Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN QIZLARNING O’RNI'

O’ZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN QIZLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender tenglik / ayollar huquqlari / xalqaro normalar / konvensiya / Konstitutsiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shodiyeva Bahora

Maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN QIZLARNING O’RNI»

O'ZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN

QIZLARNING O'RNI

Shodiyeva Bahora

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanovna

Inagamova

ANNOTATSIYA:

Maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'z: gender tenglik, ayollar huquqlari, xalqaro normalar, konvensiya, Konstitutsiya.

Ma'lumki, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi va siyosiy jabhalardagi ishtirokini qonuniy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bu o'z navbatida dunyo hamjamiyati bilan bemalol bellasha oladigan adolat qonunlar va ularing ijro mexanizmnig yaratishga qodir bo'lgan milliy qonunchiligimizning yutug'i desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'biri bilan aytganda «...har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak».

Xotin-qizlar ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda ta'minlanganligi masalasi - davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanadi.1 Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi o'rni hamisha muhim bo'lib kelganligi hamda bundan buyon muhim o'rinda turishini ta'kidlab o'tadi.

Har qanday ijtimoiy tuzilma asosida ayollarning imkoniyatlari bilan bir qatorda yangi avlodning shakllanishi va rivojlanishida ham ularning o'rni beqiyos. Jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari mavjud bo'lib, bular qonuniylik, demokratizm, xotin-

1 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.

0|yil -dekabr

https://tstu.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy

qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'yilmasligi, ochiqlik va shaffoflikdir.

Bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalasida xotin-qizlarning o'rni va roli har qachongidanda muhim. Shu bois islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g'oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo'llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar, o'zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta'minlashdan iborat. Zero, inson qadrini ulug'lash, avvalo, ayolga hurmat va ehtirom, mo'tabar onalarimizni e'zozlash, munis opa-singillarimizni qadrlash orqali ro'yobga chiqadi, desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

Shu o'rinda Ozbekistonda gender tengligi tarixi va rivojlanish bosqichlari hamda so'z yuritish maqsadga muvofiqdir. Xususan, Gender tengligi buzilishi bilan bog'liq muammolar tariximizda azaldan mavjud bo'lgan. Tarixdan ma'lum Sharqda ayollarga hurmat masalasi G'arbdan ancha avval shakllangan. Ko'pchilik manbalarda gender tengligi asosan G'arb davlatlarida shakllanib boshlagani haqida aytiladi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning tutgan o'rni va ishtiroki masalalari Turkiston ma'rifatparvarlarining diqqat markazida bo'lgani ko'pchilikka ayon. Ayollarning millat farzandlari tarbiyachisi sifatida jamiyatda tutgan o'rni o'sha davrlardayoq e'tiborga olingan. O'tmishda ota-bobolarimiz tomonidan ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning bilim salohiyatini yuksaltirish va erkaklar bilan jamiyat hayotida, o'zaro tenglik asosida, ijtimoiylashgan holda faoliyat olib borishlarini ta'minlash ishlarining birinchi navbatda, maorif sohasini isloh qilishdan boshlanganligi xotin-qizlar maorifi masalalari mazkur davrning dolzarb muammolaridan biri sanalib kelganining dalilidir.

Gender tengligini ta'minlash va xotin qizlarning jamiyatda shaxs sifatidagi o'rnini kuchaytirish borasidagi islohotlarni 3 davrga bo'lishimiz mumkin bular:

Birinchi bosqich 1991-2000 yillar: Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi Konventsiya»ga O'zbekiston 1995 yil 6 maydagi ratifikatsiya qildi va 1995 yil 18 avgustdan kuchga kirdi.2

Ushbu Konventsiya 1979 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan edi. Unda hammma sohalardagi barcha xotin-qizlarga nisbatan qo'llaniladigan xotin-qizlar huquqlariga doir printsiplar xalqaro darajada kelishilgan yuridik imperativ shaklda bayon qilinadi. Konventsiyaning asosiy huquqiy normasi xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini taqiqlovchi norma hisoblanadi. Xotin-

2 BMT "Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida" // Konventsiya O'zbekiston Respublikasi1995 yil 6 maydagi ratifikatsiya qildi.

