'l bo'z material bilan o'ralgan holda saqlanadi. Qalamchani kesish paytida novda po'stlog'ini ko'chib ketmasligiga e'tibor berish lozim, qalamchani uchki qismi kurtakdan 2-3 sm yuqoridan kesiladi. Qalamchalar orasi 60 sm, balandligi 20 sm qilib tayyorlangan egatlarning pushtalariga, tayoqcha yoki maxsus qoziq bilan oldinroq o'rin ochilgan yerga tik holda ekiladi, tuproq yuzasida 4-5 sm yoki 1-2 kurtagi qoldiriladi. Qalamcha ekilgach, uning atrofidagi tuproq zichlanadi. Qalamchalar bir-biridan 10-12 sm masofada ekiladi. Ko'chatzorda ariqlarni nishabligi bir tekisda bo'lishi

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

ko'chatlarni sug'orishda qiyinchilik tug'dirmaydi. Qalamchalar ekilgandan so'ng, ular egatlar bo'ylab zaxlatib sug'oriladi, bahorda yog'in miqdori yetarli bo'lmasa, ko'chatzorni har 5-10 kunda sug'orish zarur. Bu davrda begona o'tlar ham tez o'sa boshlaydi, ular tuproqdagi ozuqa moddalar va namni tez o'zlashtiradilar, shuning uchun egatlar orasi sug'orilgandan keyin tuproq yetilgach, doimo o'tlardan tozalanadi va chopiq qilinadi. Chakanda qalamchalari aprel oyida yoppasiga ko'kara boshlaydi, kurtaklar bo'rtib ilk bargchalar paydo boladi, bu davrda qalamchaning quyi qismida ildiz tizimi shakllanish ham qayd etiladi. Chakandani ildiz qalamchalaridan ham ko'paytirish mumkin, buning uchun fevral oxiri mart oyining boshlarida urug'chi (onalik) butaning yonlama (gorizontal) ildiz poyalari 25-30 sm uzunlikda kesib olinadi va egat pushtasiga 4-5 sm chuqurlikka 30° burchak ostida ekiladi va zaxlatib sug'oriladi. Chakanda ko'chatlari doimiy joyiga ekilgandan so'ng 3-4 yili hosilga kiradi[5]

Chakandaning foydali xususiyatlari. Qadimgi Gretsiyada bu mevaga qiziq nom berishgan: «yaltiroq ot» - hatto eng nimjon jonivorlar ham chakandadan iste'mol qilgandan so'ng, sog'lom va baquvvat bo'lib, ularning terisi esa yaltirashni boshlagan. Chakanda yer sharidagi eng foydali rezavor mevalardan biri bo'lib, u quyidagi kasallillarga foydasi tegadi:

• Shamollash va viruslarga qarshi kurashadi: u o'zida ko'p miqdorda C vitaminini saqlab, qizil bulg'or qalampiri va na'matakdan so'ng, u uchinchi o'rinda turadi;

• K guruh vitamini borligi sabab, moddalar almashinuvini boshqaradi;

• Qon tarkibini yaxshilab, uning quyulishini oldini oladi;

• Teri, tirnoq va soch sifatini yaxshilaydi;

• Xolesterin miqdorini kamaytiradi;

• Shakar miqdorini kamaytiradi;

• Tomirlarning cho'ziluvchanligini oshiradi;

• Yo'taldan xalos etadi;

• Bundan tashqari chakanda oshqozon yarasi va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida ham juda foydali hisoblanar ekan.

• Undan olingan yog' kuyush, teriga va shilliq pardalarga radiatsiyada zararlanishni davolashda qo'llaniladi.

• Gnekologik kasalliklarda davo sifatida foydalaniladi.

Afsuski bu koni foyda mevaning ayrim zararli tomonlari ham qayd etilgan. Uni buyrak va o't pufagida toshi bor bemorlarga iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Agar siz o't pufagi toshi yoki oshqozon gastritidan aziyat cheksangiz, unda chakandadan ehtiyotkorlik bilan iste'mol qiling.

Bir kunda qancha miqdorgacha iste'mol qilish mumkin. Bizlardagi bu meva sal achqiqroq ta'mdaligi sabab, uni choy sifatida damlab iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Damlamani bir kunda bir marotaba, 10-15 donadan oshmagan miqdorda mevalarni solib iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Chakanda o'zining sifatini saqlab qolishi uchun uni qishga quyidagicha saqlash mumkin:

• Birinchi usul, muzlatish: mevalarni chayib olamiz va sochiqda quritamiz. So'ng konteyner yoki yelim qog'ozga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz;

• ikkinchi usul, shakar bilan: mevalarni yuvib quritamiz va shakar bilan aralashtiramiz: 1 kilo chakandaga 1.3 kilo shakar solinadi. Aralashmani sterillangan bankaga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz;

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

• uchinchi usul, ezilgan holda: shakar bilan chakandani blender idishiga solib maydalaymiz, so'ng sterillangan bankalarga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz;

• to'rtinchi usil, murabbo: chakandadan tayyorlaniladigan murabbo juda ham mazali bo'lib, buning uchun shakarli qiyomga uni solib, 3 soatga qoldiriladi. So'ng qiyomni alohida idishga suzib olib yana qaynatiladi. So'ng qiyomga chakandani solib, past olovda rangi shaffoflashguniga qadar qaynatiladi. So'ng ularni sterillangan bankalarga solib yopiladi. 1 kilo mevaga 1.5 kilo shakar va 500 ml suv kerak bo'ladi.

Xulosa.

Bir so'z bilan aytganda chakanda o'simligi inson organizmi uchun ko'plab dorivorlik xoususiyatlarga ega bo'lgan o'simlik hisoblanadi. Biz bunday vitamin va minerallarga boy dorivor o'simliklarni keng miqyosda ko'paytirishimiz kerak. Bugungi kunda tabiiy dori vositalardan foydalanish ortib bormoqda shuning uchun, dorivor o'simliklarni madaniylashtirish va xom-ashyosini ko'paytiriashga katta e'tibor qaratmog'imiz lozim.

REFERENCES

1. Bo=riyey X.C., Allallayev A.G., Tomorqa sabzavotchiligi. T., .Mehnat., 1 994-y

2. Bo=riyev X.S., Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug=chiligi. T. —Mehnatll. 1999.

3. Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

4. Atabayeva X. O=simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

5. Berdiev E.T., Xakimova M.X., O'rmon dorivor o'simliklari. Toshkent-2016.

6. Mamanazarov B.S., Xoshimova N.G., Saminov A.A, Petrushka o'simligini etishtirish va undan oqilona foydalanish. « SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL »,DOI:10.5281/zenodo.6773499

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.