Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI IQLIM O‘ZGARISHLARINING TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDAGI IQLIM O‘ZGARISHLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bug‘lanish jarayonlari / iqliM o‘zgarishlari / issiqxona gazlari / uglerod izini kamaytirish / vayron qilingan ekotizimlarni tiklash / ularning hududiy chegaralarini kengaytirish / aholi salomatligi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G.D.Shamsidinova

Maqolada O’zbekiston Respublikasida ruy berayotgan iqlim o’zgarishlari,tabiiy muvozanatning buzilishi,ularni oldini olish,mamlakatda Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi va Parij bitimini imzolash masalalarining ijobiy jihatlariga e’tibor qaratilgandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI IQLIM O‘ZGARISHLARINING TAHLILI»

I EUMSMN luttHSAL OF

entrepreneurship

And Pedagogy

.J

. . . ^ \

OZBEKISTONDAGI IQLIM O'ZGARISHLARINING TAHLILI

G. D.Shamsidinova NavDU Navoiy shahri, [email protected].

https://10.5281/zenodo.14538871

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 19-noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 23-noyabr 2024 yil Nashr qilindi:28-noyabr 2024 yil

KEYWORDS

Bug'lanish jarayonlari, iqlim o'zgarishlari, issiqxona gazlari, uglerod izini kamaytirish, vayron qilingan ekotizimlarni tiklash, ularning hududiy chegaralarini

kengaytirish, aholi salomatligi.

ABSTRACT

Maqolada O'zbekiston Respublikasida ruy berayotgan iqlim o'zgarishlari, tabiiy muvozanatning buzilishi, ularni oldini olish, mamlakatda Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi va Parij bitimini imzolash masalalarining ijobiy jihatlariga e'tibor qaratilgandir.

Bugungi kunda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda sanoat korxonalari ishlab-chiqarish jarayonlarining jadal rivojlanishi, atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi gazlar (uglevodorodlar) miqdorining yil sayin ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Yer yuzasida chiqindi gazlar miqdorining ko'payish jarayonlari esa mintaqada keskin iqlim o'zgarishlarini keltirib chiqaradi. Mazkur o'zgarishlar natijasida yer yuzasida tabiiy ofatlar ko'payib, tabiatda "Bug'lanish jarayonlari"ning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Zamonaviy ilm-fanning taraqqiy etishi, qazib olinadigan yoqilg'ilarni yondirish natijasida, iqlimga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi issiqxona gazlari miqdorining oshishiga sabab bo'lmoqda. Tabiatda iqlim o'zgarishlarining kelib chiqishi natijasida, dunyoning ko'pgina mintaqalarida tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda:

• Keyingi vaqtlarda tabiatda ekstremal ob-havoning tirik organizmlarga bevosita ta'siri, uglevodorodlar bilan nafas olish, toza ichimlik suvidan foydalanishning etishmasligi kabi omillar aholi salomatligi uchun xavfli bo'lgan iqlim o'zgarishlarini keltirib chiqarib, xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotlarini tobora ko'proq tashvishga solmoqda;

• "Iqlim o'zgarishlari insonning salomatligi uchun 21-asrdagi eng katta global tahdiddir", mazkur holat 2015-yilda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bayonotida takrorlangan va 2019-yilda Avstraliya tibbiyot assotsiatsiyasi "Iqlim o'zgarishlarini sog'liq uchun favqulodda holat" deb e'lon qildi;

• Bugungi kunda mamlakatda sodir bo'layotgan iqlim o'zgarishlarining kelib chiqishi, o'sha mintaqada istiqomat qiladigan insoniyatning salomatligiga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatadi;

• Tabiatdagi yog'ingarchilik jarayonlari ayrim hududlarda odatdagidan ancha ko'payib, boshqa mintaqalarda esa qurg'oqchilikning avj olishiga sabab bo'lishi mumkin;

• Iqlim o'zgarishlari va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, insoniyat hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar va salbiy oqibatlarni bartaraf qilish, yangi hayotiy sharoitlarga moslashish bo'yicha turli darajadagi kechiktirilmaydigan choralar ko'rishni talab qiladi.

U

www.in-academy.uz

• Yerning ustki qismida o'rtacha haroratning +0,7 C ga ko'tarilishi, dunyo okeani suv sathining o'rtacha +0,17 m.ga ko'tarilishini hamda shimolda qor qatlamining -2,7 % ga kamayishiga olib keladi:

Yer sayyorasida o'rtacha haroratning +7 darajaga ko'tarilishi, jahon meteorologiya tashkilotining rahbari Mishel Jarroning fikricha, yer yuzi hududining teng yarmini hayot uchun yaroqsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Haroratning ko'tarilishi natijasida ayrim unumdor yerlar cho'llanishga yuz tutsa, qolgan qismi esa suv ostida qolishi mumkin. Hayotiy jarayonlarning ko'rsatilishiga ko'ra, 2010 -2011 yillar bahorida aksariyat Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari ro'y berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi. Global iqlim o'zgarishlari va mamlakat tabiiy-resurs kompleksining ana shu o'zgarishlarga nisbatan ta'sirchanligi izchil iqlimiy siyosatni shakllantirish zaruriyatini belgilaydi. Mazkur jarayonlar ta'sirida yer sayyorasida quyidagi o'zgarishlar namoyon bo'lmoqda.