2024-yil, 7-dekabr

312

qizlarga erkaklar bilan qiyoslaganda teng huquqlar berilishi talablari bilan bir qatorda, Konventsiyada hamma joyda xotin-qizlar uchun belgilab qo'yilgan huquqlardan foydalana olishlarini ta'minlash uchun qabul qilingan muayyan choralar ham yozib qo'yilgan.

Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi Konventsiyaning muqaddimasida bir qator shartnomalar qabul qilinganiga qaramay hotin-qizlar huquqlar borasida hali ham erkaklar bilan teng emasligi tushuntirib beriladi. Barcha mamlakatlarda xotin-qizlarga nisbatan kamsitish hamon saqlanib qolmoqda.

Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan mazkur Konventsiyada hotin-qizlarga nisbatan kamsitish holatlarini tugatishga qaratilgan mavjud xalqaro shartnomalarning qoidalarini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan edi. Unda xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning aniq sohalari, masalan, siyosiy huquqlar, nikoh va oila sohalari, shuningdek bandlik sohalari ta'riflab beriladi. Shu va boshqa sohalarda Konventsiya xotin-qizlar erkaklar singari huquqlardan foydalanadigan uyg'un jamiyat qurishga ko'maklashish uchun ishtirok etishi lozim bo'lgan aniq maqsadlar va chora-tadbirlarni belgilaydi, va shu orqali ular tomonidan kafolatlangan inson huquqlari to'liq amalga oshiriladi.

Jinsiga ko'ra kamsitishga qarshi kurash maqsadlarida Konventsiya ishtirokchi-davlatlarga xotin-qizlarning oila farovonligi va umuman, jamiyatni rivojlantirishdagi iqtisodiy va ijtimoiy xissasining muhim ahamiyatini e'tirof etishni maslahat beradi. Unda kamsitishning iqtisodiy rivojlanish va farovonlikning o'sishiga xalaqit berishi alohida ta'kidlanadi. Shuningdek, unda erkaklar va xotin-qizlar o'rtasida huquqlar va majburiyatlar tengligini tan olish maqsadlarida ma'rifiy tadbirlar o'tkazish orqali yuzaga kelgan tasavvurlarni o'zgartirish va salbiy qarashlarga asoslangan bid'atlar va odatlarni engib o'tish zarurligi ochiq- oydin e'tirof etiladi.

Konventsiyaning yana bir muxim xususiyati nafaqat yuridik, balki faktik tenglikka erishish zarurligini tan olish, shuningdek, bu maqsadga erishish uchun vaqtinchalik maxsus choralar qabul qilishning muhimligi hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich XXI asr boshlari: O'zbekistonda gender tengligini mustahkamlash bo'yicha Normativ huquqiy hujjatlar.

Ushbu davrda esa hukumat ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish bo'yicha milliy harakat rejalari va strategiyalarini amalga oshirdi.

Siyosiy sohada: Davlat xizmatlari bo'limlari nafaqat tanlov ishtirokchilarining ta'lim va kasbiy tayyorgarligi, balki tegishli davlat xizmati lavozimlarida ishlaydigan xodimlarning gender nisbati haqida ham batafsil ma'lumot berish tizimi joriy etildi.

313

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^Tashkent—шшшшТшшшшРшшш^^

Binobarin, davlat organlari va tashkilotlarida ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlovchi qonunchilik talablariga, shu jumladan, kadrlar siyosatiga rioya etilishini baholash maqsadida gender auditi tizimi tashkil etildi. Bu gender tengligini tushunish va baholashga kompleks yondashuvni o'z ichiga oladi.

