о
OAVLARDA MEGA MEDIA TARMOQLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14650805
Arofat SOBITJONOVA,
TDSHU 1-bosqich magistranti, Toshkent, O'zbekiston.
Tel:(90) 032 36 36; E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrda media va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ayniqsa, Turkiyadagi yirik gazeta va agentliklarning jamoatchilikfikrini shakllantirishdagi o 'rni yoritilgan.
Kalit so'zlar: Mega Media, kommunikatsiya, Sabah, Cumhuriyet, Hurriyet, Milliyet, Anadolu Agentligi, demokratiya, jurnalistika.
Аннотация: В статье рассматривается развитие средств массовой информации и массовых коммуникаций в XX веке, в частности, роль крупных газет и агентств в формировании общественного мнения.
Ключевые слова: Мега-Медиа, коммуникация, Sabah, Cumhuriyet, Hurriyet, Milliyet, агентство Anadolu, демократия, журналистика.
Annotation: This article examines the development of media and mass communications in the 20th century, particularly focusing on the role of major newspapers and agencies in Turkey in shaping public opinion.
Key words: Mega Media, communication, Sabah, cumhuriyet, Hurriyet, Milliyet, Anadolu Agency, capitalism, democracy, journalism.
XX asrda eng ko'p shov-shuvlarga sabab bo'lgan va o'zidan katta iz qoldirgan mavzu bu "Media"dir. 1890-yilda paydo bo'la boshlagan o'zgarishlar bir qarashda go'yo tinch va osoyishta kelajakdan xabar berayotgandek edi. Ammo keyingi o'zgarishlar kutilganidek bo'lmadi. Axborot sektori, butun dunyo chegaralarini bosib o'tgan yangi texnologiyalar rivojlanishi bilan "Mega media"larni yaratdi. Mega medialar esa, o'z imkoniyatlaridan samarali foyalangan holda xalqqa tanlash imkoni-yatini qoldirmay turib ularga o'zlari xohlagan ma'lumotlarni berdi. Masalan, OAV Berlin Devorining qulashini butun dunyoga bir vaqtning o'zida tomosha qilish imkoniyatini berdi. Shu bilan bir qatorda OAV urushlarda minglab insonlarning o'lgani va bir qancha insonlar yaralangani haqida go'yo oddiy sport musobaqasi singari taqdim etaverdi [1]. Butun dunyo aholisi faqatgina OAV ning taqdim etayotganlari bilan cheklanib, uning formatlagan holatida reaksiya ko'rsatdilar. Turli filmlari bilan birgalikda eng ayanchli va qo'rqinchli onlarni taqdim etishdan
charchamagan OAV insonlarda salbiy holat yaratayotganiga qaramay, bu jarayonni to'xtatmadi. Shu sababli o'sha davrlardagi matbuot erkinligi "Erkin xabar olish va erkin xabar tarqatish" xususiyatidan chetlashgan holda faqatgina xabar tarqatish xizmatiga aylanib qolgan edi.
Ammo keyinchalik Turkiya mamlakatida kapitalistik tuzum rivojlangani sayin butunlay boshqa OAV vujudga keldi. Ommaviy axborot vositalari rivojlanib, Turkiyada demokratiyaning 4-kuchi sifatida belgilandi. Bu holat OAVning hukumatlar qarorlariga ta'sir ko'rsatuvchi qudratga ega ekanligidan dalolat beradi.
Butun dunyoda bo'lgani kabi Turkiyada ham OAV ishlab chiqarish quvvatini oshirib, katta monopoliyaga moyil bo'lib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri OAVni ta'minlagan "iqtisodiy kuch" va u olib keladigan "siyosiy manfaatlar"dir.
Sabah [2] gazetasi Turkiyaning eng katta mahalliy gazetalaridan biri hisoblangan "YENI ASIR" (Yangi asr) tomonidan qo'llab-quvvatlangan holda ilk bor chiqarilishni boshlaganida, gazetaning butun mamlakat bo'ylab bu qadar ommalashib rivojlanishini, hattoki, aholini bir fikr asosida atrofiga to'play olish kuchiga ega bo'la olishi taxmin ham qilinmagan edi.
