Научная статья на тему 'GENDER TENGILIGI'

GENDER TENGILIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GENDER TENGILIGI»

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

GENDER TENGILIGI

Abduvali Abdurashid o'g'li Mirzakarimov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs SSH-4-24

guruh talabasi

abduvalimirzakarimov315 @gmail .com Ilmiy rahbar: «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi Yuridik fanlar nomzodi, dotsent Kasimova A.A

Gender tengligi bugungi zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi va uning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Ayollar va erkaklar o'rtasida teng imkoniyatlar yaratish nafaqat inson huquqlarining asosiy tamoyili, balki iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishishning kalitidir. Biroq, bu masala hamon dunyo miqyosida muhim muammo sifatida o'rganilib, hal etilishi zarur bo'lgan masalalar qatoridan joy olmoqda. Tarixan qaralganda, gender tengligi masalasi jamiyatlarda turli shakllarda yuzaga chiqqan. Ayrim madaniyatlarda ayollarning ta'lim olish yoki kasb tanlash imkoniyatlari cheklangan bo'lsa, boshqa jamiyatlarda ular rahbarlik lavozimlariga chiqish imkoniyatidan mahrum qilingan. Shu bois, gender tengligiga erishish uchun nafaqat qonunchilik, balki jamiyat ongini o'zgartirish ham talab etiladi.

Bugungi kunda gender tengligi nafaqat huquqiy yoki ijtimoiy masala, balki iqtisodiy masalaga ham aylanmoqda. Xalqaro tashkilotlarning ma'lumotlariga ko'ra, ayollar va erkaklar o'rtasidagi tengsizlikning saqlanib qolishi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi. Ayollarni mehnat bozorida faol ishtirok etishga undash va ularga rahbarlik lavozimlarida teng imkoniyatlar yaratish jamiyatning har bir a'zosiga foyda keltiradi. Ayniqsa, ta'lim, sog'liqni saqlash, tadbirkorlik va texnologiya kabi sohalarda gender tengligini ta'minlash jamiyat rivojining yangi bosqichlarini ochib beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan, O'zbekistonda ham gender tengligi masalasi dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Konstitutsiyasida erkaklar va ayollarning teng huquqliligi kafolatlangan bo'lsa-da(Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 58-modda), amaliyotda hali ham ayrim muammolar mavjud. Xotin-qizlar uchun ta'lim olish, ishga joylashish yoki rahbarlikka erishishda duch keladigan to'siqlar bartaraf etilishi lozim. Shu bilan birga, davlat tomonidan ayollarning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan dasturlar va qonuniy islohotlar amalga oshirilayotgani ijobiy yondashuv sifatida baholanadi. Gender tengligi masalasini hal qilishda stereotiplarga qarshi kurashish ham

349

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

muhim ahamiyatga ega. Stereotip so'ziga izoh berib ketsak, atama ma'lum bir toifadagi odamlarga nisbatan haddan tashqari umumlashtirilgan e'tiqod sifatida ta'riflanadi1. Jamiyatda uzoq yillardan beri mavjud bo'lgan an'anaviy qarashlar. ayollar va erkaklar imkoniyatlarini cheklab kelgan. Ammo zamonaviy davrda bu stereotiplarni yengib o'tish uchun ma'rifiy ishlar olib borish, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish va ta'lim tizimida gender tenglikni targ'ib qilish muhim ahamiyatga ega.

Gender tengligi nafaqat ayollar yoki erkaklar uchun, balki jamiyatning har bir a'zosi uchun zarur. Bu mavzu jamiyatning har bir qatlami uchun qiziqarli va dolzarb bo'lib, har bir fuqaroning o'z hissasini qo'shishi mumkin bo'lgan masaladir. Gender tengligini ta'minlash yo'lidagi asosiy muammolar, imkoniyatlar va xalqaro tajriba haqida batafsil so'z yuritishimiz. Gender tengligi nafaqat inson huquqlari tamoyili, balki demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir. Bugungi kunda teng imkoniyatlarni ta'minlash masalasi ko'plab davlatlarning ijtimoiy siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi qonun bilan kafolatlangan bo'lib, bu mamlakatimizda ijtimoiy adolat va inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. Ushbu kafolatlar davlat siyosatining barcha jabhalarida gender tengligini ta'minlash imkoniyatini beradi.

Ma'lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma'qullangandi. Albatta bu quvonarli xolat, vaziyatdan so'ng biz bir qancha ayollarni yuqori lavozimlarda ko'rdik. Ammo gender tengligi deganda faqat ayollarni yuksalishini taassavur qilishimiz, notogri, albatta. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida so'zlagan nutqida: "Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat'iy davom ettiramiz", - deb ta'kidladi. Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qildi.

1 Cardwell, Mike. Dictionary of psychology. Chicago Fitzroy Dearborn, 1999. ISBN 978-1579580643.

350

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti

^ashkeni^iaie^rans^sii^nivei^t^™

Konstitutsiya — inson qadri uchun

TheConStiiUmtOn^JOOZHmman—agmiy

Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.2 Islohotlar amalga oshirilayotganligini yaqqol namoyon bo'layapti. Misol uchun:

• O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zolarining 49 foizini, O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi a'zolarining 46 foizini, O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O'zbekiston Ekologik partiya a'zolarining 41 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi.

• Islohotlarning barcha bosqichlarida O'zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat keng qamrovli masalalarni o'z ichiga oladi. Aholi daromadlarini tizimli ravishda oshirib borish, bandlik va mehnat munosabatlarini shakllantirish, aholining ayrim toifalarini, shu jumladan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlash borasida qo'shimcha kafolatlar berildi.

• Xususan, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

• Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig'ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag'lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko'paydi.

• 2019-yildan boshlab aholining ish bilan ta'minlanishi va yangi ish o'rinlari yaratilishi davlat buyurtmasi asosida amalga oshirish tizimi yo'lga qo'yildi. O'zini o'zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning ish stajini qayd etish tartibi joriy etildi. Natijada norasmiy sektorda band bo'lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizga yetdi.3

1.Cardwell, Mike.Dictionary 1999. ISBN 978-1579580643.

2. https://lex.uz/docs/-5466673

3.https://lex.uz/docs/-5466673

REFERENCES:

of psychology. Chicago Fitzroy

Dearborn,

2 https://lex.uz/docs/-5466673

3 https://lex.uz/docs/-5466673

2024-yil, 7-dekabr

351

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.