Xotin-qizlar ishtirokida qabul qilingan muhim qarorlar jamiyatni demokratlashtirish yo'lida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Shu jihatdan mamlakatimizda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo'nalishi hisoblanadi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida o'tgan yilgi saylov yakunlari bo'yicha parlamentning quyi palatasiga 48 nafar ayol deputat etib saylandi. Bu deputatlar umumiy sonining 32 foizini, Senatda esa 25 foizni tashkil etmoqda. O'zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etdi. Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi.

Ijtimoiy sohada: Ayollar va qizlarning kasb-hunarga o'rgatish xarajatlarini qoplash, ishlovchi onalarga qo'shimcha imtiyozlar berish, ayrim ayollarga 53 yoshda nafaqaga chiqish imkoniyati taklif qilindi. Masalan Mehnat kodeksining 4-moddasi 1-qismida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning minimal darajasi belgilangan. Ushbu bo'lim barcha ishchilarning adolatli ish haqi, xavfsiz mehnat sharoitlari va kamsitishni taqiqlash kabi asosiy huquq va imtiyozlarga ega bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu kafolatlar xodimlarni ekspluatatsiyadan himoya qilish va ish joyida adolatli munosabat uchun asos yaratish uchun mo'ljallangan.

Uchinchi bosqich 2017- hozirgi davrgacha: Yangi O'zbekistonda ayollar huquqlari va ularning jamiyatdagi o'rni va roli.

So'nggi 10 yil mobaynida xotin qizlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yaxshilash borasida qator islohotlar o'tkazilib kelinmoqda. Masalan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun, qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan bo'lib, Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma'qullangan. Aytib o'tishimiz kerakki ushbu qonuning 1-bobida ushbu qonunning maqsadi keltirilgan ya'ni bunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda shu qatorda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish deb ta'kidlab o'tib ketilgan.

Konstitutsiyamizning 58-moddasiga nazar tashlasak "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning

314

2024-yil, 7-dekabr

nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan," Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan ,Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma'qullangan qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi", degan norma mustahkamlab qo'yilgan. Shu asosda, barcha qonunlar va qonunosti hujjatlariga ham gender siyosatini aks ettiruvchi "tenglik", "ijtimoiy adolat" prinsiplari singdirilgan. Takidlash joizki, "Ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonun - jins bo'yicha kamsitishining oldini olish va davlat boshqaruvida barchaning teng ishtirok etishni ta'minlashni nazarda tutadi. "Ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonun3 ayollarga nisbatan zo'ravonlikning turli shakllariga barham berish va jabrlanuvchilarni himoya qilish va yordam ko'rsatish mexanizmlarini o'z ichiga oluvchi hisoblanadi. Qonunlar va qonunosti hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish borasida ham gender tengligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 30 martdagi 192-son qarori qabul qilinib, endilikda barcha normativ-huquqiy xujjatlar boshqa mezonlar bilan birga gender huquqiy ekspertizadan ham o'tkazilishi shartligi belgilab qoyildi. Ekspertizadan o'tkazishda normativ-huquqiy hujjatlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonun hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari normalariga muvofiqligi, gender tenglik prinsiplarining har bir qismi (teng huquqlar, teng javobgarlik, teng imkoniyatlar, teng majburiyatlar) bilan o'zaro muvofiqligiga (siyosiy, iqtisodiy, mehnat va boshqa ijtimoiy munosabatlarda amaldagi tengligi) alohida e'tibor berilmoqda. 4Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash davrning

3 O'zbekiston Respublikasining "Ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" // qonun / qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17-avgust O'RQ - 561 - son

Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831 -son)

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida" // qonun 2019-yil 7-martdagi PF - 4235 - son

2024-yil, 7-dekabr

315

asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Bu ayniqsa, so'nggi yillarda butunjahon xalqaro tashkilotlari tomonidan ilgari surilayogan asosiy masalalardan biri sanaladi. Shu bois qonun hujjatlari loyihalarini gender tenglik mezonlari bo'yicha ham huquqiy ekspertizadan o'tkazish, shubhasiz, normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishga hamda davlatimizning jahon hamjamiyatida inson huquqlarini ta'minlash sohasida munosib o'rin egallashiga zamin yaratadi.