• Atmosfera havosi haroratining keskin ko'tarilishi yoki pasayib borishi;

• Muzliklar miqdorining hamda tog'larda faslli qor yog'ishining kamayishi;

• Suv resurslarining kamayishi natijasida qurg'oqchilikning kelib chiqishi;

• Cho'llar hududining ko'payishi, sug'orilayotgan yerlarning buzilishi;

• Issiq haroratli kunlar sonining ortib borishi va uning inson salomatligiga salbiy ta'siri;

• Harxil yuqumli va boshqa kasalliklar sonining ortib borishi;

• Haroratning ortib yoki pasayishi natijasida qishloq xo'jaligi yerlarining buzilishi va mahsulotlar mahsuldorligining pasayishi;

• Tog'li hududlarda muzliklarning erishi (ularning o'rtacha miqdori har yili 0,2-0,6%ga qisqarmoqda) va hokozolar.

O'zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta'minlash va atrof-muhitni muhofaza qilishda qonun ustuvorligiga rioya qilish, davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish, ekologik muammolarni oldini olish, chiqindilarning zararli ta'sirini yoqotish, ularni yig'ish, saqlash, qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanish masalalariga e'tibor qaratilgandir. Ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda ekologiya ta'limi doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va rivojlanish istiqbollari, ekologik xavfsizlikning global, mintaqaviy va mahalliy muammolari: xavf va tahdidlar hamda ularni bartaraf etish masalalari, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2022- 2026 yillarga mo'lgallangan "Taraqqiyot strategiyasi", 2023 yilda qabul qilingan "O'zbekiston — 2030" strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar Respublika xalqi uchun BMTning Barqaror rivojlanish va taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish uchun o'ziga xos "yo'l xaritasi" vazifasini bajaradi. Mazkur hujjatlarga asosan strategik harakatlar va uning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish va amalga oshirish barcha davlat organlari va tashkilotlarning eng ustuvor vazifalaridan bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi nisbatan quruq iqlimli mintaqadaa joylashgaanligi uchun, mazkur hududda iqlim o'zgarishlari sodir bo'layotgani keyingi yillarda ancha sezilarli oqibatlarga olib kelmoqda. Sanoat korxonalarining faoliyati natijasida atmosfera havosida issiqxona gazlari miqdorining ortishi, qurg'oqchilik natijasida suv va oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko'payishiga, yoz mavsumining nihoyatda issiq kelishi va uzoq davom etishi, muzliklarning erishiga, qo'rg'oqchilikning oshishi, sellar, toshqinlar va boshqa xavfli hodisalar ekotizimlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Orolbo'yi, Qoraqalpog'iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.

O'zbekiston Respublikasi BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Doiraviy konvensiyasiga (BMT IO'DK) 1993 yilda qo'shilib, mazkur konvensiya iqlim o'zgarishlariga qarshi kurash bo'yicha xalqaro harakatlarning huquqiy asosi bo'lib hisoblanadi. Atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorining ko'payishi, sanoat chiqindilarining oshishi, yer sharidagi hayotiy qatlam -asrlar mobaynida shakllangan iqlimiy muvozanatga xavfli ta'sir ko'rsatmasligi lozim. O'zbekistonda IO'DKni amalga oshirish bo'yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini boshqarish va nazorat qilish Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi zimmasiga

yuklatilgan bo'lib, keyingi vaqtlarda mazkur tashkilot tomonidan turli hududlarda iqlim o'zgarishlarining kelib chiqayotganligi qaayd qilinmoqda.

O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari: Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo'lishini ta'minlash bo'yicha global miqyosda harakat qilishga da'vatdir. BMT O'zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan maqsadlar orasida aynan 13-maqsad - Iqlim o'zgarishlariga qarshi kurash maqsadi bo'lib hisoblanadi. Iqlim o'zgarishlari va uning jiddiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun zarur bo'lgan xatarlarga moslashish qobiliyatini kuchaytirish kabi profilaktika choralarini ko'rish zarur. Bundan tashqari, fuqarolar va muassasalarning ta'lim, xabardorlik va javob berish salohiyatini oshirish muhimligi ta'kidlanishi kerak. Iqlim o'zgarishlari muammosi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan eng muhim global muammolardan biri sifatida e'tirof etilib, ushbu muammoning globalligi shundaki, iqlim o'zgarishlari oqibatlari dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalarida sezilmoqda, ayni paytda yer sayyorasida yuz berayotgan bunday o'zgarishlar uchun har bir inson u yoki bu darajada mas'uldir.

Iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashish quyidagi ikki yo'nalishda amalga oshiriladi:

• Iqlim o'zgarishlarining oldini olish bo'yicha harakatlar: issiqxona gazlarini tashlashni pasaytirish va "uglerod izini kamaytirish" jarayonlari;

• Iqlim o'zgarishlarining muqarrar oqibatlarga moslashishi.

Mamlakatlarning hamkorlikdagi harakatlari xalqaro kelishuv - BMTning Iqlim O'zgarishi bo'yicha Doiraviy Konvensiyasi (BMT IO'DK) tomonidan muvofiqlashtirilib, mazkur hujjat 1992 yilda Rio-de Janeyro shahrida qabul qilingan. Konvensiyani 194 mamlakat, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi ham imzolab, 2018 yilda (BMT IO'DK)ga qo'shimcha sifatida qabul qilingan yangi hujjat - Parij bitimini imzoladi. Mazkur bitim, mamlakatlarning iqlim o'zgarishlariga nisbatan kurashi bo'yicha 2020 yildan keyin amalga oshiradigan harakatlarni tartibga solib, ko'zlangan maqsad qisqa muddatlarda global havo harorati o'sishini 1,5-2 gradusga to'xtatishga erishishdan iboratdir.

13

1-rasm. 13-maqsad: Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash.

O'zbekiston 1999 yilda rivojlangan mamlakatlarga issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish yoki barqarorlashtirish majburiyatlarini yuklovchi xalqaro miqyosdagi Kioto protokolini ratifikatsiya qilgan edi. Kuchayib borayotgan iqlim o'zgarishlari bilan bog'liq global tahdidlarga nisbatan hududlarni iqlim ko'rsatkichlarini mustahkamlash maqsadida, 2015 yil dekabrda qabul qilingan Parij bitimini imzoladi. Mazkur hujjat 2017 yil 19 - aprelda O'zbekiston Parij bitimi imzolanib, 2018 - yil 2 - noyabrda ratifikatsiya qilindi. O'zbekiston

Respublikasining O'RQ-491-son "Parij bitimini ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi Qonuni 2018 yil 2 oktabrda qabul qilindi va Bitim O'zbekiston uchun 2018 yil 9 - dekabrdan kuchga kirdi. Xalqaro miqyosda imzolanayotgan Parij Bitimining maqsadi - tabiatdagi IO'DK boshchiligida amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirish, global o'rtacha haroratni mavjud bo'lgan darajaga nisbatan 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o'sishini cheklashga harakat qilishdan iboratdir. Agar tabiatdagi tabiiy holat shu tariqa davom etsa, 2050 yilga kelib iqlim o'zgarishlari global ajratmalarini 40-70 %ga kamaytirishni va 2100 yilga kelib esa, uning manfiy ko'rsatkichga yetkazilishini talab etadi.

O'zbekiston Respublikasini Parij bitimini imzolashning asosiy maqsadi va zaruriy sharti, mamlakatning 2030 yilga qadar erishmoqchi bo'lgan issiqxona gazlari tashlamalari miqdorini kamaytirishdan iboratdir. Mazkur holat to'g'ri amalga oshirilib, ishlab chiqarish meyyorlari doimiy normada ushlansa, mamlakatning BMT IO'DK kotibiyatiga taqdim etishga mo'ljallanayotgan Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)ni tayyorlanadi va milliy miqyosda belgilanadigan mazkur hissa (MBH) Parij bitimining global maqsadlariga hissa qo'shish uchun milliy harakatlarni amalga oshirishning asosiy mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Parij bitimi bo'yicha O'zbekistonning asosiy majburiyati - 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10% ga qisqartirishdan iboratdir.

2022 yilda YUNEP tashkilotining tashkil topganligiga 50 yil to'lishi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yaqin kelajakdagi 2021- 2030 yillar mobaynida tabiatdagi "Xalqaro miqyosdagi emirilgan va vayron qilingan ekotizimlarni tiklash, ularning hududiy chegaralarini kengaytirish, iqlim o'zgarishlarini oldini olish, biologik xilma-xillikni kamayishini nazorat qilish, suv tanqisligi hamda oziq- ovqat xavfsizligini oldini olish" sifatidagi Xalqaro 10 yillikning e'lon qilinishi, tabiat muhofazasi va ekologiya

yo'nalishidagi eng asosiy qadamlardan bo'lib hisoblanadi.

