Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROKURATURA ORGANLARI TOMONIDAN ANIQLANGAN MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI QONUNBUZARLIKLAR VA PROKUROR NAZORAT HUJJATLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROKURATURA ORGANLARI TOMONIDAN ANIQLANGAN MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI QONUNBUZARLIKLAR VA PROKUROR NAZORAT HUJJATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
251
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy meros obektlari. Prokuror nazorati. Taqdimnoma. Protest. Ariza. Qaror. / Objects of cultural heritage. Prosecutor supervision. Proposal. Protest. Statement. Decree.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matnazarov, Sirojbek Safarboy O‘gli, Isoqov, Luqmonjon Xolboyevich

Maqola madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va bu borada qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlari tahliliga bag`ishlangan. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari tematika bo‘yicha tasniflanagan. Har bir holat bo‘yicha qaysi prokuror nazorati hujjati qo‘llanilishi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGISLATION AND PROSECUTOR'S INSPECTION DOCUMENTS IN THE FIELD OF PROTECTION OF CULTURAL HERITAGE OBJECTS DETERMINED BY THE PROSECUTOR'S OFFICE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The article is devoted to the analysis of violations of the legislation in the field of protection of cultural heritage and the acts of prosecutorial supervision applied in this regard. Identified violations are classified by topic. In each case, the act of prosecutor's supervision is specified.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROKURATURA ORGANLARI TOMONIDAN ANIQLANGAN MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI QONUNBUZARLIKLAR VA PROKUROR NAZORAT HUJJATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROKURATURA ORGANLARI TOMONIDAN ANIQLANGAN MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI QONUNBUZARLIKLAR VA PROKUROR NAZORAT HUJJATLARI

Matnazarov Sirojbek Safarboy o'g'li

Bosh Prokuratura Akademiyasi Inson huquqlariga oid xalqaro huquq yo'nalishi

magistranti, O'zbekiston Isoqov Luqmonjon Xolboyevich Ilmiy rahbar: Bosh Prokuratura Akademiyasi ilmiy markazi boshlig'i, yuridik fanlar

bo'yicha falsafa doktori, O'zbekiston.

Maqola madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va bu borada qo'llanilgan prokuror nazorati hujjatlari tahliliga bag^ishlangan. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari tematika bo'yicha tasniflanagan. Har bir holat bo 'yicha qaysi prokuror nazorati hujjati qo 'llanilishi ko 'rsatilgan.

Kalit so 'zi: Madaniy meros obektlari. Prokuror nazorati. Taqdimnoma. Protest. Ariza. Qaror.

Статья посвящена анализу нарушений законодательства в области охраны культурного наследия и применяемых в связи с этим актов прокурорского надзора. Выявленные нарушения классифицируются по темам. В каждом случае уточняется акт прокурорского надзора.

Ключевые слова: Объекты культурного наследия. Прокурорский надзор. Представление. Протест. Заявление. Постановление.

The article is devoted to the analysis of violations of the legislation in the field of protection of cultural heritage and the acts of prosecutorial supervision applied in this regard. Identified violations are classified by topic. In each case, the act of prosecutor's supervision is specified.

Keywords: Objects of cultural heritage. Prosecutor supervision. Proposal. Protest. Statement. Decree.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Qonuniylik holatini tahlil qilish madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar sezilarli darajada ko'pligini ko'rsatadi. Buni tarix va madaniyat yodgorliklarini davlat muhofazasi bo'yicha prokuratura statistikasi ma'lumotlari hamda Bosh prokuratura va quyi prokuratura organlari tomonidan qonunlar ijrosi yuzasidan o'tkazilgan tekshirish materiallari tasdiqlaydi.

Prokuratura organlari tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar materiallaridan ko'rinib turibdiki, madaniy meros obyektlarini hisobga olish va yagona davlat reestriga kiritish to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari ko'p hollarda bajarilmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va quyi turuvchi prokuraturalar tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar natijasi bo'yicha aniqlangan qonun buzilishi holatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1) Madaniy meros obektlarini hisobga qo'yish, kadastr hujjatlarini ishlab, davlat reestriga kiritish qoidalarini buzish.