O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni 2022 yil 15 dekabr kuni qabul qilindi.

Qonun 2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 1-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Ushbu qonunda gender auditi tushunchasi keltirib o'tiladi. Unga ko'ra Gender auditi - bu siyosat, dasturlar va amaliyotlarning gender tengligiga ta'sirini baholash uchun tizimli tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi:

1. Qonunning muvofiqligini baholash: davlat organlari va tashkilotlarining ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni targ'ib qiluvchi qonunlarga rioya qilishlarini tekshirish.

2. Kadrlar siyosati: ishga qabul qilish, lavozimga ko'tarilish va ish joyidagi siyosatlarning adolatli va inklyuziv bo'lishini ta'minlash uchun ko'rib chiqish.

3. Kompleks yondashuv: gender masalalari tashkilot faoliyatining barcha jabhalariga qanday integratsiyalashganligini tahlil qilish.

4. Kamchiliklarni aniqlash: gender tengligini oshirish uchun takomillashtirish zarur bo'lgan sohalarni ajratib ko'rsatish.

Gender auditlari tashkilotlarga noto'g'ri qarashlarni ya'ni streotiplarni aniqlashga va barcha jinslar uchun teng imkoniyatlarni qo'llab-quvvatlaydigan inklyuziv madaniyatni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Genderga oid audit uch yillik rejaga asosan O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o'tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Respublika komissiyasi genderga oid audit natijalariga doir axborotni va takliflarni ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4235/2727-son, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son.

2024-yil, 7-dekabr

316

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

Shuningdek, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasining bir qancha qo'shimcha vakolatlari mustahkamlanmoqda.

Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug'vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko'p bo'lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko'rsatmoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiy etishining yangi bosqichida erishilgan yutuqlarning asosiy omili bu inson hamda uning huquq va manfaatlari himoyasi bilan bevosita bog'liq. Shu sababdan Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, fuqarolar uchun tinch va farovon shuningdek munosib turmush sharoiti yaratish, adolatli huquqiy davlat barpo etish demokratik islohotlarni asosiy maqsadiga aylangan.

Keyingi yillarda barcha sohada xotin-qizlar va erkaklar tengligini ta'minlashning huquqiy asosini yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Buni 42 dan ziyod me'yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingani misolida ham ko'rish mumkin. Xususan, ikkita muhim hujjat — "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yana shuni ta'kidlash kerakki xalqimiz xohish-irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz bu yo'nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim huquqiy asos bo'ladi. Zero, Konstitutsiya yangi tahririni ishlab chiqishda xalqimiz fikriga tayanildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflarning 40 foizdan ortig'i ayollardan kelib tushdi. Bu — yangi normalarda xalqimiz dunyoqarashi, fikr va tafakkuri aks etganining yorqin ifodasidir.

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. HHaraMObiB M.M .Y36eKHCTOHga aennapra Hnc6araH 3ypaBOHHHK Macananapn: MyaMMonap, WTyK^ap Ba HCTHK6onnap//Intemational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. P. 107-112

Xulosa.

REFERENCES

317

2024-yil, 7-dekabr

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий MaK0Mtf//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. Tansiqboyeva G. Ayollarning diskriminatsiya qilinishini bartaraf etish -ularning amaldagi tengligining zaruriy sharti//Ayol huquqi va erkinliklari. -T. : Adolat, 2002.

9. Mo'minovA.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish. //T . : Adolat. 2013.-B.368.

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini rivojlantirish to'g'risida"gi PF-5325 sonli Farmoni

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.

318

2024-yil, 7-dekabr

12. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 17-avgustdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonuni.

13. https: //www.undp .org/uzbeki stan/bl o g/womens-ri ghts-changing-society

14. https://senat.uz/post/post-284

15. Gender.stat.uz https://gender.stat.uz/uz/o-gendernoj-statistike-uz

16. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

17. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

18. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

19. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

20. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

319

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.