"Sabah" 1985-yil Turkiyada kapitalizmning eng yuksalgan davrida vujudga keldi. Gazetaning tezlik bilan ommalashganining muhim omillari - oson o'qilishi, qiziqarliligi va hazil-mutoyibaga boyligidir. O'sha davrda bunday uslubdagi gazetalar soni juda ko'p bo'lib, ularning savdosi ham yaxshi bo'lgan. O'quvchilarining ijtimoiy va madaniy qiziqishlari ham gazetaning tez sotilishiga olib keldi. Bunday auditoriya uchun vizuallar doimo matnlarga qaraganda qiziqarli hisoblangan. Gazeta butunlay vizual tasvirlarga asoslangan bulvar gazeta sifatida ish boshlagan bo'lsa-da, keyingi ikki yil mobaynida amalga oshirilgan sarmoyalar tufayli aloqa davrining tezligi va ehtiyojlariga mos, yuqori sifatli texnologiyalardan foydalangan holda gazeta mavzularini o'zgartirib, yirik matbuot tashkilotiga aylanishga muvaffaq bo'ldi. "Sabah" gazetasining mazmun jihatidan eng muhim o'zgarishlaridan biri bu - omma-bop jurnalistika va fikr jurnalistikasining mutlaqo farqli narsalar ekanligi haqidagi argumentni yo'qotib uni sintez qilishidir.
O'tmishda turli missiyalarni bajargan erkin yozuvchilarni o'ziga qamrab olib, efir siyosatining ajralmas qismi sifatida har tarafdan xalqqa murojaat qilishni yo'lga qo'ydi. Qolaversa, "Sabah" gazetasi Turkiya matbuotida yuqori texnologiyadan foydalangan ilk nashriyot bo'ldi. Shu bilan birga, reklama savdosi tufayli mamlakatning uch yirik muassasalaridan biriga aylandi va matbuotda bir qancha yangi gazeta, haftalik, oylik gazetalar, jurnallar, televideniye stansiyalari bilan yuqori tezlikda rivojlanib, sektordagi joyini mustahkamlab oldi.
"Sabah" gazetasi efir hayotiga kirib kelgan ilk sakkiz yilida, reklama va e'lon mavzularida ham muhim yo'llarni bosib o'tdi. Auditoriyaning ko'payishi natijasida
tiraj ham keskin ortdi. Bu esa reklama va e'lon daromadining ko'payishiga sabab bo'ldi. Shu tariqa, bu gazeta texnologik qudratidan so'ng moliyaviy tarmog'ini ham mustahkamlab oldi. Turkiya matbuotidagi 40-50 yillik gazetalar mavqeyiga sakkiz yillik qisqa muddatda erisha olgan gazetaning, so'nggi yillarda jamoatchilik fikrini yaratishi va yo'naltira olishi katta muvaffaqiyat sifatida baholanishi lozimdir.
"Sabah" gazetasi jamiyatni yaqindan qiziqtirgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularni butunlay populistik (halkçi) nuqtayi nazardan baholaydigan nashriyot siyosatiga amal qiladi. "Sabah" ilk ishini modachilik olamiga qaratilgan gazeta sifatida boshladi va aksariyat auditoriyani o'sha ko'rinishdagi gazetasi bilan to'plab oldi. Bosqichma-bosqich qilingan o'zgarishlar natijasida esa o'z imijini o'zgartirishga va rivojlanishga muvaffaq bo'ldi. Endilikda esa, matbuot bozoridagi gazetalar nashr faoliyatlarini boshlashdan oldin aniq maqsad va vazifa qo'yib olishlari talab etiladi. Chunki ana o'shandagina mustahkam auditoriyaga ega bo'la oladilar.
XX asrda Turkiyada "Sabah" gazetasidan tashqari yana bir qancha Mega media tarmoqlari faoliyat ko'rsatgan bo'lib Cumhuriyet, Hurriyet, Milliyet va Anadolu Agentligi shular jumlasidadir. Bu Mega media tarmoqlari XX asr davomida Turkiyada yangiliklar tarqatish, ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritish va jamoatchilik fikriga ta'sir ko'rsatishda muhim rol o'ynagan.