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha madaniy meros obekti sifatida 8208 ta obekt ro'yxatga olingan bo'lsa, shundan 651 ta obekt kadastr qilinmagan, 298 ta obekt davlat kadastri yagona tizimiga kiritilmagan, 4047 ta obektga muhofaza belgisi o'rnatilmagan, 6291 muhofaza tegralari belgilanmagan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2002 yildagi "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqangan Nizomning 11-bandiga ko'ra, madaniy meros obyektlarining kadastri madaniy meros obyektlarining jug'rofiy joylashishi haqidagi ma'lumotlarni; madaniy meros obyektlarining miqdoriy va sifat tavsiflari hisobini;miqdoriy va qiymat jihatidan hisobini o'z ichiga oladi. Madaniy meros obyekti tavsifi nomi; tipologik mansubligi;manzili; zamonaviy foydalanilishi; tarixiy ma'lumotlar; yodgorlikning dastlabki qiyofasini o'zgartirgan qayta qurishlar va yo'qotishlar; ilmiy-tarixiy va badiiy ahamiyati; asosiy bibliografiya, arxiv manbalari, ikonografik material; texnik holati; muhofaza qilish tizimi; muhofaza qilish toifasi; muhofaza qilishga qabul qilinganligi to'g'risidagi hujjatning sanasi va tartib raqami; muhofaza zonasi chegaralari; balans bo'yicha mansubligi; muhofaza hujjatining sanasi va tartib raqami (majburiyatlar); arxeologiya yodgorligi uchun: sanasi, eng muhim topilmalar ro'yxati va tavsifi; tarix yodgorliklari uchun: sanasi, marmar lavhada matnlar mavjudligi va o'rnatilgan vaqti; arxitektura yodgorliklari uchun: sanasi, rejalashtirilishi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kompozitsion-makon tuzilmasi va konstrnksiyalaming o'ziga xosligi, fasad va interyerlar bezagi xususiyati, rang-tasviï, haykaltaroshlik, amaliy san'at mavjudligi, qurilish materiali, asosiy o'lchamlaгi; monumental san'at yodgoriiklari uchun: muallifi va sanasi, kompozitsion yechimi xususiyatlari, matnlar, material, texnika, hajmi; madaniy meros obyektining ijtimoiy, ilmiy-tarixiy va badiiy ahamiyatiga umumiy baho beгishdan iboгat bo'ladi. 14-bandida, "Madaniy meгosning ko'chmas obyektlariga huquqlar yer uchastkalari (shu jumladan muhofaza zonalari)ning natuгada belgilangan va mustahkamlangan chegaгalaгi mavjud bo'lgan taqdiïda binolar va inshootlarning davlat yer kadastri va davlat kadastrini olib boruvchi o^anla^a kadastг гo'yxatidan o'tkaziladi. Yer uchastkasi chegaгalaгining buгilish nuqtalari qoziqli belgilaгi yo'qolgan taqdiгda u^ o'sha joyda yeг uchastkasi ^ga^arining buгilish nuqtalaгi o'matilgan holda dala geodeziya o'lchamlari o'tkazilgan yoki tegishli ko'lamdagi fotografiya ma'lumotidan foydalanilgan holda yer uchastkalari ajгatish mateгiallaгi bo'yicha tiklanadi".- deb qayd qilingan.

Ushbu holatda prokuror "Prokuratura to'g,risida"gi Qonunning 40-moddasiga ko'гa, qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlami bartaraf etish to'g'гisidagi taqdimnomani qonun buzilishini baгtaraf etish vakolatlariga ega bo'lgan o^anga yoki mansabdoг shaxsga kiritadi.

