Научная статья на тему 'O‘ZGALAR BAXTINI O‘Z BAXTIDAN USTUN BILGAN INSON'

O‘ZGALAR BAXTINI O‘Z BAXTIDAN USTUN BILGAN INSON Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
41
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy tarjima / o‘zbek tarjimashunoslik maktabi / tarjima nazariyasi va amaliyoti. / literary translation / Uzbek school of translation / theory and practice of translation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sadiqov, Zohidjon

Ushbu maqolada o‘zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G‘aybulla Salomovning ilmiy-amaliy faoliyati misolida ochib berilgan. Olimning o‘zbek tarjimashunosligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida urg‘u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A PERSON WHO QUESTIONS THE HAPPINESS OF OTHERS BEFORE HIS OWN HAPPINESS

The role and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the founder of the Uzbek school of translation. Particular emphasis is placed on the great contribution of the scientist to the field of Uzbek translation studies.

Текст научной работы на тему «O‘ZGALAR BAXTINI O‘Z BAXTIDAN USTUN BILGAN INSON»

TRANSLATION FORUM - 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28

ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ-2022 ISSN 2181-1784

TARJIMASHUNOSLAR FORUMI- 2022 ^ SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

O'ZGALAR BAXTINI O'Z BAXTIDAN USTUN BILGAN INSON

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-24-27

DSc. Zohidjon SADIQOV,

Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.

Namangan, O'zbekiston Tel: +998 90 554 82 94; E-mail: e-mail: sadikov.zohid@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G'aybulla Salomovning ilmiy-amaliy faoliyati misolida ochib berilgan. Olimning o'zbek tarjimashunosligi sohasiga qo'shgan ulkan hissasiga alohida urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: badiiy tarjima, o'zbek tarjimashunoslik maktabi, tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Аннотация: Обсуждается на примере научно-практической деятельности профессора Гайбуллы Саломова, основоположника узбекской школы перевода. Особый акцент делается на большом вкладе ученого в область узбекского переводоведения.

Ключевые слова: художественный перевод, переводоведческая школа, теория и практика перевода.

Abstract: The role and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the founder of the Uzbek school of translation. Particular emphasis is placed on the great contribution of the scientist to the field of Uzbek translation studies.

Key words: literary translation, Uzbek school of translation, theory and practice of translation

"O'z baxtini boshqalarni baxtli holda ko'rishda deb bilgan, shunga in-tilgan, buni o'z hayotining maqsad-muddaosiga aylantirgan odamning yo'llariga hamma vaqt ham chechaklardan poyondoz solinavermaydi..." Ushbu hikmatomuz iqtibos ustoz G'aybulla as-Salomning 1990 yilda nashr etilgan "Men suv ichgan daryolar" kitobidan olindi1. Mazkur hikmat ostida juda katta hayot tajribasi yotibdi. Muallif butun umri davomida odamlarga ezgulik urug'ini sochib kelgan bo'lsada, har doim ham haqiqat yo'lidagi sa'y-harakatlariga u yashab turgan mavjud tuzum, atrofidagi

1 Qarang: Саломов F. Мен сув ичган дарёлар. - Тошкент: "Ёш гвардия" нашриёти, 1990 йил, 5-бет.

odamlar quchoq ochib boqavermaganliklari, muallifga mashaqqatli hayot yo'lida uchragan notekis yo'llar va tikonli so'qmoqlar har qadamda uchraganligini aytadi.

Olamda shunday odamlar ham bo'ladiki, ular o'zlarining butun umr-larini el tashvishini yengillatishga, ularning og'ir toshdek ummon tu biga cho'kkan ko'ngillariga taskin berishga, har bir insondan illat emas, hikmat qidirishga bag'ishlaydilar. Agar es-hushimiz joyida bo'lsa, hammamiz ham muayyan muammoning shakl-shamoyili, mohiyatini bila olamiz. Ammo tan olishimiz kerakki, uning kelib chiqishi, sabablari va o'q ildizini aniqlashga har doim ham jazm etavermaymiz. Biz Siz aziz zamondoshlarimiz e'tiboriga havola qilayotgan bu hazrati in son, ulug' olim, zabardast publitsist, qomusshunos, o'zbek tarjima maktabining asoschisi, mutafakkir, bir so'z bilan aytganda allomai zamon G'aybulla as-Salom bo'ladilar.