2019 yilda BMT Bosh kotibi Antoniyo Guterrishning taklifiga asosan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Sammitning o'tkazilishi va mazkur Sammitda Iqlim o'zgarishlarini oldini olish, yer yuzini o'zgarib ketishdan saqlash masalariga alohida e'tiborning qaratilishi, butun insoniyatni, shu jumladan O'zbek xalqini ham global miqyosdagi ekologik muammolardan asrash uchun xizmat qiladi.

Tabiatdagi mavjud ekologik muammolarni bartaraf qilish, har qanday rivojlangan mamlakatlarning kishilik jamiyatini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston BMTining a'zoligiga qabul qilingandan boshlab, uning qator dasturlari va maxsus tashkilotlari: BMT Rivojlanish Dasturi, YUNEP - atrof-muhit muhofazasi bo'yicha, YUNESKO - ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha, YUNIDO - sanoat rivojlanishi hamda uning mintaqaviy komissiyalari bo'yicha, Xalqaro meterologik tashkilot, Sog'liqni saqlash xalqaro tashkiloti, BMT - EIK -Evropa iqtisodiy komissiyasi, FAO - oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi, yer, suv, o'simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilot, XSST - xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti, XMT- iqlimdagi umumsayyoraviy o'zgarishlar bilan shug'ullanadigan xalqaro meteorologik tashkilot, IMKO -dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug'ullanuvchi davlatlararo maslahat tashkiloti, EKOSOS -BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug'uilanuvchi kengashi hamda ESKATO - Tinch okeanning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyalari hamkorligida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1992 - yilda Rio-de Janeyroda o'tkazilgan BMTning "Atrof-muhit va rivojlanish masalasi"to'g'risidagi anjumani O'zbekiston uchun global ekologik barqarorlikka erishish yo'lidagi muhim omil bo'lib hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi 6 ta xalqaro konvensiya bo'yicha O'zbekistonning majburiyatlarini bajarish uchun ma'sul hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yilning 12- noyabrida Boku shahrida so'zlagan nutqida, mintaqada kelib chiqishi mumkin bo'layotgan iqlim o'zgarishlari, hududlardagi ob- havoning meyyoriy miqdorlarga nisbatan juda ko'tarilib yoki pasayib

U

www.in-academy.uz

ketayotganligi, Markaziy Osiyodagi geosiyosiy keskinlikning kuchayishi mumkinligi haqida jon kuydirib fikr bildirdilar. Mazkur fikrlar jannatmakon O'zbekiston Respublikasida yashovchi har bir insonning qalbida bo'lishi lozim. Hozirgi kundagi global ekologik muammolar quyidagilardan iborat:

• Yaqin kelajakdagi O'zbekistonning ekologik holatining tahlili;

• Suv resurslarining miqdori ko'paymoqdami yoki aksincha;

• Hududlarda kelib chiqayotgan sahrolarning bio- ekologik holati;

• Inson xo'jalik faoliyatining atmosfera kimyoviy tarkibiga ta'siri: turli organik yoqilg'ilarning yondirilish natisasida, atmosferaga karbonat angidrid va boshqa issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar hamda turli aerozollarning chiqarib yuborilishi;

• Katta yer maydonlarining haydalishi, o'rmonlarni yo'q qilinishi, yaylovlarda chorva mollarini ko'paytirilishi natijasida, yer ustida issiqlik va namlik almashinuvining bo'zilishi;

• Iqlimiy tizimlarning alohida komponentlariga mahalliy ta'sir ko'rsatilishi natijasida, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalarning atrofni ifloslantirishi,yangi suv omborlarini yaratish va ko'llar degradatsiyasi, o'simlik qoplamini yaksonlash;

• Atmosferaning okean-quruqlik tizimidagi namlik almashinuviga ta'siri: sug'oriladigan yerlarda bug'lanishning ortishi, okean suvlarini ifloslanishi;

• Xo'jalik faoliyatining turli ko'rinishlarida inson tomonidan iste'mol qilinadigan energiya atmosferaning isishiga olib kelishi.

Foydalaniladigan adabiyotlar royxati

l.O'z.R.Prezidenti SH.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiysidagi nutqini o'rganish bo'yicha risola.T."Ma'naviyat"2017 y.183 b.

2.BMT Asosiy omillar.Toshkent,2001 yil.

3.BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining barqaror rivojlanish uchun ta'lim bo'yicha strategiyasi.-T., 2007.

4. Shamsidinova G.D. Barqaror taraqqiyot ta'limi, darslik, T. 2023 yil, 365 b. 5.Internet materiallari.

Volume 2, Issue 6, November 2024 Page35

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.