Taqdimnoma daгhol ko'гib chiqilishi va ko'rilgan choгa-tadbirlar to'g'гisida biг oylik muddat ichida prokuro^a yozma ravishda ma'lum qilinishi lozim. Taqdimnoma kollegial o^an tomonidan ko'гib chiqiladigan hollaróa majlis kuni haqida pгokuгoгga ma'lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir

2) Madaniy meros obektlari tegralarida noqonuniy qurilmalar qurilishi, madaniy meros obektlarining noqonuniy ravishda buzib tashlanishi.

O'tkazilgan nazorat tadbiriarida гespublika bo'yicha jami 108ta madaniy meras obektida 146 ta noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi(1)1.

Tadbiгlaг natijasi bo'yicha madaniy meros obektlari hududida qurilgan 7 ta noqonuniy qurilma buzdirilgan.

Jumladan, Sureondaiyoda "Zartepa" (I-V asгlaг), "Kaгvontushdi" (I-VI), "Ismoiltepa" (I-VIII) va "Manguzaгtepa" (I-IV), Qashqadaryoda "To'гtko'ltepa" (I-VI) arceologiya obekti, Xoгazmda "Qibla tozabog'" (XIX) amtektura yodgoгligi hududidagi noqonuniy qurilmalar buzdirildi. Qayd etilishicha, 71 ta obektda qurilgan 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan yozma

1 108ta madaniy meros obektida 146ta noqonuniy qurilma aniqlandi. https://kun.uz/uz/news/2022/05/13/108ta-madaniy-meros-obektida-146ta-noqonuniy-qurilma-aniqlandi (murojaat qilingan sana:28.05.2022)

664

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rsatmalar berilgan. Bundan tashqari, 44 ta madaniy meros obektidagi 63 ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga da'vo arizalari kiritilgan.

Xususan, Termiz tumanida joylashgan "Manguzartepa" arxeologiya yodgorligi (I-IV asr) ustiga uyali aloqa operatori tomonidan noqonuniy o'rnatilgan antenna qurilmalarini buzdirish bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritilgan. Ta'kidlanishicha, noqonuniy qurilma qurgan 26 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi "Meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g,risida"gi Qonunning 24-moddasiga ko'ra, moddiy madaniy meros obyektlarining mulkdorlari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar: moddiy madaniy meros obyektining tashqi va ichki ko'rinishini moddiy madaniy meros obyektining pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni ma'lumotlariga muvofiq holda saqlash; moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olish; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni saqlab turish tartibotini ta'minlash; moddiy madaniy meros obyektining mulkdori tomonidan belgilanadigan shartlardagi moddiy madaniy meros obyektining hamma uchun ochiqligi talablarini albatta bajargan holda ularning asralishini ta'minlashga majburdirlar.

Ushbu talablarni bajarmaganlik uchun ma]muriy va fuqarolik-huquqiy javobgarlik belgilanagan.

Misol uchun, O'zbekiston Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 64-moddasida moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan, yani "Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko'chmas mulk obyektlarining qo'riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o'zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko'ra Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo'riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.

"Prokuratura to'g'risida"gi Qonunning 39-moddasiga ko'ra, prokuror ma'muriy javobgarlikka oid ish qo'zg'atish vakolatiga ega ekanligi belgilangan bo'lsa, MjtKning 275-moddasida, prokurorning ma'muriy javobgarlik to'g'ridida ish ko'rilishi ustidan nazorat olib borish jarayonida - ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish qo'zg'atishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni ko'rib chiqishda qatnashishga; ishni ko'rib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga; ma'muriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) ta'sir ko'rsatish choralarini to'g'ri qo'llanganligini tekshirishga; ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga vakolatli ekanaligi belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 190-moddsiga ko'ra, agar mulkdor o'ziga qarashli tarix va madaniyat yodgorligiga xo'jasizlarcha munosabatda bo'lsa va uning yaxshi saqlanishini ta'minlamasa, zimmasida yodgorliklarni saqlash vazifasi bo'lgan davlat organlari mulkdorni yodgorlikka xo'jasizlarcha munosabatda bo'lishni to'xtatish haqida ogohlantiradilar. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da'vosiga ko'ra sud yodgorlikni olib qo'yish haqida qaror chiqarishi mumkin, bu yodgorlik davlat mulkiga o'tadi. Olib qo'yilgan tarix va madaniyat yodgorligining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan miqdorda to'lanadi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda tarix va madaniyat yodgorligini olib qo'yish haqidagi da'vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo'zg'atilishi mumkin.