Kamina nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlash ilinjida Toshkandu azim-da bu inson bilan besh yil, 1989 yildan 1995 yilgacha bo'lgan vaqt da-vomida hamnafas bo'lishga muyassar bo'lganman. Nafsilamrni ayt ganda, biz o'zaro shunchaki rasmiy ilmiy rahbar - aspirantgina emas, balki o'zbekning qadimiy urflariga amal qilgan ustoz-shogird ham bo'lganmiz bir-birimizga. Aniqrog'i, 1989 yilning jazirama yoz kunlarining birida padari buzrukvorim usta Yoqubjon Siddiq o'g'li hamda pochchamiz Sayfillo hoji Abdulla o'g'illari meni domlaning Bodomzordagi hovlilariga olib borishdi. Qo'limda Namangan davlat pedagogika institutining kaminani Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) Tarjima nazariyasi kafedrasiga stajer-tadqiqotchi sifatida yuborilayotganligim haqidagi rasmiy yo'llanmasi ham bor. Muxtasar qilib aytganda, bu tashrifning maqsadi meni ustoz G'aybulla Salomovga rasman shogird qilib berish edi. Aslida, bungacha ham domla G'.Salomov bizning oilaga notanish emasdilar. Birinchidan, u kishining namanganlik shogirdlari N.Otajonov, O'.Nurmatov hamda akam Yunusxon Sodiqovlar sabab tez-tez shahrimizga kelib turganliklari bo'lsa, ikkinchidan ustoz bizning institutga tashrif buyurib, guruhimizga 1982 yili Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan maxsus kurs o'tib bergandilar. Bundan tashqari, to'g'risi, domla Namanganni boshqacha yaxshi ko'rardilar. Kamina ustoz rahbarliklarida o'z nomzodlik dissertatsiyamni 1989 yilda boshlagan bo'lsam, 1994

yilning oktyabr oyida muvaffaqiyatli himoya qildim. Bungacha ham o'sha davrdagi ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan bo'lib tarjima nazariyasi kafedrasi ochib, mazkur mutaxassislikning o'quv dasturini yarata olgan G'.Salomov rahbarligida o'ttizdan ortiq fan nomzodlari, o'nga yaqin fan doktorlari o'z ishlarini yakunlagandilar. Bundan tashqari bu qomusiy olimning bevosita tashabbuslari bilan o'zbek tarjimachiligida ilk bor "Tarjima san'ati" ilmiy-tanqidiy maqolalar to'plamining 6ta soni eng nufuzli nashriyotlarda chop qilingandi. Xususan, o'tgan asrning 80-90 yillarida Ogahiy (Najmiddin Komilov), Lev Penkovskiy (Komiljon Jo'raev), Mirtemir (Zuhriddin Isomiddinov), Abdulla Qahhor (Absalom Umarov), Zulfiya (Xurshida Mamatova) kabilar uning bevosita ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning 1982 yilda shogirdi Najmiddin Komilov bilan hamkorlikda yozgan "Do'stlik ko'p-riklari" kitobida she'riy tarjima o'ziga xosliklari tadqiq qilinib, qayta yaratish san'atidagi tarjimaviy metodlari, aniqlik va erkinlik masalalari tadqiq qilindi. Xususan, ustozning 1996 yilda Namangan tashrifi davomida "Jahongashta Boburnoma" monografiyasi bu boradagi ishlarni umulashtirishda muhim rol o'ynadi. Natijada G'aybulla Salomovning bevosita ilmiy rahbarligida bu borada ham bir qator doktorlik va nomzodlik ishlari himoya qilindi. Jumladan, "Boburnoma"ning ingliz tiliga tarjimalari borasida N.Otajonov, R.Karimov, M.Sobirov, D.Xoshimova, fransuzcha tarjimalari bo'yicha S.Shukrullaeva, nemischa tarjimalari bo'yicha G'.Xo'jaevlar disser-tatsiya yoqladilar. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarining nemischa va inglizcha tarjimalari borasida Z.Sodiqov, Q.Sidiqovlar dissertatsiya himoya qilgan bo'lsalar, Alisher Navoiy asarlarining ruscha tarjimalari bo'yicha S.Olimov, K.Jo'raevlar monografik tadqiqotlar yaratdilar. Ayni paytda jahon adabiyotining buyuk siymolaridan Gyotening o'zbekcha tarjimalari bo'yicha S.Jabborov, S.Salim, P.Usmon tadqiqotlar olib borgan bo'lsalar, Shiller ijodi bo'yicha O'.Nurmatov o'zining nomzodlik ishini himoya qildi. Bundan tashqari ingliz Jorj Bayron she'riyatining o'zbekcha talqinlari borasida M.Baqoeva muvaffaqiyatli ish olib borib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga erishdi. Shuningdek, G'aybulla Salomov ilmiy rahbarligida Hamidulla Karomatovning buyuk sarkarda, sohibqiron Temur siymosini tarjima vositasida jahon adabiyoti sahnasida e'tiroq etilishiga oid "Xristofor Marloning "Buyuk Temur" asarining sar-chashmalari, asliyati va o'zbekcha tarjimasi" nomli nomzodlik hamda

