Научная статья на тему 'ФАКТОРЫ, СПОСОБСТВУЮЩИЕ РАЗВИТИЮ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРНЕТА У МОЛОДЕЖИ'

ФАКТОРЫ, СПОСОБСТВУЮЩИЕ РАЗВИТИЮ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРНЕТА У МОЛОДЕЖИ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
23
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ИНФОРМАЦИОННАЯ СИСТЕМА / СОЦИОЛОГИЧЕСКАЯ ОРИЕНТАЦИЯ / СТАТИСТИЧЕСКАЯ ОРИЕНТАЦИЯ / ПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНФЛИКТОЛОГИЯ / ПОЛИТИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ / ЛОГИЧЕСКАЯ СИСТЕМНАЯ И ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ ДИСЦИПЛИНА / ИДЕЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ / ИНТЕРНЕТ / ИНТЕРНЕТ-ТЕЛЕВИДЕНИЕ / ИНТЕРНЕТ-РАДИО / ЭЛЕКТРОННАЯ ПОЧТА / ОНЛАЙН-ВИДЕО / ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ФАКТОРЫ, СПОСОБСТВУЮЩИЕ РАЗВИТИЮ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРНЕТА У МОЛОДЕЖИ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

УДК 37.013

М.Э. Сайидова

ФАКТОРЫ, СПОСОБСТВУЮЩИЕ РАЗВИТИЮ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРНЕТА У МОЛОДЕЖИ

В этой статье проанализированы факторы, способствующие развитию культуры использования интернета у молодежи.

Ключевые слова: информационная система, социологическая ориентация, статистическая ориентация, политическая конфликтология, политическая психология, логическая системная и функциональная дисциплина, идея национальной независимости, Интернет, Интернет-телевидение, интернет-радио, электронная почта, онлайн-видео, телекоммуникация.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaq-tini mazmunli tashkil etish bo'yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o'rtasida kompeyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Bugungi kunda yoshlar radio-televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang - barangligini o'z hayotimizda yanada ken-groq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch - totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz.

Hozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbek-istonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazari-dan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: Birinchidan, sotsiologikyo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.

Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mo-jarolarni turli siyosiy manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar ta'sirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob - kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo'lish.

Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik xavf avj olayotgan bir pay-tda, turli buzg'unchi g'oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqish mumkin bo'lgan manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy - siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim.

To 'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funksional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baholash lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy - tahliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim.

Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlolg'oyasining ustuvorligi. Har qanday fuqoro axborot bazasidan "mahsulot" tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti - harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbekiston mustaqillik yillari mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi sohasida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Eng av-valo har bir fuqaroning soz va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi bir qator qonunlar ishlab chiqildi va amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko'paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o'ziga xos

© М.Э. Сайидова, 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

ISSN 2223-4047

taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo'lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir. Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara berishiga ishonch hosil qilish mumkin.

Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat - ehtirom tuyg'usini har doim shakillantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko'plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur'atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta'sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo'q. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo'lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.

Библиографический список

1. Засурский Я.Н. Информационное общество, интернет и новые средства массовой информации//Инфор-мационное общество, 2001.

2. Скворцов А. Этика интернета: основные проблемы и принципы. - М.: Наука, 2009. -208 с.

САЙИДОВА МЕХРИНИСО ЭРГАШ КИЗИ - студент, физико-математический факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.