Bu holatda esa, prokuror "Prokuratura to'g'risida"gi Qonunning 41-moddasiga ko'ra, davlat manfaatlarini ko'zlab noqonuniy qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizasini kiritadi. Prokuror arizalari uchun davlat boji undirilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 51-moddasida, ariza bergan prokuror da'vogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini to'lash majburiyati mustasno.

Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun o'zi arz qilgan talablar bo'yicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar bo'yicha o'z fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega.

Agar da'vogar rozi bo'lmasa, prokuror o'zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, qo'shimcha talablar bildirishga, da'vo talablarining miqdorini ko'paytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas.

Prokuror tomonidan da'vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da'vodan da'vogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da'vo arizasini (arizani) ko'rmasdan qoldirishga olib keladi.

Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan o'z da'vosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.

3) Madaniy meros obektlari binolariga tashqi reklamalar o'rnatilib, madaniy meros obektlarining fasad qismi ko'rimsiz holatga keltirilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko'ra, Prokuratura idoralari tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda 5 ta qadimiy shaharda joylashgan 1000 dan ortiq madaniy meros obektida reklama va axborot ko'rsatkichlari o'rnatilishi qonuniyligi o'rganilgan. (2) Unda qonunchilik talablariga zid ravishda 72 ta obektlarga 121 ta reklama o'rnatilgani aniqlangan. Buxoroda 27 ta madaniy meros obektida 50 ta, Samarqandda 25 ta obektda 45 ta, Toshkent shahrida 18 ta obektda 24 ta, Xivada 2 ta obektda 2 ta reklama banneri o'rnatilgan. Xususan, Buxoro shahrida joylashgan noyob arxitektura yodgorligi toifasiga kiruvchi XIX asrga oid "Ibrohim Oxund" madrasasida 6x3 o'lchamdagi "Go'zallik saloni" reklama banneri o'rnatilib, obektning tarixiy ko'rinishi to'liq yopib qo'yilgan. Poytaxtdagi XX asrga oid "Bahor" restorani binosida 7x9 o'lchamdagi "Bilyard va restoran" reklama banneri o'rnatilib, bino tarixiy ko'rinishi ko'rimsiz holatga keltirilgan. O'rganishlar davomida 53 ta obektda noqonuniy o'rnatilgan 99 ta reklama bannerlari olib tashlanishi ta'minlanib, madaniy meros obektlari ko'rinishi asl holatiga qaytarilgan. 19 ta obektda noqonuniy o'rnatilgan 22 ta reklama bannerini olib tashlash yuzasidan mutasaddi shaxslarga yozma ko'rsatmalar berilgan.

Vaholanki, "Reklama to'g,risida"gi Qonunning 20-moddasi 5-qismida, "Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlarida, yo'l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo'li bilan joylashtirish taqiqlanadi."- deb belgilangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqoridagi Qonun talablarini bajarmaganlik uchun O'zbekiston Respublikasi MJtKning 1781-moddasining 2-qismi bilan mamuriy javobgarlik belgilangan, yani fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto'g'ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — azaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

4. Madaniy meros obektlari joylashgan hududlar jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyati va boshqa maqsadlar uchun ajratib berilgan yoki auksionga qo'yilgan.

Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligining ma'lum qilishicha, 2022-yil 17-yanvardagi Buxoro viloyatida xizmat tekshiruvi o'tkazilishi natijasida Buxoro tumani "Shergiron" MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan "Chor Bakr" (majmuasi) madaniy meros obyektining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-auksionga qo'yilgani aniqlangan. (3)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent viloyatidagi "Kultepa", Buxoro viloyatidagi "Vardonze yodgorligi" va Toshkent shahridagi "Quloqtepa (Quloqlitepa)" arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi holatlarini o'rgandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar qildi. (4)

Qayd etilishicha, o'rganishlar ayrim tuman hokimlari va idoralarining mas'ul xodimlari sohaga oid qonunchilik ijrosini yetarli ta'minlamaganligi, zimmalaridagi vazifalar ijrosiga loqaydlik bilan munosabatda bo'lish orqali qonun hujjatlari talablarini buzish holatlariga yo'l qo'yganligini ko'rsatgan.