"O'zbek adabiyotida Qur'on mavzulari" doktorlik ishlarini ham alohida ta'kidlash kerak.

Agar o'tgan besh yillik ustoz-shogirdlik faoliyatimizni yaxlit bir davr deb oladigan bo'lsak, dissertatsiya bu davrning bir qismigina xolos edi. Aso-siysi, bu onlar kamina uchun hayot maktabi, chinakam odamiylik saboqlarini olish payti, ilm o'rganish, ulug' allomalar bilan uchrashishdek betakror baxtli onlar bo'lib qoldi. Bu fursat ichida imkon qadar ustozning ulkan hayot va ijodiy faoliyatlari qasri eshigidan ichkariga kirib borishga muyassar bo'ldim. Kaminaga Toshkent davlat universitetining aspirantlar uyidan alohida xona ajratilganligiga qaramay, u kishi bilan quvvai hofizamiz, avrimiz o'zaro mos kelganligidanmi, domla meni o'z uylarida turishga ko'ndirdilar. Ustoz bilan birgalikda ko'rgan kechirganlarimdan xulosa qilib aytamanki, bu hazrati in-son hayotining har bir onini ilmi urfonga, odamlar mushkulini yengil qilishga, o'z xalqini o'zgalardan kam bo'lmagan holda baxtli ko'rishdek ezgu ishlarga bag'ishladi.

Yuqorida ustoz ta'kidlagan hikmat zaminida uning ezgu maqsad uchun intilgan mashaqqatli hayot yo'liga doim ham chechaklardan poyondoz solinavermaganligi yotganligini ta'kidlanadi. Kaminaning u kishi bilan besh yil davomida chinakam ustoz-shogirdlik maqomida hayot qozonida qaynaganligimizni hech qachon unutmayman. Zero ustozning o'zgalar baxti uchun qilgan sa'y-harakatlari va bu borada qilgan ham nazariy, ham amaliy ishlarini bir ummonga tenglashtirish mumkin. Bizning ushbu munosabatimiz, dil izhorimiz bu tabarruk insonga bo'lgan cheksiz minnatdorchiligimiz ramzi, to'g'rirog'i, u kishi sha'niga aytilishi kerak bo'lgan iliq so'zlarning bir tomchisi deb bilgaysiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.