"Cumhuriyet" [3] gazetasi 1924-yilda tashkil etilgan bo'lib, Turkiyada o'zining demokratik va sekulyar qarashlari bilan tanilgan nashr hisoblangan. Gazeta mustaqil jurnalistikaga asoslangan, davlat va hukumat siyosatini tanqidiy yondashuvda yoritishga harakat qilgan. U asosan sekulyarizm va sotsial-demokratik qadriyatlarni yoritish va himoya qilishda katta yutuqlarga erishgan. "Cumhuriyet" gazetasi o'zi -ning mustaqilligi va erkin yondashuvi bilan tezda mashhurlikka erishib olgan. U 20-asr davomida Turkiyada yuz bergan senzura va hukumat bosimi davrlarida ham erkinlik va jurnalistik prinsiplarni himoya qilishga intilgan. U ijtimoiy va siyosiy muammolarni o'rganish va yoritish orqali jamoatchilik fikrini shakllantirishda haligacha juda muhim rol o'ynaydi. Gazeta yuqori sifatli jurnalistikaga asoslangan va professional tarzda ishlaydi. Tanqidiy maqolalari orqali sekulyar va demokratik qadriyatlarni targ'ib qilishda davom etgan holda gazeta davlat va hukumat siyosatini tanqidiy yondashuv bilan yoritib, jamiyatning turli qatlamlariga murojaat qiluvchi ovoz sifatida o'z o'rniga ega. Lekin shunga qaramay XX asr davomida Cumhuriyet gazetasi ko'pincha hukumat tomonidan bosim va senzura ostida qolgan. Ayrim davrlarda gazetaning faoliyati cheklangan yoki jurnalistlari ta'qibga uchragan. Bu uning mustaqil jurnalistika tamoyillariga rioya qilish yo'lida duch kelgan asosiy qiyinchiliklardan biridir.
Hurriyet [4] gazetasi 1948-yilda tashkil etilgan bo'lib, Turkiyada eng katta tiraj va keng auditoriyaga ega nashrlardan biri hisoblangan. Gazeta keng ko'lamli
mavzularni qamrab olib, turli ijtimoiy qatlamlarga murojaat qilgan. "Hurriyet" o'z vaqtida katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va Turkiyaning eng mashhur ommaviy axborot vositalaridan biri sifatida tanilgan. "Hurriyet" gazetasining o'quvchilarga keng yetib borishi uning eng katta yutuqlaridan biri bo'lgan. U haligacha Turkiyada eng ko'p o'qiladigan gazetalar qatoriga kiradi. Gazeta o'z ommabop yondashuvi va mavzularni turli nuqtayi nazardan yoritishi tufayli katta auditoriyaga ega bo'lib, o'z vaqtida keng ko'lamli reklama va tijorat faoliyati orqali daromad keltirgan. "Hurriyet" ommabop va zamonaviy jurnalistika uslublarini qo'llab, keng auditoriyaga murojaat qiluvchi maqolalar chop etgan. Gazeta innovatsiyalarga moslashib, zamonaviy texnologiyalarni jurnalistikada qo'llashda oldinga qadam tashlagan. Hurriyet ba'zan hukumat bilan yaqin aloqada bo'lgan deb tanqid qi linadi, ayniqsa, siyosiy bosim ostida ishlagan paytlarida ko'proq e'tiborni tortgan. Bu esa uning mustaqilligiga shubha tug'dirgan holatlar sanaladi.