Xususan, Madaniy meros agentligi tomonidan arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni asrash borasidagi vazifalar lozim darajada bajarilmagan. Oqibatda yuqoridagi obyektlar hokimliklarning qarorlari bilan tadbirkorlarga berib yuborilgan. Ularning muhofaza hududlarida qurilish ishlari amalga oshirilgan yoki qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekilib katta qismi yo'q qilingan.

Jumladan, Toshkent shahar hokimining 2015-yilgi qarori bilan fuqaro B.Inag'omovga Yunusobod tumanidagi "Quloqtepa (Quloqlitepa)" arxeologiya merosi obyektini muhofaza hududidan "otalar choyxonasi" qurish uchun 0,06 ga yer

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maydoni ajratib berilgan. Oqibatda davlat manfaatlariga 6,5 milliard so'm zarar yetkazilgan. Nazorat ishlari yetarli amalga oshirilmaganligi bois ushbu arxeologiya merosi obyektlariga jiddiy shikast yetkazilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani sobiq hokimi "Kultepa" arxeologiya yodgorligi hududini qaror asosida tadbirkorlik subyektiga berib yuborgan. Tadbirkor tomonidan obyektning 2 gektar qismi g'isht quyish uchun buzilib, davlat manfaatlariga 1 trillion 587,6 milliard so'm miqdorida zarar yetkazilgan.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi "Vardonze yodgorligi" arxeologiya merosi obyektining muhofaza hududi tuman hokimining qarori bilan 124 gektardan 76 gektarga qisqartirilib, tumandagi "To'ymurod Xolmurod o'g'li" fermer xo'jaligiga yaylov sifatida berib yuborilgan. Fermer xo'jaligi mansabdor shaxslari hududda yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirgani oqibatida uning madaniy qatlami buzilib, saksovul o'simliklari va tarixiy ashyolar nobud bo'lgan hamda davlat manfaatlariga 26,7 milliard so'm miqdorida zarar yetkazilgan.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 75-moddasiga ko'ra, Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo'lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Moddiy madaniy meros obyektining o'zgartirilishi mumkin bo'lmagan o'ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo'jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo'jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Shu kabi, Qonunning 33-moddasiga ko'ra, tarixiy manzilgoh hududi doirasida shaharsozlik, xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyat moddiy madaniy meros obyektlari va mazkur manzilgohning boshqa qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilmog'i lozim.

Moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek tarixiy-madaniy yoki tabiiy qimmatga ega bo'lgan boshqa obyektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy manzilgohlarda qonunchilikka muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi belgilab qo'yiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tarixiy manzilgohlarda shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organning hamda arxitektura-shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining nazorati ostida o'tkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo'yicha izchil va o'zaro bog'liq tadbirlar tizimidan iborat. Alohida tartib tarixiy-me'moriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv va arxeologiya tadqiqotlari asosida tarixiy manzilgoh hududi chegaralarida tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan yer uchastkalarida joylashgan, ham saqlanib qolgan, ham yo'qotilgan mazkur tarixiy manzilgohning rivojlanish bosqichlarini ko'rsatuvchi barcha shaharsozlik elementlari va inshootlarini asoslagan holda tarixiy-madaniy tayanch rejasini tuzishni, binolar hamda inshootlarning o'lchamlari va nisbatlariga, avtomobillar turadigan joylarni, reklamalar va lavhalarni joylashtirishni taqiqlash va cheklashlarga hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash uchun zarur bo'lgan boshqa cheklashlarga taalluqli shaharsozlik reglamentini o'z ichiga oladi.