"Milliyet" [5] gazetasi 1950-yillarda tashkil etilgan va hozirgi kungacha faoliyat yuritayotgan nashrlardan biri hisoblanadi. Bu gazeta markaziy va liberal yo'nalishga moyil bo'lib, keng ko'lamli mavzularni qamrab oladi. O'quvchilar orasida keng auditoriyaga ega, jiddiy va xolis yondashuvi bilan doim boshqa gazetalardan ajralib turadi. "Milliyet" gazetasi davlat va jamiyat masalalarini xolislik bilan yoritishda katta tajribaga ega. U katta tiraj va uzoq tarixiy tajribasi tufayli ko'plab turkiyaliklar uchun ishonchli axborot manbayi hisoblanadi. Milliyet ko'p yillardan beri mustaqil yondashuvni saqlab kelmoqda va turli mavzularda keng qamrovli axborot yetkazmoqda. Gazeta siyosiy va ijtimoiy mavzularni keng qamrovda o'rganadi va o'z mustaqilligini saqlashga harakat qiladi. Sog'liq, iqtisodiyot, sport va madaniyat kabi mavzularni yoritish orqali, keng auditoriyaga murojaat qiladi. Milliyet ham ba'zan siyosiy bosimlarga duch kelgan. Hukumatning bosimi va senzura tufayli ayrim maqolalari cheklangan yoki chiqarilmagan holatlar ham mavjud bo'lgan.
Anadolu Agency [6] (Anadolu agentligi) 1920-yilda tashkil etilgan bo'lib, Turkiyaning davlat axborot agentligi hisoblanadi. "Anadolu Agency" mamlakat ichida va xalqaro miqyosda yangiliklarni yoritib, hukumat va davlat siyosatlari haqida keng axborot tarqatgan va haligacha tarqatib kelmoqda. Bu agentlik xalqaro axborot yetkazishda kuchli mavqega ega bo'lib, Turkiyaning xalqaro sahnada ovozi sifatida faoliyat yuritadi. "Anadolu Agency" xalqaro darajada axborot tarqatish imkoniyatiga ega va butun dunyo bo'ylab auditoriya bilan ishlaydi. Turkiya hukumati siyosatlarini keng yoritish va rasmiy ma'lumotlarni tezkor yetkazish uchun ishonchli manba hisoblanadi. Bu agentlik hukumat va davlat tashkilotlaridan to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lganligi uchun, rasmiy ma'lumotlarni tez va keng miqyosda yetkazib beradi. Bundan tashqari, xalqaro yangiliklarni qamrab olishda va mahalliy voqealarni xalqaro auditoriyaga yetkazishda samarali faoliyat
ko'rsatadi. Davlat tomonidan boshqariladigan agentlik sifatida ko'pincha hukumat siyosatiga mos ravishda axborot tarqatgani uchun tanqid qilinadi. Ba'zan uning xolisligi va mustaqilligi haqida savollar tug'iladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, XX asrda ommaviy axborot vositalari butun dunyoda shov-shuvli o'zgarishlar va rivojlanishlarga sabab bo'ldi. Turkiyada esa bu jarayon kapitalistik va texnologik taraqqiyot bilan uyg'unlashib, OAVni kuchli jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi kuchga aylantirdi. "Sabah", "Cumhuriyet", "Hurriyet", "Milliyet" va "Anadolu Agentligi" kabi media vositalari demokratiya va sekulyar qadriyatlarni himoya qilib, ko'pincha hukumat qarorlari va siyosiy jarayonlarga ta'sir ko'rsatishga harakat qildi. Shu bilan birga, hukumat tomonidan bosimlar va senzura holatlari ularning xolisligi borasida savollar tug'dirdi. OAV, rivojlangan texnologiyalardan foydalangan holda, keng auditoriyaga murojaat qilib, faqat axborot tarqatishda emas, balki jamoatchilik fikrini yo'naltirishda ham muhim rol o'ynadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
[1]- https://www.amerikaovozi.com/a/berlin-wall-cold-war-foes/5159264. html https://multimedia.europarl.europa.eu/en/topic/the-fall-of-the-berlin-wall_13236
[2] - sabah.com.tr
[3] -Cumhuriyet Digital Archive/ Cumhuriyet Newspaper History
[4] - https://www.hurriyetkurumsal.com/corporate/corporate-profile/ ?lang=en
[5] - https://kmmits.com/milliyet-a-deep-dive-into-turkeys-iconic-newspa per/ https://binweekly.com/2024/09/07/milliyet
[6] - https://www.aa.com.tr/en/corporate-news/anadolu-agency
-marking-its-102nd-anniversary/2556121.