"Prokuratura to'g,risida"gi Qonunning 38-moddasiga binoan, prokuror qonunga zid hujjatni o'zgartirish yoki bekor qilish yohud qonunga muvofiqlashtirish uchun protest keltirish huquqiga ega.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Qonunga zid bo'lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o'n kunlik muddatdan kechiktirmay ko'rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko'rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma'lum qilinadi.

Protest kollegial organ tomonidan ko'rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma'lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.

Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko'rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g'ayriqonuniy deb e'tirof etish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to'g'risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko'rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o'tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib qo'yadi.

5) Muzeylardagi madaniy meros obektlarining tolon-toroj qilinishi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan yig'ilishda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilingan.(5)

Ma'lum qilinishicha, o'tkazilgan tekshirishlarda respublika bo'yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani aniqlangan.

Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so'mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo'yilgani aniqlangan. "Ichan-Qal'a" davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to'g'ri kelmasligi ma'lum bo'ldi.

Umuman, 30 yilda madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so'mdan oshgan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi "Muzeylar to'g,risida"gi Qonuning 16-moddasida milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari operativ boshqarish huquqi asosida davlat muzeylariga, boshqa davlat muassasalariga biriktirib qo'yiladi.

Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini operativ boshqarish topshirilgan davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari: muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bilan bog'liq hisobga olish hujjatlarining — yuritilishi hamda but saqlanishini; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, ma'rifiy hamda ta'lim — maqsadlarida foydalanilishini ta'minlashi shart.

"Prokuratura to'g,risida"gi Qonunning 39-moddasiga ko'ra, Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida qaror chiqaradi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 331-moddasiga ko'ra, prokuror Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo'lgan taqdirda jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qarorda: ishni qo'zg'atish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo'zg'atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni o'z yurituviga oluvchi mansabdor shaxs ko'rsatiladi.

Jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo'lgan prokurorga yuboriladi.

Ish qo'zg'atilgandan keyin uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati bo'lishi ehtimol tutilgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va qo'riqlash yuzasidan darhol choralar ko'rish lozim.

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan faktlar bo'yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qo'zg'atishga faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasining 15.02.2022 yildagi "Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni bilan jinoyat kodeksining 132-moddasining 2-qismiga quyidagi "O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi"; degan qo'shimchalar kiritildi va ushbu modda bo'yicha jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlaridan prokuratura organlariga vakolatiga o'tkazildi.

REFERENCES

1. 108ta madaniy meros obektida 146ta noqonuniy qurilma aniqlandi. https://kun.uz/uz/news/2022/05/13/108ta-madaniy-meros-obektida-146ta-noqonuniy-qurilma-aniqlandi (murojaat qilingan sana:28.05.2022)

2. Madaniy meros obektlarida 120 dan ortiq reklama bannerlari o'rnatilgani aniqlandi. https://kun.uz/uz/news/2022/05/27/madaniy-meros-obektlarida-120-dan-ortiq-reklama-bannerlari-ornatilgani-aniqlandi (Muroj aat sanasi :28.05.2022)

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. https://daryo.uz/2022/02/08/yunesko-umumjahon-merosi-obyektlari-royxatiga-kirishi-kutilayotgan-chor-bakr-majmuidagi-yer-noqonuniy-auksionga-qoyilgan. (Murojaat sanasi:28.05.2022)

4. Madaniy meros obyektlariga yetkazilgan katta zarar yuzasidan Turizm vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

5. https://daryo.uz/2022/05/08/madaniy-meros-obyektlariga-yetkazilgan-katta-zarar-yuzasidan-turizm-vazirligiga-taqdimnoma-kiritildi/ (murojaat qilingan sana: 28.05.2022)

6. O'zbekistondagi muzeylardan 3 mingdan ortiq noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingan. https://kun.uz/uz/news/2022/04/27/30-yilda-madaniy-meros-obektlariga-yetkazilgan-zarar-miqdori-4-trln-somdan-oshgan (murojaat qilingan sana: 28.05.2022)

7. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.